Strategic Focus: Middle East and North Africa
4.44K subscribers
1.83K photos
1.65K videos
19 files
2.68K links
Yaqin Sharq va Mag’ribdagi yangiliklarni bizda kuzating.

@stratfocusca - Markaziy Osiyo

@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa

@xorijiyoav - yetakchi nashrlar
Download Telegram
Isroil G‘azodagi HAMAS va “Islom jihodi”ning 50 ta harbiy nishoniga hujum qildi.

Isroil tomoni hujumga uchragan nishonlar orasida harbiy komplekslar, qurol-yarog‘ omborlari, ishga tushirish qurilmalari, qurol ishlab chiqarish obyektlari va kuzatuv punktlarini sanab o‘tdi.

Havo zarbalari oqibatida bir nechta qurolli shaxslar, jumladan, 2023-yil 7-oktyabr kuni Isroilga hujum qilishda qatnashgan HAMASning “Nuhba” maxsus bo‘linmasi a’zosi halok bo'ldi.

@erontahlili
🤬17👎2
Yaman husiylari yetakchisi Abdul-Malik al-Husiy:

Agar sionist dushman sulhdan oldin genotsidni kuchaytirsa, biz Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun operatsiyalarni davom ettiramiz. Amaliyotlar o't ochishni to'xtatish bilan yakunlanadi, lekin G'azo xalqiga qarshi qirg'inlar davom etsa, yana davom etadi.


@erontahlili
👍25🔥7👏4
🇪🇺🇸🇾 YeIning yuqori martabali rasmiysi Xaja Labib Damashqda Suriya rahbari Ahmad al-Sharaa bilan uchrashdi va YeI tomonidan Suriyaga 235 million yevrolik yordam paketi ajratilishini e'lon qildi.

@erontahlili
👍14
Rossiya-Eron shartnomasi: harbiy ittifoqmi yoki odatiy strategik sheriklik?

A.Dubnov, siyosatshunos olim

Rossiya va Eron o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik bo‘yicha shartnomaning imzolanishi Moskva va Tehron o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash yo‘lida navbatdagi qadamlardan biri bo‘ldi. Ammo 47 moddadan iborat ushbu hujjatning tahlili shuni ko‘rsatadiki, u ko‘proq mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha pozitsiyalarni muvofiqlashtirishga qaratilgan bo‘lib, to‘liq harbiy ittifoqni shakllantirishga yo‘naltirilmagan.

Shartnomaning asosiy jihatlari

Birinchi, tashqi tajovuzga nisbatan neytrallik. Shartnomaning 3-moddasiga ko‘ra, tomonlar bir-birlariga qarshi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy raqiblarga yordam bermaslik majburiyatini olgan. Masalan, Rossiya AQSh yoki Isroilning Eron bilan ziddiyatida ularga yordam bermaydi, xuddi shuningdek, Eron ham Rossiya va Polsha yoki Finlandiya o‘rtasidagi ehtimoliy mojarolarda ularning tomonini olmaydi. Ushbu band tomonlarning strategik ehtiyotkorligini va to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy ittifoqlarga kirishish niyati yo‘qligini ko‘rsatadi.

Ikkinchi, tashqi ta’sirga qarshi kurash. 12-modda Moskva va Tehronning Kaspiy mintaqasi, Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Yaqin Sharq mintaqalarida “beqarorlikka olib keluvchi” uchinchi davlatlarning ishtirokini oldini olishga qaratilgan hamkorligini ta’kidlaydi. Har qanday aniqlikdan yiroq bo‘lgan bu formulirovka, shunga qaramay, AQSh va Yevropa Ittifoqining strategik ta’sirini kengaytirishga qarshi qaratilgan harakatlarga ishora qilmoqda. Bu ayniqsa, hozirgi kunda G‘arb bilan yaqinlashishni faol ravishda maqsad qilayotgan Armaniston kabi mamlakatlar uchun dolzarbdir.

Uchinchi, axborot sohasida himoya. 33-moddada dezinformatsiya va salbiy targ‘ibotga qarshi kurashda birgalikdagi harakatlar nazarda tutilgan. Ushbu band Eronning obro‘siga oid mavjud muammolarni hisobga olgan holda, OAVlarda, jumladan, o‘lim jazosini yoki inson huquqlarining buzilishini yoritishga doir tanqidni kamaytirish uchun ishlatilishi mumkin.

Ritorikadagi o‘zgarishlar va yangi nuqtalar

Diqqatga sazovor tomoni shundaki, Eronga qarshi odatdagi ayblovlardan farqli o‘laroq, Eron prezidenti jurnalistlarning savollariga javob berayotib, Isroilga oid masalalarda an’anaviy keskin ritorikani chetlab o‘tdi. Aksincha, u Putin tomonidan falastinliklar uchun mustaqil davlat yaratish zarurati haqidagi bayonotga javoban ehtiyotkorona pozitsiyani tanladi. Bu kichik bo‘lsa-da, Eronning global izolyatsiya sharoitida diplomatik moslashuvchanligini ko‘rsatuvchi o‘zgarish sifatida qaralishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Rossiya va Eron o‘rtasidagi strategik sheriklik ko‘proq siyosiy va iqtisodiy loyihaga o‘xshab, unda yaqqol harbiy tarkib mavjud emas. Tashqi aralashuvga qarshi umumiy ritorikaga qaramay, shartnomaning asosiy moddalari ikki tomonlama aloqalardagi ehtiyotkorlikni va to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojarolarga aralashish xavfini minimallashtirish istagini aks ettiradi. Ushbu hujjat yangi harbiy blokni shakllantirishdan ko‘ra, muhim mintaqalarda manfaatlarni muvofiqlashtirish uchun platforma sifatida ko‘proq ahamiyat kasb etadi.

@erontahlili
👍7🔥1
HAMAS birinchi garovga olinganlarni hafta oxirida ozod qiladi

Ushbu ro‘yxatga kibuslardan va “Nova” musiqiy festivalidan o‘g‘irlangan besh nafar fuqaro ayol, ikki nafar bola, Isroil mudofaa kuchlarida xizmat qilayotgan besh nafar ayol, 50 yoshdan oshgan o‘n nafar erkak va 50 yoshdan kichik o‘n bir nafar erkak kiritilgan.

Buning evaziga Isroil 2000 ga yaqin falastinlik mahbuslarni, shu jumladan, umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan 250 nafar mahbusni ozod qilishi kutilmoqda.

@erontahlili
👍14
❗️Isroil hukumati G‘azo sektorida sulh bitimini ma’qulladi.

Kelishuv ertaga, 19-yanvar kunidan boshlab kuchga kiradi. Shu kuni 3 nafar garovga olingan asirlikdan ozod etiladi. Yana 30 kishi 42 kun ichida ozod qilinishi rejalashtirilgan.

@erontahlili
👍13🔥4💋1
Trampning ikkinchi prezidentlik davrida Turkiya-Amerika munosabatlari: istiqbollar va prognozlar

M.Imomov, mustaqil tadqiqotchi

Trampning ikkinchi prezidentlik muddatiga saylanishi dunyo siyosatidagi sezilarli o‘zgarishlarni aks etmoqda. Milliy suverenitet va sivilizatsion qarama-qarshilik siyosatiga o‘tish yangi voqelikni yaratmoqda, bunda Turkiya kabi asosiy o‘yinchilar yangi tahdidlarga moslashishga harakat qilmoqda. Erdog‘an rahbarligidagi Turkiya, bir tomondan, Tramp jamoasining anti-globalistik pozitsiyalarini quvvatlasa, boshqa tomondan, geosiyosiy manfaatlar va mafkuraviy qarashlarda ziddiyatlarga boryapti.

Tarixiy nuqtai nazardan zamonaviy bosqichdagi Turkiya-Amerikaning munosabatlari uch bosqichdan iborat bo’lib, 2002–2012-yillardagi “liberal oltin davr”dan 2013–2023-yillardagi revizionizm davrlarini o’z ichiga qamrab oladi. 2023-yilda esa G‘arb bilan pragmatik yaqinlashish va keskin revizionistik ambitsiyalardan voz kechish bosqichi boshlandi. Ammo Trampning prezidentlikka qaytishi bu aloqalarning dinamikasini yana o‘zgartirishi mumkin.

Tahlillarga asoslansak, Tramp va Erdog‘anning pozitsiyalarida bir qator o‘xshashliklarni va farqlarni ko’rishimiz mumkin:

O‘xshashliklar
: a) ikkala tomonda ham milliy suverenitet siyosati va ichki nazoratni kuchaytirishga intilish mavjud; b) globalistik tendensiyalarga qarshilik ko‘rsatish va xalqaro siyosatda harbiy qudratni qo‘llashda o‘xshashlik bor; c) Turkiya va AQSh Eronni zaiflashtirish, Suriya urushini tugatish va Sharqiy O‘rta Yer dengizida pozitsiyalarni mustahkamlash kabi masalalarda hamkorlik qilishi mumkin.

Farqlar: a) Turkiya musulmon dunyosida o‘z ta’sirini kuchaytirishni davom ettirishi AQShning xristian millatchilik siyosatiga ziddir; b) AQShning Isroil va Gretsiyani qo‘llab-quvvatlashi Anqara bilan keskinlikni kuchaytirishi mumkin; c) Trampning “Amerika birinchi navbatda” mafkurasi va Erdo‘g‘anning islomiy millatchilik pozitsiyalari uzoq muddatli xatarlarni keltirib chiqaradi.

Strategic Focus: Central Asia
👍6
Trampning ikkinchi prezidentlik davrida Turkiya-Amerika munosabatlari: istiqbollar va prognozlar - davomi

Yuqoridagilardan kelib chiqsak quyidagi ijobiy va salbiy taxminlarni ilgari surish mumkin:

Birinchidan
, yaqinlashish imkoniyatlari. Tramp ma’muriyati Turkiyani Ukraina mojarosini hal qilish, Yaqin Sharqdagi nizolarni murosaga keltirish va Markaziy Osiyoga kirish uchun asosiy sherik sifatida ko‘rib chiqishi mumkin.

Ikkinchidan, iqtisodiy hamkorlik. Turkiyaning iqtisodiy siyosatiga ishonch tiklanar ekan, Anqara sanoat va mudofaa texnologiyalari sohasida Amerika investitsiyalarini jalb qilishga harakat qiladi. Turkiya, shuningdek, sanksiyalarni bekor qilish va F-35 dasturiga qaytishni rejalashtirmoqda.

Uchinchidan, Gretsiya va Kipr bilan nizolarning kuchayishi.
Tramp ma’muriyati Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi dengiz chegaralari va energiya resurslari bo‘yicha Afinaning pozitsiyasini qo‘llashi mumkin, bu esa Anqara bilan keskinlikni kuchaytiradi.

To’rtinchidan, NATOdan bosim.
Turkiyaning Rossiyadan qurol xarid qilish siyosati AQShning yangi sanksiyalariga va G‘arbdagi tanqidlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Anqara xavfsizlik masalalarida G‘arb va Rossiya o‘rtasida balans saqlash siyosatini davom ettirsa, Vashingtonda ishonchsizlik yuzaga keladi.

Uzoq muddatli prognozlar orasida ham bir qator trendlar mavjud:

1. Munosabatlarning polaryazatsiyasi.
Agar Tramp ma’muriyati millatchilik kursini kuchaytirsa, Turkiya bilan aloqalar barqaror bo‘lmaydi. Turkiya o‘z mintaqaviy manfaatlarini himoya qilish uchun yangi sheriklarni izlashga majbur bo‘ladi.

2. Manfaatlar to‘qnashuvi ehtimoli. Turkiyaning musulmon dunyosidagi ta’sirini kuchaytirishi, jumladan, Falastin suverenitetini qo‘llab-quvvatlashi, AQShning Isroil bilan munosabatlari kontekstida salbiy reaksiyaga sabab bo‘lishi mumkin.

3. Turkiyaning yangi statusga o‘tishi. Anqara o‘z mustaqil tashqi siyosatini kuchaytirishni davom ettiradi, bu esa uni mintaqaviy o‘yinchi sifatida mustahkamlaydi, ammo an’anaviy ittifoqchilar bilan aloqalarni murakkablashtiradi.

💬 Fikr va munosabatingizni izohlarda qoldiring.

Strategic Focus: Central Asia
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
Damashqdagi yangi rasmiylar Suriyani Arab Ligasiga qaytarmoqchi.

Damashqdagi yangi muvaqqat hukumat Suriya xalqining irodasini qo‘llab-quvvatlashi va Suriyaning mintaqaviy tashkilotdagi o‘z o‘rniga qaytishi uchun Arab Davlatlari Ligasidan umid qilmoqda.

@erontahlili
👍19👎1
HAMAS har hafta juma kuni ozod etilishi kerak bo‘lganlar ro‘yxatini taqdim etadi, shanba kunlari esa ularni Isroilga topshiradi — Isroil OAV.

@erontahlili
👍7
Forwarded from Fikrat
▶️O'zbeklarni "it"ga tenglashtirgan ruslar
https://youtu.be/gZDrDSR8Ojw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🇺🇿 Tahlilchi do’stimiz Bazarova Vazira (O’zJOKU) tomonidan tayyorlangan “Uzbekistan’s rise to middle power prominence” nomli maqola The London Post nashrida chiqarildi.

Batafsil: https://londonpost.news/uzbekistans-rise-to-middle-power-prominence/?amp=1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Netanyahu antiterroristik operatsiya boshlangani haqida e’lon qildi. Nega?

Kamran Gasanov, siyosiy ekspert

Netanyahuning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya “Temir devor” nomi ostida Iordaniya daryosining G‘arbiy sohilida amalga oshiriladi. Netanyahu bu operatsiyaning maqsadini “xavfsizlikni mustahkamlash” deb atadi.

Nega u operatsiyani boshladi? Asosiy sabab - Hamas bilan kelishuvdan so‘ng uch nafar vazir, jumladan radikal Ben-Gvir, iste’foga chiqdi. Moliya vaziri (u ham o’ta radikal) Smotrich “davlat to‘ntarishi” bilan tahdid qilmoqda, Ben-Gvir esa uni ham iste’foga chiqishga ko‘ndirmoqda. Ular sulh bitimini falokat va milliy xavfsizlikka tahdid deb hisoblashmoqda. Ular nafaqat G‘azodan qo‘shinlarni olib chiqishga, balki Netsarim va Filadelfiya yo‘laklaridan ham qarshilar.

Ularning partiyalari – “Diniy sionistlar” (Smotrich) va “Otsma Yehudit” (Ben-Gvir) – hukmron koalitsiyaning 120 o‘rinli Knessetdagi 68 ovozidan 13 tasiga ega. Agar hukumat qulab tushsa, muddatidan oldin saylovlar e’lon qilinadi va Netanyahu mag‘lubiyatga uchrasa, uni sud kutadi. Shu sababli sionistlarga g‘azabini chiqarish imkonini berish kerak edi. Mana shuning uchun G‘azodan farqli ravishda Netanyahu ularning g‘azabini “tishsiz” (Hamas nazoratidagi G‘azodan farqli ravishda) Iordaniya daryosining G‘arbiy sohiliga yo‘naltirdi. G‘azodan qo‘shinlarni olib chiqish masalasi G‘arbiy sohilda davom etayotgan okkupatsiya bilan yopilishi kutilmoqda.

@erontahlili
💩17👍3
Yangi Suriya: ichki islohotlar va tashqi siyosiy muammolar o‘rtasidagi muvozanat

Anvar Qodirov, mustaqil tadqiqotchi

Bashar Asad rejimining ag‘darilishi va Ahmad ash-Sharaa boshchiligidagi vaqtinchalik hukumat hokimiyatga kelganidan so‘ng, Suriya ichki va tashqi siyosiy maydonlarda katta rejalarni namoyon qilmoqda. Biroq, taklif etilgan islohotlar mamlakat kelajagini belgilaydigan jiddiy qiyinchiliklar bilan birga kelmoqda.

Ichki ustuvorliklar: islohotlar va yarashuv

HTSh yetakchisi sifatida tanilgan Ahmad ash-Sharaa Yangi Suriyaning barqarorlikka intilishini ta’kidladi. Mamlakat endilikda terroristik tashkilotlari, jumladan «Al-Qoida» va «Islom davlati» uchun boshpana bo‘lmaydi. Buning o‘rniga davlat qurilishi, infratuzilmani tiklash va islohotlarga e’tibor qaratiladi. Misol uchun, maxsus agentlik bedarak yo‘qolganlarni qidirish, o‘lim haqidagi guvohnomalar berish va Asad rejimi qurbonlari oilalariga yordam berish bilan shug‘ullanmoqda.

Avvalgi rejimning, jumladan Sednaya qamoqxonalaridagi shafqatsizliklarni o‘rganish milliy yarashuv yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Ash-Sharaa asosiy vazifa qasos emas, balki adolatli sud jarayonini ta’minlash ekanini qayd etdi, bu esa boshqaruvning yangi yondashuvini aks ettiradi.

Ayni vaqtda Yangi Suriya yagona bojxona tariflarini joriy qilib, iqtisodiyotni tartibga solishga intilmoqda. Biroq, Turkiyadan olib kiriladigan tovarlarga bojning 300% ga oshirilishi savdoning keskin pasayishiga olib keldi, avval $2 mlrdga teng bo‘lgan Turkiya eksporti deyarli to‘xtab qoldi. Bu qarama-qarshilik iqtisodiyotni tiklash rejalari oldida to‘siq bo‘lmoqda.

Tashqi siyosat: yangi ittifoqlar shakllanishi va eski aloqalardan voz kechish

1. Erondan uzoqlashish

Suriya eronlik jangarilar va instruktorlarni olib chiqib ketishni yakunladi, bu esa suverenitetni tiklashda muhim qadam bo‘ldi. Ash-Sharaa mazkur qadam “Shia yarim oyi” loyihasini o‘nlab yillar ortga qaytarib, Fors ko‘rfazi mintaqasida barqarorlikni ta’minlaganini ta’kidladi.

2. Turkiya bilan hamkorlik

Anqara Suriya qurolli kuchlarini mustahkamlash va terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurashda yordam taklif qildi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan hamkorlikka tayyorligini ta’kidlab, infratuzilmani tiklashda yordam berishini aytdi. Biroq, bojxona tariflari va Suriya Demokratik Kuchlari bilan bog‘liq tortishuvlar tufayli to‘liq tiklanish jarayoni sekin kechmoqda.

3. Xalqaro tahdidlar

Suriya va Turkiya o‘rtasida dengiz qonunchiligiga oid bitim imzolash rejasi Gretsiya va Kiprning keskin munosabatiga sabab bo‘ldi.

Ekspertlar aytishicha, Ash-Sharaa tomonidan qilingan siyosiy bayonotlar islohotlar va milliy qurilish yo‘nalishidagi muhim o‘zgarishni anglatadi.

Biroq:
• Ichki islohotlar uzoq yillik urushlar sabab bo‘lgan iqtisodiy zaiflik va Suriya Demokratik Kuchlari kabi mintaqaviy guruhlar bilan ziddiyatlar tufayli qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
• Tashqi siyosatda Suriya suverenitetni tiklash va Turkiya kabi asosiy mintaqaviy o‘yinchilarni qo‘llab-quvvatlashni saqlab qolish o‘rtasida muvozanat saqlashi kerak.

Bu kontekstda eng muhimi shuki, islohotlarning katta qismi xalqaro yordamga bog‘liq bo’ladi. Turkiya TIV rahbari Fidan Anqaraning Suriyaga qarshi xalqaro sanksiyalarni bekor qilishga chaqirganini ochiq aytib, bu iqtisodiy o‘zgarishlarni yengillashtirishi mumkinligini ta’kidladi.

Savol: Yangi ma’muriyat bu qiyinchiliklarni yengib o‘tib, arab dunyosida barqarorlik namunasiga aylana oladimi? Islohotlar ichki va tashqi qarama-qarshiliklar qurboniga aylanadimi yoki amalga oshadimi?

@erontahlili
👍21🔥1
⚡️HAMAS va Isroil o‘rtasidagi sulh kelishuvining ikkinchi bosqichi G‘azoni qayta tiklashni o‘z ichiga oladi, — Qatar Tashqi ishlar vaziri Muhammad ibn Abdul Rahmon Ol Tani.

@erontahlili
16👍7
🇫🇷Fransiya Bashar Asadni hibsga olish uchun order berdi.

Fransiyadagi tergov sudyalari Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadni 2017-yilda Arab Respublikasidagi tinch aholi manzillarini bombardimon qilishda ishtirok etganlikda ayblab, hibsga olish uchun navbatdagi orderni berdi.

@erontahlili
👍12👏2
🇸🇾🇷🇺Suriya hukumati Moskva bilan mamlakat hududidagi Rossiya bazalarining kelajagi haqida muzokaralar olib bormoqda, biroq hozircha bu masalaga yechim topilmadi, — Suriya Mudofaa vazirligi.

@erontahlili
👍5
🇸🇾🇮🇱Isroil Suriyadagi noqonuniy xatti-harakatlarini to‘xtatishi kerak — Suriya Mudofaa vaziri Murhaf Abu Kasra.

@erontahlili
🔥12
🇸🇾🇷🇺Suriya hukumati Rossiya kompaniyasi bilan Tartus portini boshqarish shartnomasini bekor qildi.

Suriya muvaqqat hukumati rasmiylari 2019-yilda Rossiya kompaniyasi bilan tuzilgan ushbu mamlakatning Tartus portining sarmoyaviy va boshqaruv shartnomasini bekor qilganliklarini ma’lum qildi.

@erontahlili
👏18👍5🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇸🇾🇹🇷Turkish Airlines aviakompaniyasi 13 yildan so‘ng Damashqqa ilk parvozini amalga oshirdi.

Turkiya va Suriya o‘rtasidagi aviaqatnovlar 2012-yilda to‘xtatilgandi. Eron va Isroil fuqarolariga Suriyaga kirish taqiqlangan.

@erontahlili
👍17🤣1
🇱🇧🇫🇷🇮🇱 Bloomberg: “Hizbulloh” harakati va Isroil o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv muddati uzaytirilishi mumkin

Livan, Isroil va Fransiya rasmiylariga ko‘ra, “Hizbulloh” va Isroil sulh shartlarini to‘liq amalga oshirish uchun ko‘proq vaqtga muhtoj va harbiy harakatlarni qayta boshlash niyati emas.

Isroillik yuqori martabali diplomatning aytishicha, tomonlar 27 yanvar kuni yakunlanadigan sulhni uzaytirish masalasini muhokama qilmoqda, chunki ular mojaroning qayta boshlanishini oldini olishni istayapti. Isroil va Livan o‘rtasida diplomatik munosabatlar mavjud bo‘lmagani sababli, ular bevosita muzokaralar o‘tkaza olmaydi. Shu sababli muzokaralarga Fransiya vakillari vositachilik qilmoqda.

Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida imzolangan va 2024 yil 27 noyabrda kuchga kirgan kelishuvda Livan armiyasi mamlakatning janubiy chegarasiga BMT tinchlikparvar kuchlari ko‘magida joylashtirilishi va “Hizbulloh” qurolli guruhlarining Litani daryosi ortiga chekinishi ko‘zda tutilgan edi.

Isroil bunga javoban Livan janubida olib borayotgan qurolli operatsiyasini to‘xtatib, o‘z qo‘shinlarini 60 kun ichida mamlakatdan olib chiqishi kerak edi. 2025 yil 21 yanvar kuni Livan prezidenti Jozef Aun ushbu kelishuvga binoan Isroil armiyasi 27 yanvargacha Livan janubiy hududlarini tark etishi lozimligini eslatib o‘tdi.

@erontahlili
🔥4👍2