Isroil Eron bilan sulhga qo‘shilmayapti
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi 2 haftalik sulh Livanga taalluqli emasligini ma’lum qilgan. Biroq muzokaralarda vositachi bo‘lgan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif aksincha, kelishuv Livanni ham qamrab olishini bildirgan.
AQSH Prezidenti Donald Tramp esa sulh haqidagi bayonotida Livanni umuman tilga olmagan.
Strategic Focus: Middle East and North Africa

😡3😁1
Isroil Livan janubida tez yordam mashinasi va kafega zarba berdi
“Al Hadath” telekanali xabariga ko‘ra, Isroil hujumi oqibatida tez yordam mashinasida 4 kishi, Sayda shahridagi kafeda esa kamida 8 kishi vafot etgan.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
“Al Hadath” telekanali xabariga ko‘ra, Isroil hujumi oqibatida tez yordam mashinasida 4 kishi, Sayda shahridagi kafeda esa kamida 8 kishi vafot etgan.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🤬5
Forwarded from Jaxongir Xakimov
Pokistonning "10 bandlik reja"dagi vositachiligi
Eron tomonidan Pokiston orqali taqdim etilgan tinchlik tashabbusi mintaqaviy geosiyosatda yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu jarayonda Pokistonning markaziy vositachi sifatida chiqishi shunchaki diplomatik xohish emas, balki qator strategik omillar bilan bog‘liq ob'ektiv zaruratdir.
Mazkur vaziyatda Pokistonning faolligini bir necha fundamental yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin:
Birinchidan, Pokiston uchun Eron bilan 900 kilometrlik chegara - bu strategik chiziqdir. Eron energetika tizimining keng ko‘lamli harbiy amaliyotlar Pokistonning Balujiston provinsiyasida nazorat qilib bo‘lmaydigan beqarorlikni keltirib chiqaradi. Islomobod tushunadiki, Eron ichidagi ijtimoiy portlash millionlab qochqinlar oqimi va transchegaraviy terrorizmning kuchayishiga olib keladi. Bu esa allaqachon iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan Pokiston uchun milliy xavfsizlik inqirozini anglatadi.
Ikkinchidan, Mintaqadagi yagona rasmiy yadroviy davlat sifatida Pokiston Eronning yadroviy maqomi bo‘yicha o‘ta nozik pozitsiyaga ega. Eronning yadroviy dasturidan voz kechishi (9-band) Pokistonning mintaqadagi yagona yadroviy "islomiy kuch" sifatidagi eksklyuziv maqomini saqlab qoladi. Shu bilan birga, harbiy zarbalar orqali Eronni yadroviy qurolsizlantirishga urinish Pokistonning o‘z yadroviy doktrinasiga nisbatan ham xalqaro bosimni oshirishi mumkin. Vositachilik - bu xavfni diplomatik yo‘l bilan bartaraf etish chorasidir.
Uchinchidan, Pokiston iqtisodiyoti surunkali energiya tanqisligidan aziyat chekmoqda. Sanksiyalarning bekor qilinishi (7-band) va aktivlarning ozod qilinishi (8-band) o‘n yillardan beri muzlatilgan "Eron-Pokiston" gaz quvuri loyihasini qayta jonlantirish uchun yagona yo‘ldir. Pokiston uchun bu shunchaki tijorat emas, balki sanoatni saqlab qolish uchun hayotiy muhim loyiha. Islomobod bu reja orqali o‘zining kelajakdagi iqtisodiy mustaqilligini kafolatlashga urinmoqda.
To‘rtinchidan, Pokistonning strategik hamkorlari - AQSh va Saudiya Arabistoni bir tomonda, geografik qo‘shnisi Eron esa ikkinchi tomonda. Har qanday ochiq urush Pokistonni tanlov qilishga majbur qiladi, bu esa Islomobod uchun diplomatik halokatdir. Vositachilik roli Pokistonga AQSh oldida "mas'uliyatli mintaqaviy o‘yinchi" maqomini saqlashga va Eron bilan ishonchli qo‘shnichilikni davom ettirishga imkon beradi.
Xulosa qilib aytganda, Pokistonning harakatlari strategik realizmga asoslangan. Islomobod Eronning takliflarini shunchaki yetkazuvchi emas, balki o‘zining milliy manfaatlarini mintaqaviy tinchlik paketi ichiga joylagan sub'ektdir. Pokiston uchun "10 bandlik reja"ning muvaffaqiyati iqtisodiy inqirozdan chiqish uchun geosiyosiy darchadir.
Jaxongir Xakimov

❤9🔥3👌2
Forwarded from PolicyLab.UZ
The Economist nashrining yozishicha, hamma urushlarda ham g'oliblar bo'lavermaydi, lekin aniq eng kamida bitta yutqazgan bo'ladi. Maqolada qayd etilishicha, AQShning Eronga qarshi harbiy harakatlari kutilgan natijalarni bermadi va urushning asosiy “yutqazuvchisi” aynan AQSh rahbari Donald Tramp bo‘ldi. Mojaro Tramp ilgari surgan yangi tashqi siyosiy yondashuvning zaif tomonlarini ochib berdi hamda uning strategik maqsadlari - mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash, Eronni jilovlash va rejimni o‘zgartirish - amalga oshmaganini ko‘rsatdi.
Shu bilan birga, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi nihoyatda mo‘rt bo‘lib, tomonlar hatto asosiy masalalar - Hormuz bo‘g‘ozidan foydalanish va muzokaralar kun tartibi bo‘yicha ham kelisha olmayapti.
Bu esa mojaroning istalgan vaqtda qayta alangalanish xavfini saqlab qolmoqda. Eron esa og‘ir yo‘qotishlarga qaramay siyosiy jihatdan o‘z pozitsiyalarini saqlab qoldi. Rejim zaiflashmadi, aksincha hokimiyat yanada harbiylashgan guruhlar qo‘liga o‘tdi. Shu bilan birga, vaqt omili Eron foydasiga ishlayotgani, AQSh esa uzoq muddatli bosimni saqlab turish imkoniyatiga ega emasligi ta’kidlanadi.
Maqolada qayd etilishicha, urush mintaqaviy xavfsizlikni yaxshilamadi, aksincha yangi xatarlarni yuzaga keltirdi. Xususan, Eronning Hormuz bo‘g‘ozi orqali bosim o‘tkazish imkoniyati kuchaydi, Fors ko‘rfazi davlatlari esa AQSh xavfsizlik kafolatlariga bo‘lgan ishonchini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu esa mintaqada kuchlar muvozanatini o‘zgartiruvchi omilga aylanmoqda. Bundan tashqari, yadroviy tahdid ham saqlanib qolmoqda. Eronning boyitilgan uran zaxiralari yo‘q qilinmagan va bu kelajakda yadroviy qurollanish poygasini kuchaytirishi mumkin.
Mazkur urush yana bir bor shuni ko‘rsatdiki, harbiy ustunlikning o‘zi yetarli emas: aniq strategiya va siyosiy hisob-kitoblarsiz kuch ishlatish kutilgan natijani bermaydi. Aksincha, noto‘g‘ri qarorlar mintaqaviy beqarorlikni kuchaytirib, uzoq muddatli xavflarni yanada oshiradi.

The Economist
Donald Trump is the war’s biggest loser
There is a reason he wants an exit from Iran
😁4❤3
Tahlilchi do‘stlarimizning yangi PolicyLab.UZ kanaliga qo‘shilishni tavsiya qilamiz!
🇵🇰🇮🇷🇺🇸 Kecha AQSh vakillari bilan muzokaralar oldidan Islomobodga uchta Eron hukumat samolyoti yetib keldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi va Parlament raisi Muhammad Bagher G‘olibaf Pokiston poytaxtiga yetib kelishgan.
Amerika delegatsiyasiga AQSh vitse-prezidenti J.D. Vens boshchilik qiladi. Unga Stiv Vitkoff va Trampning kuyovi Jared Kushner ham kiradi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi va Parlament raisi Muhammad Bagher G‘olibaf Pokiston poytaxtiga yetib kelishgan.
Amerika delegatsiyasiga AQSh vitse-prezidenti J.D. Vens boshchilik qiladi. Unga Stiv Vitkoff va Trampning kuyovi Jared Kushner ham kiradi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
😁2
🇺🇸🇮🇷 Eron bilan yaqinlashib kelayotgan muzokaralar fonida AQSh Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini oshirmoqda - The Wall Street Journal
Qiruvchi samolyotlar va elit 82-havo-desant diviziyasidan 2000 gacha desantchilar, shuningdek, minglab dengizchilar va dengiz piyodalari mintaqaga joylashtirilmoqda.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Qiruvchi samolyotlar va elit 82-havo-desant diviziyasidan 2000 gacha desantchilar, shuningdek, minglab dengizchilar va dengiz piyodalari mintaqaga joylashtirilmoqda.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🤬1
Yaqin sharqdagi beqarorlikning O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri
Otabek Olimboyev, Xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo'nalishi talabasi
Yaqin Sharq mintaqasidagi siyosiy va iqtisodiy beqarorlik global ta’minot zanjirlari orqali O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir o‘tkazadi. 2026-yilning yanvar-fevral oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 11,6 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lib, ushbu hajmning salmoqli qismi Osiyo mintaqasidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Xususan, mamlakatning eng yirik savdo hamkori bo‘lgan Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmi 3,2 mlrd dollarga , Koreya Respublikasi bilan 313,1 mln dollarga va Hindiston bilan 196,9 mln dollarga yetgan. Mazkur davlatlarning ishlab chiqarish quvvatlari Yaqin Sharq energiya resurslariga, xususan, Eron neftiga sezilarli darajada bog‘langan.
Xitoy Eron eksport qiladigan neftning qariyb 80 foizini xarid qilishi va bu Xitoyning umumiy neft iste’molining 13 foizini tashkil etishi strategik bog‘liqlikning yuqori ekanligidan dalolat beradi. Mintaqada energiya yetkazib berish zanjiri uzilishi iqtisodiy kutilmalarning salbiy tomonga o‘zgarishiga sabab bo'ladi. Ayrim manbalarga ko'ra, Xitoy bir yilga yetarli neft zaxirasiga ega bo'lsa-da, zaxiralarning ishlatila boshlanishi bozor ishtirokchilarida muammoning jiddiyligi haqida kuchli signal uyg'otadi. Bu kabi "psixologik kutilmalar" ishlab chiqarish hajmining kamayishi va tannarxning keskin oshishiga olib keladi. Natijada, O'zbekistonga kirib kelayotgan import tovarlarining nafaqat narxi ko'tariladi, balki ularning yetkazib berilish hajmi ham qisqaradi.
Inqirozli davr yakunlangandan so'ng ham narxlar bosimi uzoq vaqt saqlanib qolishi ehtimoli yuqori. Zero, iqtisodiyot normal holatga qaytgach, Xitoy kabi yirik iste'molchilar nafaqat ishlab chiqarishni tiklash, balki sarflangan strategik zaxiralarni qayta to'ldirish uchun ham katta hajmdagi neft sotib olishni boshlaydi. Talabning bunday keskin o'sishi jahon bozorida neft narxini uzoq muddat davomida yuqori darajada ushlab turadi va bu o'z navbatida barcha import tovarlari narxiga o'z ta'sirini o'tkazadi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston iqtisodiyoti tashqi shoklarga nisbatan ma’lum chidamlilik mexanizmlariga ega. Tashqi savdo aylanmasida Rossiya (2,1 mlrd dollar) va Qozog‘iston (837,5 mln dollar) kabi hamkorlarning yuqori ulushi logistik marshrutlarning nisbatan diversifikatsiyalanganidan dalolat beradi. Global beqarorlik sharoitida oltin narxining ko‘tarilishi mamlakat oltin-valyuta zaxiralari qiymatini oshirib, tashqi savdo balansidagi tafovutni yumshatish imkonini beradi. Markaziy bankning asosiy stavkani 14 foiz darajasida saqlab qolishi esa makroiqtisodiy barqarorlikni saqlashga qaratilgan ehtiyotkorona siyosatning natijasidir.
Xulosa qilib aytganda, Yaqin Sharqdagi vaziyat energiya resurslari zanjiri va bozor kutilmalari orqali import tovarlari tannarxiga sezilarli bosim o‘tkazsa-da, mavjud diversifikatsiya va ichki rezervlar ushbu ta’sirlarni jilovlovchi omillar bo‘lib xizmat qiladi.

15🔥3❤2❤🔥1⚡1🤩1
Forwarded from Strategic Focus: Atlantic
🇱🇧🇺🇸🇮🇱 Livan va Isroil o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
Ikki davlat vakillari kelayotgan seshanba kuni Vashingtonda ilk bor uchrashuv o‘tkazishga kelishishdi. AQSH Davlat departamentida o‘tadigan ushbu muloqotda sulh shartlari va rasmiy muzokaralar sanasi belgilab olinadi.
Livan prezidenti ma’muriyatiga ko‘ra, ikki mamlakatning Vashingtondagi elchilari juma kuni telefon orqali dastlabki aloqani o‘rnatishgan. Ushbu jarayonda Qo‘shma Shtatlar asosiy vositachi vazifasini bajarmoqda.
Strategic Focus: Atlantic

❤1
🇮🇷🇺🇸🇵🇰 Eron va AQSH o‘rtasidagi Islomoboddagi muzokaralar Toshkent vaqti bilan soat 17:00 dan keyin boshlanadi - Al Hadath
CNN xabar berishicha, Eron va AQSH Islomobodda ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ham vositachilik asosida muzokaralar o‘tkazadilar.
Muzokaralar kun tartibi, ehtimol, AQSH va Eron tomonidan vositachilik qiluvchi Pokiston vakillari orqali tasdiqlanadi, shundan so‘ng tomonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga o‘tadilar.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
CNN xabar berishicha, Eron va AQSH Islomobodda ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ham vositachilik asosida muzokaralar o‘tkazadilar.
Muzokaralar kun tartibi, ehtimol, AQSH va Eron tomonidan vositachilik qiluvchi Pokiston vakillari orqali tasdiqlanadi, shundan so‘ng tomonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga o‘tadilar.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
❤1
🇺🇸🇮🇷 Sulh bitimi tugaydi va AQSh Eronga eng kuchli qurollari bilan ommaviy ravishda zarba berishni boshlaydi: agar bugun Islomoboddagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa - Tramp The New York Times nashriga bergan intervyusida.
"Biz qayta ishga tushirish jarayonidamiz. Biz kemalarga eng yaxshi o‘q-dorilar, eng yaxshi qurollar yuklayapmiz, hatto ularni yo‘q qilganimizda ishlatganimizdan ham yaxshiroq. Agar biz kelishuvga erishmasak, ulardan juda samarali foydalanamiz”, - dedi Tramp.
AQSh prezidenti tinchlikning asosiy sharti Eronning yadroviy quroldan voz kechishi ekanligini ta’kidladi.

👎3
Forwarded from PolicyLab.UZ
Xalqaro munosabatlar bo‘yicha kengashning (Council on Foreign Relations) faxriy prezidenti Richard Haass ta'kidlashicha, Eron atrofidagi mojaro global geosiyosiy tizimda kuchlar muvozanatini qayta shakllantirib, an’anaviy ittifoqlar va strategik ustuvorliklarni jiddiy qayta ko‘rib chiqishga olib keldi.
Eng muhim natijalardan biri - Rossiya va Xitoyning nisbiy strategik yutug‘i bo‘ldi. Rossiya energiya narxlarining oshishi va G‘arb resurslarining boshqa yo‘nalishga chalg‘ishi hisobiga iqtisodiy hamda geosiyosiy pozitsiyalarini mustahkamladi. Xitoy esa AQShning Yaqin Sharqqa qayta e’tibor qaratishi asnosida Osiyo-Tinch okeani yo‘nalishida nisbatan qulay strategik muhitga ega bo‘ldi.
Vashington uchun ushbu mojaro kutilgan strategik natijalarni bermadi. Harbiy va moliyaviy jihatdan katta resurslar safarbar etilgan bo‘lsa-da, asosiy maqsadlar - Eronning harbiy salohiyatini keskin cheklash, yadroviy dasturini to‘xtatish va siyosiy tizimni o‘zgartirish amalga oshmadi. Natijada, AQShning global yetakchilik qobiliyati va ittifoqchilar oldidagi ishonchliligi savol ostida qoldi. Mojaro, shuningdek, ichki iqtisodiy bosimni kuchaytirib, inflyatsiya va iqtisodiy sekinlashuv xavfini oshirdi.
Mintaqaviy darajada arab davlatlari uchun ushbu urush xavfsizlik arxitekturasining zaif tomonlarini ochib berdi. Eron ularning harbiy va siyosiy zaifliklarini yuzaga chiqardi, bu esa uzoq muddatli barqarorlikka asoslangan iqtisodiy model - investitsiyalar, turizm va ochiq iqtisodiyot uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
Eronning o‘zi murakkab, ikkiyoqlama natijaga erishdi. Bir tomondan, mamlakat jiddiy harbiy va iqtisodiy yo‘qotishlarga duch keldi. Boshqa tomondan esa, u tashqi bosimga bardosh bera olish qobiliyatini namoyish etib, mintaqaviy ta’sirini saqlab qoldi. Ayniqsa, Hormuz bo‘g‘ozi ustidan potensial nazorat imkoniyatlari uning kelajakdagi strategik ahamiyatini saqlab qolmoqda.
Isroil uchun ham natijalar aralash bo‘ldi: ayrim taktik muvaffaqiyatlarga qaramay, strategik maqsadlar to‘liq amalga oshmadi. Shu bilan birga, AQSh-Isroil munosabatlarida ham muayyan taranglik ehtimoli kuchaydi.
Mojaro G‘arb ittifoqchilari o‘rtasidagi ishonchga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi, ayniqsa AQSh va Yevropa o‘rtasidagi muvofiqlashtirish darajasi pasaydi.

Project Syndicate
The Iran War’s Winners and Losers
Richard Haass assesses which countries gained the most from the US-Israeli campaign, and which are worse off.
🇨🇳🇮🇷 Xitoy elchixonasi Xitoyning Eronga havo mudofaasi tizimlarini yetkazib berishni rejalashtirayotgani haqidagi da’volarni rad etdi.
CNN telekanalining Xitoy Eronga uchinchi tomonlar orqali ko‘chma havo mudofaasi tizimlarini yetkazib berishga tayyorlanayotgani haqidagi xabariga izoh berdi. "Xitoy hech qachon mojaroda biror tomonga ham qurol yetkazib bermagan", dedi Xitoyning AQShdagi diplomatik vakolatxonasi vakili Lyu Pengyu TASSga.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
CNN telekanalining Xitoy Eronga uchinchi tomonlar orqali ko‘chma havo mudofaasi tizimlarini yetkazib berishga tayyorlanayotgani haqidagi xabariga izoh berdi. "Xitoy hech qachon mojaroda biror tomonga ham qurol yetkazib bermagan", dedi Xitoyning AQShdagi diplomatik vakolatxonasi vakili Lyu Pengyu TASSga.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸🇮🇷🇵🇰 AQSh vitse-prezidenti Vens:
Amerika delegatsiyasi Islomobodni tark etdi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
"Biz kelishuvga erisha olmadik. Bu yomon xabar, Amerikadan ko‘ra Eron uchun ko‘proq. Shuning uchun biz kelishuvga erishmasdan AQShga qaytamiz. Ular bizning shartlarimizni qabul qilmadi."
Amerika delegatsiyasi Islomobodni tark etdi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸🇮🇷 Eron bilan kelishuv tuzamizmi yoki yo‘qmi — men uchun farqi yo‘q - Tramp
Trampning boshqa bayonotlari:
— Biz g‘alaba qozonyapmiz, nima bo‘lishidan qat’iy nazar, biz g‘alaba qozonamiz;
— Neft to‘la kemalar mamlakatimizga kelmoqda. Katta, chiroyli tankerlar va biz ularni neft va gaz bilan to‘ldirmoqdamiz;
— Biz bo‘g‘ozni ochamiz, garchi biz uni o‘zimiz ishlatmasak ham, chunki dunyoda undan foydalanadigan boshqa ko‘plab davlatlar bor — va ular yo qo‘rqishadi, yo kuchsiz, yoki ochko‘z;
— NATO Hormuz bo‘g‘ozida yuk tashishni ta’minlash uchun yordam bermadi.

🇹🇷🇮🇱 Turkiya prokuraturasi Netanyaxuga 4596-yil qamoq jazosini talab qilmoqda - Hürriyet
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🤣7
Uganda armiyasi generali Turkiyadan 1 000 000 000 dollar va xotinlik uchun chiroyli ayollaridan berishni talab qildi, aks holda u mamlakatdagi barcha Turkiya elchixonalarini yopib qo‘yishini aytibdi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🤣15
Forwarded from Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸🇮🇷🇮🇱 Muzokaralar barbod bo‘lishining asosiy sabablari — AQShning Eron tomonidan boyitilgan uranni topshirish va Xurmuz bo‘g‘ozini uning ustidan Eron suvereniteti tan olinmasdan ochish bo‘yicha talablari bo‘ldi. Eron kutilganidek bu talablarni rad etgan.
Malumotlarga ko‘ra, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi va AQSh prezidentining mahsus elchisi Stiv Vitkoff Xurmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha muvaffaqiyatsiz muzokaralar paytida deyarli jismoniy to‘qnashuvga kirishish darajasiga yetgan.
Shuningdek, Tel-Aviv yaqinidagi Ben Gurion aeroportida AQShga tegishli o‘nlab harbiy samolyotlar kuzatilgani xabar qilinmoqda(video). Isroilda Islomoboddagi muzokaralar natijalaridan mamnunlik bildirilmoqda va «urushning ikkinchi bosqichi yaqin” ekani ta’kidlanmoqda.