This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇱🇮🇷Isroil havo zarbasi oqibatida Eronning Karaj shahri yaqinidagi temiryo‘l chizig‘i nishonga olindi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa

❤1
🇮🇷Eronda zarbaga uchragan 8 ta ko‘prikdan yana birining tasvirlari
Bugun, 7-aprel kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 13:10 da Eronning shimoli-g‘arbidagi Zanjon viloyati Aminobod qishlog‘i yaqinidagi temir yo‘l ko‘prigiga zarba berilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prik o‘q-dorilar va raketalar ombori deb taxmin qilinayotgan obyektdan 3-4 km uzoqlikda joylashgan.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Bugun, 7-aprel kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 13:10 da Eronning shimoli-g‘arbidagi Zanjon viloyati Aminobod qishlog‘i yaqinidagi temir yo‘l ko‘prigiga zarba berilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prik o‘q-dorilar va raketalar ombori deb taxmin qilinayotgan obyektdan 3-4 km uzoqlikda joylashgan.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Isroil har qachongidan ham kuchli, Eron esa har qachongidan zaif – Netanyaxu
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bugun maxsus videobayonot bilan chiqib, Eron ichkarisidagi strategik obyektlarga berilgan qaqshatqich zarbalar natijalarini e’lon qildi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bugun maxsus videobayonot bilan chiqib, Eron ichkarisidagi strategik obyektlarga berilgan qaqshatqich zarbalar natijalarini e’lon qildi.
“Biz Erondagi terrorchi rejimni tobora ortib borayotgan kuch bilan tor-mor etmoqdamiz. Kecha biz transport samolyotlari va o‘nlab vertolyotlarni yo‘q qildik, bugun esa Inqilobiy gvardiya tomonidan foydalaniladigan temir yo‘llar va ko‘priklarga zarbalar berdik.
Bu endi o‘sha (avvalgi) Eron emas va bu endi o‘sha Isroil emas. Biz kuchlar muvozanatini bir chekkadan ikkinchi chekkagacha o‘zgartirmoqdamiz”, deb bayonot berdi Isroil Bosh vaziri.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
💩10😁8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷Eronliklar energetika obyektini himoya qilish uchun u yerda “jonli zanjir” hosil qilishdi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Strategic Focus: Middle East and North Africa
❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷Eronning Xurramshahr shahridagi kemasozlik va dengiz sanoati majmuasiga zarba berildi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🤬4
Eron dastlabki kuchli hujumlardan keyin taktikasini o‘zgartirib, qurollarni tejash uchun zarbalar sonini kamaytirdi – “Washington Post”.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Buyuk Britaniya Eron raketalari hujumi xavfi sabab o‘z harbiy kuchlarini Iroqdan olib chiqdi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Strategic Focus: Middle East and North Africa
❤5
🇵🇰🇺🇸🇮🇷 Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Trampdan Eronga berilgan muhlatni 2 haftaga cho‘zishni so‘radi
Oq uyning ma’lum qilishicha, Tramp muzokaralar muddatini 2 haftaga kechiktirish taklifini ko‘rib chiqmoqda.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
“Diplomatiya o‘z yo‘lida davom etishi uchun men Prezident Trampdan muddatni ikki haftaga uzaytirishni so‘rayman. Pokiston, chin dildan, eronlik birodarlardan xayrixohlik belgisi sifatida Hormuz bo‘g‘ozini ikki hafta muddatga ochishni so‘raydi. Shuningdek, biz barcha urishayotgan tomonlarni sulhga rioya qilishga chaqiramiz”, degan Bosh vazir.
Oq uyning ma’lum qilishicha, Tramp muzokaralar muddatini 2 haftaga kechiktirish taklifini ko‘rib chiqmoqda.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇺🇸🇮🇷🇮🇱Dushman Eron xalqiga qarshi olib borgan adolatsiz, noqonuniy va jinoiy urushda inkor etib bo‘lmaydigan, tarixiy va qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi – Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🔥3
Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi ma’lum qilishicha, AQSHga taklif qilingan 10 bandlik sulhga quyidagilar kiradi:
🔹Tajovuz qilmaslik bo‘yicha asosiy majburiyat”
🔹 Hormuz bo‘g‘ozi ustidan Eron nazoratining saqlanishi;
🔹 Uranni boyitishga rozilik;
🔹 Barcha birlamchi va ikkilamchi sanksiyalarning bekor qilinishi;
🔹BMT Xavfsizlik Kengashi va Boshqaruv kengashi qarorlarining bekor qilinishi;
🔹 Eronga kompensatsiya to‘lanishi;
🔹 AQSH jangovar kuchlarini mintaqadan olib chiqish;
🔹 Barcha frontlarda, jumladan Livandagi “Hizbulloh”ga qarshi urushning to‘xtatilishi.

👍10
Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi bayonoti:
Strategic Focus: Middle East and North Africa
“Bizning qo‘limiz hamon tepkida turibdi va dushman tomonidan eng kichik xato qilinsa ham, unga to‘liq kuch bilan javob qaytaramiz”.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
👏3❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iroqning Basra shahrida namoyishchilar Quvayt konsulligi binosida osilgan Quvayt bayrog‘ini olib tashlashdi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Strategic Focus: Middle East and North Africa
👍8🤬2
🇵🇰🇮🇷Aroqchi Shahboz Sharifga minnatdorchilik bildirdi
Strategic Focus: Middle East and North Africa
“Eron Islom Respublikasi nomidan, aziz birodarlarim Pokiston Bosh vaziri Sharif va Mudofaa kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni Asim Munirga mintaqadagi urushni tugatish uchun qilgan tinimsiz sa'y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiraman.
Bosh vazir Sharifning X’dagi birodarlik iltimosiga javoban va AQSHning 15 bandlik taklifiga asoslangan muzokaralar o‘tkazish haqidagi iltimosini, shuningdek, POTUSning Eronning 10 bandlik taklifining umumiy doirasini muzokaralar asosi sifatida qabul qilish haqidagi e’lonini hisobga olgan holda, men Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi nomidan shuni e’lon qilaman:
Agar Eronga qarshi hujumlar to‘xtatilsa, bizning qudratli qurolli kuchlarimiz mudofaa operatsiyalarini to‘xtatadi. Ikki hafta davomida Eron qurolli kuchlari bilan muvofiqlashtirish va texnik cheklovlarni hisobga olgan holda Hormuz bo‘g‘ozidan xavfsiz o‘tish mumkin bo‘ladi”, degan Eron Tashqi ishlar vaziri.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
❤4👍3
Isroil Eron bilan sulhga qo‘shilmayapti
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi 2 haftalik sulh Livanga taalluqli emasligini ma’lum qilgan. Biroq muzokaralarda vositachi bo‘lgan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif aksincha, kelishuv Livanni ham qamrab olishini bildirgan.
AQSH Prezidenti Donald Tramp esa sulh haqidagi bayonotida Livanni umuman tilga olmagan.

😡3😁1
Isroil Livan janubida tez yordam mashinasi va kafega zarba berdi
“Al Hadath” telekanali xabariga ko‘ra, Isroil hujumi oqibatida tez yordam mashinasida 4 kishi, Sayda shahridagi kafeda esa kamida 8 kishi vafot etgan.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
“Al Hadath” telekanali xabariga ko‘ra, Isroil hujumi oqibatida tez yordam mashinasida 4 kishi, Sayda shahridagi kafeda esa kamida 8 kishi vafot etgan.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🤬5
Forwarded from Jaxongir Xakimov
Pokistonning "10 bandlik reja"dagi vositachiligi
Eron tomonidan Pokiston orqali taqdim etilgan tinchlik tashabbusi mintaqaviy geosiyosatda yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu jarayonda Pokistonning markaziy vositachi sifatida chiqishi shunchaki diplomatik xohish emas, balki qator strategik omillar bilan bog‘liq ob'ektiv zaruratdir.
Mazkur vaziyatda Pokistonning faolligini bir necha fundamental yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin:
Birinchidan, Pokiston uchun Eron bilan 900 kilometrlik chegara - bu strategik chiziqdir. Eron energetika tizimining keng ko‘lamli harbiy amaliyotlar Pokistonning Balujiston provinsiyasida nazorat qilib bo‘lmaydigan beqarorlikni keltirib chiqaradi. Islomobod tushunadiki, Eron ichidagi ijtimoiy portlash millionlab qochqinlar oqimi va transchegaraviy terrorizmning kuchayishiga olib keladi. Bu esa allaqachon iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan Pokiston uchun milliy xavfsizlik inqirozini anglatadi.
Ikkinchidan, Mintaqadagi yagona rasmiy yadroviy davlat sifatida Pokiston Eronning yadroviy maqomi bo‘yicha o‘ta nozik pozitsiyaga ega. Eronning yadroviy dasturidan voz kechishi (9-band) Pokistonning mintaqadagi yagona yadroviy "islomiy kuch" sifatidagi eksklyuziv maqomini saqlab qoladi. Shu bilan birga, harbiy zarbalar orqali Eronni yadroviy qurolsizlantirishga urinish Pokistonning o‘z yadroviy doktrinasiga nisbatan ham xalqaro bosimni oshirishi mumkin. Vositachilik - bu xavfni diplomatik yo‘l bilan bartaraf etish chorasidir.
Uchinchidan, Pokiston iqtisodiyoti surunkali energiya tanqisligidan aziyat chekmoqda. Sanksiyalarning bekor qilinishi (7-band) va aktivlarning ozod qilinishi (8-band) o‘n yillardan beri muzlatilgan "Eron-Pokiston" gaz quvuri loyihasini qayta jonlantirish uchun yagona yo‘ldir. Pokiston uchun bu shunchaki tijorat emas, balki sanoatni saqlab qolish uchun hayotiy muhim loyiha. Islomobod bu reja orqali o‘zining kelajakdagi iqtisodiy mustaqilligini kafolatlashga urinmoqda.
To‘rtinchidan, Pokistonning strategik hamkorlari - AQSh va Saudiya Arabistoni bir tomonda, geografik qo‘shnisi Eron esa ikkinchi tomonda. Har qanday ochiq urush Pokistonni tanlov qilishga majbur qiladi, bu esa Islomobod uchun diplomatik halokatdir. Vositachilik roli Pokistonga AQSh oldida "mas'uliyatli mintaqaviy o‘yinchi" maqomini saqlashga va Eron bilan ishonchli qo‘shnichilikni davom ettirishga imkon beradi.
Xulosa qilib aytganda, Pokistonning harakatlari strategik realizmga asoslangan. Islomobod Eronning takliflarini shunchaki yetkazuvchi emas, balki o‘zining milliy manfaatlarini mintaqaviy tinchlik paketi ichiga joylagan sub'ektdir. Pokiston uchun "10 bandlik reja"ning muvaffaqiyati iqtisodiy inqirozdan chiqish uchun geosiyosiy darchadir.
Jaxongir Xakimov

❤9🔥3👌2
Forwarded from PolicyLab.UZ
The Economist nashrining yozishicha, hamma urushlarda ham g'oliblar bo'lavermaydi, lekin aniq eng kamida bitta yutqazgan bo'ladi. Maqolada qayd etilishicha, AQShning Eronga qarshi harbiy harakatlari kutilgan natijalarni bermadi va urushning asosiy “yutqazuvchisi” aynan AQSh rahbari Donald Tramp bo‘ldi. Mojaro Tramp ilgari surgan yangi tashqi siyosiy yondashuvning zaif tomonlarini ochib berdi hamda uning strategik maqsadlari - mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash, Eronni jilovlash va rejimni o‘zgartirish - amalga oshmaganini ko‘rsatdi.
Shu bilan birga, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi nihoyatda mo‘rt bo‘lib, tomonlar hatto asosiy masalalar - Hormuz bo‘g‘ozidan foydalanish va muzokaralar kun tartibi bo‘yicha ham kelisha olmayapti.
Bu esa mojaroning istalgan vaqtda qayta alangalanish xavfini saqlab qolmoqda. Eron esa og‘ir yo‘qotishlarga qaramay siyosiy jihatdan o‘z pozitsiyalarini saqlab qoldi. Rejim zaiflashmadi, aksincha hokimiyat yanada harbiylashgan guruhlar qo‘liga o‘tdi. Shu bilan birga, vaqt omili Eron foydasiga ishlayotgani, AQSh esa uzoq muddatli bosimni saqlab turish imkoniyatiga ega emasligi ta’kidlanadi.
Maqolada qayd etilishicha, urush mintaqaviy xavfsizlikni yaxshilamadi, aksincha yangi xatarlarni yuzaga keltirdi. Xususan, Eronning Hormuz bo‘g‘ozi orqali bosim o‘tkazish imkoniyati kuchaydi, Fors ko‘rfazi davlatlari esa AQSh xavfsizlik kafolatlariga bo‘lgan ishonchini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu esa mintaqada kuchlar muvozanatini o‘zgartiruvchi omilga aylanmoqda. Bundan tashqari, yadroviy tahdid ham saqlanib qolmoqda. Eronning boyitilgan uran zaxiralari yo‘q qilinmagan va bu kelajakda yadroviy qurollanish poygasini kuchaytirishi mumkin.
Mazkur urush yana bir bor shuni ko‘rsatdiki, harbiy ustunlikning o‘zi yetarli emas: aniq strategiya va siyosiy hisob-kitoblarsiz kuch ishlatish kutilgan natijani bermaydi. Aksincha, noto‘g‘ri qarorlar mintaqaviy beqarorlikni kuchaytirib, uzoq muddatli xavflarni yanada oshiradi.

The Economist
Donald Trump is the war’s biggest loser
There is a reason he wants an exit from Iran
😁4❤3
Tahlilchi do‘stlarimizning yangi PolicyLab.UZ kanaliga qo‘shilishni tavsiya qilamiz!