Strategic Focus: Middle East and North Africa
4.44K subscribers
1.83K photos
1.65K videos
19 files
2.68K links
Yaqin Sharq va Mag’ribdagi yangiliklarni bizda kuzating.

@stratfocusca - Markaziy Osiyo

@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa

@xorijiyoav - yetakchi nashrlar
Download Telegram
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
🇮🇷🇦🇪🇶🇦🇰🇼🇧🇭 ⚡️ Эрон Қатар, БАА, Баҳрайн ва Қувайтга нисбатан оммавий зарбалар беришни бошлади, — маҳаллий ОАВ.

Strategic Focus: LIVE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥161
Trampning so‘nggi tahdidlaridan so‘ng barcha diplomatik kanallar va bilvosita muzokaralar muzlatildi – Eron televideniyesi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷🇮🇱Erdo‘g‘an Isroil konsulligiga qilingan hujumni qoraladi

“Shuni ma’lum qilishni istaymanki, bugun Istanbulning Beshiktosh tumanida sodir etilgan va xavfsizlik kuchlarimizning qahramonona sa’y-harakatlari tufayli bartaraf etilgan xiyonatkorona hujumni keskin qoralayman”, dedi Turkiya Prezidenti.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
🤡14👎5
🇮🇷🇮🇱Hashtrud-Tabriz ko‘prigi Isroil havo zarbasida nishonga olindi

Hashtrud-Tabriz ko‘prigi, Tabriz yo‘nalishidagi asosiy transport yo‘li ustidagi ko‘prik, Isroil havo zarbasi natijasida zarba bilan nishonga olingan.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
🤬21
🇮🇱🇮🇷Isroil Mudofaa kuchlari bugun Eron hududidagi 8 ta ko‘prikka zarba berganini e’lon qildi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
🤬11👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷🇮🇶Eron Bag‘dodga zarba berdi

Bag‘dodning Ash-Shaljiya tumani atrofida tutun ustunlari ko‘tarilmoqda. Mazkur tuman Bag‘dodda joylashgan bo‘lib, muhim transport va sanoat markazi hisoblanadi.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇱🇮🇷Isroil havo zarbasi oqibatida Eronning Karaj shahri yaqinidagi temiryo‘l chizig‘i nishonga olindi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
1
🇮🇷Eronda zarbaga uchragan 8 ta ko‘prikdan yana birining tasvirlari

Bugun, 7-aprel kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 13:10 da Eronning shimoli-g‘arbidagi Zanjon viloyati Aminobod qishlog‘i yaqinidagi temir yo‘l ko‘prigiga zarba berilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prik o‘q-dorilar va raketalar ombori deb taxmin qilinayotgan obyektdan 3-4 km uzoqlikda joylashgan.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Isroil har qachongidan ham kuchli, Eron esa har qachongidan zaif – Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bugun maxsus videobayonot bilan chiqib, Eron ichkarisidagi strategik obyektlarga berilgan qaqshatqich zarbalar natijalarini e’lon qildi.

“Biz Erondagi terrorchi rejimni tobora ortib borayotgan kuch bilan tor-mor etmoqdamiz. Kecha biz transport samolyotlari va o‘nlab vertolyotlarni yo‘q qildik, bugun esa Inqilobiy gvardiya tomonidan foydalaniladigan temir yo‘llar va ko‘priklarga zarbalar berdik.

Bu endi o‘sha (avvalgi) Eron emas va bu endi o‘sha Isroil emas. Biz kuchlar muvozanatini bir chekkadan ikkinchi chekkagacha o‘zgartirmoqdamiz”, deb bayonot berdi Isroil Bosh vaziri.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
💩10😁8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷Eronliklar energetika obyektini himoya qilish uchun u yerda “jonli zanjir” hosil qilishdi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷Eronning Xurramshahr shahridagi kemasozlik va dengiz sanoati majmuasiga zarba berildi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
🤬4
Eron dastlabki kuchli hujumlardan keyin taktikasini o‘zgartirib, qurollarni tejash uchun zarbalar sonini kamaytirdi – “Washington Post”.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
Buyuk Britaniya Eron raketalari hujumi xavfi sabab o‘z harbiy kuchlarini Iroqdan olib chiqdi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
5
🇵🇰🇺🇸🇮🇷 Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Trampdan Eronga berilgan muhlatni 2 haftaga cho‘zishni so‘radi

“Diplomatiya o‘z yo‘lida davom etishi uchun men Prezident Trampdan muddatni ikki haftaga uzaytirishni so‘rayman. Pokiston, chin dildan, eronlik birodarlardan xayrixohlik belgisi sifatida Hormuz bo‘g‘ozini ikki hafta muddatga ochishni so‘raydi. Shuningdek, biz barcha urishayotgan tomonlarni sulhga rioya qilishga chaqiramiz”, degan Bosh vazir.


Oq uyning ma’lum qilishicha, Tramp muzokaralar muddatini 2 haftaga kechiktirish taklifini ko‘rib chiqmoqda.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇺🇸🇮🇷🇮🇱Dushman Eron xalqiga qarshi olib borgan adolatsiz, noqonuniy va jinoiy urushda inkor etib bo‘lmaydigan, tarixiy va qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi – Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
🔥3
Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi ma’lum qilishicha, AQSHga taklif qilingan 10 bandlik sulhga quyidagilar kiradi:

🔹Tajovuz qilmaslik bo‘yicha asosiy majburiyat”
🔹 Hormuz bo‘g‘ozi ustidan Eron nazoratining saqlanishi;
🔹 Uranni boyitishga rozilik;
🔹 Barcha birlamchi va ikkilamchi sanksiyalarning bekor qilinishi;
🔹BMT Xavfsizlik Kengashi va Boshqaruv kengashi qarorlarining bekor qilinishi;
🔹 Eronga kompensatsiya to‘lanishi;
🔹 AQSH jangovar kuchlarini mintaqadan olib chiqish;
🔹 Barcha frontlarda, jumladan Livandagi “Hizbulloh”ga qarshi urushning to‘xtatilishi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
👍10
Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi bayonoti:

“Bizning qo‘limiz hamon tepkida turibdi va dushman tomonidan eng kichik xato qilinsa ham, unga to‘liq kuch bilan javob qaytaramiz”.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
👏31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iroqning Basra shahrida namoyishchilar Quvayt konsulligi binosida osilgan Quvayt bayrog‘ini olib tashlashdi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
👍8🤬2