STATISTIKA | Lotin
145 subscribers
515 photos
110 videos
5 files
261 links
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Matbuot xizmati rahbarining rasmiy kanali
Download Telegram
📊 Sabzavotlar yetishtirish hajmi 2,3 %ga oshgan. Eng koʻp hosil Surxondaryo viloyatida olingan
🏢 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 3,3 mln tonna sabzavotlar yetishtirilgan.

Bu koʻrsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirganda 2,3 %ga oshgan.

Sabzavotlar yetishtirish boʻyicha hududlar oʻrtasida peshqadamlikni Surxondaryo viloyati egalladi. Yetishtirilgan sabzavotlar umumiy hajmining qariyb uchdan bir qismi Surxondaryo viloyati (17,7 %) hissasiga toʻgʻri keldi.

Shuningdek, yuqori ulush Andijon (17,5 %), Fargʻona (13,1 %) va Toshkent (10,5 %) viloyatlarida ham qayd etilgan.
Umumiy hajmdagi past ulush Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1,5 %) va Jizzax viloyatida (1,9 %) kuzatildi.
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикасининг ташқи савдо айланмаси
#10aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Qaysi hududda masʼuliyati cheklangan jamiyatlar soni koʻp?

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-avgust holatiga respublikamizda 296 755 ta masʼuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlar soni:

Toshkent shahri – 73 303 ta

Toshkent viloyati – 29 925 ta

Samarqand viloyati – 22 698 ta

Fargʻona viloyati – 22 122 ta

Buxoro viloyati – 20 612 ta

Andijon viloyati – 20 333 ta

Namangan viloyati – 17 829 ta

Qashqadaryo viloyati – 16 605 ta

Qoraqalpogʻiston R. – 15 871 ta

Xorazm viloyati – 13 228 ta

Jizzax viloyati – 12 158 ta

Navoiy viloyati – 11 397 ta

Surxondaryo viloyati – 11 320 ta

Sirdaryo viloyati – 9 354 ta
Iyun oyida 21,2 ming dona kir yuvish mashinalari ishlab chiqarilgan

🏢 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 233,4 ming dona kir yuvish mashinalari ishlab chiqarilgan.

Kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,1 % ga oshgan.

Oʻzbekistonda 2023-yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 21,2 ming dona kir yuvish mashinalari ishlab chiqarilgan.
📊 Ovqat yetkazib berish (dostavka) xizmatlarining narxlari bir oyda oʻrtacha 1,1 % ga oshgan

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning iyul oyida tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlarining narxlari iyun oyiga nisbatan, yaʼni bir oyda oʻrtacha 1,1 % ga oshgan.

Tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlarining narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 4,3 % ga qimmatlashgan.

Kafelardagi tayyor taomlar narlari bir oyda oʻrtacha ,7 % ga oshgan.
🍌 Banan narxlari bir oyda oʻrtacha 3,9 % ga arzonlashgan

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning iyul oyida banan narxlari iyun oyiga nisbatan yaʼni, bir oyda oʻrtacha 3,9 % ga arzonlashgan.

Banan narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 11,7 % ga arzonlashgani kuzatilgan.

Banan narxlari oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda yaʼni, yillik nisbatda oʻrtacha 0,1 % ga oshgan.
📊 Oʻzbekistonga 6 oyda qiymati 52,1 mln AQSH dollarlik yengil avtomobil shinasi import qilingan

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2023-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 52,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 2 397 ming dona yengil avtomobil shinalari import qilingan.

Oʻzbekiston 2023-yilning 6 oyida eng koʻp yengil avtomobil shinalarini import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 1 865,4 ming dona

— Koreya R. – 219,8 ming dona

— Slovakiya – 151,3 ming dona

— Turkiya – 58,7 ming dona

— Chexiya – 56,8 ming dona

— Rossiya – 15,5 ming dona

— Braziliya – 15,3 ming dona

— Boshqa davlatlar – 13,7 ming dona
📊 Kartoshka yetishtirish hajmi 3,3 %ga oshgan. Eng koʻp hosil Samarqand viloyatida olingan

🏢 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan qariyb 1,7 mln tonna kartoshka yetishtirilgan.

Bu koʻrsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirganda 3,3 %ga oshgan.

Kartoshka yetishtirish boʻyicha hududlar oʻrtasida peshqadamlikni Samarqand viloyati egalladi. Yetishtirilgan kartoshka umumiy hajmining 18,5 % Samarqand viloyati hissasiga toʻgʻri kelgan.

Shuningdek, yuqori ulush Surxondaryo (13,5 %), Fargʻona (12,0 %), Andijon (11,2 %) va Buxoro (10,2 %) viloyatlarida ham qayd etilgan.

Kartoshka yetishtirishning umumiy hajmidagi ulushining eng past koʻrsatkichlari Jizzax viloyati (0,7 %) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1,7 %)ga toʻgʻri kelgani kuzatildi.
📊 Oʻzbekistonga 67,1 ming tonna banan import qilingan

🏢 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2023-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 47,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 67,1 ming tonna banan import qilingan.

Banan importi hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,7 ming tonnaga oshgan.

Oʻzbekiston 2023-yilning 6 oyida eng koʻp banan import qilgan davlatlar:

— Ekvador – 66,7 ming tonna

— Turkiya – 200 tonna

— Qozogʻiston – 142 tonna
📊 Uzum yetishtirish hajmi 2,7 %ga oshgan. Eng koʻp hosil Surxondaryo viloyatida olingan

🏢 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan qariyb 50 ming tonna uzum yetishtirilgan.

Bu koʻrsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirganda 2,7 %ga oshgan.

Oʻzbekistonda yetishtirilgan uzum umumiy hajmining qariyb uchdan bir qismi Surxondaryo viloyati (29,2 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shuningdek, yuqori ulush Namangan (15,1 %), Qashqadaryo (12,4 %), Buxoro (12,2 %) va Samarqand (8,9 %) viloyatlarida qayd etilgan.

Uzum yetishtirishning umumiy hajmidagi ulushining eng past koʻrsatkichlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida (0,7 %), Jizzax viloyatida (1,4 %)ga toʻgʻri kelgani kuzatildi.
📺 6 oyda 281,3 ming dona televizor ishlab chiqarilgan

🏢 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 281,3 ming dona televizor ishlab chiqarilgan.

Televizor ishlab chiqarish hajmi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 14,6 % ga oshgan.

Oʻzbekistonda 2023-yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 43,3 ming dona televizor ishlab chiqarilgani kuzatildi.
☕️ Oʻzbekistonga 6 oyda 306 tonna kofe import qilingan

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 2,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 306 tonna kofe import qilgan.

Kofe importi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 88 tonnaga oshgan.

6 oyda Oʻzbekistonga eng koʻp Italiyadan 97,8 tonna kofe import qilingan.
Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlaridagi oʻqituvchilar soni 5 ming nafardan oshgan

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023- oʻquv yili boshida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni 5 014 nafarni tashkil etgan.

Ushbu koʻrsatkich 2017/2018-oʻquv yilining mos davriga nisbatan taqqoslaganda 5,5 barobarga oshgan.

Ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha:

2017/2018- yilda – 917 kishi

2018/2019- yilda – 1 633 kishi

2019/2020- yilda – 2 353 kishi

2020/2021- yilda – 2 859 kishi

2021/2022- yilda – 3 578 kishi

2022/2023- yilda – 5 014 kishi
Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda sanoat korxonalari soni qanchaga koʻpaymoqda?
🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning 1-avgust holatiga koʻra, respublikamizda sanoat sohasida roʻyxatdan oʻtgan korxonalar soni 108 823 taga yetgan.

Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,2 %ga oshgan.

Soʻnggi yillarda sanoat sohasida roʻyxatdan oʻtgan korxonalar soni (1-avgust holatiga):

2019-yil – 70 524 ta

2020-yil – 82 278 ta

2021-yil – 96 392 ta

2022-yil – 101 547 ta

2023-yil – 108 823 ta
6 oyda 1,3 mln tonna goʻsht yetishtirilgan

🏢 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan qariyb 1,3 mln tonna goʻsht yetishtirilgan.

Bu koʻrsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirganda 3,8 %ga oshgan.

Hududlar kesimida goʻsht yetishtirish hajmi:

— Toshkent viloyati – 153,3 ming tonna

— Qashqadaryo viloyati – 146,5 ming tonna

— Samarqand viloyati – 145,1 ming tonna

— Buxoro viloyati – 134 ming tonna

— Xorazm viloyati – 97,2 ming tonna

— Jizzax viloyati – 92,5 ming tonna

— Surxondaryo viloyati – 91,8 ming
tonna

— Fargʻona viloyati – 88,9 ming tonna

— Navoiy viloyati – 81,4 ming tonna

— Andijon viloyati – 81,1 ming tonna

— Namangan viloyati – 79,2 ming tonna

— Qoraqalpogʻiston R. – 41,9 ming tonna

— Sirdaryo viloyati – 34,6 ming tonna
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | Ўзбекистонга 6 ойда 107,5 млн долларлик мобил телефон импорт қилинди
#10aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Ўзбекистон 6 ойда 183 та мамлакат билан савдо алоқаларини амалга оширган
#10aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | Ўзбекистонда 6 ойда 281 минг дона телевизор ишлаб чиқарилди
#14aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Oʻzbekistonda qariyb 300 ming nafar hamshiralar faoliyat yuritmoqda

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan hamshiralar soni 299,8 ming nafarni tashkil etgan.

Ushbu koʻrsatkich 2017-yilga nisbatan taqqoslaganda 32,4 ming nafarga oshgan.

Yillar kesimida hamshiralar soni:

2017-yilda — 267,4 nafar

2018-yilda — 271,5 nafar

2019-yilda — 279,6 nafar

2020-yilda — 280,6 nafar

2021-yilda — 288,3 nafar

2022-yilda — 299,8 nafar
📊 6 oyda oyida 280,4 ming dona konditsioner ishlab chiqarilgan

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 280,4 ming dona konditsioner ishlab chiqarilgan.

Konditsioner ishlab chiqarish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,6-martaga oshgan.

Oʻzbekistonda 2023-yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 155,3 ming dona konditsioner ishlab chiqarilgani kuzatilgan.
6 oyda 20,1 ming tonna mis sim ishlab chiqarilgan

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 20,1 ming tonna mis sim ishlab chiqarilgan.

Mis sim ishlab chiqarish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 37,7 %ga oshgan.

Oʻzbekistonda 2023-yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 6,4 ming tonna mis sim ishlab chiqarilgani kuzatilgan.