ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan Startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha direktori Farrux Erkinov va ASOCIO raisi Stan Singh-Jit o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri joriy yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan ASOCIO Digital & AI Awards 2026 bo‘ldi. ICT WEEK doirasidagi Startup & Venture Summit’da O‘zbekistondan 10 ta loyiha va kompaniya ASOCIO’ning mazkur mukofoti g‘olibi ekani e’lon qilingan edi.
Uchrashuv doirasida ushbu tadbirda mahalliy g‘olib startaplarimizning qatnashish tafsilotlari muhokama qilindi. Shuningdek, Stan Singh-Jit IT Park Uzbekistan’ni ASOCIO a’zoligiga qo‘shilgani bilan yana bir bor tabrikladi.🌐 Tomonlar O‘zbekiston startap ekotizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va IT Park Uzbekistan hamda ASOCIO o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Stan Singh-Jit O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar rivojiga davlat darajasida katta e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidladi. U hukumat sohani izchil qo‘llab-quvvatlayotganini qayd etdi va texnologik ekotizimni rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoitlarni yuqori baholadi.🔗 Tomonlar hamkorlikning keyingi bosqichi sifatida O‘zbekistonda hamda Osiyo va Okeaniya mamlakatlarida qo‘shma tadbirlar tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
ASOCIO (Asian-Oceanian Computing Industry Organization) — Osiyo va Okeaniya bo‘ylab 25 ta assotsiatsiyani birlashtirgan AKT federatsiyasi, uning tarkibiga 29 000 dan ortiq AKT kompaniyasi kiradi. Ushbu tashkilotga a’zo mamlakatlar iqtisodiyoti global YIMning qariyb 45 foizini tashkil etadi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇭🇰 Hong Kong Cyberport va IT Park Uzbekistan o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda
ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida Cyberport vakillari va Gonkongning beshta texnologik kompaniyasi Toshkentga tashrif buyurdi.
🎙 Cyberport’ning sanoat hamkorliklari bo‘limi rahbari IT Park media jamoasiga intervyu berdi.
🔗 Batafsil saytimizda o‘qing
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida Cyberport vakillari va Gonkongning beshta texnologik kompaniyasi Toshkentga tashrif buyurdi.
🎤 Delegatsiya vakillari Digital Product Workshop va Unlock Uzbekistan – Uzbekistan Market & Ecosystem seminarida nutq so’zladi. Tashrif doirasida delegatsiya IT Park Uzbekistan bosh ofisi, Ilg‘or texnologiyalar markazi va Startup garage faoliyati bilan yaqindan tanishdi.🚀 Cyberport’ning beshta startapi IT Park Ventures ishtirokidagi pitch-sessiyada o‘z yechimlarini taqdim etdi. Delegatsiya IT Park’ning strategik direktori bilan uchrashib, kelgusi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda startap asoschilarini kapital, ekspertiza va xalqaro aloqalar bilan qo‘llab-quvvatlaydigan venchur infratuzilmasi shakllandi.
#Mustaqillik35 #Uzb35
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5🤩2😍2
Mahsulot yangiliklari, founder tajribasi, natijalar va muhim e’lonlar — bularning barchasini auditoriyaga muntazam yetkazib borish kerak.
Typefully esa kontent yaratish va uni rejalashtirish jarayonini bir joyda boshqarishga yordam beradi.
🔵 postlarni oldindan yozib, kerakli vaqtga rejalashtirishingiz;🔵 kontent g‘oyalarini draft sifatida saqlashingiz va tartibga solishingiz;🔵 AI yordamida matn ustida ishlashingiz;🔵 postlar natijalarini analytics orqali kuzatishingiz;🔵 bir nechta ijtimoiy tarmoq uchun kontentni bir joydan boshqarishingiz mumkin.💡 Maslahat:
Bir haftalik kontentni oldindan tayyorlab qo‘ying — masalan, product update, founder insight, mijoz tajribasi va startap natijalari. Typefully ularni belgilangan vaqtda chiqarishga yordam beradi.⚡️ Mahalliy yechim:
O‘zbekistonda ham marketing vazifalarini AI yordamida avtomatlashtirish va bir joyda boshqarishga qaratilgan mahalliy yechimlar rivojlanmoqda.
Qoraqalpog‘istonda yaratilgan Teamora AI — kontent yaratish, marketing jarayonlarini rejalashtirish, auditoriya bilan ishlash va kundalik marketing vazifalarini AI yordamida soddalashtirishga qaratilgan platforma.
Bu marketologlar va startap jamoalariga bir nechta marketing vazifalarini yagona muhitda boshqarish imkonini beruvchi mahalliy AI-yechimlardan biridir.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🎉1😍1
Forwarded from President Tech Award
Global venchur kapital kompaniyasi 500 Global President Tech Award 2026 doirasida saralangan startaplar uchun rivojlantirish dasturining xalqaro operatori etib tanlandi.
Dastur davomida saralangan jamoalar:🔵 xalqaro mentorlar va 500 Global ekspertlari bilan ishlaydi;🔵 mahsulot, biznes model, PMF, GTM va traction’ni rivojlantiradi;🔵 pitching va investitsiya jalb qilishga tayyorlanadi;🔵 VC'lar hamda global venchur ekotizimi bilan aloqalar o‘rnatadi;🔵 yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini o‘rganadi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🎉2😍1
Traction
Qiymat taklifi shakllandi, mahsulot bozorga chiqdi.
Endi esa investor yoki akselerator sizdan so‘rashi mumkin:
Ya’ni, bozorda mahsulotingizga talab borligini qanday natijalar bilan ko‘rsata olasiz?
Traction — startapning bozorda erishgan natijalari va o‘sishini ko‘rsatuvchi dalillar.
Traction faqat daromad degani emas.
Startap bosqichiga qarab u quyidagilar orqali namoyon bo‘lishi mumkin:🟩 faol foydalanuvchilar soni va uning o‘sishi;🟩 mijozlar va takroriy xaridlar;🟩 daromad va savdo hajmi;🟩 pilot loyihalar va shartnomalar;🟩 hamkorliklar;🟩 foydalanuvchilarni ushlab qolish darajasi — retention.
Masalan:
“So‘nggi 6 oyda platformaning faol foydalanuvchilari soni 2 000 dan 8 000 gacha o‘sdi, 20 ta kompaniya pullik mijozga aylandi.”
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1😍1
Startup Pitch doirasida founderlar o‘z loyihalarini venchur fondlar vakillariga taqdim etib, biznes modeli, bozor salohiyati va rivojlanish strategiyasi bo‘yicha bevosita fikr-mulohaza olishlari mumkin.
Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar:🔵 startapingizni investorlar nuqtayi nazaridan baholash;🔵 biznes model va bozor salohiyati bo‘yicha tavsiyalar olish;🔵 go-to-market strategiyasini ekspertlar bilan muhokama qilish;🔵 loyihaning kuchli va rivojlantirilishi kerak bo‘lgan jihatlarini aniqlash;🔵 venchur fondlar vakillari bilan yangi aloqalar o‘rnatish.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🎉1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Portugaliyaning Delta Y startapi hukumatlar va hududlarga mavjud ma’lumotlardan samarali foydalanish va ular asosida yaxshiroq qarorlar qabul qilishga yordam beruvchi data va AI yechimlarini ishlab chiqadi.
Suhbatda, shuningdek, Andijonning raqamli egizagi (digital twin), sun’iy intellekt yordamida ma’lumotlarni tahlil qilish, kompaniyaning Farg‘ona, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo va Jizzax kabi hududlar bilan hamkorlik rejalari hamda Delta Y'ning O‘zbekiston rivojiga qo‘shmoqchi bo‘lgan hissasi haqida gaplashdik.
Eslatib o‘tamiz, Delta Y startapi ICTWeek doirasida o‘tkazilgan Global Startup Ecosystem Awards 2026 tadbirida hamkor sifatida ishtirok etdi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🤩2👏1😍1
IT Park Ventures portfelidagi Verifix startapi va Qozog‘istonning EasyTap kompaniyasi O‘zbekiston hamda Qozog‘istonda qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Verifix biznesga ish yuklamasini tahlil qilish va smenalarni rejalashtirishda yordam beradi. Xodimlar yetishmaganda esa EasyTap orqali tekshiruvdan o‘tgan ijrochilarni tezkor jalb qilish mumkin bo‘ladi. Ish vaqtini hisobga olish, to‘lovlar va tahlillar ham yagona interfeysda jamlanadi.
Xodimlar va ijrochilar uchun tasdiqlangan raqamli mehnat tarixi hamda shaxsiy reyting shakllanadi.💼 IT Park Ventures 2025-yilda Verifix’ga $150 000 investitsiya kiritgan. Yangi hamkorlik startapning mintaqaviy kengayishi uchun navbatdagi qadam bo‘ladi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6😍3👍2🤩2
ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida xalqaro ekspertlar va startap ekotizimi vakillarini birlashtirgan vorkshop bo‘lib o‘tdi.
Unda kompaniyani qurish va scale-up bosqichiga olib chiqishda muhim bo‘lgan uch yo‘nalish — founderning fikrlash tarzi, smart kapital va strategik hamkorliklar hamda AI davrida jamoalarning o‘zgarishi muhokama qilindi.
🧠 Antoni Doe Jahongir Normatov moderatorligidagi “The Scale-Up Mindset” fireside chatida kompaniya o‘sib borgani sari founderning fikrlashi va o‘ziga beradigan savollari qanday o‘zgarishi haqida gapirdi. Muhim xulosalardan biri: scale qilish har doim ham darhol xalqaro bozorga chiqish degani emas — ayrim holatlarda avval mahalliy bozordagi pozitsiyani mustahkamlash samaraliroq strategiya bo‘lishi mumkin.💸 John Paul Isham “Beyond the Investment” mavzusidagi chiqishida to‘g‘ri investor startapga faqat kapital emas, balki ekspertiza, strategik aloqalar, yangi bozorlarga kirish va o‘sish imkoniyatlarini ham olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.🤖 Xulian Gilliam esa “The Team Got Smaller. The Roles Did Not” mavzusida AI jamoalar ishini qanday o‘zgartirayotgani haqida so‘z yuritdi. AI ayrim vazifalarni tezlashtirayotgan bo‘lsa-da, jamoa ichidagi aniq rollar, samarali hamkorlik va kuchli ijro yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍2🔥1🤩1