StartupBase
6.19K subscribers
7.26K photos
563 videos
3 files
3.06K links
This is a unique platform that combines a base of promising startups and their founders, as well as partners and investors.

Introduce your startup to the world and find investors and partners.

Website: https://startupbase.uz/en
Download Telegram
✈️ Global bozorga chiqing — AI-startaplar uchun Open Call

Xorijiy mijozlaringizni topish va xalqaro savdoni yo‘lga qo‘yishga tayyormisiz?

🟢 IT Park Uzbekistan va Astana Hub xalqaro bozorlarga chiqish, ilk xorijiy mijozlarni topish va tizimli savdoni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan AI-native startaplar uchun saralash dasturini ishga tushirmoqda.

Tanlangan startaplar nimalarga ega bo‘ladi?
🟢 tajribali founderlar bilan individual coaching;
🟢 biznesni rivojlantirish, marketing va mijozlarni onboarding qilish bo‘yicha amaliy ko‘mak;
🟢 yangi mijozlar va leadlarni topish bo‘yicha yordam;
🟢 hamkorlar, resellerlar va integratorlar bilan ishlash;
🟢 mahsulotga mos marketing playbook ishlab chiqish;
🟢 banking, invoicing va xalqaro to‘lovlar kabi operatsion jarayonlarda ko‘mak.

🤖 Kimlar uchun?
AI mahsulotning shunchaki qo‘shimcha funksiyasi emas, balki biznes va mahsulotning asosini tashkil etadigan AI-native startaplar uchun.


Bularning barchasi bitta SAFE investitsiyasi doirasida taqdim etiladi.

🗓 Dedlayn: 18-sentabr
Batafsil saytimizda

🔗 Ariza topshirish

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🎉2😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌠 O‘zbekistonda yoshlarning texnologik g‘oyalari qanday qo‘llab-quvvatlanmoqda?

Mustaqillik yillarida yoshlar uchun o‘z bilim va g‘oyalarini real texnologik mahsulotga aylantirish, ekspertlar bilan ishlash hamda investitsiya jalb qilish imkonini beruvchi yangi dasturlar shakllandi.

🥇 2026-yilda President Tech Award va President AI Award doirasidagi grant va investitsiyalarning umumiy hajmi $6 000 000 ni tashkil etdi: President Tech Award — $5 000 000, President AI Award — $1 000 000.

🎙 U-Enter direktor o‘rinbosari Ilhomjon Aliev videoda yoshlarning IT va texnologik tadbirkorlikdagi imkoniyatlari, g‘oyadan startupgacha bo‘lgan yo‘l hamda davlat ko'magi ahamiyati haqida so‘zlab berdi.

🌠 yillik yo‘l — yoshlarning g‘oyalariga ishonchdan ularni global texnologik loyihalarga aylantirishgacha.

#Mustaqillik35 #Uzb35

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1😍5👍4🤩3🙏2🔥1
Forwarded from Enterprise Uzbekistan
Farkhod Ibragimov has been appointed Chief Executive of Enterprise Uzbekistan.

He previously chaired the Supervisory Board of IT Park Uzbekistan, and before that, led it as founding CEO from its establishment in 2019, serving for nearly six years through 2025. Under his leadership, IT Park grew to more than 2,000 IT companies, including over 500 foreign and export-oriented businesses, while expanding innovative programs and regional initiatives across the country.

He now brings that experience to Enterprise Uzbekistan, a technology jurisdiction built on elements of English and Welsh Common Law — as it continues growing its ecosystem for tech companies from around the world.
1🔥8🤩4👏2😍2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏2😍1
🎮 LVL 35 Game Jam ortidagi hikoya:
Aziza'ning GameDev sari yo‘li


48 soatlik dasturlash, qat’iy deadline va yaratilgan o‘yinlar ortida ishtirokchilarning o‘z hikoyalari ham bor.

ℹ️ Ulardan biri bizning e’tiborimizni alohida tortdi.

Aziza LVL 35 Game Jam’da onlayn qatnashdi — Unity’da o‘yin yaratdi, texnik muammolarga yechim topdi, uning yonida esa bir yarim yoshli o‘g‘li o‘ynab o‘tirdi, ba’zida esa onasining quchog‘ida “birga ishladi”.

Ammo bu hikoya faqat Game Jam yoki turli vazifalarni bir vaqtda uddalash haqida emas.

Bu — GameDev’da o‘z yo‘lini topish, o‘ziga bo‘lgan shubhalarni yengib o‘tish, katta maqsadlar qo‘yish va ba’zida o‘ziga ishonishdan oldin shunchaki birinchi qadamni tashlash haqida.

🖥 Aziza'ning hikoyasini saytimizda o‘qing

@startupbaseuz

На русском
In English
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7🤩22😍1
🛠 #ToolOfTheWeek | Make

🤔 Takroriy vazifalarga hali ham vaqt sarflayapsizmi?

Make — ish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun vizual platforma. U murakkab kod yozmasdan ilovalar, servislar va AI-vositalarni yagona ssenariyga birlashtirish imkonini beradi.

🔎 Make orqali:
🔵 sayt yoki formadan kelgan arizalarni CRM va Google Sheets’ga avtomatik yo‘naltirish;
🔵 yangi lead va vazifalar haqida jamoaga xabar yuborish;
🔵 follow-up xatlar va mijozlar onboardingi jarayonini avtomatlashtirish;
🔵 turli servislar o‘rtasidagi ma’lumotlarni sinxronlashtirish;
🔵 kontent, ma’lumotlar va foydalanuvchi murojaatlari bilan ishlash uchun AI-ssenariylar yaratish mumkin.

Make 3 000+ integratsiyani qo‘llab-quvvatlaydi.
Shu sababli startap foydalanadigan vositalarni yagona tizimga bog‘lash mumkin.

👥 Kimlar uchun foydali?

Make ayniqsa startap asoschilari, marketologlar, savdo bo‘limlari, product va project menejerlar hamda takroriy vazifalarni kamaytirmoqchi bo‘lgan kichik jamoalar uchun foydali.

Bir marta to‘g‘ri sozlangan ssenariy o‘nlab takroriy vazifalarni avtomatik bajarib, mahsulot va mijozlar bilan ishlash uchun ko‘proq vaqt ajratishga yordam beradi.


👌 Startapingizni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni har hafta O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkaziladigan Startup Advice sessiyalarida olishingiz mumkin.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🤩1😍1
🇰🇷 Janubiy Koreya bozoriga chiqish uchun noyob imkoniyat

Startapingizni Osiyoning yetakchi texnologik bozorlaridan biriga olib chiqishga tayyormisiz?

🟢 IT Park Uzbekistan va SparkLabs Korea o‘zbek startaplari uchun Janubiy Koreya bozoriga chiqishga qaratilgan 9 haftalik Korea-Entry Acceleration Program dasturiga arizalar qabulini boshladi.

Tanlangan startaplar:
🔵 tajribali mentorlar bilan bevosita ishlaydi;
🔵 Koreya bozori uchun Product-Market Fit (PMF) va Go-to-Market (GTM) strategiyalarini takomillashtiradi;
🔵 potensial koreyalik mijozlar va hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatadi;
🔵 Janubiy Koreyadagi onsite dasturda ishtirok etadi;
🔵 Demo Dayda o‘z startapini taqdim etadi.

MVP, dastlabki traction yoki faol mijozlar bazasiga ega hamda Janubiy Koreya bozoriga chiqish bo‘yicha aniq rejasi mavjud pre-seed va seed bosqichidagi startaplarga ustuvorlik beriladi.


👥 Dastur uchun IT Park rezidenti bo‘lgan 8 tagacha startap saralab olinadi.

🗓 Dastur: 12-oktabr – 11-dekabr
⏲️ Arizalar qabuli: 25-sentabrgacha

🔗 Ariza topshiring

🚀 Janubiy Koreya bozoriga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6😍3🤩2🙏1
StartupBase
Y Combinator’ga ariza topshirmoqchimisiz? Ammo YC arizada aynan nimaga qarashini va 10 daqiqalik intervyuda founder o‘z startapining qiymatini qanday ko‘rsatishi kerakligini bilmaysizmi? ➡️ 16-sentabr kuni “How to Get into Y Combinator: Insider Strategy…
Eslatib o‘tamiz: 16-sentabr kuni Y Combinator bo‘yicha workshop!

Arizangizni qanday kuchaytirish va 10 daqiqalik intervyuga qanday tayyorlanishni bilib oling.


🎙 Valery Yalouskikh — MA7 Ventures hamkori, startaplar bo‘yicha maslahatchi — quyidagilarni ko‘rib chiqadi:

🟠 YC tanlovda nimalarga e’tibor beradi;
🟠 arizalarda eng ko‘p uchraydigan xatolar;
🟠 traction va asosiy metrikalarni to‘g‘ri ko‘rsatish;
🟠 YC hamkorlari bilan intervyuga tayyorgarlik.

Yakunida founderlar uchun live Q&A sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

🗓 16-sentabr
⏲️ 10:00 | Toshkent vaqti
📍 Onlayn

🔗 Ro‘yxatdan o‘ting

🚀 Agar YC — keyingi maqsadingiz bo‘lsa, workshopga qo‘shiling!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5🙏2😍1
#StartupMythBusters

Mif: Global bozorga chiqish uchun startap avval mahalliy bozorda katta bo‘lishi kerak.

Aslida: Startap xalqaro bozorga chiqish uchun o‘z mamlakatida bozor yetakchisiga aylanishini kutishi shart emas.

Buni Bolt va TASS Vision misolida ko‘rib chiqamiz.

🟩 Bolt — mobil ilova orqali yo‘lovchilarni haydovchilar bilan bog‘laydigan ride-hailing platformasi sifatida 2013-yilda Estoniyada ish boshlagan.

Keyinchalik kompaniya skuter va elektrobike ijarasi, avtomobil ijarasi hamda oziq-ovqat yetkazib berish kabi xizmatlarni ham yo‘lga qo‘ydi.

Mahalliy bozor hajmi cheklangan bo‘lsa-da, jamoa mahsulotni faqat Estoniya bilan chegaralamadi va boshqa mamlakatlarga chiqishni boshladi.

🔼 Bugungi kunda Bolt 50+ mamlakat va 850+ shaharda faoliyat yuritadi.


🟩 TASS Vision o‘z faoliyatini Toshkentda boshladi va AI asosidagi computer vision yechimlarini dastlab O‘zbekiston bozorida joriy qildi. Keyinchalik jamoa xalqaro ekspansiyani boshladi.

2024-yilda TASS Vision 🥇 President Tech Award’da “Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar” yo‘nalishida 1-o‘rinni egallab, $100 000 mukofotga sazovor bo‘ldi.

Bugungi kunda startap yechimlari 10 ta mamlakatdagi 3 000+ do‘konda ishlaydi.

TASS Vision tajribasi ham global ekspansiya mahalliy bozorda maksimal miqyosga yetgandan keyingina boshlanishi shart emasligini ko‘rsatadi.


🌐 Global bozor — final bosqich emas, startap strategiyasining bir qismi bo‘lishi mumkin.

🚀 Agar siz yechayotgan muammo boshqa bozorlarda ham mavjud bo‘lsa, globalga chiqish uchun “yetarlicha katta” bo‘lishni kutish shart emas.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🙏1😍1
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
JOIN ICT WEEK! The event that has sharpened Uzbekistan’s technological edge for more than 20 years.

It brings together industry experts, global tech giants, and companies who recognize the strength of our country’s IT sector. And every year, it draws in something just as important: young creative talent - hungry to learn, eager to work, ready to stand shoulder to shoulder with industry leaders.

The scale keeps growing. The ambition keeps growing.
If you want to be part of where Uzbekistan’s tech future is being built - join us.

📅 22–25 September | 📍 CAEx, Tashkent 👉 Register: ictweek.uz

#ICTWeek2026 #Uzbekistan #Tashkent #IT #Technology
🔥4🎉2😍1
Cloud, AI va DevOps kelajagini AWS ekspertlari bilan muhokama qilishga tayyormisiz?

ICTWEEK 2026 doirasida 25-sentabr kuni Toshkentda AWS Community Day Central Asia 2026 bo‘lib o‘tadi.

🎙 Tadbir spikerlari orasida Amazon Web Services vitse-prezidenti va Chief Evangelist Jeff Barr ishtirok etadi.

Sizni nimalar kutmoqda:
🔹 AWS Bedrock asosidagi AI-agentlar va production tizimlar;
🔹 Serverless arxitektura va AWS Lambda;
🔹 Cloud xarajatlarini optimallashtirish;
🔹 DevOps, avtomatlashtirish va data pipeline’lar;
🔹 Mintaqada AWS’dan foydalanayotgan jamoalarning tajribalari.

👥 Kimlar uchun:

Cloud va DevOps mutaxassislari, dasturchilar, IT-arxitektorlar, data engineer’lar, startaplarning texnik jamoalari hamda AWS texnologiyalariga qiziquvchilar uchun.


🗓 25-sentabr
⏲️ 09:00–18:00
📍 CAEx, Toshkent

⚽️ Dastur faqat ekspert sessiyalari bilan cheklanmaydi!
Ishtirokchilarni AI-agentlar futbol musobaqasi kutmoqda.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

🚀 AWS ekspertlaridan bilim olish va yangi aloqalar o‘rnatish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🙏1😍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3😍2🙏1
🧬 Life Sciences startapingizni xalqaro bozorga olib chiqishga tayyormisiz?

Biotech, Healthtech yoki Pharmatech yo‘nalishida startap rivojlantiryapsizmi?

DOMiNO Ventures va UzVC Markaziy Osiyo startaplari uchun SGP Life Sciences ikki oylik akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Tanlangan startaplar nimalarga ega bo‘ladi?
🔵 mentorlar va soha ekspertlaridan amaliy ko‘mak;
🔵 investitsiya jalb qilish va biznesni kengaytirishga tayyorgarlik;
🔵 xalqaro venchur fondlari va investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar;
🔵 yangi bozorlarga chiqish va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari.

Dastur doirasida ikki kunlik oflayn Bootcamp o‘tkaziladi.
Akseleratsiya Demo Day bilan yakunlanib, startaplar o‘z loyihalarini investorlar, korporatsiyalar va ekotizim vakillariga taqdim etadi.


🗓 Arizalar qabuli: 18-sentabrgacha

🔗 Ro'yxatdan o'tish

Ariza topshiring va Life Sciences startapingizni keyingi bosqichga olib chiqing!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🤩1😍1
🎤 Pitchning dastlabki 20 soniyasidayoq investor e’tiborini qanday jalb qilish mumkin?

Bugun onlayn master-klassda 🎙 Bill ReichertPegasus Tech Ventures va Startup World Cup Chief Evangelist’i — ishtirok etadi.

60 daqiqada quyidagilarni bilib olasiz:
🔹 investorlar pitchda nimaga e’tibor beradi;
🔹 founderlar eng ko‘p qanday xatolarga yo‘l qo‘yadi;
🔹 katta daromadsiz traction’ni qanday ko‘rsatish kerak;
🔹 yaxshi pitchni “wow” pitchdan nima ajratib turadi;
🔹 investorlar taqdimotdan tashqari yana nimalarni baholaydi.


🏆 Ayniqsa Startup World Cup Uzbekistan ishtirokchilari uchun dolzarb: mintaqaviy g‘olib San-Fransiskodagi $1 mln investitsion mukofot uchun Grand Final’da qatnashadi.

🗓 8-sentabr
20:00–21:00

🔗 Ro'yxatdan o'tish

🚀 Pitchingiz orqali investor e’tiborini jalb qilish sirlarini bilib oling.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🤩2😍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌠 O‘zbekistonlik asoschilar global startap sahnasiga qanday chiqmoqda?

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda startap yaratish, xalqaro mentor va investorlar bilan ishlash hamda mahsulotlarni xorijiy bozorlarga olib chiqish uchun yangi imkoniyatlar shakllandi.

📈 Startup Genome ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 100+ O‘zbekiston startapi xorijiy bozorlarda faoliyat yuritmoqda.

🎙 UzCombinator hammuassisi Laylo Ismailova videoda O‘zbekiston startup ekotizimidagi o‘zgarishlar, asoschilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda vatandoshlarimizning Y Combinator kabi nufuzli dasturlarga kirib, global sahnaga chiqayotgani haqida so‘zlab berdi.

🌠 yillik yo‘l — O‘zbekistonda boshlangan g‘oyalardan xalqaro bozorlar va global startup sahnasigacha.

#Mustaqillik35 #Uzb35

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥5🎉1😍1
📝 VC Party Toshkentga qaytmoqda

23-sentabr kuni Toshkentda VC Party — Markaziy Osiyodagi investorlar, startap founderlar, biznes farishtalar va texnologik ekotizim vakillari uchun norasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Dasturda:
🔹 investorlar, founderlar va venture fondlar vakillari bilan networking;
🔹 yangi biznes aloqalar va potensial hamkorliklarni muhokama qilish imkoniyati;
🔹 mintaqaning venture ekotizimi vakillari bilan norasmiy muloqot;
🔹 welcome drinks va DJ.


VC Party venture bozori ishtirokchilari bilan tanishish, tajriba almashish hamda yangi loyihalar va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish uchun maydon yaratadi.

🗓 23-sentabr 2026
19:00

🎟 Chiptalarga ega bo'ling
ITPARK promokodi orqali chiptalarni 10% chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin.

🚀 VC Party’ga qo‘shiling va kechani Markaziy Osiyoning startup va venture hamjamiyati bilan birga o‘tkazing.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🙏2😍1
🧠 WIUT Hackathon 2026: “Intelligence in Use” hackathoniga arizalar qabuli boshlandi

Computer Vision yoki moliya sohasida AI yechim yaratishga tayyormisiz?

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti O‘zbekiston bo‘ylab talabalarni 3 kishilik jamoalarda ikki yo‘nalish bo‘yicha bellashishga taklif etadi:

🔵 Computer Vision
🔵 FinTech / moliya sohasida AI

Onlayn saralashdan o‘tgan 40 ta jamoa ikki kunlik finalda o‘z yechimlarini ishlab chiqib, soha ekspertlariga taqdim etadi.

🏆 Har bir yo‘nalishdagi eng yaxshi uchta jamoa 90 000 000 so‘mlik mukofot jamg‘armasi uchun kurashadi va innoWIUT rezidentlik dasturiga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🗓 Arizalar qabuli: 20-sentabrgacha
👀 Onlayn saralash: 21–25-sentabr
📍 TXVU'dagi final: 10–11-oktabr

🔗 Ro‘yxatdan o‘ting

🚀 AI ko‘nikmalaringizni amaliy yechimga aylantiring — jamoangizni yig‘ing va hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6🤩22😍1
Meet Our Speaker: Kanat Bektemirov

22-sentabr kuni ICT Week Uzbekistan 2026 doirasidagi Startup & Venture Summit’da Kanat Bektemirov — SupplyPike asoschilaridan biri va sobiq CTO — keynote bilan ishtirok etadi. Hozirda u SPS Commerce tarkibidagi SupplyPike texnologiya yo‘nalishini boshqaradi.

SupplyPike AQShning Arkanzas shtatida yaratilgan tor yo‘nalishdagi startapdan 2024-yilda SPS Commerce tomonidan $200 millionga sotib olingan texnologik kompaniyagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.


Keynote: “Why Exit Should Be Every Founder's Strategy From the Day One"

SupplyPike’ni yaratishdan uning sotib olinishigacha bo‘lgan tajribaga tayangan holda, Kanat quyidagilar haqida gapiradi:

🔵 Arkanzasda tor yo‘nalishdagi startap yaratish yo‘li;
🔵 mijozlar qadrlaydigan va strategik xaridorlar sotib olishni istaydigan kompaniyani ilk kundanoq qurish;
🔵 uzoq muddatli qiymatni hisobga olgan holda o‘sish bo‘yicha strategik qarorlar qabul qilish;
🔵 startapni investitsiya jalb qilish va potensial exit’ga doim tayyor saqlash.

🗓 22-sentabr
14:00–18:00
📍 CAEx, Main Hall

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

Summit founderlar, investorlar, venture fondlar va xalqaro ekotizim vakillarini bir maydonda jamlab, fundraising, global scale va exit kabi muhim mavzularni qamrab oladi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🤩2👍1😍1
🧠 Umummilliy AI Hackathon | Xorazm

Sun’iy intellekt yordamida muammolarga yechim yaratish g‘oyangiz bormi?

17–20-sentabr kunlari Umummilliy AI Hackathonning Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Hackathon treklari va maxsus nominatsiyalar:
🔹 Farmatsevtika va sog‘liqni saqlash
🔹 Ta’lim
🔹 Tadbirkorlik

🏆 Maxsus nominatsiyalar:
🔹 Eng qiziqarli taqdimot
🔹 Eng dolzarb ijtimoiy loyiha


Kimlar ishtirok etishi mumkin?
🔵16 yoshdan katta
🔵 pasport yoki ID-kartaga ega
🔵 Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi yoshlar.

❗️Eslatma:
Umummilliy AI Hackathon’ning boshqa viloyat bosqichida avval ishtirok etgan nomzodlar Xorazm bosqichida qatnasha olmaydi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

🚀 AI-loyihangizni rivojlantirish uchun bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2🎉1😍1
⚡️ 54 soatda g‘oyadan MVP’gacha: Techstars Startup Weekend Andijon va Toshkentda

Startap g‘oyangiz bor, ammo nimadan boshlashni bilmaysizmi?

Sentabr oyida Techstars Startup Weekend Ideathon ikki shaharda bo‘lib o‘tadi. Dastur ishtirokchilarga o‘z g‘oyasini ilk mahsulot va biznes modelga aylantirish imkonini beradi.

54 soat davomida siz:
🟩 jamoa tuzib, birinchi MVP’ingizni yaratasiz;
🟩 Techstars metodologiyasi asosida gipotezalarni sinab, biznes model ishlab chiqasiz;
🟩 AI, IT, biznes va marketing ekspertlari bilan ishlaysiz;
🟩 yechimingizni investorlarga taqdim etasiz;
🟩 har bir tadbirda 30 000 000 so‘mlik mukofot jamg‘armasi uchun kurashasiz.


O‘zingizga qulay shaharni tanlang:
📍 Andijon: 18–20-sentabr
🔗 Andijon uchun ro‘yxatdan o‘tish

📍 Toshkent: 25–27-sentabr
🔗 Toshkent uchun ro‘yxatdan o‘tish

🚀 G‘oyangizni amaliy mahsulotga aylantiring — Techstars Startup Weekend’ga qo‘shiling!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🤩1😍1