Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqot yakunlari bo‘yicha imzolagan farmonida startap ekotizimiga oid bir qator yangi choralar belgilandi.
2027–2030-yillarda “Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida:🟡 8 ta ustuvor yo‘nalishda 30 tagacha startap tanlab olinadi;🟡 har bir loyihaga 5 mlrd so‘mgacha investitsiya SAFE yoki konvertatsiyalanadigan qarz shaklida kiritiladi;🟡 loyihalar uchun “tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi.
Dastur uchun 2027-yilda dastlabki 150 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.
Business Angel’lar uchun soliq imtiyozi:🟡 startaplarga sarmoya kiritgan jismoniy shaxslar “Startap investori” (Business Angel) maqomini olishi mumkin;🟡 investor startapdagi ulushini kamida 3 yil saqlab, keyin sotsa, ushbu daromad daromad solig‘idan ozod etiladi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9🙏3😍2👍1🎉1🤩1
Ammo YC arizada aynan nimaga qarashini va 10 daqiqalik intervyuda founder o‘z startapining qiymatini qanday ko‘rsatishi kerakligini bilmaysizmi?
🟠 YC’ning tanlov mezonlari;🟠 arizalarda eng ko‘p uchraydigan xatolar;🟠 traction va metrikalarni to‘g‘ri ko‘rsatish;🟠 10 daqiqalik partner intervyusiga tayyorgarlik;🟠 MA7 Ventures portfolio tajribasidan amaliy insightlar.
Workshop yakunida — founderlar uchun live Q&A bo'lib o'tadi.
@startupbaseuz
На русском
In English
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🙏1😍1
IT Park Uzbekistan va Yaponiyaning yetakchi akseleratorlaridan biri — 01Booster hamkorligidagi selektiv dastur O‘zbekiston startaplariga Yaponiya bozoriga chiqish imkoniyatini taqdim etadi.
Tanlangan startaplarni nimalar kutmoqda?🟢 Yaponiya korporatsiyalari va potensial mijozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar;🟢 pilot loyihalarni ishga tushirish imkoniyati;🟢 mahalliy investorlar bilan uchrashuvlar;🟢 Yaponiya biznes muhitini biladigan mentorlar ko‘magi;🟢 onlayn tayyorgarlik va Yaponiyadagi oflayn sessiyalar.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2🙏1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik yillarida IT sohasi bilan birga geymdev yo‘nalishi ham rivojlanib, yangi studiyalar, kasblar va xalqaro loyihalar uchun imkoniyatlar yaratdi.
Dastur 500+ ariza qabul qildi, 2024-yilda esa NVIDIA ko‘magiga ega bo‘ldi.
#Mustaqillik35 #Uzb35
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5😍2🙏1
Startapingizni Ostonada namoyish etishga tayyormisiz?
🟡 Xalqaro kompaniyalari, integratorlari va investorlari bilan B2B uchrashuvlar;🟡 potensial mijozlar bilan muzokaralar;🟡 AI, investitsiyalar, texnologiyalar va xalqaro bozorlarga chiqishga bag‘ishlangan biznes dastur;🟡 netvorking va yangi hamkorlik imkoniyatlari.
🔗Ariza topshirish
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4😍2🙏1
Xorijiy mijozlaringizni topish va xalqaro savdoni yo‘lga qo‘yishga tayyormisiz?
Tanlangan startaplar nimalarga ega bo‘ladi?
🟢 tajribali founderlar bilan individual coaching;🟢 biznesni rivojlantirish, marketing va mijozlarni onboarding qilish bo‘yicha amaliy ko‘mak;🟢 yangi mijozlar va leadlarni topish bo‘yicha yordam;🟢 hamkorlar, resellerlar va integratorlar bilan ishlash;🟢 mahsulotga mos marketing playbook ishlab chiqish;🟢 banking, invoicing va xalqaro to‘lovlar kabi operatsion jarayonlarda ko‘mak.🤖 Kimlar uchun?
AI mahsulotning shunchaki qo‘shimcha funksiyasi emas, balki biznes va mahsulotning asosini tashkil etadigan AI-native startaplar uchun.
Bularning barchasi bitta SAFE investitsiyasi doirasida taqdim etiladi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🎉2😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik yillarida yoshlar uchun o‘z bilim va g‘oyalarini real texnologik mahsulotga aylantirish, ekspertlar bilan ishlash hamda investitsiya jalb qilish imkonini beruvchi yangi dasturlar shakllandi.
#Mustaqillik35 #Uzb35
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1😍5👍4🤩3🙏2🔥1
Forwarded from Enterprise Uzbekistan
Farkhod Ibragimov has been appointed Chief Executive of Enterprise Uzbekistan.
He previously chaired the Supervisory Board of IT Park Uzbekistan, and before that, led it as founding CEO from its establishment in 2019, serving for nearly six years through 2025. Under his leadership, IT Park grew to more than 2,000 IT companies, including over 500 foreign and export-oriented businesses, while expanding innovative programs and regional initiatives across the country.
He now brings that experience to Enterprise Uzbekistan, a technology jurisdiction built on elements of English and Welsh Common Law — as it continues growing its ecosystem for tech companies from around the world.
He previously chaired the Supervisory Board of IT Park Uzbekistan, and before that, led it as founding CEO from its establishment in 2019, serving for nearly six years through 2025. Under his leadership, IT Park grew to more than 2,000 IT companies, including over 500 foreign and export-oriented businesses, while expanding innovative programs and regional initiatives across the country.
He now brings that experience to Enterprise Uzbekistan, a technology jurisdiction built on elements of English and Welsh Common Law — as it continues growing its ecosystem for tech companies from around the world.
1🔥8🤩4👏2😍2
Rubrikamizda startaplar, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi muhim yangiliklarni qisqa formatda jamlaymiz.
1. O‘zbekiston HICOOL 2026’da milliy startaplar pavilyonini taqdim etdi
2. Smartup Plug and Play’dan investitsiya jalb qildi
3. O‘zbekiston startaplari Silkway Accelerator’da kuchli natijalarni qayd etdi
4. O‘zbekistonda startaplar uchun yangi moliyalashtirish dasturi ishga tushiriladi
5. 9-sentabr kuni “How to Get into Y Combinator: Insider Strategy & Founder Playbook” onlayn workshop bo'lib o'tadi
6. Yaponiya bozoriga chiqish uchun arizalar qabuli yakunlanishiga 7 kun qoldi
7. East Games biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Akmal Salikhov O‘zbekistonda geymdev sanoatining rivojlanishi va uning global bozordagi salohiyati haqida so‘zlab berdi.
8. ICT WEEK 2026: OTS Technology Forum
9. Google rasmlar generatsiyasi uchun Pics'ni taqdim etdi
10. OpenAI GPT-6 Astra ni taqdim etdi
11. NVIDIA Hugging face platformasini $12.9 milliardga sotib oldi
12. Domino Ventures va UzVC SGP Life Sciences akseleratsiya programmasini ishga tusurishdi
13. Global bozorga chiqing — AI-startaplar uchun Open Call
14. AI & Digital Bridge 2026: Startup Alley’da o‘z stendingiz bilan qatnashing
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏2😍1
Aziza'ning GameDev sari yo‘li
48 soatlik dasturlash, qat’iy deadline va yaratilgan o‘yinlar ortida ishtirokchilarning o‘z hikoyalari ham bor.
Aziza LVL 35 Game Jam’da onlayn qatnashdi — Unity’da o‘yin yaratdi, texnik muammolarga yechim topdi, uning yonida esa bir yarim yoshli o‘g‘li o‘ynab o‘tirdi, ba’zida esa onasining quchog‘ida “birga ishladi”.
Ammo bu hikoya faqat Game Jam yoki turli vazifalarni bir vaqtda uddalash haqida emas.
Bu — GameDev’da o‘z yo‘lini topish, o‘ziga bo‘lgan shubhalarni yengib o‘tish, katta maqsadlar qo‘yish va ba’zida o‘ziga ishonishdan oldin shunchaki birinchi qadamni tashlash haqida.
@startupbaseuz
На русском
In English
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7🤩2 2😍1
Make — ish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun vizual platforma. U murakkab kod yozmasdan ilovalar, servislar va AI-vositalarni yagona ssenariyga birlashtirish imkonini beradi.
🔵 sayt yoki formadan kelgan arizalarni CRM va Google Sheets’ga avtomatik yo‘naltirish;🔵 yangi lead va vazifalar haqida jamoaga xabar yuborish;🔵 follow-up xatlar va mijozlar onboardingi jarayonini avtomatlashtirish;🔵 turli servislar o‘rtasidagi ma’lumotlarni sinxronlashtirish;🔵 kontent, ma’lumotlar va foydalanuvchi murojaatlari bilan ishlash uchun AI-ssenariylar yaratish mumkin.
Make 3 000+ integratsiyani qo‘llab-quvvatlaydi.
Shu sababli startap foydalanadigan vositalarni yagona tizimga bog‘lash mumkin.👥 Kimlar uchun foydali?
Make ayniqsa startap asoschilari, marketologlar, savdo bo‘limlari, product va project menejerlar hamda takroriy vazifalarni kamaytirmoqchi bo‘lgan kichik jamoalar uchun foydali.
Bir marta to‘g‘ri sozlangan ssenariy o‘nlab takroriy vazifalarni avtomatik bajarib, mahsulot va mijozlar bilan ishlash uchun ko‘proq vaqt ajratishga yordam beradi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🤩1😍1
Startapingizni Osiyoning yetakchi texnologik bozorlaridan biriga olib chiqishga tayyormisiz?
Tanlangan startaplar:🔵 tajribali mentorlar bilan bevosita ishlaydi;🔵 Koreya bozori uchun Product-Market Fit (PMF) va Go-to-Market (GTM) strategiyalarini takomillashtiradi;🔵 potensial koreyalik mijozlar va hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatadi;🔵 Janubiy Koreyadagi onsite dasturda ishtirok etadi;🔵 Demo Dayda o‘z startapini taqdim etadi.
MVP, dastlabki traction yoki faol mijozlar bazasiga ega hamda Janubiy Koreya bozoriga chiqish bo‘yicha aniq rejasi mavjud pre-seed va seed bosqichidagi startaplarga ustuvorlik beriladi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6😍3🤩2🙏1
StartupBase
Arizangizni qanday kuchaytirish va 10 daqiqalik intervyuga qanday tayyorlanishni bilib oling.
🟠 YC tanlovda nimalarga e’tibor beradi;🟠 arizalarda eng ko‘p uchraydigan xatolar;🟠 traction va asosiy metrikalarni to‘g‘ri ko‘rsatish;🟠 YC hamkorlari bilan intervyuga tayyorgarlik.
Yakunida founderlar uchun live Q&A sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5🙏2😍1
#StartupMythBusters
❌ Mif: Global bozorga chiqish uchun startap avval mahalliy bozorda katta bo‘lishi kerak.
✅ Aslida: Startap xalqaro bozorga chiqish uchun o‘z mamlakatida bozor yetakchisiga aylanishini kutishi shart emas.
Buni Bolt va TASS Vision misolida ko‘rib chiqamiz.
🌐 Global bozor — final bosqich emas, startap strategiyasining bir qismi bo‘lishi mumkin.
🚀 Agar siz yechayotgan muammo boshqa bozorlarda ham mavjud bo‘lsa, globalga chiqish uchun “yetarlicha katta” bo‘lishni kutish shart emas.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Buni Bolt va TASS Vision misolida ko‘rib chiqamiz.
🟩 Bolt — mobil ilova orqali yo‘lovchilarni haydovchilar bilan bog‘laydigan ride-hailing platformasi sifatida 2013-yilda Estoniyada ish boshlagan.
Keyinchalik kompaniya skuter va elektrobike ijarasi, avtomobil ijarasi hamda oziq-ovqat yetkazib berish kabi xizmatlarni ham yo‘lga qo‘ydi.
Mahalliy bozor hajmi cheklangan bo‘lsa-da, jamoa mahsulotni faqat Estoniya bilan chegaralamadi va boshqa mamlakatlarga chiqishni boshladi.🔼 Bugungi kunda Bolt 50+ mamlakat va 850+ shaharda faoliyat yuritadi.🟩 TASS Vision o‘z faoliyatini Toshkentda boshladi va AI asosidagi computer vision yechimlarini dastlab O‘zbekiston bozorida joriy qildi. Keyinchalik jamoa xalqaro ekspansiyani boshladi.
2024-yilda TASS Vision🥇 President Tech Award’da “Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar” yo‘nalishida 1-o‘rinni egallab, $100 000 mukofotga sazovor bo‘ldi.
Bugungi kunda startap yechimlari 10 ta mamlakatdagi 3 000+ do‘konda ishlaydi.
TASS Vision tajribasi ham global ekspansiya mahalliy bozorda maksimal miqyosga yetgandan keyingina boshlanishi shart emasligini ko‘rsatadi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🙏1😍1
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
JOIN ICT WEEK! The event that has sharpened Uzbekistan’s technological edge for more than 20 years.
It brings together industry experts, global tech giants, and companies who recognize the strength of our country’s IT sector. And every year, it draws in something just as important: young creative talent - hungry to learn, eager to work, ready to stand shoulder to shoulder with industry leaders.
The scale keeps growing. The ambition keeps growing.
If you want to be part of where Uzbekistan’s tech future is being built - join us.
📅 22–25 September | 📍 CAEx, Tashkent 👉 Register: ictweek.uz
#ICTWeek2026 #Uzbekistan #Tashkent #IT #Technology
It brings together industry experts, global tech giants, and companies who recognize the strength of our country’s IT sector. And every year, it draws in something just as important: young creative talent - hungry to learn, eager to work, ready to stand shoulder to shoulder with industry leaders.
The scale keeps growing. The ambition keeps growing.
If you want to be part of where Uzbekistan’s tech future is being built - join us.
📅 22–25 September | 📍 CAEx, Tashkent 👉 Register: ictweek.uz
#ICTWeek2026 #Uzbekistan #Tashkent #IT #Technology
🔥4🎉2😍1
ICTWEEK 2026 doirasida 25-sentabr kuni Toshkentda AWS Community Day Central Asia 2026 bo‘lib o‘tadi.
Sizni nimalar kutmoqda:
🔹 AWS Bedrock asosidagi AI-agentlar va production tizimlar;🔹 Serverless arxitektura va AWS Lambda;🔹 Cloud xarajatlarini optimallashtirish;🔹 DevOps, avtomatlashtirish va data pipeline’lar;🔹 Mintaqada AWS’dan foydalanayotgan jamoalarning tajribalari.👥 Kimlar uchun:
Cloud va DevOps mutaxassislari, dasturchilar, IT-arxitektorlar, data engineer’lar, startaplarning texnik jamoalari hamda AWS texnologiyalariga qiziquvchilar uchun.
Ishtirokchilarni AI-agentlar futbol musobaqasi kutmoqda.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🙏1😍1
Biotech, Healthtech yoki Pharmatech yo‘nalishida startap rivojlantiryapsizmi?
DOMiNO Ventures va UzVC Markaziy Osiyo startaplari uchun SGP Life Sciences ikki oylik akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Tanlangan startaplar nimalarga ega bo‘ladi?
🔵 mentorlar va soha ekspertlaridan amaliy ko‘mak;🔵 investitsiya jalb qilish va biznesni kengaytirishga tayyorgarlik;🔵 xalqaro venchur fondlari va investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar;🔵 yangi bozorlarga chiqish va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari.
Dastur doirasida ikki kunlik oflayn Bootcamp o‘tkaziladi.
Akseleratsiya Demo Day bilan yakunlanib, startaplar o‘z loyihalarini investorlar, korporatsiyalar va ekotizim vakillariga taqdim etadi.
Ariza topshiring va Life Sciences startapingizni keyingi bosqichga olib chiqing!
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🤩1😍1
Bugun onlayn master-klassda
60 daqiqada quyidagilarni bilib olasiz:
🔹 investorlar pitchda nimaga e’tibor beradi;🔹 founderlar eng ko‘p qanday xatolarga yo‘l qo‘yadi;🔹 katta daromadsiz traction’ni qanday ko‘rsatish kerak;🔹 yaxshi pitchni “wow” pitchdan nima ajratib turadi;🔹 investorlar taqdimotdan tashqari yana nimalarni baholaydi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🤩2😍2