StartupBase
6.18K subscribers
7.26K photos
563 videos
3 files
3.06K links
This is a unique platform that combines a base of promising startups and their founders, as well as partners and investors.

Introduce your startup to the world and find investors and partners.

Website: https://startupbase.uz/en
Download Telegram
⚡️ Fonus Kids ANORBANK bilan hamkorlikni boshladi

Hamkorlik bolalarning raqamli xavfsizligi va moliyaviy savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan.

🔎 Fonus Kids tekshirilgan kontent, rivojlantiruvchi o‘yinlar va ota-ona nazorati vositalari orqali bolalar uchun xavfsizroq raqamli muhit yaratishga yordam beradi.

ANORBANK’ning UZCARD KIDS kartasi esa bolalarni pulni boshqarish va moliyaviy mas’uliyat bilan tanishtiradi, ota-onalarga xarajatlarni kuzatish imkonini beradi.

Hamkorlik shu ikki yo‘nalishni birlashtirib, bolalarda kundalik hayot uchun muhim ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Fonus Kids uchun bu — mahsulotni kengroq auditoriyaga yetkazish imkoniyati. Bank bilan hamkorlik startapga oilalar bilan aloqa qilishning qo‘shimcha kanalini ochadi. Uning qiymati bolalar va ota-onalarning aniq ehtiyojlariga javob beradigan yechimni ko‘proq foydalanuvchiga tanishtirishdadir.

Fonus Kids 💚 IT Park Ventures portfel startapi hisoblanadi


🖥 Batafsil saytimizda

🚀 Fonus Kids jamoasini yangi hamkorlik bilan tabriklaymiz va bolalar uchun xavfsiz raqamli muhit yaratish yo‘lida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7🙏3😍3👍1🤩1
StartupBase
🇺🇸 Ilg‘or texnologiyalar yaratyapsizmi? Uni Hero Training bilan Silikon vodiysida taqdim eting Draper University Hero Training 2026 dasturining ikkinchi oqimi uchun arizalar qabuli boshlandi. ⚡️ 5 haftalik dastur deep tech, frontier tech va global salohiyatga…
Hero Training’ga ariza topshirishga 3 kun qoldi!

⚡️ Draper University Hero Training 2026 — deep tech, frontier tech va yuqori texnologik mahsulotlar yaratayotgan founderlar uchun 5 haftalik intensiv dastur.

Ishtirokchilarni Silikon vodiysida 40+ xalqaro mentor va ekspert, amaliy vorkshoplar, Navy SEALs bilan Survival Week va Tim Dreyper oldidagi yakuniy Pitch Day kutmoqda.

📍 San Mateo, Kaliforniya
Dedlayn: 31-avgust

🔗 Ro'yxatdan o'tish

Bu imkoniyatni qo'ldan chiqarmang va arizangizni yuboring!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🙏1😍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🤩2😍1
📰 #News: O‘zbekiston va jahon texnologiyalar olamida nimalar bo‘lyapti?

Rubrikamizda startaplar, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi muhim yangiliklarni qisqa formatda jamlaymiz.

👇Bugungi dayjestda:

1. Markaziy Osiyo startaplari uchun 8 haftalik Deal Velocity by MOST gibrid akseleratsiyasi start oladi

2. Draper University Hero Training 2026 dasturining ikkinchi oqimi uchun arizalar qabuli boshlandi.

3. Startup World Cup Uzbekistan: arizalar yakunlanishiga 3 kun qoldi

4. AgriTech Gov Challenge yakunlandi

5. "Startup pitch" startaplar uchun maxsus tanlov

6. 35 LVL Game Jam yakunlandi: 48 soatda 39 ta o‘yin yaratildi

7. Buxoroda Plug and Play hamkorligida xalqaro inkubatsiya dasturi ishga tushirildi

8. DOMO IT Park Ventures’dan investitsiya jalb qildi

9. Bishkekda IT Park Uzbekistan va Qirg‘iz Respublikasi Yuqori texnologiyalar parki hamkorligida Digital Uzbekistan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

10. ICTWEEK 2026 doirasida AloqaVentures tomonidan o‘tkaziladigan «TAQDIMOT» ko‘rsatuvining maxsus soni uchun arizalar qabuli ochiq deb e’lon qilinadi

11. Startup Advice uchrashuvlari endi respublikaning barcha hududlarida onlayn hamda hududiy startup-studiyalarda oflayn formatda tashkil etiladi

12. «Dolzarb 90 kun» tashabbusi 1 000 yaqin kibersport ishqibozini birlashtirdi

13. Speko Product Hunt’da: O‘zbekistonlik YC founderini qo‘llab-quvvatlang

14. She’s Next tashabbusining birinchi g‘oliblari aniqlandi

🚀 Texnologiyalar olami bir joyda turmaydi — keyingi #News sonida yana eng muhim yangiliklarni jamlaymiz.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1🙏1😍1
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Mustaqillik35 #Uzb35

📌O‘zbekiston — jahon ilm-fanini o‘zgartirgan buyuk mutafakkirlar yurti. Bugun biz ana shu buyuk merosga munosib raqamli kelajakni barpo etmoqdamiz.

Prezidentimizning keng ko‘lamli islohotlari va uzoqni ko‘ra oladigan siyosati sababli O‘zbekiston texnologik rivojlanishda katta sakrashni amalga oshirdi.

Mamlakatimizdagi barcha maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va mahalla binolari yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlandi.

🌐Mobil internet qamrovi 66 foizdan 98 foizgacha oshirildi. Bir vaqtlar qimmat hisoblangan mobil internet bugun dunyodagi eng hamyonbop xizmatlardan biriga aylandi — so‘nggi 5 yil ichida internet tezligi bo‘yicha 65 ta davlatni ortda qoldirib, narxlar bo‘yicha dunyoda 22-o‘rinni egalladik.

Endilikda fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun navbatlarda turish shart emas — qariyb 900 ta xizmatni my.gov.uz orqali onlayn olish mumkin.

📌150 dan ortiq turdagi hujjatlarni taqdim etish talabi bekor qilindi. Agar ilgari davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga borish talab etilgan bo‘lsa, bugungi kunda fuqarolar va tadbirkorlarning 90 foizi xizmatlardan onlayn foydalanmoqda. Natijada O‘zbekiston Jahon bankining GovTech Maturity Index reytingida dunyoda 9-o‘rinni egalladi.

Prezident tomonidan tasdiqlangan Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi doirasida qariyb 100 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

➡️20 ta oliy ta’lim muassasasida sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etilmoqda. Ular ta’lim va ilm-fanni real ishlab chiqarish masalalarini hal etish bilan bog‘lamoqda.

NVIDIA bilan hamkorlikda davlat loyihalari uchun zamonaviy GPU-klaster ishga tushirildi. Xorijiy investitsiyalar hisobidan qiymati 3 milliard dollargacha bo‘lgan sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan yashil data-markazning birinchi bosqichi barpo etilmoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Government AI Readiness Index reytingida 62-pog‘onaga koʻtarildi.

O‘zbekiston xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar uchun jozibador markazga aylandi: 2017-yilda bunday kompaniyalar soni atigi 4 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda har oyda 70 dan ortiq shunday kompaniya, jumladan, mamlakat hududlarida ham IT Park rezidentiga aylanmoqda.

Hozirda IT Park rezidentlari soni qariyb 4 mingtaga yetdi. 100 dan ortiq mamlakatga IT xizmatlari eksporti 1,1 milliard dollardan oshdi.

🟣O‘zbekiston StartupBlink reytingida startap ekotizimi o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egallab, "Yil mamlakati" deb e’tirof etildi.

Ingliz huquqi asosida faoliyat yurituvchi Enterprise Uzbekistan Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi tashkil etildi.

AT mutaxassislarini tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari soni 145 taga yetdi. Mamlakat bo‘ylab IT Parkning 1000 dan ortiq ta’lim rezidenti zamonaviy ko‘nikmalarni o‘rgatmoqda.

⚪️"5 million sun’iy intellekt yetakchilari" dasturi doirasida 1 milliondan ortiq kishi ta’lim oldi, ularning yarmi ayollardir.

Coursera platformasida O‘zbekiston zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha onlayn ta’lim olayotganlar ulushi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, sun’iy intellektni o‘rganishda ayollarni jalb qilish bo‘yicha namunaviy tajriba sifatida e’tirof etildi: AI kurslaridan foydalanuvchilar orasida ayollar ulushi 58,9 foizga yetdi.

Joriy yilda O‘zbekiston ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026ga mezbonlik qildi. Unda rekord darajadagi ishtirokchilar jamlandi.

Buyuk merosdan buyuk kelajak sari. Oldinda biz allaqachon yoza boshlagan yangi tarix sahifalari turibdi.

Bayram muborak!
🔥3👍1🙏1😍1
Forwarded from President Tech Award
❗️ O'zbekistonning eng yirik texnologik tanloviga arizalar qabuli bugun yakunlanadi

Startapingizni mamlakatimizning eng yirik texnologik tanlovlaridan birida namoyish etish uchun so‘nggi imkoniyat.

🥇 President Tech Award Best Startup Project yo‘nalishida ariza topshirishga ulgurib qoling. G'oliblarni loyihalariga investitsiyalar kutmoqda:

🥇 1-o‘rin — $125 000
🥈 2-o‘rin — $75 000
🥉 3-o‘rin — $50 000

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

🔹 Seed yoki Series A bosqichidagi startaplar;
🔹 foydalanuvchilar va sotuvlarga — traction’ga ega loyihalar;
🔹 daromad yoki imzolangan tijorat shartnomalari mavjud startaplar;
🔹 3–8 kishidan iborat jamoalar.


📌 Ariza qanday topshiriladi?
Ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari, talablar va kerakli hujjatlar bo‘yicha batafsil qo‘llanma bilan tanishing.

🔥 Deadline: 31-avgust.

O‘z loyihangizni katta sahnada namoyish eting va 🥇 President Tech Award g‘olibiga aylaning.

⚡️ Vaqt oz qoldi — arizangizni bugunoq awards.gov.uz orqali topshiring!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1🙏1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌠 O‘zbekistonda yangi avlod IT-mutaxassislari qanday shakllanmoqda?

Mustaqillik yillarida raqamli ta’lim imkoniyatlari kengayib, yoshlar uchun IT sohasiga kirish va talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallashning yangi yo‘llari paydo bo‘ldi.

💻 School 21 Samarqand va Toshkentdagi kampuslarida bepul IT-ta’lim beradi. Dastur ishtirokchilarining 100% amaliyot o‘tadi, 95% esa ish taklifiga ega bo‘lgan.

🎙 School 21 bosh direktori Zarina Lukmanova videoda O‘zbekistonda IT-ta’limining rivojlanishi, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va kuchli mutaxassislarning startap ekotizimidagi o‘rni haqida so‘zlab berdi.

🌠 yillik yo‘l — iste’dodlar uchun ochiq imkoniyatlar va global bozorda raqobatlasha oladigan yangi avlod mutaxassislari sari.

#Mustaqillik35 #Uzb35

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🙏3🤩1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Hurmatli vatandoshlar!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 🌠 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bugun O‘zbekiston xalqaro maydonda jadal rivojlanayotgan startap va venchur ekotizimlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Mamlakatimizda yaratilayotgan texnologik yechimlar global bozorlarga chiqmoqda, startaplarimiz xalqaro investorlar e’tiborini qozonib, dunyoning yetakchi texnologik maydonlarida o‘z salohiyatini namoyish etmoqda.

🔼Bu yutuqlar zamirida davlatimiz tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, xalqimizning bilim va salohiyati hamda kelajakka bo‘lgan ishonchi mujassam.

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

#Mustaqillik35 #Uzb35
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5🙏2😍2👍1
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

#Mustaqillik35 #Uzb35
🔥5😍2👍1🤩1
🛠 #ToolOfTheWeek | Loom

🤔 Mahsulotingiz uzoq va qayta qayta tushuntirishdan charchadingizmi?

Loom — ekran, kamera va ovozni bir vaqtda yozib, qisqa video orqali g‘oya, mahsulot yoki jarayonni tushuntirish imkonini beruvchi vosita.

🔎 Loom orqali:
🔵 MVP yoki mahsulot demosini yozib olish;
🔵 investor va hamkorlarga qisqa video-taqdimot yuborish;
🔵 jamoaga vazifa va jarayonlarni vizual tushuntirish;
🔵 yangi foydalanuvchilar uchun onboarding videolarini yaratish;
🔵 feedbackni uzun xabarlar o‘rniga ekran orqali ko‘rsatib berish mumkin.

👥 Kimlar uchun foydali?

Loom ayniqsa startap asoschilari, product va project menejerlar, dizaynerlar, dasturchilar hamda masofadan ishlaydigan jamoalar uchun qulay.


Ba’zida bir necha daqiqalik video uzun yozishmalar yoki uchrashuvning o‘rnini bosishi mumkin.

👌 Startapingizni qanday taqdim etish, keyingi qadamni belgilash yoki rivojlanish bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa — Startup Advice ekspertlari bilan maslahatlashishingiz mumkin.

📍 Startup Advice sessiyalari endi butun O‘zbekiston bo‘ylab onlayn va oflayn formatda o‘tkaziladi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1🙏1😍1
⚡️ Smartup Plug and Play’dan investitsiya jalb qildi

Silicon vodiysidagi global innovatsion platforma va venchur investor Plug and Play Smartup startapiga investitsiya kiritdi.

📝 Smartup — distribyutor va ishlab chiqaruvchilarga savdo, ombor, moliya, trade marketing hamda yetkazib berish jarayonlarini yagona tizimda boshqarish imkonini beruvchi SFA va ERP platformasi.

Shuningdek, Smartup 💚 IT Park Ventures'ning portfel startaplariga kiradi

Bugungi kunda Smartup:
🔵 800 dan ortiq kompaniya bilan ishlaydi;
🔵 28 mingdan ortiq foydalanuvchiga ega;
🔵 11 ta mamlakatda faoliyat yuritadi;
🔵 Markaziy Osiyo SFA bozorining qariyb 30 foizini egallaydi.


Jalb qilingan investitsiyalar Smartup'ga Markaziy Osiyo va MENA bozorlaridagi faoliyatini kengaytirishga yordam beradi.

Bu investitsiya O‘zbekistonda yaratilgan B2B mahsulotlarning xalqaro salohiyatini tasdiqlaydi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5🙏2😍2👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🎉1🙏1😍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3😍3🙏2
🚀 O‘zbekistonda startaplar uchun yangi moliyalashtirish dasturi ishga tushiriladi

Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqot yakunlari bo‘yicha imzolagan farmonida startap ekotizimiga oid bir qator yangi choralar belgilandi.

2027–2030-yillarda “Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida:

🟡8 ta ustuvor yo‘nalishda 30 tagacha startap tanlab olinadi;
🟡har bir loyihaga 5 mlrd so‘mgacha investitsiya SAFE yoki konvertatsiyalanadigan qarz shaklida kiritiladi;
🟡loyihalar uchun “tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi.

Dastur uchun 2027-yilda dastlabki 150 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.

Business Angel’lar uchun soliq imtiyozi:

🟡startaplarga sarmoya kiritgan jismoniy shaxslar “Startap investori” (Business Angel) maqomini olishi mumkin;
🟡investor startapdagi ulushini kamida 3 yil saqlab, keyin sotsa, ushbu daromad daromad solig‘idan ozod etiladi.


👉 Dastur bilan batafsil tanishing

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9🙏3😍2👍1🎉1🤩1
Y Combinator’ga ariza topshirmoqchimisiz?

Ammo YC arizada aynan nimaga qarashini va 10 daqiqalik intervyuda founder o‘z startapining qiymatini qanday ko‘rsatishi kerakligini bilmaysizmi?

➡️ 16-sentabr kuni “How to Get into Y Combinator: Insider Strategy & Founder Playbook” onlayn workshopida spikerimiz bilan YC’ga kirishning muhim jihatlarini ko‘rib chiqamiz.

🎙 Valery Yalouskikh — MA7 Ventures’ning hamkori, startaplar bo‘yicha maslahatchi — quyidagilar bilan bo‘lishadi:

🟠 YC’ning tanlov mezonlari;
🟠 arizalarda eng ko‘p uchraydigan xatolar;
🟠 traction va metrikalarni to‘g‘ri ko‘rsatish;
🟠 10 daqiqalik partner intervyusiga tayyorgarlik;
🟠 MA7 Ventures portfolio tajribasidan amaliy insightlar.

Workshop yakunida — founderlar uchun live Q&A bo'lib o'tadi.


🗓 16-sentabr, 2026
10:00 | Toshkent vaqti
📍 Online

🔗 Ro'yxatdan o'tish

🚀 YC’ga ariza topshirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu imkoniyatdan foydalanib qoling!

@startupbaseuz

На русском
In English

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🙏1😍1
🇯🇵 Yaponiya bozoriga chiqish uchun arizalar qabuli yakunlanishiga 7 kun qoldi!

IT Park Uzbekistan va Yaponiyaning yetakchi akseleratorlaridan biri — 01Booster hamkorligidagi selektiv dastur O‘zbekiston startaplariga Yaponiya bozoriga chiqish imkoniyatini taqdim etadi.

Tanlangan startaplarni nimalar kutmoqda?
🟢 Yaponiya korporatsiyalari va potensial mijozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar;
🟢 pilot loyihalarni ishga tushirish imkoniyati;
🟢 mahalliy investorlar bilan uchrashuvlar;
🟢 Yaponiya biznes muhitini biladigan mentorlar ko‘magi;
🟢 onlayn tayyorgarlik va Yaponiyadagi oflayn sessiyalar.


📌 O‘zbekistondan 5 ta startap saralab olinadi.
🗓 Arizalar qabuli 10-sentabrgacha.

🔗 Ariza topshirish

🚀 Yaponiya bozoriga chiqqan navbatdagi o‘zbek startapi sizniki bo‘lishi mumkin!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2🙏1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌠 O‘zbekistonda geymdev sanoati qanday shakllanmoqda?

Mustaqillik yillarida IT sohasi bilan birga geymdev yo‘nalishi ham rivojlanib, yangi studiyalar, kasblar va xalqaro loyihalar uchun imkoniyatlar yaratdi.

🎮 2019-yilda O‘zbekistondagi ilk geymdev inkubatori — GameDev Goethe ishga tushirildi.
Dastur 500+ ariza qabul qildi, 2024-yilda esa NVIDIA ko‘magiga ega bo‘ldi.

🎙 East Games biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Akmal Salikhov videoda O‘zbekistonda geymdev sanoatining rivojlanishi va uning global bozordagi salohiyati haqida so‘zlab berdi.

🌠 yillik yo‘l — ilk geymdev tashabbuslaridan xalqaro darajadagi o‘yinlar yaratadigan sanoat sari.

#Mustaqillik35 #Uzb35

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5😍2🙏1
🇰🇿 AI & Digital Bridge 2026: Startup Alley’da o‘z stendingiz bilan qatnashing

Startapingizni Ostonada namoyish etishga tayyormisiz?

🟢 IT Park Uzbekistan rezident startaplar uchun 1–3-oktabr kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan AI & Digital Bridge 2026 xalqaro texnologik forumida ishtirok etish bo‘yicha Open Call e’lon qiladi.

👉 Tanlangan startaplar Startup Alley’da o‘z stendi bilan qatnashib, mahsulotlarini potensial mijozlar, hamkorlar va investorlarga bevosita taqdim etadi.

🏆 Shuningdek, startaplar mukofot jamg‘armasi $100 000 bo‘lgan Astana Hub Battle 2026 tanlovida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🟡 Xalqaro kompaniyalari, integratorlari va investorlari bilan B2B uchrashuvlar;
🟡 potensial mijozlar bilan muzokaralar;
🟡 AI, investitsiyalar, texnologiyalar va xalqaro bozorlarga chiqishga bag‘ishlangan biznes dastur;
🟡 netvorking va yangi hamkorlik imkoniyatlari.


📍 Ostona, Qozog‘iston
🗓 Arizalar qabuli: 21-sentabrgacha

🔗Ariza topshirish

🚀 Startapingizni Startup Alley maydonida namoyish eting va Qozog‘iston bozoriga yo‘l oching!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4😍2🙏1
✈️ Global bozorga chiqing — AI-startaplar uchun Open Call

Xorijiy mijozlaringizni topish va xalqaro savdoni yo‘lga qo‘yishga tayyormisiz?

🟢 IT Park Uzbekistan va Astana Hub xalqaro bozorlarga chiqish, ilk xorijiy mijozlarni topish va tizimli savdoni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan AI-native startaplar uchun saralash dasturini ishga tushirmoqda.

Tanlangan startaplar nimalarga ega bo‘ladi?
🟢 tajribali founderlar bilan individual coaching;
🟢 biznesni rivojlantirish, marketing va mijozlarni onboarding qilish bo‘yicha amaliy ko‘mak;
🟢 yangi mijozlar va leadlarni topish bo‘yicha yordam;
🟢 hamkorlar, resellerlar va integratorlar bilan ishlash;
🟢 mahsulotga mos marketing playbook ishlab chiqish;
🟢 banking, invoicing va xalqaro to‘lovlar kabi operatsion jarayonlarda ko‘mak.

🤖 Kimlar uchun?
AI mahsulotning shunchaki qo‘shimcha funksiyasi emas, balki biznes va mahsulotning asosini tashkil etadigan AI-native startaplar uchun.


Bularning barchasi bitta SAFE investitsiyasi doirasida taqdim etiladi.

🗓 Dedlayn: 18-sentabr
Batafsil saytimizda

🔗 Ariza topshirish

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🎉2😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌠 O‘zbekistonda yoshlarning texnologik g‘oyalari qanday qo‘llab-quvvatlanmoqda?

Mustaqillik yillarida yoshlar uchun o‘z bilim va g‘oyalarini real texnologik mahsulotga aylantirish, ekspertlar bilan ishlash hamda investitsiya jalb qilish imkonini beruvchi yangi dasturlar shakllandi.

🥇 2026-yilda President Tech Award va President AI Award doirasidagi grant va investitsiyalarning umumiy hajmi $6 000 000 ni tashkil etdi: President Tech Award — $5 000 000, President AI Award — $1 000 000.

🎙 U-Enter direktor o‘rinbosari Ilhomjon Aliev videoda yoshlarning IT va texnologik tadbirkorlikdagi imkoniyatlari, g‘oyadan startupgacha bo‘lgan yo‘l hamda davlat ko'magi ahamiyati haqida so‘zlab berdi.

🌠 yillik yo‘l — yoshlarning g‘oyalariga ishonchdan ularni global texnologik loyihalarga aylantirishgacha.

#Mustaqillik35 #Uzb35

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1😍5👍4🤩3🙏2🔥1