10-sentabr kuni Bishkekda IT Park Uzbekistan va Qirg‘iz Respublikasi Yuqori texnologiyalar parki hamkorligida Digital Uzbekistan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?🔵 O‘zbekiston kompaniyalari IT-yechimlarining taqdimotlari;🔵 potensial hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar;🔵 hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish va tajriba almashish;🔵 O'zbekiston va Qirg'izston biznes va IT-hamjamiyati vakillari bilan networking;🔵 kofe-breyk.
Shuningdek, O‘zbekiston kompaniyalari AI, avtomatlashtirish, raqamli servislar, analitika va boshqa yo‘nalishlardagi mahsulotlarini taqdim etadi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🎉2🙏1😍1
ICTWEEK 2026 doirasida AloqaVentures tomonidan o‘tkaziladigan «TAQDIMOT» ko‘rsatuvining maxsus soni uchun arizalar qabuli ochiq deb e’lon qilinadi.
Sizni nimalar kutmoqda:
🔹 Yetakchi investorlar oldida to‘g‘ridan-to‘g‘ri pitch qilish imkoniyati🔹 Loyihangiz uchun real investitsiya takliflari🔹 AloqaVentures va hamkor fondlar ekspertlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fidbek🔹 Katta auditoriya va media qamrov
Kimlar qatnasha oladi:🔵 Ishchi prototipi (MVP) , dastlabki ko‘rsatkichlari (traction) yoki innovatsion yechimiga ega barcha istiqbolli startaplar.
@startupbaseuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🎉1🙏1😍1
Startapingizni rivojlantirishda qaysi qadamni tashlashni bilmayapsizmi?
Startup Advice uchrashuvlari endi respublikaning barcha hududlarida onlayn hamda hududiy startup-studiyalarda oflayn formatda tashkil etiladi.
Startup Advice orqali loyihangizdagi asosiy muammolarni ekspertlar bilan muhokama qiling va keyingi rivojlanish qadamlarini belgilang!
@startupbaseuz
Читать на русском
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏1😍1
O‘zbekistonlik Beknazar Abdikamalov tomonidan asos solingan Speko startapi bugun Product Hunt’da rasman ishga tushirildi. Beknazar Y Combinator’ga qabul qilingan ikkinchi o‘zbekistonlik founder bo‘lib, YC Summer 2026 dasturida ishtirok etmoqda.
🎙 Speko ovozli sun’iy intellekt uchun infratuzilma yaratadi. Platforma turli AI provayderlarini taqqoslab, har bir til va foydalanish holati uchun eng samaralisini tanlash imkonini beradi.
🇺🇿 Keling, O‘zbekistondan chiqqan global texnologik loyihani qo‘llab-quvvatlaymiz.
Product Hunt’dagi dastlabki soatlar reyting uchun muhim. Speko’ga ovoz bering! 🇺🇿
Speko uchun Product Hunt’da ovoz berish
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11😍3🙏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Atigi 48 soatda shunday o‘yin yaratish mumkinmi?
Jamoalar O‘zbekistonning madaniy merosi va Mustaqillik g‘oyalaridan ilhomlanib, 48 soat ichida o‘z o‘yin prototiplarini yaratishdi.
📰 Independent News —pixel-art uslubidagi tycoon o‘yin bo‘lib, unda o‘yinchi yangiliklar tahririyatini boshqaradi.
Siz kun davomida kelib tushayotgan voqealarni kuzatasiz, qaysi yangiliklarni yoritishni tanlaysiz va navbatdagi nashrni shakllantirasiz.
Har bir tanlov o‘yin jarayoniga ta’sir qiladi: qaysi mavzular auditoriyani ko‘proq qiziqtiradi, nimalarga e’tibor qaratish kerak va tahririyatni qanday rivojlantirish — bularning barchasini o‘yinchi o‘zi hal qiladi.💻 O‘yinning o‘zi ham sodda, ammo qiziqarli formatda yaratilgan:
2D pixel-art grafika, sichqoncha orqali boshqaruv va tycoon janriga xos qaror qabul qilish mexanikalari.
Keyingi postlarda ulardan yana bir nechtasini siz bilan yaqindan ko‘rib chiqamiz.
#Mustaqillik35 #Uzb35
@startupbaseuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4😍2🎉1🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda shakllangan startup ekotizimi loyihalarga xalqaro investorlar e’tiborini jalb etish va nufuzli texnologik maydonlarda o‘z salohiyatini namoyish qilish imkonini berdi.
#Mustaqillik35 #Uzb35
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏1🎉1😍1
Startapingiz haqida bir daqiqada qanday gapirib berish mumkin?
Startup Advice konsultatsiyasidan so‘ng qahramonlarimiz treking dasturiga yozilishdi.
Keyin nima bo‘lishini esa navbatdagi sonlarda bilib olamiz.
@startupbaseuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4😍2🙏1
Hamkorlik bolalarning raqamli xavfsizligi va moliyaviy savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan.
ANORBANK’ning UZCARD KIDS kartasi esa bolalarni pulni boshqarish va moliyaviy mas’uliyat bilan tanishtiradi, ota-onalarga xarajatlarni kuzatish imkonini beradi.
Hamkorlik shu ikki yo‘nalishni birlashtirib, bolalarda kundalik hayot uchun muhim ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Fonus Kids uchun bu — mahsulotni kengroq auditoriyaga yetkazish imkoniyati. Bank bilan hamkorlik startapga oilalar bilan aloqa qilishning qo‘shimcha kanalini ochadi. Uning qiymati bolalar va ota-onalarning aniq ehtiyojlariga javob beradigan yechimni ko‘proq foydalanuvchiga tanishtirishdadir.
Fonus Kids💚 IT Park Ventures portfel startapi hisoblanadi
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7🙏3😍3👍1🤩1
StartupBase
Ishtirokchilarni Silikon vodiysida 40+ xalqaro mentor va ekspert, amaliy vorkshoplar, Navy SEALs bilan Survival Week va Tim Dreyper oldidagi yakuniy Pitch Day kutmoqda.
Bu imkoniyatni qo'ldan chiqarmang va arizangizni yuboring!
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🙏1😍1
Rubrikamizda startaplar, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi muhim yangiliklarni qisqa formatda jamlaymiz.
1. Markaziy Osiyo startaplari uchun 8 haftalik Deal Velocity by MOST gibrid akseleratsiyasi start oladi
2. Draper University Hero Training 2026 dasturining ikkinchi oqimi uchun arizalar qabuli boshlandi.
3. Startup World Cup Uzbekistan: arizalar yakunlanishiga 3 kun qoldi
4. AgriTech Gov Challenge yakunlandi
5. "Startup pitch" startaplar uchun maxsus tanlov
6. 35 LVL Game Jam yakunlandi: 48 soatda 39 ta o‘yin yaratildi
7. Buxoroda Plug and Play hamkorligida xalqaro inkubatsiya dasturi ishga tushirildi
8. DOMO IT Park Ventures’dan investitsiya jalb qildi
9. Bishkekda IT Park Uzbekistan va Qirg‘iz Respublikasi Yuqori texnologiyalar parki hamkorligida Digital Uzbekistan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
10. ICTWEEK 2026 doirasida AloqaVentures tomonidan o‘tkaziladigan «TAQDIMOT» ko‘rsatuvining maxsus soni uchun arizalar qabuli ochiq deb e’lon qilinadi
11. Startup Advice uchrashuvlari endi respublikaning barcha hududlarida onlayn hamda hududiy startup-studiyalarda oflayn formatda tashkil etiladi
12. «Dolzarb 90 kun» tashabbusi 1 000 yaqin kibersport ishqibozini birlashtirdi
13. Speko Product Hunt’da: O‘zbekistonlik YC founderini qo‘llab-quvvatlang
14. She’s Next tashabbusining birinchi g‘oliblari aniqlandi
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1🙏1😍1
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Mustaqillik35 #Uzb35
📌O‘zbekiston — jahon ilm-fanini o‘zgartirgan buyuk mutafakkirlar yurti. Bugun biz ana shu buyuk merosga munosib raqamli kelajakni barpo etmoqdamiz.
Prezidentimizning keng ko‘lamli islohotlari va uzoqni ko‘ra oladigan siyosati sababli O‘zbekiston texnologik rivojlanishda katta sakrashni amalga oshirdi.
Mamlakatimizdagi barcha maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va mahalla binolari yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlandi.
🌐Mobil internet qamrovi 66 foizdan 98 foizgacha oshirildi. Bir vaqtlar qimmat hisoblangan mobil internet bugun dunyodagi eng hamyonbop xizmatlardan biriga aylandi — so‘nggi 5 yil ichida internet tezligi bo‘yicha 65 ta davlatni ortda qoldirib, narxlar bo‘yicha dunyoda 22-o‘rinni egalladik.
Endilikda fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun navbatlarda turish shart emas — qariyb 900 ta xizmatni my.gov.uz orqali onlayn olish mumkin.
📌150 dan ortiq turdagi hujjatlarni taqdim etish talabi bekor qilindi. Agar ilgari davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga borish talab etilgan bo‘lsa, bugungi kunda fuqarolar va tadbirkorlarning 90 foizi xizmatlardan onlayn foydalanmoqda. Natijada O‘zbekiston Jahon bankining GovTech Maturity Index reytingida dunyoda 9-o‘rinni egalladi.
Prezident tomonidan tasdiqlangan Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi doirasida qariyb 100 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
➡️20 ta oliy ta’lim muassasasida sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etilmoqda. Ular ta’lim va ilm-fanni real ishlab chiqarish masalalarini hal etish bilan bog‘lamoqda.
NVIDIA bilan hamkorlikda davlat loyihalari uchun zamonaviy GPU-klaster ishga tushirildi. Xorijiy investitsiyalar hisobidan qiymati 3 milliard dollargacha bo‘lgan sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan yashil data-markazning birinchi bosqichi barpo etilmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Government AI Readiness Index reytingida 62-pog‘onaga koʻtarildi.
⏩O‘zbekiston xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar uchun jozibador markazga aylandi: 2017-yilda bunday kompaniyalar soni atigi 4 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda har oyda 70 dan ortiq shunday kompaniya, jumladan, mamlakat hududlarida ham IT Park rezidentiga aylanmoqda.
Hozirda IT Park rezidentlari soni qariyb 4 mingtaga yetdi. 100 dan ortiq mamlakatga IT xizmatlari eksporti 1,1 milliard dollardan oshdi.
🟣O‘zbekiston StartupBlink reytingida startap ekotizimi o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egallab, "Yil mamlakati" deb e’tirof etildi.
Ingliz huquqi asosida faoliyat yurituvchi Enterprise Uzbekistan Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi tashkil etildi.
AT mutaxassislarini tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari soni 145 taga yetdi. Mamlakat bo‘ylab IT Parkning 1000 dan ortiq ta’lim rezidenti zamonaviy ko‘nikmalarni o‘rgatmoqda.
⚪️"5 million sun’iy intellekt yetakchilari" dasturi doirasida 1 milliondan ortiq kishi ta’lim oldi, ularning yarmi ayollardir.
Coursera platformasida O‘zbekiston zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha onlayn ta’lim olayotganlar ulushi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, sun’iy intellektni o‘rganishda ayollarni jalb qilish bo‘yicha namunaviy tajriba sifatida e’tirof etildi: AI kurslaridan foydalanuvchilar orasida ayollar ulushi 58,9 foizga yetdi.
Joriy yilda O‘zbekiston ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026ga mezbonlik qildi. Unda rekord darajadagi ishtirokchilar jamlandi.
Buyuk merosdan buyuk kelajak sari. Oldinda biz allaqachon yoza boshlagan yangi tarix sahifalari turibdi.
Bayram muborak!

Forwarded from President Tech Award
Startapingizni mamlakatimizning eng yirik texnologik tanlovlaridan birida namoyish etish uchun so‘nggi imkoniyat.
🥇 1-o‘rin — $125 000🥈 2-o‘rin — $75 000🥉 3-o‘rin — $50 000
Kimlar ariza topshirishi mumkin?🔹 Seed yoki Series A bosqichidagi startaplar;🔹 foydalanuvchilar va sotuvlarga — traction’ga ega loyihalar;🔹 daromad yoki imzolangan tijorat shartnomalari mavjud startaplar;🔹 3–8 kishidan iborat jamoalar.
Ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari, talablar va kerakli hujjatlar bo‘yicha batafsil qo‘llanma bilan tanishing.
O‘z loyihangizni katta sahnada namoyish eting va
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1🙏1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik yillarida raqamli ta’lim imkoniyatlari kengayib, yoshlar uchun IT sohasiga kirish va talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallashning yangi yo‘llari paydo bo‘ldi.
💻 School 21 Samarqand va Toshkentdagi kampuslarida bepul IT-ta’lim beradi. Dastur ishtirokchilarining 100% amaliyot o‘tadi, 95% esa ish taklifiga ega bo‘lgan.
🎙 School 21 bosh direktori Zarina Lukmanova videoda O‘zbekistonda IT-ta’limining rivojlanishi, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va kuchli mutaxassislarning startap ekotizimidagi o‘rni haqida so‘zlab berdi.
#Mustaqillik35 #Uzb35
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🙏3🤩1😍1