StartupBase
6.21K subscribers
7.26K photos
563 videos
3 files
3.06K links
This is a unique platform that combines a base of promising startups and their founders, as well as partners and investors.

Introduce your startup to the world and find investors and partners.

Website: https://startupbase.uz/en
Download Telegram
🌐 Digital Central Asia: Markaziy Osiyo texnologik kompaniyalari Ar-Riyodda bir sahnada

3-sentabr kuni Ar-Riyod shahrida IT Park Uzbekistan, Astana Hub va Central Asia Innovation Hub hamkorligida yangi texnologik shoukeys — Digital Central Asia bo‘lib o‘tadi.

Tadbir ishtirokchilari:
🔹Markaziy Osiyoda ishlab chiqilgan innovatsion mahsulot va yechimlar bilan tanishadi;
🔹 istiqbolli texnologik kompaniyalar bilan bevosita aloqa o‘rnatadi;
🔹 investitsiya va strategik hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiladi;
🔹 Saudiya Arabistoni va xalqaro bozorlarda yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yadi.

Tadbir kimlar uchun?

🟩 yangi texnologik yechimlarni izlayotgan korporatsiyalar;
🟩 istiqbolli kompaniyalarga qiziqayotgan investorlar va venchur fondlar;
🟩 Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni rivojlantirmoqchi bo‘lgan soha yetakchilari;
🟩 yangi xalqaro aloqalarni izlayotgan texnologik kompaniyalar.

Tadbir Saudiya Arabistoni va xalqaro bozorlarda faol kengayayotgan Markaziy Osiyoning yuqori o‘sish sur’atiga ega texnologik kompaniyalarini korporatsiyalar, investorlar va soha yetakchilari bilan bir maydonda jamlaydi


🗓 3-sentabr
18:00
📍 At-Takhassusi ko‘chasi, Mohammadiyah Building, 3-qavat, Ar-Riyod

🔗 Tadbirda ishtirok etish

Saudiya Arabiston bozorida yangi hamkorlik imkoniyatlarini kashf eting!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🙏1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌠 yil ichida O‘zbekiston startup ekotizimi qanday o‘zgardi?

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda texnologik tadbirkorlik yangi bosqichga chiqdi.

Dealroom.co ' ga ko'ra, bugun mamlakatda 1,000 + startup faoliyat yuritmoqda, startup ekotizimining umumiy qiymati esa $4,3 mlrdga yetdi.

🎙 Bito asoschisi Uchqun Tulavov so‘nggi yillarda startup sohasida yuz bergan o‘zgarishlar, yaratilgan imkoniyatlar va O‘zbekiston startup ekotizimining bugungi salohiyati haqida fikrlarini videoda bildirdi.

Bito 💚 IT Park Ventures'ning portfel startaplari soniga kiradi.

🌠 yillik yo‘l — yangi avlod, yangi imkoniyatlar va global ambitsiyalar sari.

#Mustaqillik35 #Uzb35

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3😍2👍1🙏11
Startup & Venture Summit: to‘rt kun, oltita yirik tadbir

22–25-sentabr kunlari ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida startap va venchur ekotizimiga bag‘ishlangan Startup & Venture Summit tadbirlar turkumi bo‘lib o‘tadi.

📝 Dastur Markaziy Osiyo startup va venchur ekotizimining yetakchi vakillarini bir maydonda jamlaydi.

🟢 Main Summit
Startup asoschilari, investorlar va davlat tashkilotlari rahbarlari mintaqa ekotizimi rivojining navbatdagi bosqichini muhokama qiladi.

🗓 22-sentabr
14:00–17:00
📍 CAEx, Hall 1

🏆 Global Startup Ecosystem Awards
Dunyoning yetakchi startup ekotizimlari va ularni rivojlantirayotgan ekotizim bunyodkorlari taqdirlanadi.

🗓 23-sentabr
16:00–18:00
📍 CAEx, Hall 3

🧭 Startup World Cup: Uzbekistan Regional Final
Mintaqaning istiqbolli startaplari global final yo‘llanmasi uchun bellashadi.

🗓 24-sentabr
10:00–18:00
📍 CAEx, Hall 1

☁️ AWS Community Day Uzbekistan
AWS texnologiyalari, bulutli yechimlar va zamonaviy texnologik yo‘nalishlarga bag‘ishlangan hamjamiyat tadbiri.

🗓 25-sentabr
10:00–18:00
📍 CAEx, Hall 1

Ignyte AI Challenge
Startup jamoalari o‘z yechimlarini xalqaro ekspertlar oldida taqdim etadi.

🗓 25-sentabr
11:00–13:00
📍 CAEx, Hall 3

🎙 TAQDIMOT
Istiqbolli loyihalar taqdimotlari va ekotizim vakillari bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkaziladi.

🗓 25-sentabr
14:00–17:00
📍 CAEx, Hall 2


🗓 22–25-sentabr
📍 CAEx, Toshkent

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

Startup ekotizimining asosiy voqealarini 🏳️ StartupBase bilan kuzating!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1🙏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🙏1😍1
📰 #News: O‘zbekiston va jahon texnologiyalar olamida nimalar bo‘lyapti?

Rubrikamizda startaplar, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi muhim yangiliklarni qisqa formatda jamlaymiz.

👇Bugungi dayjestda:

1. President AI Award 2026 uchun arizalar qabuli yakunlandi

2. Paynet GoInvest’ni o‘z ekotizimiga qo‘shmoqda

3. O‘zbekistonlik Grimoire Entertainment game-dev studiyasi o‘zining Ship Happens: Pirates Wanted loyihasi bilan xalqaro gaming maydoniga chiqmoqda

4. 14–16-avgust kunlari Toshkent shahridagi School 21’da o‘tkazilgan NEXUS30 Hackathon o‘z yakuniga yetdi

5. IT Park Uzbekistan 01Booster bilan hamkorlikda mahalliy startaplar uchun Yaponiya bozoriga chiqish bo‘yicha arizalar qabulini boshladi

6. 15-sentabr kuni Germaniyada IT Digital Champions networking uchrashuvi tashkil etiladi

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

8. 22–25-sentabr kunlari Toshkentda ICT WEEK Uzbekistan 2026 bo‘lib o‘tadi

9. DriveX Yoshlar Ventures’dan $25,000 investitsiya jalb qildi

10. 3-sentabr kuni Ar-Riyod shahrida yangi texnologik shoukeys — Digital Central Asia bo‘lib o‘tadi

11. Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan National AI Hackathon o‘z yakuniga yetdi

12. “10 ming korxona uchun – sunʼiy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi

🚀 Texnologiyalar olami bir joyda turmaydi — keyingi #News sonida yana eng muhim yangiliklarni jamlaymiz.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🤩1😍1
🛠 #ToolOfTheWeek | DocSend

🤔 Pitch deck’ni investorga yubordingiz, ammo javob kelmadi.
U taqdimotni ochdimi?
Qaysi slaydlar e’tiborini tortdi?
Qayerda ko‘rishni to‘xtatdi?

📝 DocSend — pitch deck va boshqa hujjatlarni kuzatiladigan havola orqali ulashish hamda investorlarning qiziqishini tahlil qilishga yordam beradi.

DocSend orqali:
🔵 har bir investor uchun alohida kuzatiladigan havola yaratish;
🔵 pitch deck ochilganda bildirishnoma olish;
🔵 qaysi slaydlar ko‘rilgani va ularga qancha vaqt ajratilganini bilish;
🔵 taqdimot qayta ochilgani yoki havola boshqa odamga yuborilganini kuzatish;
🔵 hujjatni yuklab olishni cheklash, parol va amal qilish muddatini belgilash mumkin.

🔼 Bu ma’lumotlar qaysi investorlar taqdimotga ko‘proq qiziqish bildirayotganini aniqlash, follow-up uchun to‘g‘ri vaqtni tanlash va pitch deck’ning sust slaydlarini yaxshilashga yordam beradi.

💡 Gamma va DocSend o‘rtasidagi farq:
Gamma — pitch deck yaratishga yordam beradi.
DocSend — investor pitch deck’ni qanday ko‘rayotganini ko‘rsatadi.


👉 Pitch deck’ingizni shunchaki yubormang — uning investorlar tomonidan qanday ko‘rilayotganini kuzating va follow-up’ni aniqroq rejalashtiring.

👌 Startapingiz uchun ekspertlar fikrini olishni istasangiz, navbatdagi Startup Advice sessiyalarini kuzatib boring.

@startupbaseuz

Читать на русском
Read in English

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🙏1😍1
🚀 Deal Velocity by MOST: startapingizni 8 haftada investitsiyaga tayyorlang

MVP’ingizni AI yordamida investitsiyaga tayyorlashga tayyormisiz?

Shu kuzda O‘zbekistonda Markaziy Osiyo startaplari uchun 8 haftalik Deal Velocity by MOST gibrid akseleratsiyasi start oladi.

Dastur ishtirokchilarini nimalar kutmoqda?
🟢 mahsulot, unit-iqtisodiyot va Pitch Deck ustida chuqur ishlash;
🟢 bozor ekspertlari bilan individual 1-to-1 mentorlik;
🟢 investorlar va venchur fondlar bilan 20 tagacha uchrashuv;
🟢 AI vositalarini biznes jarayonlariga integratsiya qilish bo‘yicha amaliy ko‘mak.

⭐️ Yakuniy Demo Day doirasida startaplar investitsiya jalb qilish hamda 7 ta hamkor bank bilan pilot loyihalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?


🟢 Markaziy Osiyo davlatlaridagi startaplar;
🟢 Pre-seed yoki Seed bosqichidagi jamoalar;
🟢 tayyor MVP’ga ega loyihalar.


🗓 Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi.
🔗 Ro'yxatdan o'tish

AI vositalarini validatsiyadan sotuvlargacha bo‘lgan jarayonlarga joriy etib, startapingizni keyingi bosqichga olib chiqing!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2😍2🙏1
🇺🇸 Ilg‘or texnologiyalar yaratyapsizmi?
Uni Hero Training bilan Silikon vodiysida taqdim eting

Draper University Hero Training 2026 dasturining ikkinchi oqimi uchun arizalar qabuli boshlandi.

⚡️ 5 haftalik dastur deep tech, frontier tech va global salohiyatga ega yuqori texnologik mahsulotlar yaratayotgan startup asoschilari uchun mo‘ljallangan.

Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
🔵 Silikon vodiysi ekotizimida 40 dan ortiq xalqaro mentor va ekspert bilan ishlash;
🔵 amaliy vorkshop va hakatonlarda qatnashish;
🔵 AQSh bozoriga chiqish strategiyasini ishlab chiqish;
🔵 Navy SEALs bilan Survival Week sinovidan o‘tish;
🔵 Draper University asoschisi Tim Dreyper oldidagi yakuniy Pitch Dayda startapini taqdim etish.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?


🔵 O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan deep tech, frontier tech yoki yuqori texnologik startup asoschilari va CEO’lari;
🔵 MVP yoki undan yuqori bosqichdagi ishlaydigan mahsulotga ega jamoalar;
🔵 ingliz tilini biladigan nomzodlar.


📍 San Mateo, Kaliforniya
🗓 Arizalar qabuli: 31-avgustgacha

🔗 Ariza topshiring

Bu imkoniyatni qo'ldan chiqarmang va arizangizni yuboring!

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1😍1
Startup World Cup Uzbekistan: arizalar yakunlanishiga 1 hafta qoldi

Global sahnaga chiqish va $1 million investitsiya uchun kurashishga tayyormisiz?

24-sentabr kuni ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida Startup World Cup Uzbekistan mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Startup World Cup — 60+ mamlakatdagi 100+ mintaqaviy bosqich va 2,500+ investorni birlashtiradigan dunyodagi eng yirik startap tanlovlaridan biri.

🤝 Tadbir doirasida 40 ta uchrashuv stoliga ega Speed Dating sessiyasi ham tashkil etiladi. Bu startaplarga qisqa vaqt ichida investorlar va potensial hamkorlar bilan maqsadli uchrashuvlar o‘tkazish imkonini beradi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?


🟢 Pre-seed’dan Series A bosqichigacha bo‘lgan texnologik startaplar;
🟢 AI, fintech, SaaS, deeptech, consumer va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalar;
🟢 global bozorga chiqishni maqsad qilgan jamoalar;
🟢 ingliz tilida pitch qila oladigan kamida bitta founderga ega startaplar.


🏆 Mintaqaviy bosqich g‘olibi San-Fransiskodagi global finalda O‘zbekistonni namoyish etish va $1 million investitsiya uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🗓 Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi.

🔗 Mehmon sifatida ro‘yxatdan o‘tish
🔗 Startap sifatida ariza topshirish

🚀 Arizangizni hoziroq yuboring va Startup World Cup global sahnasiga bir qadam yaqinlashing!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🤩2👍1😍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🙏1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Endi biz 6 000 nafarmiz!

Biz bilan birga bo‘lganingiz va O'zbekiston startaplarini qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun har biringizga katta rahmat!

🏳️ StartupBase — davlatimizning startap ekotizimini rivojlantirish va innovatsion tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash tashabbuslaridan biri.

Mustaqilligining 🌠 yilligini nishonlayotgan 🇺🇿 O‘zbekistonning texnologik taraqqiyotiga hissa qo‘shib, mahalliy startaplar ovozini keng auditoriyaga yetkazishdan mamnunmiz.

🥳 Shu ikki muhim voqealari munosabati bilan startaplar uchun maxsus tanlov e’lon qilamiz!

Startapingizni bir daqiqada tanishtiring va butun O‘zbekistonga namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ling.


🏆 Tanlov g‘olibiga maxsus sovrin topshiriladi, uning video taqdimoti esa 🥇 President Tech Award 2026 finalida katta ekranda namoyish etiladi.

🗓 21 sentabrgacha
Barcha shartlari videoda.

🚀 Endi navbat sizning startapingizda!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5😍2🙏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5🎉3😍11
#StartupDictionary

Jamoa ko‘p ishlayapti, ammo startap oldinga siljimayaptimi?
Balki unga treker kerakdir.

Treker — startap jamoasiga asosiy muammoni aniqlash, gipotezalarni shakllantirish va rivojlanishning keyingi bosqichlarini belgilashga yordam beradigan mutaxassis.

🤔 Treker startapga qanday yordam beradi?

🟣o‘sishni sekinlashtirayotgan asosiy to‘siqni aniqlaydi;
🟣 ustuvor vazifalar va o‘lchanadigan maqsadlarni belgilashga yordam beradi;
🟣 natijalarni tahlil qilib, keyingi qadamlarni aniqlashtiradi;
🟣 jamoaning fokusi va ish sur’atini saqlab turadi.

Treker bilan ishlagandan so‘ng startap nimaga ega bo‘ladi?

qaysi muammoni birinchi hal qilish bo‘yicha aniq fokus;
o‘lchanadigan KPI va maqsadlar;
keyingi sprint yoki rivojlanish bosqichi uchun aniq harakatlar rejasi.

Treker founderga to‘g‘ri savollar, muntazam sessiyalar va natijalar tahlili orqali o‘z yechimini topishga yordam beradi.


💡 Startapingizga ham shunday tizimli yordam kerakmi?

StartupBase’ning 🏳️ Treking dasturi orqali loyihangiz uchun saralangan treker bilan ishlab, asosiy to‘siqlarni aniqlashingiz va keyingi rivojlanish qadamlarini belgilashingiz mumkin.

🔗 Ariza topshirish

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🙏1😍11
🇺🇿 Buxoroda Plug and Play hamkorligida xalqaro inkubatsiya dasturi ishga tushirildi

🚀 Buxorolik talabalar uchun xalqaro startap ekotizimiga kirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bukhara Digital Silk Road dasturi yoshlarning innovatsion g‘oyalarini rivojlantirish, ularni biznes loyihalarga aylantirish va xalqaro bozorga olib chiqishga qaratilgan.

Dastur Raqamli texnologiyalar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, UGL Holding va Plug and Play hamkorligida amalga oshiriladi. Ishtirokchilar Plug and Play’ning 550+ korporativ hamkori va 3 000+ mentori tarmog‘idan foydalanib, mentorlik, kouching va investorlar uchun tayyorgarlik dasturlarida qatnashadi.

📈 9 oy davomida 300–400 nafar talabadan 100 ta jamoa saralab olinadi. Yakunda 15 ta eng yaxshi startap Plug and Play Bukhara Expo’da investorlar, yirik kompaniyalar va davlat tashkilotlari vakillariga o‘z loyihalarini taqdim etadi.

Dasturga Mercedes-Benz, NVIDIA, AWS, Porsche, Nestlé, Revolut va Procter & Gamble kabi kompaniyalar mutaxassislarini jalb etish rejalashtirilgan. Keyingi akseleratsiya bosqichi esa IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.


🔗 Batafsil saytimizda

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2😍2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌠 O‘zbekiston qanday qilib dunyoning eng tez rivojlanayotgan startup ekotizimiga aylandi?

Mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar, rivojlanayotgan infratuzilma va yangi avlod asoschilarining intilishi O‘zbekistonni global startup xaritasida yangi bosqichga olib chiqdi.

📈 StartupBlink ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilda O‘zbekiston startup ekotizimi 227,3% o‘sish bilan dunyodagi eng yuqori natijani qayd etdi. Mamlakatimiz, shuningdek, “Country of the Year” deb e’tirof etildi.

🎙 AliPos asoschisi Jonibek Miralimov videoda ekotizimdagi o‘zgarishlar, hududiy startaplar uchun yaratilgan imkoniyatlar va mahalliy asoschilarning ushbu o‘sishdagi hissasi haqida so‘zlab berdi.

🌠 yillik yo‘l — dunyo tan olayotgan ekotizim va global fikrlaydigan asoschilar sari.

#Mustaqillik35 #Uzb35

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏3🙏2😍2👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5🎉1🤩1😍11
🏠 DOMO IT Park Ventures’dan investitsiya jalb qildi

Silk Road Finance & Technology Forum doirasida O‘zbekistonning DOMO startapi IT Park Ventures fondidan investitsiya jalb qildi.

🔎 DOMO — minglab oilalar uchun kommunal to‘lovlarni yagona raqamli muhitda soddalashtiruvchi HomeTech yechim.

Startap o‘tgan yili, rebrendingdan avval — HGT nomi ostida — 9 mamlakatdan startaplar qatnashgan 💻Digital Startup Awards tanlovining Best Startup Project yo‘nalishida 2-o‘rinni egallagan.

Jalb qilingan investitsiya quyidagi yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi:
🔹 mahsulotni yanada rivojlantirish;
🔹 faoliyat geografiyasini kengaytirish;
🔹 savdo va hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish;
🔹 marketing va jamoani kuchaytirish;
🔹 IT-infratuzilmani takomillashtirish.


🖥 Batafsil saytimizda o'qing

Yangi investitsiya DOMOga xizmatni yaxshilash, auditoriyani kengaytirish va biznesni tezroq masshtablash imkonini beradi.

🚀 DOMO jamoasini ushbu muhim bosqich bilan tabriklaymiz!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥5🎉32😍1
StartupBase
🇦🇪 Startapingizni MENA bozoriga olib chiqishni rejalashtiryapsizmi? 👉 IT Park Uzbekistan Tumar Innovation Hub va Astana Hub bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo startaplari uchun Dubayda o‘tkaziladigan Digital Startups Scale Up xalqaro akseleratsiya dasturining…
🇦🇪 Digital Startups Scale Up dasturiga ariza topshirish muddati 31-avgustgacha uzaytirildi!

IT Park Uzbekistan, Tumar Innovation Hub va Astana Hub hamkorligida Markaziy Osiyo startaplari uchun Dubayda o‘tkaziladigan xalqaro akseleratsiya dasturining ikkinchi oqimi ishga tushirilmoqda.

Dastur ishtirokchilari:
🔹 mahsulotini BAA bozoriga moslashtiradi va sinovdan o‘tkazadi;
🔹 mentorlar va soha ekspertlari bilan ishlaydi;
🔹 investorlar, korporativ hamkorlar va potensial mijozlar bilan uchrashadi;
🔹 yangi bozorlarga chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oladi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

🟩 Pre-seed yoki undan yuqori bosqichdagi startaplar;
🟩 SAFE shartnomasini tuza oladigan yuridik shaxsga ega jamoalar;
🟩 mahsuloti BAA bozori ehtiyojlariga mos startaplar;
🟩 ingliz tilini erkin biladigan hamda dastur xarajatlarini qoplay oladigan jamoalar;
🟩 Astana Hub yoki IT Park Uzbekistan rezidentlari.


🗓 Ariza topshirish: 31-avgust'gacha

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

🚀 MENA bozoriga chiqish imkoniyatini keyinga qoldirmang — arizangizni topshiring!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏1🙏1😍1
🇰🇬 Qirg‘iziston bozorida yangi hamkorlar topishga tayyormisiz?

10-sentabr kuni Bishkekda IT Park Uzbekistan va Qirg‘iz Respublikasi Yuqori texnologiyalar parki hamkorligida Digital Uzbekistan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

📝 Digital Uzbekistan — O‘zbekiston texnologik kompaniyalari bilan zamonaviy IT-yechimlarni izlayotgan xorijiy biznes vakillarini birlashtiruvchi xalqaro uchrashuvlar formati.

Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
🔵 O‘zbekiston kompaniyalari IT-yechimlarining taqdimotlari;
🔵 potensial hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar;
🔵 hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish va tajriba almashish;
🔵 O'zbekiston va Qirg'izston biznes va IT-hamjamiyati vakillari bilan networking;
🔵 kofe-breyk.

Shuningdek, O‘zbekiston kompaniyalari AI, avtomatlashtirish, raqamli servislar, analitika va boshqa yo‘nalishlardagi mahsulotlarini taqdim etadi.


🗓 Arizalar qabuli 6 sentabrgacha
11:00
📍 Texnopark, Bishkek shahri

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

🚀 Qirg‘iziston bozoridagi yangi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🎉2🙏1😍1
Loyihangizni katta sahnada investorlarga taqdim etishga tayyormisiz?

ICTWEEK 2026 doirasida AloqaVentures tomonidan o‘tkaziladigan «TAQDIMOT» ko‘rsatuvining maxsus soni uchun arizalar qabuli ochiq deb e’lon qilinadi.

🎙 Bu — o‘z startapingizni nufuzli venchur investorlar, fondlar va yirik ekotizim vakillari oldida jonli efirda pitch qilish, investitsiya jalb qilish hamda media maydonda loyihangizni tanitish uchun ajoyib imkoniyat.

Sizni nimalar kutmoqda:

🔹 Yetakchi investorlar oldida to‘g‘ridan-to‘g‘ri pitch qilish imkoniyati
🔹 Loyihangiz uchun real investitsiya takliflari
🔹 AloqaVentures va hamkor fondlar ekspertlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fidbek
🔹 Katta auditoriya va media qamrov

Kimlar qatnasha oladi:

🔵 Ishchi prototipi (MVP) , dastlabki ko‘rsatkichlari (traction) yoki innovatsion yechimiga ega barcha istiqbolli startaplar.


🗓 25-sentabr
14:00 - 17:00
📍 CAEx, Toshkent

🔗 Ariza topshirish

🚀 Katta sahnaga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang va startapingizni investorlar hamda keng auditoriyaga namoyish eting!

@startupbaseuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🎉1🙏1😍1
👌 Startup Advice endi butun O‘zbekiston bo‘ylab!

Startapingizni rivojlantirishda qaysi qadamni tashlashni bilmayapsizmi?

Startup Advice uchrashuvlari endi respublikaning barcha hududlarida onlayn hamda hududiy startup-studiyalarda oflayn formatda tashkil etiladi.

🗓 Chorshanba | 15:00–18:00
📍Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy.

🗓 Payshanba | 15:00–18:00
📍 Toshkent shahri, Namangan, Samarqand va Sirdaryo.

🗓 Juma | 15:00–18:00
📍 Surxondaryo, Toshkent viloyati, Farg‘ona, Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

🔗 Ro'yxatdan o'tish

Startup Advice orqali loyihangizdagi asosiy muammolarni ekspertlar bilan muhokama qiling va keyingi rivojlanish qadamlarini belgilang!

@startupbaseuz

Читать на русском

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏1😍1