Dunyodagi yirik SaaS bozorlaridan biriga startapingiz bilan kirishga tayyormisiz?
IT Park Uzbekistan Yaponiyaning yetakchi akseleratorlaridan biri — 01Booster bilan hamkorlikda mahalliy startaplar uchun Yaponiya bozoriga chiqish bo‘yicha selektiv dasturga arizalar qabulini boshladi.
Tanlangan startaplarni nimalar kutmoqda?🟢 Yaponiya korporatsiyalari va potensial mijozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar;🟢 pilot loyihalarni ishga tushirish imkoniyati;🟢 mahalliy investorlar bilan uchrashuvlar;🟢 Yaponiya biznes muhiti va qaror qabul qilish jarayonlarini biladigan mentorlar ko‘magi;🟢 onlayn tayyorgarlik va Yaponiyadagi oflayn sessiyalar.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va startapingiz uchun yangi xalqaro bozorni sinab ko‘ring!
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🙏1😍1
Germaniyada IT va raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritasizmi yoki tahsil olyapsizmi?
15-sentabr kuni Germaniyada IT va raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan vatandoshlar uchun Digital Champions networking uchrashuvi tashkil etiladi.
Tadbir davomida:
🔹 IT Park Uzbekistan ekotizimi va hamkorlik imkoniyatlari taqdimoti;🔹 O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotining rivoji va xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokamasi;🔹 Digital Champions dasturi bilan tanishuv;🔹 Germaniyadagi vatandoshlar va IT-hamjamiyat vakillari bilan networking;🔹 O‘zbekiston IT-kompaniyalarini Yevropa bozorida ilgari surish hamda reseller, texnologik hamkor yoki ambassador sifatida hamkorlik qilish imkoniyatlari.
Tadbir mutaxassislar, tadbirkorlar hamda texnologik hamjamiyat vakillarini bir maydonda jamlaydi.🤝 Uchrashuv yangi professional aloqalar o‘rnatish, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish va O‘zbekistonning raqamli rivojlanishiga hissa qo‘shish uchun imkoniyat yaratadi.
Germaniyada IT sohasida faoliyat yuritayotgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsangiz, Digital Champions uchrashuviga qo‘shiling!
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🙏1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaqinda Road to TechCrunch Disrupt 2026 g‘olibi deb topilgan O‘zbekiston startapi Cerberus kompaniyalardagi zaifliklarni avtonom aniqlashga yordam beradi.
Asoschi, shuningdek, tanlovdagi g‘alabasi, O‘zbekistonni global texnologik maydonda namoyish etish va mahalliy startaplarning xorijiy bozorlarga chiqishi bo‘yicha tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👌1😍1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Hujjat IT Park Uzbekistan hududida global IT-kompaniyalar, startaplar, investorlar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va xalqaro mutaxassislar uchun alohida texnologik yurisdiksiya yaratadi.
Qonunda nimalar nazarda tutilgan?
🟢 2100-yilgacha amal qiladigan maxsus huquqiy rejim;🟢 Angliya va Uels umumiy huquqi elementlariga asoslangan tartibga solish tizimi;🟢 ingliz tilida ish yuritish;🟢 eksport va Markaz hududidagi faoliyat uchun 0% foyda solig‘i va QQS;🟢 xorijiy mutaxassislar uchun 0% JShDS hamda investorlar uchun soliq imtiyozlari;🟢 investitsiyalarni himoya qilish va venchur moliyalashtirishni rivojlantirish;🟢 innovatsiyalarni 12 oygacha sinovdan o‘tkazish imkonini beruvchi tartibga solish “qumdoni”;🟢 sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, ma’lumotlar va intellektual mulk uchun maxsus qoidalar;🟢 xorijiy mutaxassislar uchun uch yilgacha viza va moslashuvchan mehnat shakllari.
Enterprise Uzbekistan — bu shunchaki soliq imtiyozlari emas. Markaz xalqaro biznes uchun kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, investitsiya kiritish, korporativ boshqaruv, mehnat munosabatlari, bank operatsiyalari va ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha tushunarli va barqaror muhit yaratadi.
Maxsus huquqiy rejim doirasidagi nizolar Toshkent xalqaro tijorat sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6😍2🙏1
Sentabrda O‘zbekistonning raqamli ekotizimi qayerda birlashadi?
To‘rt kunlik texnologiyalar haftaligi davlat tashkilotlari, global texnologik kompaniyalar, IT-mutaxassislar, investorlar, startup asoschilari va xalqaro ekspertlarni bir maydonda jamlaydi.
ICT WEEK’ni
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7 2🎉1🙏1👌1😍1
#StartupMythBusters
❌ Mif: Startap yo‘nalishini o‘zgartirsa, demak dastlabki g‘oya muvaffaqiyatsiz bo‘lgan.
✅ Aslida: Pivot — mag‘lubiyat emas, bozor signallariga moslashishdir.
Buni Slack hamda OY: Tickets’dan OYGUL’gacha bo‘lgan yo‘l misolida ko‘rib chiqamiz.
🔄 Pivot — bu foydalanuvchilar xatti-harakati, bozor talabi va real ma’lumotlar asosida to‘g‘riroq yo‘lni tanlashdir.
🔝 Kuchli startap dastlabki g‘oyaga emas, yechayotgan muammosiga sodiq qoladi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Buni Slack hamda OY: Tickets’dan OYGUL’gacha bo‘lgan yo‘l misolida ko‘rib chiqamiz.
💬 Slack tarixi o‘yin yaratishdan boshlangan.
Glitch loyihasi kutilgan natijani bermadi, biroq jamoa ish jarayonida o‘zi uchun ishlab chiqqan ichki muloqot vositasida katta salohiyat borligini ko‘rdi.
Jamoa o‘yinni rivojlantirish o‘rniga ushbu vositani alohida mahsulotga aylantirdi. Shu tariqa Slack kompaniyalar uchun mashhur ishchi muloqot platformasiga aylandi.✨ Mahalliy misol — OY: Tickets → OYGUL
OY: Tickets Toshkentda kino chiptalarini onlayn bron qilish uchun yaratilgan ilk saytlardan biri edi. Biroq platformaning bir nechta kinoteatrlar bilan hamkorlikka kuchli bog‘liqligi va bozordagi cheklovlar loyihani kutilgan miqyosda rivojlantirishga imkon bermadi.
Jamoa eski modelni davom ettirish o‘rniga bozorni qayta o‘rgandi: 200 + potensial mijoz bilan suhbatlashib, 60 + gul do‘konining faoliyatini tahlil qildi.
Tadqiqot davomida xaridorlar uchun sifatli gul va sovg‘alarni onlayn tanlash qiyinligi, gul do‘konlarida esa savdo va mijozlar bilan ishlash uchun raqamli vositalar yetishmasligi aniqlandi.
Shu signallar asosida OYGUL — gullar va sovg‘alar marketplace’i hamda floristlar uchun CRM-platforma yaratildi.
OYGUL🥇 President Tech Award’da 1-o‘rinni egallab, $100,000 mukofotga sazovor bo‘ldi. Bugungi kunda esa jamoa o‘z tajribasini yangi yo‘nalish — TTLK’ni rivojlantirishda davom ettirmoqda.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🤩1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda texnologik g‘oyalarni ilk bosqichdan global kengayishgacha qo‘llab-quvvatlaydigan investitsiya tizimi shakllandi.
🎙 IT Park Ventures Direktori Dalerkhon Nodirov videoda mahalliy startaplarni moliyalashtirish, rivojlantirish va xalqaro bozorlarga olib chiqish imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi.
#Mustaqillik35 #Uzb35
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👏2😍2🙏1
Jalb qilingan investitsiya platformaning ishchi prototipini takomillashtirish, yangi modullarni ishlab chiqish hamda yechimni real sharoitlarda sinovdan o‘tkazishga yo‘naltiriladi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7🙏1😍1
3-sentabr kuni Ar-Riyod shahrida IT Park Uzbekistan, Astana Hub va Central Asia Innovation Hub hamkorligida yangi texnologik shoukeys — Digital Central Asia bo‘lib o‘tadi.
Tadbir ishtirokchilari:
🔹 Markaziy Osiyoda ishlab chiqilgan innovatsion mahsulot va yechimlar bilan tanishadi;🔹 istiqbolli texnologik kompaniyalar bilan bevosita aloqa o‘rnatadi;🔹 investitsiya va strategik hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiladi;🔹 Saudiya Arabistoni va xalqaro bozorlarda yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yadi.
Tadbir kimlar uchun?🟩 yangi texnologik yechimlarni izlayotgan korporatsiyalar;🟩 istiqbolli kompaniyalarga qiziqayotgan investorlar va venchur fondlar;🟩 Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni rivojlantirmoqchi bo‘lgan soha yetakchilari;🟩 yangi xalqaro aloqalarni izlayotgan texnologik kompaniyalar.
Tadbir Saudiya Arabistoni va xalqaro bozorlarda faol kengayayotgan Markaziy Osiyoning yuqori o‘sish sur’atiga ega texnologik kompaniyalarini korporatsiyalar, investorlar va soha yetakchilari bilan bir maydonda jamlaydi
Saudiya Arabiston bozorida yangi hamkorlik imkoniyatlarini kashf eting!
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🙏1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda texnologik tadbirkorlik yangi bosqichga chiqdi.
Dealroom.co ' ga ko'ra, bugun mamlakatda 1,000 + startup faoliyat yuritmoqda, startup ekotizimining umumiy qiymati esa $4,3 mlrdga yetdi.
Bito
#Mustaqillik35 #Uzb35
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3😍2👍1🙏1 1
22–25-sentabr kunlari ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida startap va venchur ekotizimiga bag‘ishlangan Startup & Venture Summit tadbirlar turkumi bo‘lib o‘tadi.
🟢 Main Summit
Startup asoschilari, investorlar va davlat tashkilotlari rahbarlari mintaqa ekotizimi rivojining navbatdagi bosqichini muhokama qiladi.🗓 22-sentabr⏲ 14:00–17:00📍 CAEx, Hall 1🏆 Global Startup Ecosystem Awards
Dunyoning yetakchi startup ekotizimlari va ularni rivojlantirayotgan ekotizim bunyodkorlari taqdirlanadi.🗓 23-sentabr⏲ 16:00–18:00📍 CAEx, Hall 3🧭 Startup World Cup: Uzbekistan Regional Final
Mintaqaning istiqbolli startaplari global final yo‘llanmasi uchun bellashadi.🗓 24-sentabr⏲ 10:00–18:00📍 CAEx, Hall 1☁️ AWS Community Day Uzbekistan
AWS texnologiyalari, bulutli yechimlar va zamonaviy texnologik yo‘nalishlarga bag‘ishlangan hamjamiyat tadbiri.🗓 25-sentabr⏲ 10:00–18:00📍 CAEx, Hall 1✨ Ignyte AI Challenge
Startup jamoalari o‘z yechimlarini xalqaro ekspertlar oldida taqdim etadi.🗓 25-sentabr⏲ 11:00–13:00📍 CAEx, Hall 3🎙 TAQDIMOT
Istiqbolli loyihalar taqdimotlari va ekotizim vakillari bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkaziladi.🗓 25-sentabr⏲ 14:00–17:00📍 CAEx, Hall 2
Startup ekotizimining asosiy voqealarini
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1🙏1
Rubrikamizda startaplar, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi muhim yangiliklarni qisqa formatda jamlaymiz.
1. President AI Award 2026 uchun arizalar qabuli yakunlandi
2. Paynet GoInvest’ni o‘z ekotizimiga qo‘shmoqda
3. O‘zbekistonlik Grimoire Entertainment game-dev studiyasi o‘zining Ship Happens: Pirates Wanted loyihasi bilan xalqaro gaming maydoniga chiqmoqda
4. 14–16-avgust kunlari Toshkent shahridagi School 21’da o‘tkazilgan NEXUS30 Hackathon o‘z yakuniga yetdi
5. IT Park Uzbekistan 01Booster bilan hamkorlikda mahalliy startaplar uchun Yaponiya bozoriga chiqish bo‘yicha arizalar qabulini boshladi
6. 15-sentabr kuni Germaniyada IT Digital Champions networking uchrashuvi tashkil etiladi
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi
8. 22–25-sentabr kunlari Toshkentda ICT WEEK Uzbekistan 2026 bo‘lib o‘tadi
9. DriveX Yoshlar Ventures’dan $25,000 investitsiya jalb qildi
10. 3-sentabr kuni Ar-Riyod shahrida yangi texnologik shoukeys — Digital Central Asia bo‘lib o‘tadi
11. Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan National AI Hackathon o‘z yakuniga yetdi
12. “10 ming korxona uchun – sunʼiy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🤩1😍1
U taqdimotni ochdimi?
Qaysi slaydlar e’tiborini tortdi?
Qayerda ko‘rishni to‘xtatdi?
DocSend orqali:
🔵 har bir investor uchun alohida kuzatiladigan havola yaratish;🔵 pitch deck ochilganda bildirishnoma olish;🔵 qaysi slaydlar ko‘rilgani va ularga qancha vaqt ajratilganini bilish;🔵 taqdimot qayta ochilgani yoki havola boshqa odamga yuborilganini kuzatish;🔵 hujjatni yuklab olishni cheklash, parol va amal qilish muddatini belgilash mumkin.🔼 Bu ma’lumotlar qaysi investorlar taqdimotga ko‘proq qiziqish bildirayotganini aniqlash, follow-up uchun to‘g‘ri vaqtni tanlash va pitch deck’ning sust slaydlarini yaxshilashga yordam beradi.💡 Gamma va DocSend o‘rtasidagi farq:
Gamma — pitch deck yaratishga yordam beradi.
DocSend — investor pitch deck’ni qanday ko‘rayotganini ko‘rsatadi.
@startupbaseuz
Читать на русском
Read in English
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🙏1😍1
MVP’ingizni AI yordamida investitsiyaga tayyorlashga tayyormisiz?
Shu kuzda O‘zbekistonda Markaziy Osiyo startaplari uchun 8 haftalik Deal Velocity by MOST gibrid akseleratsiyasi start oladi.
Dastur ishtirokchilarini nimalar kutmoqda?🟢 mahsulot, unit-iqtisodiyot va Pitch Deck ustida chuqur ishlash;🟢 bozor ekspertlari bilan individual 1-to-1 mentorlik;🟢 investorlar va venchur fondlar bilan 20 tagacha uchrashuv;🟢 AI vositalarini biznes jarayonlariga integratsiya qilish bo‘yicha amaliy ko‘mak.⭐️ Yakuniy Demo Day doirasida startaplar investitsiya jalb qilish hamda 7 ta hamkor bank bilan pilot loyihalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?🟢 Markaziy Osiyo davlatlaridagi startaplar;🟢 Pre-seed yoki Seed bosqichidagi jamoalar;🟢 tayyor MVP’ga ega loyihalar.
AI vositalarini validatsiyadan sotuvlargacha bo‘lgan jarayonlarga joriy etib, startapingizni keyingi bosqichga olib chiqing!
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2😍2🙏1
Uni Hero Training bilan Silikon vodiysida taqdim eting
Draper University Hero Training 2026 dasturining ikkinchi oqimi uchun arizalar qabuli boshlandi.
Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?🔵 Silikon vodiysi ekotizimida 40 dan ortiq xalqaro mentor va ekspert bilan ishlash;🔵 amaliy vorkshop va hakatonlarda qatnashish;🔵 AQSh bozoriga chiqish strategiyasini ishlab chiqish;🔵 Navy SEALs bilan Survival Week sinovidan o‘tish;🔵 Draper University asoschisi Tim Dreyper oldidagi yakuniy Pitch Dayda startapini taqdim etish.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?🔵 O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan deep tech, frontier tech yoki yuqori texnologik startup asoschilari va CEO’lari;🔵 MVP yoki undan yuqori bosqichdagi ishlaydigan mahsulotga ega jamoalar;🔵 ingliz tilini biladigan nomzodlar.
Bu imkoniyatni qo'ldan chiqarmang va arizangizni yuboring!
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1😍1
Global sahnaga chiqish va $1 million investitsiya uchun kurashishga tayyormisiz?
24-sentabr kuni ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida Startup World Cup Uzbekistan mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Startup World Cup — 60+ mamlakatdagi 100+ mintaqaviy bosqich va 2,500+ investorni birlashtiradigan dunyodagi eng yirik startap tanlovlaridan biri.
🤝 Tadbir doirasida 40 ta uchrashuv stoliga ega Speed Dating sessiyasi ham tashkil etiladi. Bu startaplarga qisqa vaqt ichida investorlar va potensial hamkorlar bilan maqsadli uchrashuvlar o‘tkazish imkonini beradi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?🟢 Pre-seed’dan Series A bosqichigacha bo‘lgan texnologik startaplar;🟢 AI, fintech, SaaS, deeptech, consumer va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalar;🟢 global bozorga chiqishni maqsad qilgan jamoalar;🟢 ingliz tilida pitch qila oladigan kamida bitta founderga ega startaplar.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🤩2👍1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz bilan birga bo‘lganingiz va O'zbekiston startaplarini qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun har biringizga katta rahmat!
Mustaqilligining
Startapingizni bir daqiqada tanishtiring va butun O‘zbekistonga namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Barcha shartlari videoda.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5😍2🙏1