StartupBase
6.2K subscribers
7.26K photos
563 videos
3 files
3.06K links
This is a unique platform that combines a base of promising startups and their founders, as well as partners and investors.

Introduce your startup to the world and find investors and partners.

Website: https://startupbase.uz/en
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌠 yil ichida O‘zbekistonda asoschilar uchun qanday muhit shakllandi?

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda startap asoschilarini mentorlar, investorlar va hamfikrlar bilan birlashtiradigan yangi tadbirkorlik muhiti shakllandi.

📈 Startup Genome ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda 30+ O‘zbekiston startapi xalqaro akseleratsiya dasturlarini tamomladi — bu 2024-yilga nisbatan 930% ko‘p. Bugun esa 100+ mahalliy startap xorijiy bozorlarda faoliyat yuritmoqda.

🎙 Founders Hub asoschisi Omon Sultonov videoda O‘zbekistonda asoschilar uchun yaratilgan muhit, kuchli hamjamiyatning ahamiyati va mahalliy startaplarning global salohiyati haqida so‘zlab berdi.

🌠 yillik yo‘l — birgalikda yaratayotgan va global bozorga intilayotgan yangi avlod asoschilari sari.

#Mustaqillik35 #Uzb35

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6😍4🎉2🙏1
#StartupPlaybook

📚 G‘oyangiz foydalanuvchiga yoqdi. Endi darhol to‘liq mahsulot yaratish kerakmi?

Ijobiy fikr — yaxshi signal, ammo u hali gipoteza tasdiqlanganini anglatmaydi.
Foydalanuvchining so‘zlariga emas, mahsulotdan qanday foydalanishiga ham e’tibor berish muhim.

👉 Karuselni varaqlang va g‘oyani butun mahsulotni yaratmasdan qanday sinash mumkinligini bilib oling.

👌 Startapingiz uchun ekspertlar fikrini olish uchun 19-avgust kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan Startup Advice sessiyasiga qo‘shiling.

@startupbaseuz

Читать на русском
Read in English


LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2😍2🎉1
🇯🇵 Yaponiya bozoriga chiqqan navbatdagi o‘zbek startapi sizniki bo‘lishi mumkin!

Dunyodagi yirik SaaS bozorlaridan biriga startapingiz bilan kirishga tayyormisiz?

IT Park Uzbekistan Yaponiyaning yetakchi akseleratorlaridan biri — 01Booster bilan hamkorlikda mahalliy startaplar uchun Yaponiya bozoriga chiqish bo‘yicha selektiv dasturga arizalar qabulini boshladi.

Tanlangan startaplarni nimalar kutmoqda?
🟢 Yaponiya korporatsiyalari va potensial mijozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar;
🟢 pilot loyihalarni ishga tushirish imkoniyati;
🟢 mahalliy investorlar bilan uchrashuvlar;
🟢 Yaponiya biznes muhiti va qaror qabul qilish jarayonlarini biladigan mentorlar ko‘magi;
🟢 onlayn tayyorgarlik va Yaponiyadagi oflayn sessiyalar.


📌 Dastur uchun O‘zbekistondan 5 ta startap saralab olinadi.
🗓 Arizalar 10-sentabrgacha qabul qilinadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va startapingiz uchun yangi xalqaro bozorni sinab ko‘ring!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🙏1😍1
🇩🇪 Berlinda “Digital Champions” vatandoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Germaniyada IT va raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritasizmi yoki tahsil olyapsizmi?

15-sentabr kuni Germaniyada IT va raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan vatandoshlar uchun Digital Champions networking uchrashuvi tashkil etiladi.

Tadbir davomida:
🔹 IT Park Uzbekistan ekotizimi va hamkorlik imkoniyatlari taqdimoti;
🔹 O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotining rivoji va xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokamasi;
🔹 Digital Champions dasturi bilan tanishuv;
🔹 Germaniyadagi vatandoshlar va IT-hamjamiyat vakillari bilan networking;
🔹 O‘zbekiston IT-kompaniyalarini Yevropa bozorida ilgari surish hamda reseller, texnologik hamkor yoki ambassador sifatida hamkorlik qilish imkoniyatlari.

Tadbir mutaxassislar, tadbirkorlar hamda texnologik hamjamiyat vakillarini bir maydonda jamlaydi.

🤝 Uchrashuv yangi professional aloqalar o‘rnatish, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish va O‘zbekistonning raqamli rivojlanishiga hissa qo‘shish uchun imkoniyat yaratadi.

📍 Venue: Embassy of the Republic of Uzbekistan in Germany
🗓 Date: September 15, 2026
Time: 11:00 AM – 1:00 PM (Berlin time)

🔗 Ro'yxatdan o'tish

Germaniyada IT sohasida faoliyat yuritayotgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsangiz, Digital Champions uchrashuviga qo‘shiling!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🙏1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏳️ Cerberus startapi qanday qilib AI-hakerlarni xavfsiz qilishga erishdi?

Yaqinda Road to TechCrunch Disrupt 2026 g‘olibi deb topilgan O‘zbekiston startapi Cerberus kompaniyalardagi zaifliklarni avtonom aniqlashga yordam beradi.

📝 Cerberus startapi asoschisi Aziz Axmedxo‘jayev bilan suhbatlashib, xavfsizligi matematik jihatdan kafolatlangan AI-haker qanday yaratilgani haqida so‘radik.

Asoschi, shuningdek, tanlovdagi g‘alabasi, O‘zbekistonni global texnologik maydonda namoyish etish va mahalliy startaplarning xorijiy bozorlarga chiqishi bo‘yicha tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

👉 Suhbatni YouTube’da tomosha qiling

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👌1😍1
🌐 Enterprise Uzbekistan 2100-yilgacha maxsus huquqiy asosga ega bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Hujjat IT Park Uzbekistan hududida global IT-kompaniyalar, startaplar, investorlar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va xalqaro mutaxassislar uchun alohida texnologik yurisdiksiya yaratadi.

Qonunda nimalar nazarda tutilgan?
🟢 2100-yilgacha amal qiladigan maxsus huquqiy rejim;

🟢 Angliya va Uels umumiy huquqi elementlariga asoslangan tartibga solish tizimi;

🟢 ingliz tilida ish yuritish;

🟢 eksport va Markaz hududidagi faoliyat uchun 0% foyda solig‘i va QQS;

🟢 xorijiy mutaxassislar uchun 0% JShDS hamda investorlar uchun soliq imtiyozlari;

🟢 investitsiyalarni himoya qilish va venchur moliyalashtirishni rivojlantirish;

🟢 innovatsiyalarni 12 oygacha sinovdan o‘tkazish imkonini beruvchi tartibga solish “qumdoni”;

🟢 sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, ma’lumotlar va intellektual mulk uchun maxsus qoidalar;

🟢 xorijiy mutaxassislar uchun uch yilgacha viza va moslashuvchan mehnat shakllari.

Enterprise Uzbekistan — bu shunchaki soliq imtiyozlari emas. Markaz xalqaro biznes uchun kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, investitsiya kiritish, korporativ boshqaruv, mehnat munosabatlari, bank operatsiyalari va ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha tushunarli va barqaror muhit yaratadi.


Maxsus huquqiy rejim doirasidagi nizolar Toshkent xalqaro tijorat sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

🔼 Keyingi bosqichda amaliy tartiblarni ishlab chiqish, raqamli xizmatlarni ishga tushirish hamda global texnologik kompaniyalar, startaplar va investorlarni O‘zbekistonga jalb qilish rejalashtirilgan.

🔗 Batafsil saytimizda

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6😍2🙏1
ICT WEEK Uzbekistan 2026: texnologiyalar, biznes va innovatsiyalar bir maydonda

Sentabrda O‘zbekistonning raqamli ekotizimi qayerda birlashadi?

📝 22–25-sentabr kunlari Toshkentda ICT WEEK Uzbekistan 2026 bo‘lib o‘tadi.

To‘rt kunlik texnologiyalar haftaligi davlat tashkilotlari, global texnologik kompaniyalar, IT-mutaxassislar, investorlar, startup asoschilari va xalqaro ekspertlarni bir maydonda jamlaydi.

📍 CAEx, Toshkent
🗓 22–25-sentabr

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

ICT WEEK’ni 🏳️ StartupBase bilan kuzating!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥72🎉1🙏1👌1😍1
#StartupMythBusters

Mif: Startap yo‘nalishini o‘zgartirsa, demak dastlabki g‘oya muvaffaqiyatsiz bo‘lgan.

Aslida: Pivot — mag‘lubiyat emas, bozor signallariga moslashishdir.

Buni Slack hamda OY: Tickets’dan OYGUL’gacha bo‘lgan yo‘l misolida ko‘rib chiqamiz.

💬 Slack tarixi o‘yin yaratishdan boshlangan.
Glitch loyihasi kutilgan natijani bermadi, biroq jamoa ish jarayonida o‘zi uchun ishlab chiqqan ichki muloqot vositasida katta salohiyat borligini ko‘rdi.

Jamoa o‘yinni rivojlantirish o‘rniga ushbu vositani alohida mahsulotga aylantirdi. Shu tariqa Slack kompaniyalar uchun mashhur ishchi muloqot platformasiga aylandi.

Mahalliy misol — OY: Tickets → OYGUL

OY: Tickets Toshkentda kino chiptalarini onlayn bron qilish uchun yaratilgan ilk saytlardan biri edi. Biroq platformaning bir nechta kinoteatrlar bilan hamkorlikka kuchli bog‘liqligi va bozordagi cheklovlar loyihani kutilgan miqyosda rivojlantirishga imkon bermadi.

Jamoa eski modelni davom ettirish o‘rniga bozorni qayta o‘rgandi: 200 + potensial mijoz bilan suhbatlashib, 60 + gul do‘konining faoliyatini tahlil qildi.
Tadqiqot davomida xaridorlar uchun sifatli gul va sovg‘alarni onlayn tanlash qiyinligi, gul do‘konlarida esa savdo va mijozlar bilan ishlash uchun raqamli vositalar yetishmasligi aniqlandi.

Shu signallar asosida OYGUL — gullar va sovg‘alar marketplace’i hamda floristlar uchun CRM-platforma yaratildi.

OYGUL 🥇 President Tech Award’da 1-o‘rinni egallab, $100,000 mukofotga sazovor bo‘ldi. Bugungi kunda esa jamoa o‘z tajribasini yangi yo‘nalish — TTLK’ni rivojlantirishda davom ettirmoqda.


🔄 Pivot — bu foydalanuvchilar xatti-harakati, bozor talabi va real ma’lumotlar asosida to‘g‘riroq yo‘lni tanlashdir.

🔝 Kuchli startap dastlabki g‘oyaga emas, yechayotgan muammosiga sodiq qoladi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🤩1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌠 yil ichida O‘zbekistonda startaplar uchun investitsiya imkoniyatlari qanday kengaydi?

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda texnologik g‘oyalarni ilk bosqichdan global kengayishgacha qo‘llab-quvvatlaydigan investitsiya tizimi shakllandi.

💼 2026-yilda IT Park Ventures kapitali $10 mln dan $30 mln gacha oshirildi.

🎙 IT Park Ventures Direktori Dalerkhon Nodirov videoda mahalliy startaplarni moliyalashtirish, rivojlantirish va xalqaro bozorlarga olib chiqish imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi.

🌠 yillik yo‘l — mahalliy g‘oyalardan global texnologik kompaniyalargacha.

#Mustaqillik35 #Uzb35

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👏2😍2🙏1
⚡️ DriveX Yoshlar Ventures’dan $25,000 investitsiya jalb qildi!

🔎 DriveX — tog‘li hududlarda turizm, qutqaruv operatsiyalari hamda ekstremal sharoitlarda yuk va yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan modulli, ko‘p funksiyali yo‘ltanlamas platforma.

Jalb qilingan investitsiya platformaning ishchi prototipini takomillashtirish, yangi modullarni ishlab chiqish hamda yechimni real sharoitlarda sinovdan o‘tkazishga yo‘naltiriladi.

🚀 DriveX jamoasini yangi investitsiya bilan tabriklaymiz va loyihaning global bozorda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7🙏1😍1
🌐 Digital Central Asia: Markaziy Osiyo texnologik kompaniyalari Ar-Riyodda bir sahnada

3-sentabr kuni Ar-Riyod shahrida IT Park Uzbekistan, Astana Hub va Central Asia Innovation Hub hamkorligida yangi texnologik shoukeys — Digital Central Asia bo‘lib o‘tadi.

Tadbir ishtirokchilari:
🔹Markaziy Osiyoda ishlab chiqilgan innovatsion mahsulot va yechimlar bilan tanishadi;
🔹 istiqbolli texnologik kompaniyalar bilan bevosita aloqa o‘rnatadi;
🔹 investitsiya va strategik hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiladi;
🔹 Saudiya Arabistoni va xalqaro bozorlarda yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yadi.

Tadbir kimlar uchun?

🟩 yangi texnologik yechimlarni izlayotgan korporatsiyalar;
🟩 istiqbolli kompaniyalarga qiziqayotgan investorlar va venchur fondlar;
🟩 Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni rivojlantirmoqchi bo‘lgan soha yetakchilari;
🟩 yangi xalqaro aloqalarni izlayotgan texnologik kompaniyalar.

Tadbir Saudiya Arabistoni va xalqaro bozorlarda faol kengayayotgan Markaziy Osiyoning yuqori o‘sish sur’atiga ega texnologik kompaniyalarini korporatsiyalar, investorlar va soha yetakchilari bilan bir maydonda jamlaydi


🗓 3-sentabr
18:00
📍 At-Takhassusi ko‘chasi, Mohammadiyah Building, 3-qavat, Ar-Riyod

🔗 Tadbirda ishtirok etish

Saudiya Arabiston bozorida yangi hamkorlik imkoniyatlarini kashf eting!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🙏1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌠 yil ichida O‘zbekiston startup ekotizimi qanday o‘zgardi?

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda texnologik tadbirkorlik yangi bosqichga chiqdi.

Dealroom.co ' ga ko'ra, bugun mamlakatda 1,000 + startup faoliyat yuritmoqda, startup ekotizimining umumiy qiymati esa $4,3 mlrdga yetdi.

🎙 Bito asoschisi Uchqun Tulavov so‘nggi yillarda startup sohasida yuz bergan o‘zgarishlar, yaratilgan imkoniyatlar va O‘zbekiston startup ekotizimining bugungi salohiyati haqida fikrlarini videoda bildirdi.

Bito 💚 IT Park Ventures'ning portfel startaplari soniga kiradi.

🌠 yillik yo‘l — yangi avlod, yangi imkoniyatlar va global ambitsiyalar sari.

#Mustaqillik35 #Uzb35

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3😍2👍1🙏11
Startup & Venture Summit: to‘rt kun, oltita yirik tadbir

22–25-sentabr kunlari ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida startap va venchur ekotizimiga bag‘ishlangan Startup & Venture Summit tadbirlar turkumi bo‘lib o‘tadi.

📝 Dastur Markaziy Osiyo startup va venchur ekotizimining yetakchi vakillarini bir maydonda jamlaydi.

🟢 Main Summit
Startup asoschilari, investorlar va davlat tashkilotlari rahbarlari mintaqa ekotizimi rivojining navbatdagi bosqichini muhokama qiladi.

🗓 22-sentabr
14:00–17:00
📍 CAEx, Hall 1

🏆 Global Startup Ecosystem Awards
Dunyoning yetakchi startup ekotizimlari va ularni rivojlantirayotgan ekotizim bunyodkorlari taqdirlanadi.

🗓 23-sentabr
16:00–18:00
📍 CAEx, Hall 3

🧭 Startup World Cup: Uzbekistan Regional Final
Mintaqaning istiqbolli startaplari global final yo‘llanmasi uchun bellashadi.

🗓 24-sentabr
10:00–18:00
📍 CAEx, Hall 1

☁️ AWS Community Day Uzbekistan
AWS texnologiyalari, bulutli yechimlar va zamonaviy texnologik yo‘nalishlarga bag‘ishlangan hamjamiyat tadbiri.

🗓 25-sentabr
10:00–18:00
📍 CAEx, Hall 1

Ignyte AI Challenge
Startup jamoalari o‘z yechimlarini xalqaro ekspertlar oldida taqdim etadi.

🗓 25-sentabr
11:00–13:00
📍 CAEx, Hall 3

🎙 TAQDIMOT
Istiqbolli loyihalar taqdimotlari va ekotizim vakillari bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkaziladi.

🗓 25-sentabr
14:00–17:00
📍 CAEx, Hall 2


🗓 22–25-sentabr
📍 CAEx, Toshkent

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

Startup ekotizimining asosiy voqealarini 🏳️ StartupBase bilan kuzating!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1🙏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🙏1😍1