StartupBase
6.22K subscribers
7.26K photos
563 videos
3 files
3.06K links
This is a unique platform that combines a base of promising startups and their founders, as well as partners and investors.

Introduce your startup to the world and find investors and partners.

Website: https://startupbase.uz/en
Download Telegram
🌠 LVL Game Jam ishtirokchilari uchun qo‘shimcha imkoniyat

Asosiy Game Jamdan tashqari, ishtirokchilar ixtiyoriy ravishda 35 darajali brauzer kazual o‘yinini yaratib, qo‘shimcha sovrin uchun kurashishi mumkin.

🎮 Ushbu "Side quest"da qatnashish shartlari :

Format: Kazual janrda brauzer (web) o‘yini yaratish.
⚡️Asosiy talab: O‘yinda roppa-rosa 35 ta daraja (level) bo‘lishi shart.
📌Dedlayn: O‘yinni 21-avgustgacha yuklashingiz lozim.

Qayerga yuklanadi?
itch.io platformasiga (maxsus sahifamiz havolasi ishtirokchilar guruhida e'lon qilinadi).

⚠️ Muhim eslatma ⚠️
Bu asosiy Game Jam yo‘nalishlari va bosh sovriniga aloqasi yo‘q bo'lgan ixtiyoriy "side-quest".
Uni musobaqadan oldingi qiziqarli mashq sifatida qabul qilishingizni so‘raymiz!


🎁 Mukofot: Hakamlar hay’ati tomonidan tanlangan eng yaxshi web-o‘yin muallifi maxsus Power Station bilan taqdirlanadi!

Game Jam bo‘yicha barcha yangiliklar va batafsil ma’lumotlarni olish uchun ishtirokchilar guruhiga qo‘shiling 👈

🚀 Jamoangizni yig‘ing, o‘z o‘yiningizni yarating va qo‘shimcha sovrin uchun kurashing!

@startupbaseuz

Читать на русском

Read in English

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6🙏2😍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌠 yil ichida O‘zbekistonda venchur bozori qanday shakllandi?

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda startaplarni kapital, ekspertiza va xalqaro aloqalar bilan qo‘llab-quvvatlaydigan venchur bozori shakllandi.

📈 Dealroom.co ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda venchur investitsiyalar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 544,5% ga oshdi. Bu natija bilan mamlakat venchur investitsiyalar o‘sish sur’ati bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egalladi.

🎙 UzVC boshqaruvchi hamkori Abdulazal Toshkhujaev videoda O‘zbekistonda venchur ekotizimining rivojlanishi haqida so‘zlab berdi.

🌠 yillik yo‘l — global o‘sishini ta’minlaydigan kuchli venchur bozori sari.

#Mustaqillik35 #Uzb35

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍1🙏1👌1😍1
StartupBase
🚀 Startapingizni Markaziy Osiyoning eng yirik IT-tadbirida namoyish etmoqchimisiz? ICT Week Uzbekistan 2026 doirasidagi maxsus startaplar hududi — Startup Alley uchun arizalar qabuli boshlandi. 22–25-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirda…
❗️Eslatib o'tamiz, arizalar qabuli tugashiga 1 hafta qoldi!

Startapingizni Markaziy Osiyoning eng yirik IT-tadbirida namoyish etmoqchimisiz?

ICT Week Uzbekistan 2026 doirasidagi maxsus startaplar hududi — Startup Alley uchun arizalar qabuli davom etmoqda.

22–25-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirda 10 ta startup bepul stendga ega bo‘ladi:

Startup Alley ishtirokchilari:
🟢 ko‘rgazmaning barcha to‘rt kuni uchun bepul stend;
🟢 Demo Day’da investorlar va hamkorlar oldida chiqish imkoniyati;
🟢 ishtirokchilar katalogida startup sahifasiga ega bo‘ladi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

✔️ O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan;
✔️ ishlaydigan mahsulotga ega;
✔️ new.startupbase.uz platformasidagi profilini 100% to‘ldirgan startaplar.

🔹 5 ta o‘rin — eksport natijalariga ega startaplar uchun;
🔹 5 ta o‘rin — xorijiy bozorlarga chiqishga tayyor startaplar uchun.

4 kun davomida mahsulotingizni investorlar, yirik kompaniyalar va xalqaro hamkorlarga namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.


🗓 Arizalar qabuli: 1–25-avgust

🔗 Ariza topshirish

Startapingizni ICT Week Uzbekistan 2026’da namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🙏2😍2
🎮 Game Jam LVL 🌠 oldidan AI ko‘nikmalaringizni kuchaytirishga tayyormisiz?

O‘yin yaratishda zamonaviy AI vositalaridan foydalanishga bag‘ishlangan maxsus workshop o‘tkaziladi.

🎙 Ekspert — Timur Martinez-Muqimov
University of Westminster’da Computer Science bo‘yicha PhD Candidate, game developer va interaktiv raqamli loyihalar yaratuvchisi.

Timur Unity, React/WebGL va Telegram Mini Apps asosida loyihalar ishlab chiqadi.
Faoliyatini VRonica’da Unity developer sifatida boshlagan va shu vaqtgacha o‘z o‘yinlari, ta’lim simulyatorlari hamda AI asosidagi immersive learning loyihalarini yaratgan.

Shuningdek, u ko‘plab hackathon, pitch musobaqalari va startup mukofotlari g‘olibi hamda ilmiy maqolalar muallifi.


🛠 Workshop’da nimalarni o‘rganasiz?
🟢 AI vositalarini game development jarayoniga integratsiya qilish;
🟢 o‘yin yaratishda neyrotarmoqlardan amalda foydalanish;
🟢 real misollar orqali AI bilan development jarayonini tezlashtirish.

💡 Game development’da tajribangiz yo‘qmi? Muammo emas — workshop boshlovchilar uchun ham mos va game-dev’dagi ilk qadamingizni qo‘yishga yordam beradi.


🗓 19-avgust
19:00–21:00
🌐 Telegram guruhida onlayn translyatsiya
Workshop rus tilida bo'lib o'tadi

🔥 Game Jam’ga tayyorlaning, AI vositalarini o‘zlashtiring va o‘z o‘yiningizni yaratishga kirishing!

@startupbaseuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5😍3👏2
Forwarded from President AI Award
🧠 President AI Award 2026 uchun arizalar qabuli yakunlandi!

O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan milliy AI startap tanloviga ro‘yxatdan o‘tish rasman yopildi.

📊 Tanlovning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha jami 655 ta ariza kelib tushdi.
Endi arizalarni tekshirish bosqichi boshlandi.

Keyingi bosqichlar:
16–25-avgust — arizalarni tekshirish;
26-avgust–5-sentabr — oflayn pitch-sessiyalar;

Oflayn pitch-sessiyada saralangan loyihalar akseleratsiya dasturiga o'tadi

🏆 Saralangan 25 ta startap akseleratsiya dasturiga qabul qilinadi.

Yakunda esa beshta yo‘nalish bo‘yicha jami 15 ta g‘olib aniqlanib, ular o‘rtasida $1,000,000 investitsiya jamg‘armasi taqsimlanadi.


👉 Yangiliklarni rasmiy Telegram-kanal orqali kuzatib boring.

Barcha jamoalarga keyingi bosqichlarda omad tilaymiz!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3😍2🙏1
Forwarded from Digital.uz
17 yoshda ilmiy kashfiyot,
22 yoshda xalqaro e’tirof.
IT Drivers of Uzbekistan: Aziz Axmedxo’jayev hikoyasi


"Bizning saytimizni buzib ko'ring" — dunyoda bunday buyurtmalar ham bor. Ularni axloqiy xakerlar bajaradi: tizimni haqiqiy jinoyatchilardan oldin sinab ko'radi va topilgan kamchiliklarni egasiga aytadi. Navbatdagi ruknimiz shu sohada ishlayotgan Aziz Axmedxo'jayevga bag'ishlanadi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi kiberxavfsizlik va sun'iy intellekt yo'nalishidagi yosh mutaxassislarni qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratmoqda. Bu soha bugun mamlakat raqamli rivojlanishining asosiy tayanchlaridan biriga aylandi.

Endi bu ishni faqat qo'lda bajarib bo'lmaydi. Sun'iy intellekt hujumchilar qo'lida ham bor, demak, himoya ham tezroq bo'lishi kerak. Aziz va jamoasi aynan shu muammo ustida ishlamoqda. Eng muhimi yechim O'zbekistonda yaratildi.

Uning bir fikri alohida e'tiborga loyiq: bugungi yoshlarda avvalgi avlodlar orzu ham qila olmagan imkoniyatlar bor. Yiliga 1000 dollarlik obuna bilan bir kishi o'n yil avval yuzta dasturchi bajaradigan ishni uddalay oladi.

Qahramonimizning loyihasi, ilmiy ishi va xalqaro yutuqlari bilan karusel orqali batafsil tanishing.

❗️Siz ham "Uzbekistan's IT Drivers" ruknida ishtirok etishni istasangiz yoki shunday mutaxassislarni tanisangiz, quyidagi manzilga murojaat qiling:

📧 o.raximova@it-park.uz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12😍2🙏1
🏆 NEXUS30 Hackathon g‘oliblari aniqlandi!

14–16-avgust kunlari Toshkent shahridagi School 21’da o‘tkazilgan NEXUS30 Hackathon o‘z yakuniga yetdi.

Uch kun davomida ishtirokchilar GovTech, FinTech, EdTech, HealthTech va TravelTech yo‘nalishlaridagi g‘oyalarini MVP darajasiga olib chiqdi, mentorlar bilan ishladi va Demo Day’da loyihalarini hakamlar hay’atiga taqdim etdi.

Yakuniy natijalar:
🥇 1-o‘rin — Durov’s Protocol
🥈 2-o‘rin — MedMind
🥉 3-o‘rin — UrbanMind

Maxsus nominatsiyalar:
🚀 The Best MVP — Emirxan
🔥 Most Creative Project — Kernel


🖥 Batafsil saytimizda

🚀 G‘olib jamoalar cloud va AI kreditlari, professional servis obunalar va boshqa sovrinlar bilan taqdirlandi.

❗️Eslatib o'tamiz, Hackathon g'oliblari (1-o'rin) Raqamli Startaplar dasturi doirasida MVP yaratish uchun $10,000 gacha grant olish imkoniyatiga ega.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍3😍3🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌠 yil ichida O‘zbekistonda asoschilar uchun qanday muhit shakllandi?

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda startap asoschilarini mentorlar, investorlar va hamfikrlar bilan birlashtiradigan yangi tadbirkorlik muhiti shakllandi.

📈 Startup Genome ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda 30+ O‘zbekiston startapi xalqaro akseleratsiya dasturlarini tamomladi — bu 2024-yilga nisbatan 930% ko‘p. Bugun esa 100+ mahalliy startap xorijiy bozorlarda faoliyat yuritmoqda.

🎙 Founders Hub asoschisi Omon Sultonov videoda O‘zbekistonda asoschilar uchun yaratilgan muhit, kuchli hamjamiyatning ahamiyati va mahalliy startaplarning global salohiyati haqida so‘zlab berdi.

🌠 yillik yo‘l — birgalikda yaratayotgan va global bozorga intilayotgan yangi avlod asoschilari sari.

#Mustaqillik35 #Uzb35

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6😍4🎉2🙏1
#StartupPlaybook

📚 G‘oyangiz foydalanuvchiga yoqdi. Endi darhol to‘liq mahsulot yaratish kerakmi?

Ijobiy fikr — yaxshi signal, ammo u hali gipoteza tasdiqlanganini anglatmaydi.
Foydalanuvchining so‘zlariga emas, mahsulotdan qanday foydalanishiga ham e’tibor berish muhim.

👉 Karuselni varaqlang va g‘oyani butun mahsulotni yaratmasdan qanday sinash mumkinligini bilib oling.

👌 Startapingiz uchun ekspertlar fikrini olish uchun 19-avgust kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan Startup Advice sessiyasiga qo‘shiling.

@startupbaseuz

Читать на русском
Read in English


LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2😍2🎉1