StartupLabs
53 subscribers
40 photos
11 videos
22 links
Startap, marketing, raqamli dunyo haqida gaplashamiz!

Kanalga tez-tez yangi maqola yozmasam demak arzigulik mavzu yo’q.

Anonim murojaat: http://t.me/questianonbot?start=430767-1630_370898987n

@startuplabs
Download Telegram
#Fact

400 mln AQSH dollariga 2 ta pitsa xarid qilgan bo'larmidingiz ? 😀

2010 yil 22 may kuni "Bitcoin pitsasi kuni " nomini olgan, chunki bu kun ilk bitcoin shartnomasi tuzilgan va 10 000 Bitcoinga "Papa John's" dan 2 ta pitsa sotib olingan.
Ushbu mablag'  hozirda 400 mln $ dan ko'proq bo'lishi mumkin edi. 💰

@startuplabs
👍3🔥21😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FutureComesSoon

"Ameka" robotining o'ziga birinchi marta ko'zguda qaraganidagi dahshatli reaksiyasini ko'ring.

Bu hatto qaysidir ma'noda insonga kelajak haqidagi qo'rqinch hissini uyg'otadi.

@startuplabs
👍31👏1
#MyMind

Nega O'zbekiston bozoridan dunyo miqyosidagi gigant startaplar chiqmagan ?

Bir qancha muammolarni sanab o'tamiz:

1.Bozorning yetukligi.
O‘zbekistonda IT startap bozori yangi paydo bo‘lmoqda, yangi o‘yinchilar qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Muvaffaqiyatga erishish mumkin, ammo buning uchun qat'iyat va mahsulotning qadr - qiymatini isbotlash qobiliyati talab etiladi.

2.O'sish potentsiali va investitsiyalar. Texnologik startap sohasi kengayib borayotgan bir paytda, hisobotlar o'sish va barqarorlikni ta'minlash uchun ko'proq investitsiyalar zarurligini ta'kidlaydi.

3.Venchur olamida cheklangan raqobat.
Hozirda mintaqadagi venchur dunyosida raqobat kam, bu aniq eng yaxshi startap paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

4.Regulyatorlar, Qonunlardagi tez - tez o'zgarishlar.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda eng yaxshi startapning yo‘qligi IT startap bozorining dastlabki bosqichi, investitsiyalarni ko‘paytirish zarurati va mahalliy venchur sahnasida nisbatan past raqobat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

@startuplabs
🔥31🤔1
#PDPS
(Product Development Process Steps)


Mahsulot (Xizmat) yaratish jarayoni bosqichlarining menejmentda har xil yondashuvlari mavjud, Ularning eng optimalrog'ini tushuntirib o'tamiz :

1.Ideation (G'oya,idea) - Qanaqa mahsulot (xizmat) yaratilishi va gipotezalarni aniqlash jarayoni. Go'yani investorlarga taqdimot (prezentatsiya) qilish boshqichi. "Muammoni - Segment - Qiymat" ni aniqlash va yechim topish.

2.Discovery yoki Product Definition (Kashfiyot yoki mahsulotni aniqlash) - Bunda ehtiyoji bor foydalanuvchilar bilan CustDev,har xil suhbat(intervyu) amalga oshiriladi, yangi mahsulotning birinchi biznes modeli tuziladi, Bozor va Raqobatchilar tahlil qilinadi.

3.Prototyping (Mahsulotning ilk ko'rinishi yoki Yarim tayyor mahsulot) - MVP ni amalga oshirish jarayoni, texnik vazifalar(TZ) tuzib chiqish ... .

4.Detailed Design (Mukammal reja) - Bu bosqichda mijozlar bilan har xil suhbatlar (Intervyu) orqali mahsulot kamchiliklarini aniqlash, Mahsulotni takomillashtirish jarayonlari, Biznes rejalarni amalga oshirish va bozorga chiqish.

5.Validation/Testing (Haqiqiy mahsulotni chiqarish/Sinovdan o'tkazish) - Bu bozor va mijozlar oldida mahsulot tan olinishi, bu bosqichda 4- bosqichgacha bo'lgan barcha tahlillar, muammolar, yechimlar tekshiriladi va o'rganiladi.

6.Commercialization yoki Management (Tijoratlashtirish/Boshqaruv) - Mahsulotni ishlab chiqish jarayonining ushbu bosqichida (shu jumladan ishlab chiqarish jarayoni) jamoa yakuniy mahsulotni bozorga chiqarish uchun zarur bo'lgan hamma narsani, shu jumladan marketing va sotish rejalarini (yoki kerak bo'lsa sotish bo'yicha treningni) amalga oshiradi. Jamoa mahsulot ishlab chiqarishni va mijozlarni qo'llab-quvvatlashni ishga tushirishni boshlaydi.

Aslida bu bosqichlarning har biridan alohida bir nechta kitob yozsa bo'ladi, har birining o'zining alohida artefaktlari
(bajariladigan vazifalar metodikasi

) mavjud. Kanalimizni kuzatib boring hali bu mavzularni batafsil tushuntirib o'tamiz Inshaalloh
!

#startuplabs
👍51👏1
#Nocodes

✈️ Leadteh

MVP da kod yozmasdan telegram bot tuzish uchun konstruktor veb sahifa.

To'lov tizimlariga ulab ishlatishingiz ham mumkim.

Bot tuzish juda oson.

Onlayn do'koningizni yaratish uchun juda qulay!

@startuplabs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👏1
#Management

CJM (Customer Journey Map) - "mijoz sayohat xaritasi" deb tarjima qilinadi. Bu mijozning vizual tajribasi, fikrlar, his-tuyg'ulari, maqsadlari, motivlarini hisobga olgan holda kompaniya bilan aloqa qilish tarixi. Xarita mijoz nomidan tuzilgan va uning mahsulot bilan o'zaro ta'siri nuqtalari va kanallari bo'lgan grafikga o'xshaydi.

CJM mijozning mahsulotga bo'lgan yo'lini aks ettiradi, muammoli joylarini aniqlaydi va sotishni qanday oshirish va mijozlarning sodiqligini ta'minlashni taklif qiladi.

Karta yordamida mijozlarning asosiy muammolari, og'riqli nuqtalari va umidlari namoyon bo'ladi.

Xaritani yaratish uchun mahsulotdan foydalanish jarayonida mijozning har bir qadami, xatti-harakatlarini kuzatishingiz kerak. Yaxshi tahlil qilish uchun siz xaridor va mahsulotning o'zi haqida yetarli ma'lumot to'plashingiz va keyin uni xaritada to'g'ri tuzishingiz kerak.

CJM da Google Sheets, Miro kabilardan foydalanish mumkin

@startuplabs
👍31👏1
#TrustToYourself

2023 yil iyul oyidan boshlab bir loyiha ustida ish boshlagan edik. Bunda produkt menejer sifatida ishtirok etdim.
Mahsulot "Prototyping" bosqichida MVP doirasida xarajatlarni qoplab daromad keltirishni va mijoz auditoriyasi kengayishni boshlagan edi. Biroq ayrim sabablarga ko'ra loyihani to'xtatishga majbur bo'ldik.

Biznesda shunaqa holatlar ham bo'lib turadi.

Muhimi ortga chekinmang va o'zizga ishoning!

@startuplabs
😐2😢1
#Management

Lean Canvas - Tashabbus kartasi

"Ideation" bosqichida startapni taqdimot (prezentatsiya) qilish uchun asosiy artefakt bo'lib xizmat qiladi.

1.Segment
2.Muammo
3.UTP
4.Yechim
5.Kanallar
6.Ko'zlangan foyda
7.Xarajatlar tarkibi
8.Asosiy ko'rsatkichlar
9.Yashirin afzallik

Kanvasdan ko'rinib turibdiki "Muammo" startap yaratishda doim eng muhim ko'rsatkich hisoblanadi.Shuning uchun birinchi blokda turibdi.

Men amaliyotda ko'pincha "Yashirin ko'rsatkich" ni ishlatmayman.Uning o'rnida "Biznes jarayon" joy olgan.

@startuplabs
👍31👏1
#FutureComesSoon

Elon Maskga tegishli "Neurolink" kompaniyasi inson miyasida "Telepathy" deb nomlanuvchi qurilmani sinovdan o'tkazgan.
Bu qurilma yordamida insonning fikri orqali smartfon yoki kompyuterni boshqarish mumkin bo'ladi.

Tasavvur qilib ko'ringa, yarim kechasi pitsa yeyish haqida shunchaki o'ylab qoldingiz va fikr kuchi yordamida hisobingizdan mablag' avtomatik yechilib Express24 orqali pitsa sizga yetkazilib berilsa 😀...

@startuplabs
👍3👏2😁2
#AboutMyWork

31.01.2024- 01.02.2024 yil.

2 kundan beri frilanserlar bilan bog'liq bir startap loyiha tuzish bilan band edim.

Qilingan ishlar :

1.Loyihani yurgizish uchun "Development" (Prototyping) bosqichigacha reja (Beklog) tuzdim.

2.Frilanser bilan suhbat (intervyu) amalga oshirdim.

3.Raqobatchilar va Bozor tahlili

4.Muammo, Segment, UTP, Yechimlarni aniqladim.

5.Biznes jarayonni tuzib chiqdim.

6.Ekonomika ya'ni barcha daromad va xarajatlarning tahlilini amalga oshirdim. (20 soat vaqt sarflandi).

Loyihani yillik soliq to'languncha foydasi
756 000 $ ga baholandi.

2 kun ichida 40 soat ishlabman. 😟

@startuplabs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔3👍1🔥1
StartupLabs
#AboutMyWork 31.01.2024- 01.02.2024 yil. 2 kundan beri frilanserlar bilan bog'liq bir startap loyiha tuzish bilan band edim. Qilingan ishlar : 1.Loyihani yurgizish uchun "Development" (Prototyping) bosqichigacha reja (Beklog) tuzdim. 2.Frilanser bilan…
Loyihani amalga oshirish uchun reja tuzish, raqobatchilar va bozor tahlili, biznes jarayon , gipotezalarni aniqlash,mijoz bilan CustDev, Muammo, Segment, Yechim, UTP, Ekonomika modellarini shakllantirish bu birinchi bosqich. 
Ekonomikada ko'rsatilgan foydaga erishish uchun sizda qat'iyat, talabchanlik, sabr - toqat va eng muhimi aqlli jamoa bo'lishi kerak.

@startuplabs
1👍1🔥1
#Marketing

💡🧠 Marketing dahosi

Bir paytlar yozuvchi Genri Jeyms ajoyib kitob yozgan, ammo uni hech kim sotib olmagan.

📰 Kunlar o'tdi va yozuvchi bunga chiday olmay, o'ylanib, kitobiga odamlarni qandaydir qiziqtirish uchun gazetaga reklama berishga qaror qildi.

U faqat bitta jumla yozgan:
"Chiroyli yosh millioner yigit Genri Jeymsning kitobidagi qahramonga o'xshagan qiz bilan uchrashishni xohlaydi."

Natijada, butun tiraj 24 soat ichida sotilgan!

@startuplabs
2👍2😁2
Ish yoki biznes?

👷 Ish:
• 1 oy – $1000
• 2 oy – $1000
• 3 oy – $1000
• 4 oy – $1000
• 5 oy – $1000
• 12 oy – $1000

💼 Biznes:
• 1 oy – $0
• 2 oy – $700
• 3 oy – $450
• 4 oy – $2000
• 5 oy – $1400
• 12 oy – $3300

Sizning tanlovingiz? 👇
Ishlash ♥️
Biznes 🔥

@startuplabs
🔥92
#Management

Kitob "Mening pishloqim qani?" amerikalik yozuvchi Spenser Jonson tomonidan yozilgan va menejment va o'z-o'zini rivojlantirish adabiyoti bozorida qo'llaniladigan mashhur biznes iborasi. Kitob labirintda pishloq qidirayotgan to'rtta qahramon haqida masal aytadi. Kitob hayot va ishdagi o'zgarishlarning metaforasini taklif qiladi, turli odamlar atrofidagi dunyo o'zgarishlariga qanday munosabatda bo'lishlarini va pishloqni qidirish orqali bu o'zgarishlarga turli xil moslashishlarini ko'rsatadi. — Mening pishloqim qani? odatda ish muhitida va shaxsiy hayotda o'zgarish va moslashish strategiyalarini muhokama qilish uchun ishlatiladi.

@startuplabs
👍51👏1
#WelcomeToFuture

2050 yil ...

Inson miyasini internet bilan birlashtirishga ixtisoslashgan inqilobiy tadqiqot markazi.
Ular odamlarga bevosita miyasidan tarmoqqa ulanish imkonini beruvchi neyron interfeysni sinovdan muvaffaqiyatli o'tkazadilar.

Ushbu qurilma yordamida foydalanuvchilar ma’lumotlarni bevosita o‘z ongiga yuklab olishlari, qidiruv tizimlariga kirishlari va bir necha daqiqada boshqalar bilan muloqot qilishlari mumkin. Boshqa gadjetlar yoki smartfon, kompyuterlar talab qilinmaydi - dunyoni o'zgartirish uchun faqat bir marta bosish kifoya.

Internet o'sib bormoqda, ongning har bir burchagiga kirib boradi va insoniyatning umumiy aqli sifatida harakat qiladi.
Startapning kelajagi ham o‘z miyangizni boshqarish bilan bog‘liq. Biror kishi xotirasini, fikrlash tezligini yaxshilash va hatto bilimlar omboridan yuklab olish orqali yangi ko'nikmalarga ega bo'lishI, yangi qobiliyat yuklab olishi va o'z qobiliyatlari o'zgartirishi mumkin.

Biroq, imkoniyatlarning ortishi bilan xavflar ham mavjud. Xakerlar va kiberjinoyatchilar ma'lumotlarni o'g'irlash yoki hatto boshqa odamlarning fikrlarini nazorat qilish uchun neyron interfeysini buzishga harakat qilish.

Bu texnologiya ta'lim, tibbiyot, fan va boshqa ko'plab sohalarda yangi istiqbollarni ochadi. Bu inson va mashina o'rtasidagi chegaralar xiralashgan kelajak va har bir inson uchun fantastik imkoniyatlar haqiqatga aylanadi.

Kim bilar balki, bu ham dangasalar uchun yaxshi taklifdir 😀

@startuplabs
👍5😁2👏1
#Management
#Ecommerce

Onlayn do'konda ko'p narsa tezlikka bog'liq:

Foydalanuvchilarning 47 foizi sayt yoki bot 2 soniyadan kamroq vaqt ichida yuklanishini kutishadi;
Sayt (Bot) 3 soniyadan ortiq yuklansa 40% mijozni yo'qotasiz;
Yuklashda atigi bir soniya kechikish konversiyalarning 7% ga qisqarishiga olib kelishi mumkin.

Iste'molchilarning 70 foizi sotib olishga tayyorligi sayt tezligiga bog'liqligini tan oladi;

Respondentlarning 50 foizi tezroq yuklash foydasiga videodan voz kechishga tayyor;

Yuklanishning dastlabki 5 soniyasi konversiyaga eng kuchli ta'sir ko'rsatadi, har bir soniyada konversiya tezligi o'rtacha 4,42% ga pasayadi;

Rekord konversiya stavkalari 2 soniyadan kamroq vaqt ichida yuklanadigan sahifalarda qayd etiladi.

@startuplabs
👍2🔥21
Eng zo'r biznes model - bu xizmat ikki xil auditoriyaga ega bo'lganida, ya'ni biri to'laydi, ikkinchisi xizmatdan foydalanadi. 
Eng oddiy misol ijtimoiy tarmoqlar, ularda foydalanuvchilar bepul sayr (suhbatlashish, kuzatish va hokazolar) qilishadi, boshqasi esa pullik reklama joylaydi.

@startuplabs
3🔥3👍1
#WelcomeToFuture

'Smart Contracts'

Aqlli shartnomalar: Kelajakdagi to'lov tizimi bo'lib, shartnomaning avtomatlashtiradigan shartlarni bajarishni qo'llab-quvvatlaydi.Bu toʻlovlarni amalga oshirish jarayonini soddalashtiradi va tezlashtiradi hamda ishonchlilik va xavfsizlikni oshiradi.

Bu kriptovalyutalarda qo‘llaniladigan blokcheyn
(Blokcheyn - tranzaktsiyalarni qayd qiluvchi va ularni zanjirga bog'langan bloklarda saqlaydigan taqsimlangan ma'lumotlar bazasi va har bir tarmoq ishtirokchisi ma'lumotlar bazasi nusxasiga ega.Asosiy afzalligi uning ishonchliligi, shaffofligi va xavfsizligidir. Blokcheynda aks ettirilgan tranzaktsiyalar autentifikatsiya qilinishi va buzilmasligi va tarmoqdagi barcha ishtirokchilar tomonidan ko'rilishi mumkin.)

texnologiyasiga asoslangan.

Misol uchun, A foydalanuvchi ma'lum bir xizmat (natijaga) erishgandan so'ng, B foydalanuvchining hisobiga ma'lum miqdordagi pulni avtomatik ravishda o'tkazish uchun aqlli shartnoma tuzilishi mumkin.
Deylik, A foydalanuvchi B foydalanuvchiga veb sayt yaratish uchun buyurtma berdi. Tomonlar onlaynda aqlli shartnomani rasmiylashtiradi va unda "Agar buyurtmada ko'rsatilgan 'A.uz' veb sayti hostingda ro'yhatdan o'tsa va undagi 'Bosh sahifa', 'Biz haqimizda', 'Contact ' sahifalari mavjud bo'lsa A hisobidan B hisobiga 5000$ avtomatik o'tkazilsin" degan shartlar bo'lishi mumkin.

Aqlli shartnomalar turli sohalarda, jumladan, moliyaviy operatsiyalar, ta'minot, ko'chmas mulk, tibbiyot va boshqalarda qo'llanilishi mumkin.

Belarus davlati bu tizimni birinchilardan bo'lib tan olib, o'zida sinab ko'rgan.

@startuplabs
🔥32👍1
#UserStory

Foydalanuvchi hikoyasi tushunchasi

User story yoki foydalanuvchi hikoyasi mahsulot xususiyatlarini oxirgi iste'molchi ko'zlari bilan ko'rishga yordam beradi. Foydalanuvchi hikoyasining asosiy qismi qisqacha va texnik tafsilotlarsiz yoziladi. Asosiysi, odamlarning maqsadlari, ehtiyojlariga e'tibor qaratish va mahsulot (xizmat) ga mijoz ko'zi bilan qarash.

Foydalanuvchi hikoyasining asosiy qismida odatda quyidagilar ko'rsatiladi:

●Foydalanuvchiga tegishli kategoriya;
●U qilmoqchi bo'lgan harakat;
●foydalanuvchi harakatdan keyin olishni kutayotgan natija.

Hikoyani yakunlangan deb qabul qilish uchun albatta bajarilishi kerak bo'lgan shartlar (AC - Acceptance Criteria) dan foydalaniladi.

Katta jamoada ishlovchi dasturchilar "Jira" ga o'xshash loyihalarni boshqarish platformasida buni ishlatgan bo'lishi mumkin.

Kommentariyadagi faylda "AC" ga misol keltirib o'tilgan.

@startuplabs
👍4🔥31