StartupLabs
53 subscribers
40 photos
11 videos
22 links
Startap, marketing, raqamli dunyo haqida gaplashamiz!

Kanalga tez-tez yangi maqola yozmasam demak arzigulik mavzu yo’q.

Anonim murojaat: http://t.me/questianonbot?start=430767-1630_370898987n

@startuplabs
Download Telegram
#StartupDay

Internet-marketingda KONVERSIYA - bu ma'lum bir vaqt davomida biror bir sayt, telegram bot yoki shunga o'xshash tizimlarga umumiy tashrif buyuruvchilarning ushbu tizimdan yangi foydalanuvchilarga nisbati.
Masalan: sizda ba'zi mahsulotlarni sotadigan onlayn-do'koningiz bor (veb sayt). Aytaylik, kuniga 500 ta foydalanuvchi veb saytingizga tashrif buyuradi. Ushbu 24 soat ichida do'koningizda 7 ta foydalanuvchi xaridlarni amalga oshirdi. Konversiyani topish uchun xaridlar soni tashrif buyuruvchilar soniga bo'linadi: 7/500 = 0,014 = 1,4%.
Demak, bu holatda konversiya : 1,4% ga teng ekan.
Produkt menejer yoki marketing bo'limi startapni tahlil qilib konversiyani oshirish uchun har xil usullardan foydalanadi.
Masalan Unit - Ekonomikadan.
Bu haqda keyinroq gaplashamiz.
@startuplabs
3👍2🔥1
#StartupDay

LID - bu marketing kanallari orqali fikr-mulohaza shaklida telefon raqamini qoldirgan foydalanuvchi.

@startuplabs
4👍1🤝1
#AboutMyStartup

Tilda MVP sifatida biror bir startapni amalga oshirishda tezda veb sayt tuzib ishni boshlash uchun eng zo'r veb konstruktorlardan biri.
Bu orqali o'zingiz veb sayt tuzib ish boshlashingiz mumkin va hatto to'lov tizimlarini ulab onlayn do'kon yaratsa ham bo'ladi.
Biz jamoa bilan birinchi marta mijozlar fikr - mulohazasi, e'tirozi va taklifini o'rganish maqsadida tilda orqali veb sayt tuzib lidlarni qabul qilganmiz.
Veb sayt "google - docs" ga ulangan bo'lib, mijoz ism - sharifi, telefon raqami kabi ma'lumotlari shakllanar edi va har bir mijozga bog'lanib produktimiz haqida fikrini o'rganib chiqar edik.
Har bir startap shu asnosida ish boshlasa ortiqcha xarajat va produktni davom ettirish yoki ettirmaslik haqida to'g'ri qaror chiqarsa bo'ladi.
@startuplabs
3👍2🔥1
StartupLabs
#AboutMyStartup Tilda MVP sifatida biror bir startapni amalga oshirishda tezda veb sayt tuzib ishni boshlash uchun eng zo'r veb konstruktorlardan biri. Bu orqali o'zingiz veb sayt tuzib ish boshlashingiz mumkin va hatto to'lov tizimlarini ulab onlayn do'kon…
Biror bir g'oyangiz bo'lsa, tezda uni amalga oshirib ko'ring, eng avvalo biror bir telegram kanalga reklama berib lidlar qabul qiling va ular bilan suhbatlashib ko'ring shunda siz g'oyangizni davom ettirishni tahlil qilib chiqasiz.

Bilasizmi hozirda eng muhimi g'oya emas balki uni amalda sinab ko'rish!


@startuplabs
3🔥2👍1
#ProductManagment
JTBD (Jobs To Be Done) yoki "Bajarilishi kerak bo'lgan ishlar" - bu marketing va mahsulot strategiyasiga yondashuv bo'lib, u muayyan mahsulot yoki xizmatlarga emas, balki foydalanuvchilar qanday muammolarni hal qilmoqchi ekanligini va mahsulotlar o'z maqsadlariga erishishda qanday yordam berishi mumkinligini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. JTBD odatda mijozlar ehtiyojlari va motivatsiyalarini o'rganish uchun yanada samaraliroq mahsulotlar yaratish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun ishlatiladi.

@startuplabs
3👍1🔥1
StartupLabs
#ProductManagment JTBD (Jobs To Be Done) yoki "Bajarilishi kerak bo'lgan ishlar" - bu marketing va mahsulot strategiyasiga yondashuv bo'lib, u muayyan mahsulot yoki xizmatlarga emas, balki foydalanuvchilar qanday muammolarni hal qilmoqchi ekanligini va mahsulotlar…
Odamlar mahsulot yoki xizmatni ba'zi xususiyatlarga ega bo'lgani uchun emas, balki ularga to'g'ri hissiyot(emotsiya) taqdim etgani uchun sotib olishadi.

Misol uchun:
Siz to'y marosimi uchun fotografga buyurtma berganingizda, u flesh-diskda minglab fotosuratlarni emas, balki muhim voqea haqidagi xotiralarni saqlab qolish va to'y kunidagi kabi his-tuyg'ularni qayta his qilish imkoniyatini sotib olasiz.


@startuplabs
2👍2👏1
#Fact

400 mln AQSH dollariga 2 ta pitsa xarid qilgan bo'larmidingiz ? 😀

2010 yil 22 may kuni "Bitcoin pitsasi kuni " nomini olgan, chunki bu kun ilk bitcoin shartnomasi tuzilgan va 10 000 Bitcoinga "Papa John's" dan 2 ta pitsa sotib olingan.
Ushbu mablag'  hozirda 400 mln $ dan ko'proq bo'lishi mumkin edi. 💰

@startuplabs
👍3🔥21😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FutureComesSoon

"Ameka" robotining o'ziga birinchi marta ko'zguda qaraganidagi dahshatli reaksiyasini ko'ring.

Bu hatto qaysidir ma'noda insonga kelajak haqidagi qo'rqinch hissini uyg'otadi.

@startuplabs
👍31👏1
#MyMind

Nega O'zbekiston bozoridan dunyo miqyosidagi gigant startaplar chiqmagan ?

Bir qancha muammolarni sanab o'tamiz:

1.Bozorning yetukligi.
O‘zbekistonda IT startap bozori yangi paydo bo‘lmoqda, yangi o‘yinchilar qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Muvaffaqiyatga erishish mumkin, ammo buning uchun qat'iyat va mahsulotning qadr - qiymatini isbotlash qobiliyati talab etiladi.

2.O'sish potentsiali va investitsiyalar. Texnologik startap sohasi kengayib borayotgan bir paytda, hisobotlar o'sish va barqarorlikni ta'minlash uchun ko'proq investitsiyalar zarurligini ta'kidlaydi.

3.Venchur olamida cheklangan raqobat.
Hozirda mintaqadagi venchur dunyosida raqobat kam, bu aniq eng yaxshi startap paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

4.Regulyatorlar, Qonunlardagi tez - tez o'zgarishlar.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda eng yaxshi startapning yo‘qligi IT startap bozorining dastlabki bosqichi, investitsiyalarni ko‘paytirish zarurati va mahalliy venchur sahnasida nisbatan past raqobat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

@startuplabs
🔥31🤔1
#PDPS
(Product Development Process Steps)


Mahsulot (Xizmat) yaratish jarayoni bosqichlarining menejmentda har xil yondashuvlari mavjud, Ularning eng optimalrog'ini tushuntirib o'tamiz :

1.Ideation (G'oya,idea) - Qanaqa mahsulot (xizmat) yaratilishi va gipotezalarni aniqlash jarayoni. Go'yani investorlarga taqdimot (prezentatsiya) qilish boshqichi. "Muammoni - Segment - Qiymat" ni aniqlash va yechim topish.

2.Discovery yoki Product Definition (Kashfiyot yoki mahsulotni aniqlash) - Bunda ehtiyoji bor foydalanuvchilar bilan CustDev,har xil suhbat(intervyu) amalga oshiriladi, yangi mahsulotning birinchi biznes modeli tuziladi, Bozor va Raqobatchilar tahlil qilinadi.

3.Prototyping (Mahsulotning ilk ko'rinishi yoki Yarim tayyor mahsulot) - MVP ni amalga oshirish jarayoni, texnik vazifalar(TZ) tuzib chiqish ... .

4.Detailed Design (Mukammal reja) - Bu bosqichda mijozlar bilan har xil suhbatlar (Intervyu) orqali mahsulot kamchiliklarini aniqlash, Mahsulotni takomillashtirish jarayonlari, Biznes rejalarni amalga oshirish va bozorga chiqish.

5.Validation/Testing (Haqiqiy mahsulotni chiqarish/Sinovdan o'tkazish) - Bu bozor va mijozlar oldida mahsulot tan olinishi, bu bosqichda 4- bosqichgacha bo'lgan barcha tahlillar, muammolar, yechimlar tekshiriladi va o'rganiladi.

6.Commercialization yoki Management (Tijoratlashtirish/Boshqaruv) - Mahsulotni ishlab chiqish jarayonining ushbu bosqichida (shu jumladan ishlab chiqarish jarayoni) jamoa yakuniy mahsulotni bozorga chiqarish uchun zarur bo'lgan hamma narsani, shu jumladan marketing va sotish rejalarini (yoki kerak bo'lsa sotish bo'yicha treningni) amalga oshiradi. Jamoa mahsulot ishlab chiqarishni va mijozlarni qo'llab-quvvatlashni ishga tushirishni boshlaydi.

Aslida bu bosqichlarning har biridan alohida bir nechta kitob yozsa bo'ladi, har birining o'zining alohida artefaktlari
(bajariladigan vazifalar metodikasi

) mavjud. Kanalimizni kuzatib boring hali bu mavzularni batafsil tushuntirib o'tamiz Inshaalloh
!

#startuplabs
👍51👏1
#Nocodes

✈️ Leadteh

MVP da kod yozmasdan telegram bot tuzish uchun konstruktor veb sahifa.

To'lov tizimlariga ulab ishlatishingiz ham mumkim.

Bot tuzish juda oson.

Onlayn do'koningizni yaratish uchun juda qulay!

@startuplabs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👏1
#Management

CJM (Customer Journey Map) - "mijoz sayohat xaritasi" deb tarjima qilinadi. Bu mijozning vizual tajribasi, fikrlar, his-tuyg'ulari, maqsadlari, motivlarini hisobga olgan holda kompaniya bilan aloqa qilish tarixi. Xarita mijoz nomidan tuzilgan va uning mahsulot bilan o'zaro ta'siri nuqtalari va kanallari bo'lgan grafikga o'xshaydi.

CJM mijozning mahsulotga bo'lgan yo'lini aks ettiradi, muammoli joylarini aniqlaydi va sotishni qanday oshirish va mijozlarning sodiqligini ta'minlashni taklif qiladi.

Karta yordamida mijozlarning asosiy muammolari, og'riqli nuqtalari va umidlari namoyon bo'ladi.

Xaritani yaratish uchun mahsulotdan foydalanish jarayonida mijozning har bir qadami, xatti-harakatlarini kuzatishingiz kerak. Yaxshi tahlil qilish uchun siz xaridor va mahsulotning o'zi haqida yetarli ma'lumot to'plashingiz va keyin uni xaritada to'g'ri tuzishingiz kerak.

CJM da Google Sheets, Miro kabilardan foydalanish mumkin

@startuplabs
👍31👏1
#TrustToYourself

2023 yil iyul oyidan boshlab bir loyiha ustida ish boshlagan edik. Bunda produkt menejer sifatida ishtirok etdim.
Mahsulot "Prototyping" bosqichida MVP doirasida xarajatlarni qoplab daromad keltirishni va mijoz auditoriyasi kengayishni boshlagan edi. Biroq ayrim sabablarga ko'ra loyihani to'xtatishga majbur bo'ldik.

Biznesda shunaqa holatlar ham bo'lib turadi.

Muhimi ortga chekinmang va o'zizga ishoning!

@startuplabs
😐2😢1
#Management

Lean Canvas - Tashabbus kartasi

"Ideation" bosqichida startapni taqdimot (prezentatsiya) qilish uchun asosiy artefakt bo'lib xizmat qiladi.

1.Segment
2.Muammo
3.UTP
4.Yechim
5.Kanallar
6.Ko'zlangan foyda
7.Xarajatlar tarkibi
8.Asosiy ko'rsatkichlar
9.Yashirin afzallik

Kanvasdan ko'rinib turibdiki "Muammo" startap yaratishda doim eng muhim ko'rsatkich hisoblanadi.Shuning uchun birinchi blokda turibdi.

Men amaliyotda ko'pincha "Yashirin ko'rsatkich" ni ishlatmayman.Uning o'rnida "Biznes jarayon" joy olgan.

@startuplabs
👍31👏1
#FutureComesSoon

Elon Maskga tegishli "Neurolink" kompaniyasi inson miyasida "Telepathy" deb nomlanuvchi qurilmani sinovdan o'tkazgan.
Bu qurilma yordamida insonning fikri orqali smartfon yoki kompyuterni boshqarish mumkin bo'ladi.

Tasavvur qilib ko'ringa, yarim kechasi pitsa yeyish haqida shunchaki o'ylab qoldingiz va fikr kuchi yordamida hisobingizdan mablag' avtomatik yechilib Express24 orqali pitsa sizga yetkazilib berilsa 😀...

@startuplabs
👍3👏2😁2
#AboutMyWork

31.01.2024- 01.02.2024 yil.

2 kundan beri frilanserlar bilan bog'liq bir startap loyiha tuzish bilan band edim.

Qilingan ishlar :

1.Loyihani yurgizish uchun "Development" (Prototyping) bosqichigacha reja (Beklog) tuzdim.

2.Frilanser bilan suhbat (intervyu) amalga oshirdim.

3.Raqobatchilar va Bozor tahlili

4.Muammo, Segment, UTP, Yechimlarni aniqladim.

5.Biznes jarayonni tuzib chiqdim.

6.Ekonomika ya'ni barcha daromad va xarajatlarning tahlilini amalga oshirdim. (20 soat vaqt sarflandi).

Loyihani yillik soliq to'languncha foydasi
756 000 $ ga baholandi.

2 kun ichida 40 soat ishlabman. 😟

@startuplabs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔3👍1🔥1
StartupLabs
#AboutMyWork 31.01.2024- 01.02.2024 yil. 2 kundan beri frilanserlar bilan bog'liq bir startap loyiha tuzish bilan band edim. Qilingan ishlar : 1.Loyihani yurgizish uchun "Development" (Prototyping) bosqichigacha reja (Beklog) tuzdim. 2.Frilanser bilan…
Loyihani amalga oshirish uchun reja tuzish, raqobatchilar va bozor tahlili, biznes jarayon , gipotezalarni aniqlash,mijoz bilan CustDev, Muammo, Segment, Yechim, UTP, Ekonomika modellarini shakllantirish bu birinchi bosqich. 
Ekonomikada ko'rsatilgan foydaga erishish uchun sizda qat'iyat, talabchanlik, sabr - toqat va eng muhimi aqlli jamoa bo'lishi kerak.

@startuplabs
1👍1🔥1
#Marketing

💡🧠 Marketing dahosi

Bir paytlar yozuvchi Genri Jeyms ajoyib kitob yozgan, ammo uni hech kim sotib olmagan.

📰 Kunlar o'tdi va yozuvchi bunga chiday olmay, o'ylanib, kitobiga odamlarni qandaydir qiziqtirish uchun gazetaga reklama berishga qaror qildi.

U faqat bitta jumla yozgan:
"Chiroyli yosh millioner yigit Genri Jeymsning kitobidagi qahramonga o'xshagan qiz bilan uchrashishni xohlaydi."

Natijada, butun tiraj 24 soat ichida sotilgan!

@startuplabs
2👍2😁2
Ish yoki biznes?

👷 Ish:
• 1 oy – $1000
• 2 oy – $1000
• 3 oy – $1000
• 4 oy – $1000
• 5 oy – $1000
• 12 oy – $1000

💼 Biznes:
• 1 oy – $0
• 2 oy – $700
• 3 oy – $450
• 4 oy – $2000
• 5 oy – $1400
• 12 oy – $3300

Sizning tanlovingiz? 👇
Ishlash ♥️
Biznes 🔥

@startuplabs
🔥92