StartupLabs
53 subscribers
40 photos
11 videos
22 links
Startap, marketing, raqamli dunyo haqida gaplashamiz!

Kanalga tez-tez yangi maqola yozmasam demak arzigulik mavzu yo’q.

Anonim murojaat: http://t.me/questianonbot?start=430767-1630_370898987n

@startuplabs
Download Telegram
Yaqin kelajakda...

Siz bank binosiga faqat shaxsiy ma'lumotlaringizni identifikatsiya(o'zaro mosligi taqqoslash) uchun borishingiz mumkin.

Biror bir mahsulot xarid qilish uchun do'kondan faqat onlayn buyurtma berasiz.
(Hatto chekka qishloqlarda ham)

Avtomashina sotib olishdan ko'ra ijaraga olish xizmatlari rivojlanadi.

Notarius, sug'urta, baholash xizmatlari onlaynda tobora rivojlanadi.

Uy - joyni ta'mirlash yoki ijaraga berish onlayn buyurtmalar asosida rivojlanadi.

Shifoxonada navbatga yozilish onlayn asosida buyurtma beriladi, sun'iy intelekt asosida ishlovchi virtual shifokorlar tobora rivojlanadi.
Robort Ai shifokorlar davri boshlanadi.Ular hatto uyingizga kelib sizni davolab ketishi yoki jarrohlik amaliyoti o'tkazishi mumkin bo'ladi.

Jurnalist, aktyor va aktrisalar sun'iy intelekt asosida yaratiladi.

Video Ai xizmati.
To'y marosimlarini tasvirga olish sun'iy intelekt yordamida bo'ladi.Video Ai marosimdagi har bir ishtirokchi har bir daqiqalarni qoldirmay sizga muhrlab beradi va eng asosiysi marosim tugashi bilan foto va video tasvirlar montaj qilingan holda sizning bulutli xotirangizda(serverga) saqlangan bo'ladi.
Video Ai bank hisobingizdan avtomatik xizmat haqini ushlab qoladi.

Bular shunchaki tasavvur emas hozirda amalga oshirish kerak bo'lgan startaplardir!

@startuplabs
πŸ‘4😱2πŸ‘1
Google sobiq xodimlari tomonidan yaratilgan 10 ta TOP startaplar.
@startuplabs
❀2πŸ‘1πŸ”₯1
Dunyoning eng qimmat startaplari.
2022-2023 yil uchun.
@startuplabs
πŸ‘3πŸ”₯1
βœ… #StartupDay | Trend

πŸ”₯ Qanday tendentsiya?

Butun dunyoda turli xil elektron gadjet xaridorlari o'zlarining sevimli brendlarining eng so'nggi modellarini sotib olishni orzu qiladilar, lekin aslida ular o'zlariga mos narxda sotib olishlari kerak. Yangi premium smartfonlar narxi 1000 dollardan oshib ketdi va "istaklarni imkoniyatlarga moslashtirish" muammosini hal qilish tobora ko'proq foydalanilgan gadjetlarni sotib olish sohasida topilmoqda. Albatta, investorlar o'z sarmoyalari bilan bu tendentsiyani payqashmoqda.

Masalan, noyabr oyi boshida Avstriyaning yangilangan mobil telefonlar va gadjetlarni kafolati bilan sotib olish boβ€˜yicha Refurbed kompaniyasi C seriyali moliyalashtirish bosqichida yana 54 million yevro oldi va jami 130 million dollardan ortiq mablagβ€˜ni jalb qildi. Taqqoslanadigan yangi qurilmalardan 40% gacha arzonroq A qurilmalari, masalan, Parijning Back Market kompaniyasi allaqachon 1 milliard dollardan ortiq investitsiya to'plagan, uning kafolatlangan va sinovdan o'tgan mahsulotlari yangilariga qaraganda 70% gacha arzonroq ekanligini ta'kidlaydi.

Qayta tiklangan elektronika sanoati bir necha yillardan buyon sarmoyadorlarning jadal moliyalashtirish sahnasiga aylandi. Va bu erda so'nggi ikki kalendar yilida so'nggi marta investitsiyalarni jalb qilgan turli mamlakatlarda qayta tiklangan foydalanilgan gadjetlarga ixtisoslashgan kompaniyalarning ko'proq misollari mavjud (qavslar ichida - jalb qilingan investitsiyalarning umumiy miqdori): Swappie ($169) million), ecoATM (156 million dollar), Trocafone (57 million dollar), Reebelo (50 million dollar), Raylo (32 million dollar), EasyCep (12 million dollar), Flip (9 million dollar), NorthLadder (6 million dollar.) .), Refurbi ( 4 million dollar). Underdog (4 million dollar), Badili (4 million dollar), Valyuu.com (3 million dollar), Revibe (2 million dollar), Refurbly (2 million dollar), Reuse (2 million dollar), E-Recycle (1,6 million dollar) .), Getmobil (1,5 million dollar).

Undan qanday foydalanish kerak?
O'zbekiston bozorida hali ham katta o'yinchi yo'q, garchi men bir nechta shunga o'xshash startaplarni ko'rganman.
@startuplabs
❀2πŸ‘1πŸ€”1
StartupLabs
βœ… #StartupDay | Trend πŸ”₯ Qanday tendentsiya? Butun dunyoda turli xil elektron gadjet xaridorlari o'zlarining sevimli brendlarining eng so'nggi modellarini sotib olishni orzu qiladilar, lekin aslida ular o'zlariga mos narxda sotib olishlari kerak. Yangi…
#UTP

Albatta bu kabi startapni amalga oshirish uchun sizda UTP (unikal savdo taklifi) bo'lishi kerak.
Kanalimizni kuzatib boring hali bu haqida alohida gaplashamiz.πŸ˜‰

@sturtuplabs
❀1πŸ‘1πŸ™1πŸ‘Œ1
#MVP

Yangi startap MVP(minimum viable product) orqali amalga oshiriladi.
MVP bu - Minimal yashovchi mahsulot ya'ni to'liq miqyosda ishlab chiqilguniga qadar talabni o'rganish uchun mo'ljallangan mahsulotning eng oddiy ishlaydigan prototipi.
Startapni boshlang'ich nuqtasida hech bir biznesmen uni iste'molchi qanday qabul qilishini aniq bilmaydi shuning uchun katta xarajatlardan qochish yoki mukammal produktni rivojlantirib borish evaziga MVP dan foydalaniladi.
@startuplabs
πŸ‘3❀1πŸ”₯1
Youtube, Facebook, PayPal, Amazon kompaniyalarining MVP ko'rinishi.
@startuplabs
❀2πŸ‘2πŸ”₯1😁1
Starlink global sputnik tizimi (Internet tizimi) SpaceX kompaniyasining mahsuloti bo'lib 2018 yilda asos solingan.
2023 yilga kelib Starlink zararsizlik nuqtasiga(Break Even Point) erishgan.

Yangi startap boshlovchilar uzoq vaqt daromad olish haqida emas, balki mahsulotini rivojlantirish haqida ko'proq qayg'urishi kerak.
@startuplabs
❀3πŸ‘1πŸ”₯1
Yer orbitasidagi kosmik qoldiqlar hajmi.

Oktyabr oyi boshida Dish Network eski sun'iy yo'ldoshni orbitadan olib chiqmagani uchun jarimaga tortilgan dunyodagi birinchi kompaniya bo'ldi. Mutaxassislarning fikricha, jarima kosmik chiqindilarni tozalash startaplari bozorini kuchaytirishi mumkin.

@startaplabs
πŸ‘2πŸ€”1😱1
#NotAfraidRejection

Bilasizmi sotuvlarimning asosiy qismini odamlar "yo'q", "bu mahsulot(xizmat) men uchun emas", "mahsulot(xizmat)ingizni olmayman" so'zini ishlatgandan keyin sotganman.
Siz rad javobini olganingiz mijozingizni yaxshiroq o'rganishingizni bildiradi.
Taklif qilishdan oldin mijozlaringizni yaxshilab o'rganing, uning muammosi, dardini, hissiyotlarini kuzating.
Uning nozik nuqtasi, muammosi orqali unga hujum qiling!
Izlayotgan oltinga uch qadam qolganda uni aslo tark etmang!

@startuplabs
❀2πŸ‘2πŸ‘2
#AboutMyStartup

Yaqinda komandam bilan yangi startapga qo'l urdik.
Startap kafe, restoranlar bilan bog'liq ilova(app) bo'ladi.
Asosiy maqsadi biz bilan shartnoma qilgan kafe, restoranlarning konversiyasini(mijozlarini) oshirishdan iborat.
Hozir startap 'Discovery' bosqichida turibdi.
Agar bu sizlarga qiziqarli bo'lsa tez - tez ma'lumot berib boraman.

@startuplabs
❀4πŸ”₯3⚑1πŸ‘1
Bu kanalni tashkil qilishimdan maqsad kimgadir motivatsiya yoki 'ponyatka' berish emas balki dasturlash va biznesdagi tajribamni, yo'l qo'ygan xato va kamchiliklarimni, muvaffaqiyatlarimni bo'lishishdan iborat.
#startuplabs
πŸ‘3❀2πŸ”₯1
#StartupDay

Startap boshlashda 'Muammo - Segment (Mijoz, Agent) - Qiymat' ni aniq tahlil qilish juda zarur.
Misol bilan tushuntiraman.
Agent segmenti
Kiyim do'koni
Muammosi - Mijozlari kam, daromadi yetarli emas;

Mijoz segmenti
Kiyim sotib olmoqchi
Muammosi : narxlar qimmat, chegirmali do'kon izlamoqda;

Yechim ya'ni 'Qiymat'
Mijozni raqamli kanal (telegram, fb,instagram kabilar) orqali aniqlab  telegram bot yoki veb saytga yo'naltirish.(Bizning telegram bot orqali ro'yxatdan o'ting va promokod evaziga A do'konidan 10% lik chegirma asosida kiyim xarid qiling).
Savol tug'ilishi mumkin do'kon shunchaki reklama berib mijozni o'zi jalb qilsa bo'ladiku telegram bot yoki veb sayt nimaga kerak deb, albatta bu noto'g'ri fikr bo'lardi, chunki bot yoki veb sayt orqali mijozni ma'lumotlar bazasida joylashtirish muhim sanaladi.Bu orqali mijozning aniq segmentini shakllantirish mumkin hamda unga doimiy ravishda o'zimizning kanalimiz orqali ancha arzon reklama xabari yuborib tursa bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda, biz bu kabi kanallar orqali o'zimizning aniq segmentimizi aniqlay olamiz.

@startuplabs
πŸ‘3❀2πŸ‘1
StartupLabs
#UTP Albatta bu kabi startapni amalga oshirish uchun sizda UTP (unikal savdo taklifi) bo'lishi kerak. Kanalimizni kuzatib boring hali bu haqida alohida gaplashamiz.πŸ˜‰ @sturtuplabs
UTP (ΡƒΠ½ΠΈΠΊΠ°Π»ΡŒΠ½ΠΎΠ΅ Ρ‚ΠΎΡ€Π³ΠΎΠ²ΠΎΠ΅ ΠΏΡ€Π΅Π΄Π»ΠΎΠΆΠ΅Π½ΠΈΠ΅)

Unikal savdo taklifi bu siz yaratgan mahsulot yoki xizmatda alohida ajralib turuvchi qiymati ya'ni mijoz : "Men nega bu mahsulotni sotib olishim kerak" deganda boshqalar taklif qila olmaydigan qiymat.

Misol uchun:

Uzum onlayn marketpleysini oladigan bo'lsak Mijoz uchun UTP sifatida tez dostavka xizmati,yaroqsiz mahsulotni tezda qaytarish, Uzum punktlarining ko'pligi

Agent uchun UTP mahsulotni tezda sotishi, rassrochka orqali sotishi kabilarni misol qilsa bo'ladi.

Startapda UTP mahsulotingiz rivojlanishi uchun juda muhim.

@startuplabs
❀2πŸ‘1πŸ€”1
#StartupDay

O'zbekiston onlayn bozorida avto ehtiyot qismlari uchun alohida yoki gigant marketpleys mavjud emas.
Agar kimdir kelib xaridor va sotuvchini bitta veb sayt yoki ilovada birlashtirsa,
to'lovni amalga oshirish uchun Bank Ekvayring tizimi va Pochta(Dostavka) xizmati va Eskrou tizimi(Xavfsiz to'lov) larni qo'shsa ancha rivojlanadigan soha bo'ladi.

Ayrim marketpleyslarning muammosi to'lov tizimi va mahsulot yetkazib berishning mavjud emasligi bu ko'pincha xaridorlarning ishonchsizligiga olib keladi.

"Uzum" bu sohani ham ilib ketmasidan oldin amalga oshiring. πŸ˜‰

@startuplabs
❀2πŸ‘1🀝1
Startap muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga eng katta ta'sir ko'rsatuvchi omillar:
Mablag' yetishmovchiligi, bozor ehtiyojining kamayib borishi,raqobatlashish, biznes modelining noto'g'ri tuzilishi, regulyatorlar yoki qonunchilikdagi o'zgarishlar, noto'g'ri jamoa bilan ishlash, yomon mahsulot, jamoadagi nizolar, motivatsiyaning yetishmasligi kabilar...

@startuplabs
πŸ‘2πŸ”₯1