StartupLabs
53 subscribers
40 photos
11 videos
22 links
Startap, marketing, raqamli dunyo haqida gaplashamiz!

Kanalga tez-tez yangi maqola yozmasam demak arzigulik mavzu yo’q.

Anonim murojaat: http://t.me/questianonbot?start=430767-1630_370898987n

@startuplabs
Download Telegram
#Ishtajribadan

Hamkorlar bilan bog'liq loyihani amalga oshirishda ko'proq vaqtingiz muzokara olib borish, shartnoma shartlarini ko'rib chiqish, uni o'zgartirish, tuzishga sarflanadi hamda bu loyihangizning vaqtida amalga oshmasligiga katta to'siq bo'lib qoladi.
Hamkorni oldindan yaxshi o'rganmaslik va uni kompaniyangiz  ichki siyosatiga mos kelish kelmasligini tahlil qilmaslik bunga sabab bo'lishi mumkin.
Shu sababli biror bir loyihani amalga oshirishdan oldin har tomonlama o'ylangan biznes strategiyani tuzib chiqing, hamkorni qanday tanlash va uni tanlashda qo'yiladigan talablarni aniq qilib tuzib chiqing va h.k.
Loyihangizning har bir jarayoni uchun roadmap(prodjekt plan) tuzing va har bir bosqichidan nima kutmoqchiligizni gipotezalarda to'ldiring.

@startuplabs
3👍3
User Story(Foydalanuvchi tajribasi) nega kerak ?

User Story orqali siz dizayner, dasturchi va h.k.larga produktingiz qanaqa bo'lishini tasvirlab berasiz ya'ni mijoz ushbu produktni qanaqa bo'lishini xohlaydi va albatta : "Men foydalanuvchi sifatida ... xohlayman" kabi shablondan foydalanish kerak bo'ladi.

Masalan :
- Men foydalanuvchi sifatida ilovaga kirganimda kartadan kartaga tugmasini bosgach joriy kartalarim ro'yxatini avtomatik ko'rishni xohlayman;
- Men foydalanuvchi sifatida ilovada shaxsiy kabinetimga kirganimda kartadan kartaga o'tkazilgan to'lov tarixini ko'rishni xohlayman.


Siz dizayner, dasturchi va boshqalarga vazifa qo'yishda albatta har bir vazifaning avval muammosini bayon qilishingiz va ushbu muammoni qay usulda yechish mumkinligini yozishingiz kerak bo'ladi.

Masalan:
Mijoz kartadan kartaga o'tkazilgan mablag'ining tarixini ko'rishni xohlaydi, biroq hozirgi kunda ilovada mijoz shaxsiy kabineti mavjud emas (yoki karta tarixini aks ettiradigan tugma mavjud emas).

User Story :
- Men foydalanuvchi sifatida ilovada kirganimda shaxsiy kabinetim orqali (yoki hisobotlar tugmasini bosganimda) kartam orqali o'tkazilgan to'lovlar tarixini ko'rishni xohlayman
.

@startuplabs
👍51
Ko'pgina terminlar rus tilida bo'lganligi uchun kanalni rus tilida bo'lishini xohlayman :
Final Results
79%
Yo'q, O'zbek tilida qolsin 🇺🇿
7%
Ha, Rus tilida bo'lsin 🇷🇺
14%
O'zbek va Rus tilida bo'lsin 🇺🇿 🇷🇺
👍4
Vazifa(Задача) qanday qo'yiladi?


Siz produkt menejer yoki Ceo sifatida dizayner, dasturchi va h.k.larga biror bir produktni rivojlantirishda vazifa qo'ymoqchisiz buni qanday amalga oshirish kerak ?

1.Vazifani qisqacha maqsadini tushuntirib o'ting.

2.Vazifa orqali qanday muammolar hal qilinishini yoritib bering.

3.Vazifaning siz tasavvur qilgan ko'rinishi(dizayni) ni ilova qiling.


@startuplabs
👍7🔥21
StartupLabs
#Ishtajribadan Hamkorlar bilan bog'liq loyihani amalga oshirishda ko'proq vaqtingiz muzokara olib borish, shartnoma shartlarini ko'rib chiqish, uni o'zgartirish, tuzishga sarflanadi hamda bu loyihangizning vaqtida amalga oshmasligiga katta to'siq bo'lib qoladi.…
Produkt menejer bo'lib ishlash mobaynida partner bilan shartnoma aytgan vaqtda tuzilmaganligi hamda muzokaralarning uzoq vaqt davom etganligi eng katta muammo bo'lib qolgan va bu jarayonlar yangi loyihaning vaqtincha to'xtatilishiga(🛑) olib kelgan!

@startuplabs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
Miro Rossiya bozoridan ketganidan keyin Yandeks xizmat uning o'rnini bosuvchi platforma (mironing analogi) ni ishlab chiqmoqda.
Sanktsiyalar ba'zida yangi produktlar rivojlanishi uchun imkon bo'larkan. 🙂
Kuzatamiz qanchalik rivojlanib ketarkin...

@startuplabs
👍5🔥1
#Management

A/B testi - bu sahifa yoki ilovaning ikkita versiyasini taqqoslash usuli bo'lib, qaysi biri ma'lum bir vazifa kontekstida yaxshiroq ishlashini tushunishga yordam beradi.
A/B testi raqamli mahsulotlarning samaradorligini oshirishning eng mashhur usullaridan biridir : saytlar, mobil ilovalar, SaaS mahsulotlari, pochta jo'natmalari va boshqalar.


@startuplabs
👍321
🎉43👏2
#Mulohaza

Mansab o'tkinchi va shavqatsiz...

Aytaylik siz qaysidir top kompaniya yoki tashkilotda yuqori lavozimda ishlab kelmoqdasiz bu bilan faqat kompaniya asl egasi(hissador yoki ulushdori)ni qo'lida vaqtincha soyabonsiz xolos toki yomg'ir tinib sizni tashlab yubormagunicha.
Siz soyabon bo'lib uni qanchalik qattiq yomg'irdan asramang baribir sizni bir kun tashlab yuboradi va hech qachon eslamaydi.
Imkoni bo'lishi bilan o'z ishingizni , biznesingiz yoki shunga o'xshash mustaqil inson bo'lish haqida har kun va har soniya o'ylang hamda shunga qarab reja tuzing.

@startuplabs
4
#startups

Clubhouse 2020-yilda Paul Davison va Rohan Seth tomonidan yaratilgan ovozli ijtimoiy tarmoq startapidir. Uning UTP’si – jonli ovozli muloqotlar va taklif orqali eksklyuzivlik bo‘lib, foydalanuvchilarga real vaqtda suhbatlashish imkonini beradi. Clubhouse boshlanishida tezda mashhur bo‘ldi va 2022 yil dekabrda 4 milliard dollarga baholandi. Dastur asosan React Native va Node.js tillarida yaratilgan. O‘zbekistonda shunga o‘xshash startap qilish uchun bozor talabi va texnologik infratuzilma mavjud, faqat lokal ehtiyojlarga moslashtirilgan kontseptsiya ishlab chiqish kerak. Bu yurtimizda ham yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin.

#startuplabs
Tizim tahlilchisi (System analyst) kim ?

Hozirda turli xil tahlilchilar(analitiklar) mavjud: Biznez analitik, system analitik, data analitik, operatsion analitik va h.k...)

Tizim analitigi vazifasi biznes(Ceo,Produkt menejer, Biznes egasi) ko'rmoqchi (foydalanmoqchi) bo'lgan biror bir mahsulot, ficha yoki jarayonlarni IT ga ular tilida tushuntirib beradi.
IT tarjimoni desa ham bo'ladi.

@startuplabs
Assalomu aleykum,iltimos, ushbu so'rovnomani to'ldiring: https://tally.so/r/mOz9g8. Sizning qimmatli fikrlaringiz sizning bolalaringiz uchun eng yaxshi mahsulotlarni tanlashda bizga yordam beradi. Har bir ovoz muhim!

@startuplabs
ZoodMall va Uzum Market

UTP va Tahlil

ZoodMall UTP: Keng assortiment va xalqaro mahsulotlar bilan arzon narxlarda savdo qilish imkonini beradi. ZoodMall turli xil tovar tanlovi va doimiy chegirmalar bilan mijozlarga jozibador bo‘lib, xalqaro brendlarni o‘z ichiga oladi.

Uzum Market UTP: Mahalliy mahsulotlarga tezkor yetkazib berish va O‘zbekiston bozoriga moslashtirilgan xizmatlar orqali Uzum Market tez yetkazib berish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Har ikki platforma mijozlarga maxsus xizmatlar va keng tovar tanlovini taqdim etib, xarid qilish jarayonini qulay va samarali qilishga intiladi.



@startuplabs
👍31🔥1
Onlayn sharhlarga ishonch ortib bormoqda

Reputation tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, iste’molchilarning 54% onlayn sharhlarga ommaviy axborot vositalari yoki ta’sir o‘tkazuvchilardan ko‘ra ko‘proq ishonishini bildirgan. 77% esa onlayn sharhlarni asosan ishonchli deb hisoblaydi. Mahsulot sifati, mijozlarga xizmat ko'rsatish va brend obro'si qaror qabul qilishda asosiy omillar sifatida ajralib turadi. Ayniqsa, Z avlodi onlayn sharhlarga katta e’tibor beradi. So‘rov, shuningdek, yirik korporatsiyalar va ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan ishonch pasayganini ham ko‘rsatdi.

manba

@startuplabs
Tajribalar orqali innovatsiyaga erishish

Har bir muvaffaqiyatli biznes orqasida sinov va xatolar mavjud. Zappos asoschisi Toni Sheyning tajriba va innovatsiyaga bo‘lgan ochiq yondashuvi buning yorqin namunasi. U o‘z kompaniyasini muvaffaqiyatga yetkazishda ko‘plab strategiyalar va g‘oyalarni sinab ko‘rdi, ularning aksariyati bosqichma-bosqich tajribalar orqali rivojlantirildi.

Sheyning so‘zlariga ko‘ra: "Biz ish beradimi yoki yo‘q, shuni ko‘rish uchun turli xil g‘oyalarni sinab ko‘ramiz." Bu shuni anglatadiki, har bir g‘oya avval sinovdan o‘tkazilishi va ish berishi uchun moslashtirilishi kerak. Ushbu yondashuv kompaniyalarga quyidagi foydalarni beradi:

Tavakkalchilikni kamaytiradi. Turli g‘oyalarni kichik miqyosda sinab ko‘rish orqali kompaniya katta yo‘qotishlarga duch kelmaydi. Har bir g‘oya dastlabki sinov jarayonidan o‘tadi va muvaffaqiyatli bo‘lsa, kengaytirib qo‘llaniladi.

Tez moslashuvchanlik. Tajribalarga asoslangan yondashuv kompaniyani bozor talablariga tez javob berishga imkon yaratadi. Agar biror g‘oya ish bermasa, uni o‘zgartirish yoki yangi usulni sinash uchun vaqt va resurslar jalb qilinadi.

Doimiy yangilanish. Innovatsiyalar biznes uchun doimiy o‘sish va yangilanishning asosiy elementidir. Sheynning yondashuvi Zapposni doimiy yangilanishga yo‘naltirgan, bu kompaniyaning bozordagi o‘ziga xosligini saqlab qolgan.

Jamoa madaniyatini kuchaytiradi. Sinov va tajribalar jamoa a’zolariga o‘z fikrlarini bildirish va yangi yondashuvlarni o‘rganish imkonini beradi. Bu jarayon xodimlarning motivatsiyasini oshiradi va kompaniya madaniyatini mustahkamlaydi.

Xulosa
Toni Sheyning g‘oyalarni sinab ko‘rishga asoslangan strategiyasi Zapposning muvaffaqiyatida muhim rol o‘ynadi. Bu yondashuv tadbirkorlar va menejerlar uchun qimmatli saboq: muvaffaqiyatli innovatsiyaga erishish uchun doimiy ravishda sinov qilish, xatolardan o‘rganish va moslashish muhim. Tajriba qilish orqali kompaniyalar o‘z yo‘nalishlarini aniqlaydi va bozorda o‘z raqobatbardoshligini oshiradi.

@startuplabs
👍2
Biznes model nima va u nima uchun kerak?

Biznes model – bu kompaniya resurslaridan foydalanish tizimi bo‘lib, uning yordamida kompaniya mijozlar uchun qiymat yaratadi va yetkazib beradi, shuningdek, moliyaviy va nomoliyaviy natijalarga erishadi. Nomoliyaviy natijalarni hisobga olish ham muhim, chunki ko‘plab ijtimoiy loyihalar va nodavlat tashkilotlarida ham biznes modellari mavjud.

Oddiy qilib aytganda, biznes model kompaniyaning qanday qilib daromad olishini va bunga erishish uchun qaysi resurslardan foydalanishini tavsiflaydi. Bu vosita tashkilotga qanday qilib o‘zining raqobatbardoshligini yaratishi va saqlab qolishini tushunishga yordam beradi.

Mahsulot kontekstida biznes model sizning mahsulotingiz mijoz muammosini qanday hal qilishini, foydalanuvchiga qanday yetkazilishini va kompaniya bu mahsulotdan qanday daromad olishini ko‘rsatadi.

@startuplabs
👍21
Biznes modelini yaratish yondashuvlari

Biznes modellarning ko‘plab shablonlari mavjud, lekin ikki asosiy yondashuvdan foydalanishni tavsiya qilaman:

Qiymatga asoslangan yondashuv (yoki navigatsion yondashuv) mahsulotni aniq auditoriya uchun noyob taklifga yo‘naltirishga yordam beradi. Bu yondashuv mahsulotning dastlabki bosqichlarida ayniqsa muhim, chunki u sizga mijozlar ehtiyojini aniq tushunish va ular uchun o‘ziga xos qiymat yaratishga e'tibor qaratishga imkon beradi.

Ostervalderning jarayonli yondashuvi biznesning barcha jihatlarini tuzilgan va tizimli tarzda ko‘rish imkonini beradi. Bu yirik mahsulotlar va mahsulotni kengaytirish jarayonida juda foydali. Ostervalder yondashuvi biznes modelining barcha qismlarini, jumladan, qiymat taklifi, mijozlar segmentlari, daromad oqimlari va asosiy resurslarni tizimlashtirishga yordam beradi.

Keyingi qismda har bir yondashuv haqida batafsilroq to‘xtalib o‘taman.

@startuplabs
👍21
Qiymatga asoslangan yondashuv

Qiymatga asoslangan yondashuv kompaniyaning mijozlar uchun qanday qiymat yaratishi va yetkazib berishiga qaratilgan bo‘lib, quyidagi asosiy savollarga javob beradi:

1. Kim? – Sizning maqsadli mijozlaringiz kim?
2. Nima? – Siz mijozlaringizga qanday taklifni taqdim etasiz?
3. Qanday? – Qiymat taklifi qanday yaratiladi va mijozlarga yetkaziladi?
4. Nega? – Biznes modeli qanday qilib foyda yoki boshqa asosiy ko‘rsatkichlarni generatsiya qiladi?

Bu savollarni birlashtirgan holda, mahsulotning qiymat taklifini (nima? kim?), qo‘shilgan qiymat zanjirini (kim? qanday?) tushunib, foyda olish mexanizmini (kim? nega?) ochib berish mumkin.

Qo‘shilgan qiymat zanjiri — bu kompaniyaning mahsulotni yaratish va mijozga yetkazish uchun bosib o‘tadigan qadamlar ketma-ketligi. Bu jarayonda har bir bosqichda — g‘oya yaratish, ishlab chiqarish, savdo va qo‘llab-quvvatlashgacha — qiymat qo‘shilib boradi. Maqsad mahsulotni mijoz uchun qimmatli qilish va raqobatchilardan ajralib turadigan mahsulot yaratishdir, buning uchun barcha jarayonlarni optimallashtirish muhim.

@startuplabs
👍3🔥1
StartupLabs
Qiymatga asoslangan yondashuv Qiymatga asoslangan yondashuv kompaniyaning mijozlar uchun qanday qiymat yaratishi va yetkazib berishiga qaratilgan bo‘lib, quyidagi asosiy savollarga javob beradi: 1. Kim? – Sizning maqsadli mijozlaringiz kim? 2. Nima? – Siz…
Qachon foydalanish kerak:

- Yangi mahsulot yoki xizmat ishga tushirilayotganda: Agar siz yangi mahsulot yoki xizmat yaratmoqchi bo‘lsangiz va uning qiymatini mijozlarga qanday qilib yaxshiroq yetkazish kerakligini tushunishni istasangiz, qiymatga asoslangan yondashuvni qo‘llashingiz kerak.

- Maqsad aniq qiymat taklifiga yo‘naltirilganda: Agar maqsadingiz maqsadli auditoriya ehtiyojlarini maksimal darajada qondiradigan qiymat taklifini yaratish bo‘lsa va samarali kommunikatsiya kanallarini topishni xohlasangiz, bu yondashuv ayniqsa foydali.

- Kichik jamoalar yoki startaplar uchun: Ushbu yondashuv kichik jamoalar yoki startaplar uchun juda mos keladi, chunki ular maqsadli auditoriyani aniq belgilashi va monetizatsiya modelini samarali tarzda ishlab chiqishi kerak. Bu kichik resurslar bilan tezkor natijaga erishishga yordam beradi.

@startuplabs
👍3🔥1👏1
Abozor: Avtomobillar savdo-sotiq uchun qulay va tezkor yechim

Abozor bugungi kunda avtomobillarni sotish va sotib olish jarayonini yangi darajaga olib chiqayotgan platforma sifatida tanilib ulgurgan. Platforma foydalanuvchilarga to'liq nazoratni qo'lga kiritish imkonini beradi — avtomobillarni baholashdan tortib, diagnostika va auktsionlarda ishtirok etishgacha. Bu esa Abozor’ni raqobatchilardan ajratib turadigan uchta muhim jihat hisoblanadi.

Abozorning raqobatchilardan ajratib turadigan uchta asosiy ustunligi(UTP):

1. Onlayn-auktsion (C2B formati)
Abozor platformasi mijozdan biznesga (C2B) bo'lgan auktsionni taklif qiladi. Bu auktsionda istalgan foydalanuvchi o'z avtomobilini professional dilerlarga va qayta sotuvchilarga sotish imkoniga ega bo'ladi. Jarayon to'liq shaffof va foydalanuvchi uchun manfaatli bo'lgan takliflarni olish imkonini beradi. Auktsionning o'zi Abozor’ning o'ziga xos xizmatlaridan biri bo'lib, sotuvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

2. Avtomobillarning diagnostikasi
Abozor’da platformadagi barcha avtomobillar sifat nazoratidan o'tkaziladi. Barcha transport vositalari ishonchli servis markazlarida diagnostikadan o'tadi va muvaffaqiyatli tekshiruvdan o'tgan avtomobillarga «Tekshirilgan» belgisi beriladi. Bu belgi xaridorlar uchun ishonchlilikning asosiy omillaridan biridir. Auktsionga qo'yilgan avtomobillar uchun diagnostika majburiy bo'lsa-da, oddiy e'lonlarda diagnostika foydalanuvchining xohishiga qarab amalga oshiriladi.

3. Avtomobillarni baholash
Platformadagi maxsus baholash vositasi orqali foydalanuvchilar o'z avtomobillarining bozor qiymatini bir necha daqiqada aniqlashlari mumkin. Bu jarayon sun'iy intellekt texnologiyalari yordamida ma'lumotlarni tezkor tahlil qilishga asoslangan bo'lib, natijada avtomobil narxi bo'yicha to'g'ri va ob'ektiv axborot beriladi.

@startuplabs
👍2🔥1