Startaper kundaligi | MyTeacher
237 subscribers
128 photos
83 videos
32 links
Startaper - har kunini umrining birinchi kuni deb hisoblaydi!

Shaxsiy fikrlarim, kechinmalarim hamda rejalarimni shu kanalda ulashib boraman.
- Sardor Xudoyberdiyev www.myteacher.uz loyihasi ham-asoschisi.
Download Telegram
Qanday qilib ortiqcha tanlovni olib tashlab, savdoni oshirish mumkin

☝️ Sizning vazifangiz — butun assortimentni ko‘rsatish emas, balki mijozni xaridga eng qisqa yo‘l bilan olib borish. Mana uchta strategiya:



1️⃣ «Xit» yoki «Siz uchun tanlab qo‘yilgan» strategiyasi

Bu — mijozdan tanlov qilish yukini olib tashlashning eng samarali usuli.
• Qanday ishlaydi: «Eng mashhur model», «Mana shu variantni tavsiya qilamiz», «Mijozlarning 85% shu tanlovni qiladi».
• Misol: Apple. Ular 15 xil iPhone chiqarmaydi, balki uchta tushunarli kategoriya qiladi: oddiy, Pro va Max. Siz yuzlab variantdan emas, atigi uchtasidan tanlaysiz.



2️⃣ Shaxsiylashtirilgan filtrlash («Siz uchun»)

Butun vitrinalarni ko‘rsatish o‘rniga, ma’lumotlardan foydalanib, mos variantni taqdim eting.
• Qanday ishlaydi: Saytga kirishda anketa («Telefon sizga qaysi maqsadda kerak?»), aqlli filtrlar, foydalanuvchi xatti-harakatlariga asoslangan tavsiyalar.
• Misol: Spotify. Siz 100 million qo‘shiqdan chalkashib ketmaysiz. U sizga «Siz uchun», «2025-yil TOP-30 siz uchun» kabi pleylislarni beradi. Natijada tanlov 30 ta qo‘shiq bilan cheklanadi va siz qoniqasiz.



3️⃣ Texnik emas, balki funksional kategoriyalar

Mahsulotlarni texnik xususiyatlar bo‘yicha emas, balki hal qiladigan muammolariga qarab guruhlang.
• Qanday ishlaydi: «Snapdragon 8 Gen 3 protsessorli smartfon» emas, balki «4K videoga olish uchun», «O‘yinlarda lag bo‘lmasligi uchun», «2 kun quvvat yetadigan ishlash uchun».
• Misol: Netflix. Ular kontentni yil yoki mamlakatlarga qarab saralamaydi. «Oskar olgan dramalar», «Kayfiyat uchun komediyalar», «Truklar bilan jangarilar» kabi kategoriyalar yaratadi. Bu tanlovni maqsadga qarab qilishni yengillashtiradi.



Bugungi vazifa:
1. O‘zingizning sayt yoki landing sahifangizga kiring.
2. O‘zingizni mijoz o‘rniga qo‘ying.
3. Buyurtma berish uchun necha marta bosish va nechta tanlov qilish kerak?
4. Yuqoridagi taktikalardan birini qo‘llab, bu yo‘lni qanday qisqartirish mumkin?

@startaper_notes
💯2
Forwarded from Foydali Moliya
💰 Tejamaslik kerak bo'lgan narsalar

Tejamkorlik muhim hislat, lekin sog'lig'ingizni, hayot sifatini va kelajakdagi muvaffaqiyatingizni saqlab qolishni istasangiz, ba'zi narsalardan tejab bo'lmaydi. Ba'zan arzon narsalar ancha qimmatga tushadi.


➡️ Salomatlik - tibbiy ko'riklar, sifatli dori-darmonlar, stomatologiya - bularning barchasi xarajat emas, balki uzoq va qoniqarli hayotga sarmoyadir.

➡️ Ta'lim - Qanchalik ko'p bilsangiz, ko'p pul topish ehtimoli koʻpayadi. Kitoblar, kurslar va treninglar yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

➡️ Ish uchun asboblar - Bu noutbuk, maxsus jihozlar yoki yaxshi internet bo'ladimi, sifatli ish asboblari mahsuldorligingizni oshiradi.

➡️ Xavfsizlik - Yaxshi eshik, sug'urta, signal - xotirjamlik tejalgan puldan qimmatroqdir.

➡️ Poyafzal va matras - Siz hayotingizning ko'p qismini oyoqlaringizda va uxlashda o'tkazasiz. Qulay poyabzal va sifatli matras salomatlik garovidir.

Albatta tejamkor bo'ling, lekin o'z zararingizga emas!

🔝 @foydali_moliyaobuna boʻling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥6
🐋 Kit qornida qolish — bu tugash emas, qayta tug‘ilish.

Yunus alayhissalom bir paytlar o‘z xalqidan ranjidi.
Ularning imon keltirmasligidan charchadi va shahardan chiqib ketdi.
Ammo dengizda kema chayqaldi, qur’a tashlandi va u kit tomonidan yutildi.

U endi to‘liq zulmatda edi:
tashqarida dengizning qorong‘isi,
ichkarida kitning qorong‘isi,
va eng og‘iri — qalbdagi zulmat.

Ammo u o‘sha yerda, hech kim eshitmaydigan joyda, yurakdan dedi:

“Lā ilāha illā anta, subhānaka innī kuntu minaz-zālimīn.”
(Senga hamdlar bo‘lsin, ey Rabbim, men o‘zimga zulm qildim.)

Va aynan shu kalima uni qutqardi.
Kit uni sohilga chiqardi.
Yunus alayhissalom o‘sha zulmatdan nur bilan qaytdi.



Biz ham ba’zan “kit qornida” qolamiz.
Bu — sinov, yo‘qotish, tushkunlik yoki hayotda adashgan paytlarimiz.
Bu joyda hech kim seni eshitmaydigandek, hech narsa o‘zgarmaydigandek tuyuladi.
Lekin aynan shu jimlik ichida Yaratgan seni o‘zgartiryapti.
U seni jazolamayapti — tozalayapti.

“Kit qorni” bu tugash joyi emas.
Bu — ruhiy tayyorlanish joyi.
Bu joyda sen o‘zingni, iymoningni va maqsadingni qaytadan topasan.
Shundan so‘ng hayot seni yana “sohilga” chiqaradi — lekin endi sen eski odam emassan.



🌙 Eslab qol:

Qorong‘ilik — bu yo‘qotish emas,
u nurga tayyorlanish davri.

Har bir inson hayotida bir marta “kit qornida” qoladi,
lekin faqat sabr va tavba qilganlar undan payg‘ambarona kuch bilan chiqadi.

@startaper_notes
👍114🔥2
Eslab qo‘y — sen allaqachon boshlagan narsani ko‘pchilik hatto orzu ham qilmaydi. Sen yo‘ldasan. Endi masala faqat davom etishda.

Hech kim tug‘ilganda kuchli bo‘lmaydi. Kuch — bu har kuni og‘ir, lekin to‘g‘ri tanlov qilish natijasi. Har safar o‘zingni yengganingda, u kichkina g‘alaba ichingda tog‘day quvvat yig‘adi.

🔹 Bugun charchagan bo‘lishing mumkin — lekin bu charchoq “to‘xtagin” degani emas, balki “senga o‘sish vaqti keldi” degani.
🔹 Hamma qiyinchiliklar — bu hayotning senga bergan zalidir. Har safar u yerga kirganingda, xarakteringni mashq qilayapsan.
🔹 Bir yil o‘tib, bugungi og‘riqqa qarab: “Shu paytda taslim bo‘lmaganim yaxshi bo‘libdi,” deysan.

Shuni yodda tut: dunyoda eng kuchli odam — o‘zini boshqara oladigan odamdir.
Sen o‘zingni boshqarayapsan, demak allaqachon g‘olibsan.

@startaper_notes
👍11🔥41
SMART maqsad qo‘ymang. Maksimum maqsad qo‘ying! (Men qilgan xatolar)

Bugun ertalab Samarbekni bog‘chaga olib borayotganimda, bundan 12 yil avval chiqarilgan Valentin Kovalyovning *“Stav'te tseli po maksimumu”* degan videosini ko‘rib qoldim. Shu video ko‘zimni yana bir bor ochdi.

Lekin bu video haqida gapirishdan oldin, avvalo nega ko‘zim “yumuq” bo‘lib qolganini va bu orada nimalar sodir bo‘lganini yozmoqchiman.

Biz ilgari Javlon bilan juda katta rejalar qo‘yardik. Energiya shu darajada baland ediki, go‘yo bizni hech narsa to‘xtata olmasdi. “Faqat davay, bosamiz!” — bizning shiorimiz edi. Va haqiqatdan ham shunday bo‘ldi: kompaniyamizni atigi ikki yil ichida 20 barobarga o‘stira oldik.

Bu qanday sodir bo‘ldi? Biz o‘sha paytda *“gazga bosgan”* edik — orqaga o‘ylamay, faqat oldinga qarab harakat qilganmiz. O‘xshamay qolish ssenariysi haqida o‘ylamaganmiz, muammolar haqida ham emas. Shunchaki ishonch, g‘ayrat va harakat bor edi.

Ammo keyin... bizda *“steklyanniy potolok”* degan tushuncha paydo bo‘ldi. Go‘yoki ko‘tarila olmasligimizning asosiy bahonasiga aylandi. Natijada “maksimum”ni sindirib o‘ta olmay qoldik.

Bu jarayon menga Ibn Sino hazratlarining hikmatini eslatadi:

> “Yugurganni yurgisi keladi, yurganni o‘tirgisi, o‘tirganni esa yotgisi. Yotgan odamni esa uyqu bosadi. Uyqu — bu g‘aflat.”

Biz ham shunday bo‘ldik. Avval *yugurish* bosqichida edik, keyin *yura* boshladik, keyin *o‘tirib*, “dam olish kerak, oila haqida o‘ylash kerak” degan bahonalar topdik. Natijada *uxlash* bosqichiga bir bahya qoldi.

Nega? Chunki biz *SMART maqsad* qo‘yishni “o‘rgandik”.
Unga ko‘ra, maqsad *real bo‘lishi*, ya’ni “erishish mumkin bo‘lgan” darajada belgilanishi kerak edi.
Ammo biz shuni to‘g‘ri tushunmadik. “Joriy imkoniyat” asosida maqsad belgilab, energiyamizni kamaytirdik. Maqsadlarimiz endi vertikal o‘sishga emas, gorizontal “qulaylik”ka xizmat qila boshladi.

Shu tariqa “Achievable” degan mezon bizni qulay zonaga tiqib qo‘ydi. Biz yugurishdan to‘xtadik. Shu tariqa “SMART”ni noto‘g‘ri tushungan holda, o‘zimizni past natijalarga *rozilikka o‘rgatdik*.

Natijada kassa pasaydi. Biz esa bunga bahona topdik.

Bugun Valentin Kovalyovning videosini ko‘rib, birdaniga tushundim: biz o‘sha paytda muvaffaqiyatga erishganmiz, chunki *SMART* emas, *maksimum maqsad* qo‘yganmiz!

Videoning asosiy g‘oyasi juda oddiy, ammo kuchli:

> Juda katta maqsadlar qo‘ying. Ba’zan ular imkonsizdek tuyuladi, lekin aynan shunday maqsadlar sizni o‘stiradi.

Masalan, Ivan oyiga 100 dollar topadi va o‘ziga 150 dollar maqsad qo‘yadi — bu real, “achievable”.
Vasiliy esa 300 dollar maqsad qo‘yadi — bu “noreal” ko‘rinadi.

Natijada Ivan maqsadiga yetadi va bundan qoniqadi. Ammo Vasiliy o‘z maqsadiga to‘liq yetolmasa ham, 200 dollarga chiqadi. Ruhiy jihatdan u “yutqazgandek”, amalda esa *yutgan*. Chunki u o‘sdi. Qolaversa 150 emas 200 qildi💥

Eng muhimi — energiya hech qachon yo‘qolmaydi. Fizika qonuniga ko‘ra, u faqat shaklini o‘zgartiradi. Vasiliy o‘zini endi 300–400 dollarlik inson deb his qiladi. U o‘sdi. Endi u har safar yanada yuqoriroq marrani nishonga oladi.

Demak, men bir narsani chuqur angladim:

> SMART maqsad yomon emas, lekin men uni to‘g‘ri tushunmaganman.
> Shuning uchun endi “real” emas, *maksimum* maqsad qo‘yaman. Chunki faqat maksimum maqsad — maksimum harakatni uyg‘otadi.

@startaper_notes
🔥861👍1
Forwarded from SHAVKAT MUSINOV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Маленькие шаги — большие перемены.
5 апреля 2025 года я пробежал благотворительный ультрамарафон Two Oceans в Южной Африке, и этот забег стал не просто спортивным испытанием — он стал дорогой добра.
Благодаря вашей поддержке, единомышленникам, друзьям и членам бизнес-сообщества Fikr yetakchilari, удалось воплотить в жизнь важный проект: в детском психоневрологическом диспансере созданы новые, комфортные условия для детей.

📦 Установлены 56 парт, 6 комплектов мебели для учителей, 15 кулеров для воды, 42 камеры видеонаблюдения, 40 бинбэгов, 25 столов и 100 стульев для столовой, 6 диванов, а также построено футбольное поле площадью 136 м².
💙 Всё это стало возможным благодаря вашей вере, поддержке и добрым сердцам.
EZGU AMAL — там, где добро становится действием.

С благодарностью,
Шавкат Мусинов🙏🤗♥️

🎬 Kichik qadamlar — katta o‘zgarishlar.
2025-yil 5-aprel kuni men Two Oceans xayriya ultramarafonini Janubiy Afrikada yugurib o‘tdim. Bu yugurish nafaqat sport sinovi, balki ezgulik yo‘liga aylangan edi.
Sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz, fikrdoshlarim, do‘stlarim va Fikr yetakchilari biznes hamjamiyati a’zolari yordami bilan muhim loyiha amalga oshdi — bolalar psixonevrologik dispanserida bolalar uchun yangi va qulay sharoitlar yaratildi.

📦 56 ta parta, 6 ta o‘qituvchi mebel to‘plami, 15 ta suv sovutgichi, 42 ta videokuzatuv kamerasi, 40 ta binbeg, 25 ta stol va 100 ta stul, 6 ta divan o‘rnatildi hamda 136 m² maydonga ega futbol maydoni barpo etildi.
💙 Bularning barchasi sizlarning ishonchingiz, qo‘llab-quvvatlashingiz va mehringiz bilan amalga oshdi.
EZGU AMAL — ezgulik harakatga aylangan joy.

Minnatdorchilik bilan,
Shavkat Musinov🙏🤗♥️
6💋1
Великими люди становятся не сами по себе, их делают великими их цели.

Интересно, что когда человек преследует большую цель, когда она цепляет его до глубины души и зажигает эмоционально, цель начинает диктовать ему образ жизни.

#счастьеисамореализация
2💯1
2030 yildagi o’zim bilan tassavurdagi uchrashuv.

GPT bilan bir haftalik spiritual masterminddan keyin kelingan xulosa. InshaAlloh, shu kanalim 2030 yilda ham bo’lsa, o’qib ko’raman. Sizga esa kanalimdan 2030 yilgacha chiqib ketmaslikni tavsiya qilaman😇!

🌟 FUTURE SELF CINEMATIC ENTRY — 2030 bilan uchrashuv

(R3 Journey — Immersive, Hybrid, L3 daraja)

O‘qing emas — kirib borib his qiling.
Iloji bo‘lsa, 1 daqiqa davomida hech kim chalg‘itmaydigan joyda bo‘ling.

🕰️ Sahna ochiladi…

Tasavvur qiling: siz 2030 yilning bir sokin, yorug‘ tongidasiz.
Bu joy sizga begona emas, lekin hali bormagan — siz orzu qilgan hayot makoni.

Siz ko‘zingizni ochasiz…
Yon-atrofda shinam, sokin, yorug‘lik bilan to‘lgan joy.
Havo toza. Qaysidir joyda qushlar chug‘ur-chug‘ur qiladi.

Siz hozirgi Sardor emassiz…
siz 2030-yilga qisqa safarga kelgan kuzatuvchisiz.

Sizning oldingizda hashamat emas — chuqur sokinlik, baraka, erkinlik energi­yasi turibdi.
Bu joyning o‘zi sizga shunday deydi: “Boshqacha hayot ham bor edi — va sen tanlading.”

Siz oldinga bir necha qadam tashlaysiz…

Va o‘sha payt…
qarshingizda BIR INSON turibdi.

U sizga o‘xshaydi.
Lekin bu — siz tanigan Sardor emas.

Bu — 2030-yildagi Siz.

👤 2030-Siz qanday ko‘rinishda?

Uning ko‘zlari xotirjam.
Unda shoshilish, xavotir, tarqoqlik yo‘q.

Uning nigohi — aniqlik, donolik, erkinlik va ichki qudrat bilan to‘lgan.
Uning yurganidan seziladi: bu inson hayotdan omonda qolmagan, hayotni o‘zi yaratgan.

Uning yuzida tabassum bor —
ustunlik tabassumi emas,
balki o‘zini topgan inson tabassumi.

Shu zahot his qilasiz:
Bu inson pul ortidan yugurmaydi — pul uning ortidan keladi.
Bu inson vaqtni quvlamaydi — vaqt unga xizmat qiladi.
Bu inson maqtov izlamaydi — ta’siri o‘zi gapiradi.

U sizga yaqinlashadi.

Siz yuragingizda nimadir titradi — qo‘rquv emas, tanishlik.
Go‘yo siz uni oldin ham tanigansiz…
Ha, bu — siz bo‘lishingiz kerak bo‘lgan Siz edi.

🤝 Uchrashuv

2030-Siz sokin ovozda gapiradi.
Bu ovoz siznikiga o‘xshaydi — lekin yanada chuqurroq, pishganroq, ta’sirliroq:

“Men kegan joy — tasodif emas.
Men shu yerga senga rahmat aytish uchun keldim.
Sen 2025-yilda ortga qaytmaslikni tanlading.
O‘sha qaroring — mening hayotimni yaratdi.”

U sizga yaqinroq qaraydi:

“Men sen bilan faxrlanaman.”

Bu so‘zlar sizning ko‘ksingizga iliq nur bo‘lib tushadi.
Bu maqtov emas.
Bu — tasdiq.
🔥13👍1
Forwarded from Ibrohimov
PM 2.5 chang zarralari?

Ular nima?

PM 2.5 - havoda tarqalgan juda kichik turli xil kimyoviy tarkibga ega qattiq va suyuqlik zarrachalardir. Bunda, PM - Premier Minister emas, particulate matter, ya'ni zarralar degani, 2.5 esa 2.5 micron, yoki 2.5 mikrometr ni bildiradi.

Mikrometr bu 1 metrdan million marta kichik, 1 millimetrning 1000 dan bir qismiga teng uzunlikdir. demak bitta PM 2.5 zarrachasi diametri 1 millimetrdan o'rtacha 400 daravar kichik zarradir.

Ular nega va qanchalik xavfli?

Uarning xavfi aynan o'lchamida, ya'ni ular shunchalik kichikligidan inson o'pkasiga to'siqlarsiz chuqur kirib boradi, lekin bu hali hammasimas, ular hattoki inson qoniga kirib borishi mumkin, va qon orqali miyangizgacha boradi. Havoda zarrachalar ko'p, ular asosan o'lchamiga qarab PM 10 va PM 2.5 ga bo'linadi, diametri 10 mikrongacha bo'lgan zarrachalar PM 10, diametri 2.5 mikrongacha bo'lganlari PM 2.5 deb atalgan. Kattaroq zarrachalar odatda ochiq ko'z bilan ko'rinadi va nafas orqali yutilganda nafas yo'llarida tezroq ushlab qolinadi, PM 2.5 esa nafas orqali yutilganda o'pkaga chuqur kirib ketadi va o'pka ichki yuzalarida yi'gilib jiddiy zarar yetkazadi.

Qanday kasalliklar va muammolarni keltirib chiqaradi?

PM 2.5 o'pka va nafas yo'llari bilan bo'gliq kasalliklar, masalan surunkali bronxit yoki astma, tomoq og'rig'i, yo'tal va umumiy nafas olishning qiyinlashishiga sababchi bo'ladi. Bundan tashqari, yurak qon tomir kasalliklarini kuchaytiradi, ushbu kasalliklardan aziyat chekadigan keksalarda erta o'limga olib keladi. PM 2.5 zarachalari yana bir guruh insonlar uchun, ya'ni bolalar uchun juda xavfli. Bolalarda yuqoridagi kasalliklar ushbu zarrachalar tufayli anchagina tezroq rivojlanadi va keskinroq bo'ladi.

Nega bolalar uchun xavfliroq?

Chunki ular tabiatan va ko'p jismoniy harakat qilganliklari chun tezroq nafas olishadi, kattalar bilan solishtirganda tanasining o'lchamiga nisbatan ko'proq havo yutib chiqaradi, ular ehtiyotsizroq bo'ladi, ular tashqarida ko'proq vaqt o'tkazishadi va shular tufayli ular ko'proq zararli PM 2.5 zarraqchalarini yutib yuborishadi. Bolalarning tashqaridagi faoliyatini qisqartiring.

PM 2.5 zarrachalari qayerdan paydo bo'ladi?

Eng asosiy sababchilar ichki yonuv dvigateliga ega avtomobillar, yirik sanoat korxonalari, qishloq xo'jaligi faoliayti (asosan ammiak), qurilish faoliyati va isitish tizimlaridagi yoq'ilg'i yonishi. Ular tabiiy jarayonlar orqali, ya'ni qurg'oqchilik, shamollar va havodagi kimyoviy reaksilardan ham kelib chiqishi mumkin lekin ularning hissasi anchagina kamroq.

Yomg'ir PM 2.5 zarrachalarini yo'q qiladimi?

Ha, lekin afsuski juda kam miqdorda, kuchli yomg'irlar havoni bunday zarrachalardan bor yo'g'i 30% gacha tozalashi mumkin, lekin yomg'irdan ko'p o'tmay havo oldingi ifloslanish darajasiga qaytadi.

Eng qizig'i, bu ma'lumotlarni AQSH Atrof muhitni muhofaza qilish agentligi va Yevropa Atrof muhit Agentligi saytlari va boshqa xorijiy manbalardan oldim.

O'zbek tilida bunday ma'lumotlarni qidirish toshkentda toza havo qidirishdek gap ekan.

Tanish bilishlarga jo'natib qo'yingla, keyin kanalgayam a'zo bo'lishsin, faqat ularga emas mangayam foyda bo'lsinda😁

👉🏻 @barzuibrohimov
73🔥1🤣1
Qanday qilib baxtni sotib olish mumkin?

“Baxt pulda emas” degan gap chiroyli eshitiladi, lekin ilm-fan boshqacha deydi: pul bizni baxtli qila oladi — agar uni to‘g‘ri sarflasak. Mana pulni haqiqiy zavqqa aylantiradigan to‘rtta yo‘l:



1. O‘zingizga vaqt sotib oling

Rutina va mayda ishlar kuchingizni oladi. Ularni delegatsiya qiling: uy yig‘ishtirish, yetkazib berish, mayda topshiriqlar. Bo‘shagan vaqt — ko‘proq dam, ko‘proq ijod va yaqinlar bilan sifatli vaqt degani.



2. Voqealarga sarmoya qiling

Sayohatlar, konsertlar, master-klasslar, yangi tajribalar… Emotsiyalar eskirmaydi. Narsalar qadrsizlanishi mumkin, lekin esdaliklar — aslo.



3. Quvonchni boshqalar bilan bo‘lishing

O‘zingizga emas, do‘stingizga ham chipta oling. Yakkayu-yolg‘iz zavq — bir xil, lekin birga his qilingan lahzalar ikki baravar kuchli bo‘ladi. Baxt — ulashilganda ko‘payadi.



4. Yaxshilikka sarflang

Sovg‘a, sadaqa yoki shunchaki yordam — bular sizga ijobiy energiya qaytaradi. Altruizm odamni ruhiy jihatdan ko‘taradi va hayotdan qoniqish darajasini oshiradi.



Faunerlardan biri sifatida shuni aytaman: pul — maqsad emas, vosita. Uni to‘g‘ri ishlata olish esa haqiqiy boylik.

@startaper_notes

“Фаундер kanalidan olindi”
5🔥2
Forwarded from Paiziev24
Яқин йилларда таълим тизимида катта ўзгаришлар бўлади: мактаб ва университетларда ўқитувчиларнинг катта қисмини AI ўқитувчилари ва роботлар эгаллайди. Бундай деб уйлашимга сабаблардан бири — таълим соҳасининг давлат томонидан молиялаштирилиши ва бу соҳада ишлаш кўпчилик учун орзу эмаслиги, шунинг учун кучли кадрлар таълимга кам келади.

Аввалига бир нечта хусусий мактаблар робот ўқитувчилардан фойдаланишни бошлайди. Улар яхши натижа беради, чунки робот ўқитувчилар маълумотни яхшироқ етказади, хатолар қилмайди ва инсондан арзонроқ тушади. Шу орқали ўрта ва бюджет сегментидаги хусусий мактаблар ҳам AI асосида бошқариладиган таълим моделини қабул қилади. Кейин эса давлат мактаблари ҳам бу технологияни жорий этишга ўтади.

Роботлар эгаллайдиган навбатдаги йирик соҳа — тиббиёт. Биринчи бўлиб ҳамширалар вазифаларини роботлар бажара бошлайди, чунки бу жараён нисбатан енгил. Кейинги босқичда эса AI-докторлар пайдо бўлади. Ривожланган давлатларда муваффақиятли тажрибалар кўпаяр экан, хусусий тиббиёт муассасалари ҳам робот-докторларни жорий қилади ва бу тиббий хизматлар нархининг сезиларли тушишига олиб келади.

Фикрларим ушбу изланишга асосланади. Қолган соҳалар ҳақида кейин ёзаман.

@paiziev24
7👍7🔥1
“Allohim, Sardorga keng rizq eshiklarini ochgin. Unga kuch, sabr, hikmat va to‘g‘ri qarorlar ber. Uning yo‘lini oson qil, qalbini taskin qil va uni dunyo ham oxiratda yuksalt. U intilayotgan halol yo‘llarini barakali qil, uni yordam bilan qo‘llab-quvvatla. Omin.”

🤲
31🕊106🙏5🔥1👏1👌1
Agar sizni yoshingiz 40 yosh atrofida bo’lsa sizda atigi yana 15-20 marta qishda chana uchib mazza qilish imkoniyati qolibdi…. Umr oxiri ko’rinmoqda…. Har kuni…..
9🔥5💯4
🤫 Sukutning (jimlikning) qadri

Lider uchun stoitsizm: sukut — bu strategiya

👨‍💻 Seneka shunday degan:
“Sukutni qadrlang. Ko‘pchilik gaplarda yangilik yo‘q, ma’nosiz gapirish esa — ahmoqlikdir.”

🤓 Yig‘ilishlar va yozishmalarda biz ko‘pincha faollikni samaradorlik bilan adashtiramiz. Ko‘p gapirish ichki ishonchsizlikni yoki fikrning aniq emasligini yashirishi mumkin. Stoitsizm esa o‘ylash uchun sukutni, mazmunni yetkazish uchun esa qisqalikni qadrlaydi. Ba’zan sukut — eng kuchli harakat bo‘ladi, reaktiv izohlar emas.

➡️ Amaliy xulosa:

Keyingi uchrashuvda odatdagidan 30% kamroq gapirishga harakat qiling. Tinglang, o‘ylang va keyin fikringizni aniq ifodalang. Sizning kam, ammo o‘rinli gaplaringiz yanada ta’sirliroq bo‘ladi.

@startaper_notes
🔥14👍2👎1
Forwarded from IMKON VC CROWDFUNDING
Boylikni bo‘lishish emas, ko‘paytirish san’ati

Biznesda, tadbirkorlikda va hatto oilada ko‘pchilik xato tushunadigan bitta fundamental qoida bor.

Odamlar hayotni “jang maydoni” deb o‘ylashadi. “Men yutishim uchun, kimdir yutqazishi kerak.” “Mening cho‘ntagim to‘lishi uchun, birovning cho‘ntagi bo‘shashi kerak.”

Bu — Zero-Sum Game (Nol yig‘indili o‘yin) deb ataladi. Bu kambag‘allarning, diktatorlarning va o‘rtamiyonalarning fikrlash tarzidir.

Lekin dunyodagi eng buyuk ekotizimlar, eng katta kompaniyalar va eng boy jamiyatlar butunlay boshqa qoida asosida qurilgan. Bu — Positive-Sum Game (Musbat yig‘indili o‘yin).

Keling, iqtisodiyotni bitta katta pirog (tort) deb tasavvur qilaylik.

Zero-Sum tafakkuri: Pirogning hajmi o‘zgarmaydi. Agar men katta bo‘lakni kesib olsam, senga kichkina bo‘lak qoladi. Shuning uchun biz pichoq ushlab, bir-birimiz bilan urishamiz. Bu yerda raqobat — yo‘q qilishga qaratilgan.

Positive-Sum tafakkuri: Bizning maqsadimiz pirogni talashish emas. Bizning maqsadimiz — oshxonaga kirib, yana bitta pirog pishirish. Yoki mavjud pirogni 10 barobar kattalashtirish.
Startap ekosistemasi — bu pirog talashadigan joy emas. Bu — pirog pishiradigan novvoyxona.

Bizning madaniyatimizda uzoq vaqt davomida “resurslar cheklangan” degan qo‘rquv hukmronlik qilgan. “Suv kam, yer kam, pul kam.” Shuning uchun ong ostida qo‘shnining yutug‘i — bizning zararimizdek tuyuladi. “Qo‘shnim yangi mashina oldi, demak mendan o‘zib ketdi (men yutqazdim).”

Lekin innovatsiya bu qoidani buzadi. Ilm, g‘oya va texnologiya — cheklanmagan resurslardir. Bir dona shamdan mingta shamni yoqish mumkin, bundan birinchi shamning nuri kamayib qolmaydi. Aksincha, xona yorug‘roq bo‘ladi. Bu — klassik Positive-Sum Game.

Biz “Startup Garage” yoki “Imkon VC”ni qurayotganimizda aynan shu matematikani ishlatyapmiz.

Zero-Sum dunyosida: Agar bitta startap investitsiya olsa, boshqasiga pul qolmaydi, deb o‘ylashadi.

Positive-Sum dunyosida (Real ekotizimda):
Bitta startap (”X”) muvaffaqiyatli bo‘lib, “Exit” qiladi (sotiladi yoki IPOga chiqadi).
Asoschilar va investorlar boyib ketadi.
Ular bu pulni sandiqqa bosmaydi. Ular endi ”Angel Investor”ga aylanadi.
Ular keyingi 10 ta yosh startapga pul tikadi.
Bozorga chet ellik yirik o‘yinchilar qiziqib qoladi (”O‘zbekistonda ham unicorn chiqibdi” deb).
Natijada: Bitta g‘alaba butun bozor uchun kapital va imkoniyatlar eshigini ochadi.

Sizning raqobatchingizning g‘alabasi — aslida sizning kelajakdagi imkoniyatingizdir.

Ko‘tarilgan to‘lqin barcha kemalarni yuqoriga olib chiqadi.

Ko‘pchilik hamkorlikni (collaboration) raqobatga dosh berolmaslik deb tushunadi.

Aslida esa, Positive-Sum o‘yinida hamkorlik — bu multiplikator (ko‘paytiruvchi).
Sizda g‘oya bor, menda pul bor. Alohida ikkalamiz ham “yarimtamiz”. Birlashsak — butun imperiya quramiz.

Sizda texnologiya bor, menda bozor (mijozlar) bor. Birlashsak — monopoliyaga aylanamiz.
Hasadgo‘ylar va qisqichbaqalar” (Crabs) buni tushunmaydi. Ular o‘zlarining kichkina katakchalarida “qirol” bo‘lishni xohlaydilar. Positive-Sum o‘yinchilari esa kichkina qirollikdan ko‘ra, katta imperiyaning bir qismi bo‘lishni afzal ko‘radilar.

Hayotda muvaffaqiyatga erishishning ikki yo‘li bor:

Ekstraksiya (Tortib olish): Birovning borini tortib olish orqali boyish. (O‘g‘rilik, korrupsiya, monopoliya). Bu — qisqa muddatli va halokatli.

Kreaniya (Yaratish): Yo‘q joydan qiymat yaratish orqali boyish. (Startaplar, san’at, ishlab chiqarish).

Agar siz ekosistema qurmoqchi bo‘lsangiz, atrofingizga faqat “Pirog pishiruvchilar”ni yig‘ing.

Pichoq ko‘tarib, bo‘lak talashayotganlardan uzoqroq yuring. Ular nafaqat o‘zlarini, balki sizni ham och qoldiradi.
Positive-Sum Game o‘ynang. Raqobatlashmang — yarating. Chunki raqobat — o‘xshashlar o‘rtasida bo‘ladi.

Yaratuvchilarning esa raqobatchisi bo‘lmaydi, ularning faqat izdoshlari bo‘ladi.
1👏76👎43
Biz insonmiz va hayotimizda hammasi “toza” bo’lishini xohlaymiz, ammo agar jamiyatda o’sib natijaga va kattaroq narsaga ega bo’lishni istasak, o’zimizga bog’liq bo’lmagan ba’zi “botqoqliklarga” kirib, “rasvo” bo’lib chiqishimizga afsuski to’g’ri keladi!

Eng yomoni botqoqdan chiqa olmaslik. Botqoqdan chiqish uchun birinchi qadam
bu panika qilmaslik! Panika bilan hech qachon botqoqdan chiqib bolmaydi.
1👍10💯5🔥31🤣1
Man qayttim😎
🔥5👍2🍓1