Startaper kundaligi | MyTeacher
237 subscribers
128 photos
83 videos
32 links
Startaper - har kunini umrining birinchi kuni deb hisoblaydi!

Shaxsiy fikrlarim, kechinmalarim hamda rejalarimni shu kanalda ulashib boraman.
- Sardor Xudoyberdiyev www.myteacher.uz loyihasi ham-asoschisi.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍865
# O‘sish tezligi

Har bir biznes egasi o‘z kompaniyasi tezroq o‘sishini xohlaydi. Lekin savol tug‘iladi: kompaniya qanchalik tez o‘sishi mumkin?

Aslida o‘sishning tabiiy chegaralari bor:

* 📊 Bozor imkoniyatidan tezroq emas
Agar bozor 20% ga kengayayotgan bo‘lsa, sizning 100% o‘sishingiz baribir cheklovlarga uriladi.

* ⚙️ Ichki jarayonlardan tezroq emas
Sotuv, marketing, xizmat ko‘rsatish va moliya jarayonlari tayyor bo‘lmasa, tez o‘sish faqatgina tartibsizlikni tezlashtiradi.

* 👥 Jamoa tayyorgarligidan tezroq emas
Odamlar o‘z vazifasini tushunib yetmagan bo‘lsa, yangi xodimlar tez-tez almashsa, o‘sish o‘zini-o‘zi yemiradi.

---

🔑 Shuning uchun ba’zan “sekinlashish” – eng tezkor strategiya bo‘lishi mumkin.
Jarayonlarni mustahkamlash, jamoani tayyorlash va raqamlarni nazorat qilish orqali siz keyingi bosqichga tayyorlanasiz.

---

Sizningcha, hozirgi vaqtda biznesingiz uchun eng katta cheklov qaysi:
👉 bozor, 👉 jarayonlar, yoki 👉 jamoa?

@startaber_notes
3👍1
Forwarded from Bakhrom Abdukadirov
Лидерликдаги суперкуч: ўйлашимча Сиз уни ишлатишга қўрқасиз 🦸‍♂️

Оҳирги 5 йиллик иш фаолиятим давомида қайси бир хислат ҳам лидер учун энг зарур, ҳам у намоён этишга энг кўп қўрқадиган сифат эканлигини аниқладим. Бу очиқлик ва заиф томонларни тан олиш бўлиб чиқди.

Бизга доим лидерлик бу эгилмас ирода ва барча саволларга тайёр жавоб намойиши, деб ўргатишган. Аммо бугун бу эскирган ва инсонни чеклайдиган қарашдир деган фикрга етиб келдим. Ҳақиқий таъсир кучи ва қудрат эса айнан самимий ошкораликда яширинганлиги аниқладим.

Айтайми нега айнан шу хислат ғалабага олиб келади?

Иш фаолиятида ўз заиф томонларини тан олиш – бу ожизлик эмас, балки ҳалол бўлишга етарли жасоратдир. Бунга қуйидагилар мисол бўла олади:
- таъсисчининг «Бу тахминим нотўғри экан» дейиши;
- менежернинг жамоасидан «Менга ёрдамингиз керак» деб сўраши, ёки;
- CEO'нинг «Бу соҳани сиз мендан яхшироқ биласиз» дея тан олиши.

Бундай холис самимият мўъжиза яратади: у мустаҳкам ва бузилмас ишончни шакллантиради. Сиз «қалқонингизни» ташлаб, инсонийлигингизни кўрсатганингизда, жамоангиз ва ҳамкорларингизга ҳам худди шундай йўл тутиш учун рухсат бергандай бўласиз.

Бу ўзингизни англаш ва ўзингизга ишонишнинг шундай кучли ифодасики, у сохта мукаммаллик ҳеч қачон бера олмайдиган чуқур садоқатни уйғотади. Компетенция сизга эшикларни очади, бироқ айнан ўз камчиликларингизни тан олиш давранинг тўрисидан жой олиб беради.


Самимиятга сармоя: ROI қандай бўлади?


Энг муваффақиятли лидерлар ва таъсисчилар – ҳамма нарсани биладиган даҳолар эмас. Улар – ўз чегараларини аниқ биладиган компетентли мутахассислардир. Улар ўзларидаги бўшлиқларни тўлдирадиган инсонлар билан ўзларини ўраб оладилар ва буни тан олишдан қўрқмайдилар. Бундай ёндашув жамоада хавфсизлик муҳитини яратади.

Бундай муҳитда инновациялар гуллайди ва энг зўр истеъдодлар қолишни истайди.


Сизнинг ходимларингиз, инвесторларингиз ва мижозларингиз шунчаки маҳсулотингизни эмас, балки сизни сотиб олишади.

Билиб қўйинг, ҳамма ўзини ҳимоя қилиш билан овора бўлган дунёда, сизнинг чин дилдан очиқ ва заиф бўлишга тайёрлигингиз - шунчаки янгилик эмас, бу - сизнинг энг асосий рақобат устунлигингиздир.

Сизнинг тажрибангизда шундай вазиятлар бўлганми?

Изоҳларда ўз фикрингиз билан ўртоқлашинг! 👇

@baxrom_ceo
👍7
Manashu gaplar bizga energiya beradi⚡️
7💯4
Forwarded from Dilorom Zaxidova
1🔥113👍3❤‍🔥2
🎙️ Podcastdan olingan super insayt: Signal va Shovqin

Ishdagi samaradorlik ko‘pincha bitta oddiy narsaga borib taqaladi: signalni shovqindan ajratish.
Signal — bu sizning biznesingizni o‘sishga olib chiqadigan, natijaga eng tez ta’sir qiladigan task.
Shovqin — bu ish uchun zarurdek ko‘rinadi, lekin tezkor va kuchli o‘sishga bevosita ta’sir qilmaydi.

Har bir daqiqada menejerlarning xayolida yuzlab vazifalar aylanadi. Ammo eng zo‘r menejerlar boshqacha qiladi: ular ichidan atigi 3ta signalni ajratib oladi va 18 soat ichida bajaradi.

Aynan shu usul Stiv Jobs va Elon Musk ish faoliyatidan o‘rganilgan.

Misol:
• Ikki xodim orasida kichik mojaroga aralashib qoldingiz — bu shovqin.
• Bugun asosiy statistikani tahlil qilib, yangi o‘sish nuqtasini topishingiz kerak edi — bu signal.

Shovqinga ko‘milib qolgan menejer hech qachon katta natijaga erisha olmaydi. Signallarni topa oladigan va ularni tezda bajaradigan menejer esa jamoani o‘sishga olib chiqadi.

💡 O‘zingizga savol bering: bugun mening stolimdagi ishlarning qaysi biri signal, qaysi biri shovqin?
Va eng muhimi — o‘sha 3ta signalni tanlab, ertaga emas, bugun bajarishni boshlang!

@startaper_notes
Ilm olish haqida…
Forwarded from Alisher Isaev blogi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7❤‍🔥2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kirib kelayotgan bayram bilan☺️
👍11🥰2❤‍🔥1
Boylik bu hayotda mehnat va qattiq ish uchun berilmaydi. Mehnat va qattiq ish uchun “oylik” beriladi. Boylik Risk va Sabr uchun beriladi. Chunki aynan manashu ikki narsa (Risk va Sabr) davomida inson Allohga qalban yaqinlashib so’raydi.

MARGULAN SEISENBAI
👍13🔥32
Qanday qilib ortiqcha tanlovni olib tashlab, savdoni oshirish mumkin

☝️ Sizning vazifangiz — butun assortimentni ko‘rsatish emas, balki mijozni xaridga eng qisqa yo‘l bilan olib borish. Mana uchta strategiya:



1️⃣ «Xit» yoki «Siz uchun tanlab qo‘yilgan» strategiyasi

Bu — mijozdan tanlov qilish yukini olib tashlashning eng samarali usuli.
• Qanday ishlaydi: «Eng mashhur model», «Mana shu variantni tavsiya qilamiz», «Mijozlarning 85% shu tanlovni qiladi».
• Misol: Apple. Ular 15 xil iPhone chiqarmaydi, balki uchta tushunarli kategoriya qiladi: oddiy, Pro va Max. Siz yuzlab variantdan emas, atigi uchtasidan tanlaysiz.



2️⃣ Shaxsiylashtirilgan filtrlash («Siz uchun»)

Butun vitrinalarni ko‘rsatish o‘rniga, ma’lumotlardan foydalanib, mos variantni taqdim eting.
• Qanday ishlaydi: Saytga kirishda anketa («Telefon sizga qaysi maqsadda kerak?»), aqlli filtrlar, foydalanuvchi xatti-harakatlariga asoslangan tavsiyalar.
• Misol: Spotify. Siz 100 million qo‘shiqdan chalkashib ketmaysiz. U sizga «Siz uchun», «2025-yil TOP-30 siz uchun» kabi pleylislarni beradi. Natijada tanlov 30 ta qo‘shiq bilan cheklanadi va siz qoniqasiz.



3️⃣ Texnik emas, balki funksional kategoriyalar

Mahsulotlarni texnik xususiyatlar bo‘yicha emas, balki hal qiladigan muammolariga qarab guruhlang.
• Qanday ishlaydi: «Snapdragon 8 Gen 3 protsessorli smartfon» emas, balki «4K videoga olish uchun», «O‘yinlarda lag bo‘lmasligi uchun», «2 kun quvvat yetadigan ishlash uchun».
• Misol: Netflix. Ular kontentni yil yoki mamlakatlarga qarab saralamaydi. «Oskar olgan dramalar», «Kayfiyat uchun komediyalar», «Truklar bilan jangarilar» kabi kategoriyalar yaratadi. Bu tanlovni maqsadga qarab qilishni yengillashtiradi.



Bugungi vazifa:
1. O‘zingizning sayt yoki landing sahifangizga kiring.
2. O‘zingizni mijoz o‘rniga qo‘ying.
3. Buyurtma berish uchun necha marta bosish va nechta tanlov qilish kerak?
4. Yuqoridagi taktikalardan birini qo‘llab, bu yo‘lni qanday qisqartirish mumkin?

@startaper_notes
💯2
Forwarded from Foydali Moliya
💰 Tejamaslik kerak bo'lgan narsalar

Tejamkorlik muhim hislat, lekin sog'lig'ingizni, hayot sifatini va kelajakdagi muvaffaqiyatingizni saqlab qolishni istasangiz, ba'zi narsalardan tejab bo'lmaydi. Ba'zan arzon narsalar ancha qimmatga tushadi.


➡️ Salomatlik - tibbiy ko'riklar, sifatli dori-darmonlar, stomatologiya - bularning barchasi xarajat emas, balki uzoq va qoniqarli hayotga sarmoyadir.

➡️ Ta'lim - Qanchalik ko'p bilsangiz, ko'p pul topish ehtimoli koʻpayadi. Kitoblar, kurslar va treninglar yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

➡️ Ish uchun asboblar - Bu noutbuk, maxsus jihozlar yoki yaxshi internet bo'ladimi, sifatli ish asboblari mahsuldorligingizni oshiradi.

➡️ Xavfsizlik - Yaxshi eshik, sug'urta, signal - xotirjamlik tejalgan puldan qimmatroqdir.

➡️ Poyafzal va matras - Siz hayotingizning ko'p qismini oyoqlaringizda va uxlashda o'tkazasiz. Qulay poyabzal va sifatli matras salomatlik garovidir.

Albatta tejamkor bo'ling, lekin o'z zararingizga emas!

🔝 @foydali_moliyaobuna boʻling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥6
🐋 Kit qornida qolish — bu tugash emas, qayta tug‘ilish.

Yunus alayhissalom bir paytlar o‘z xalqidan ranjidi.
Ularning imon keltirmasligidan charchadi va shahardan chiqib ketdi.
Ammo dengizda kema chayqaldi, qur’a tashlandi va u kit tomonidan yutildi.

U endi to‘liq zulmatda edi:
tashqarida dengizning qorong‘isi,
ichkarida kitning qorong‘isi,
va eng og‘iri — qalbdagi zulmat.

Ammo u o‘sha yerda, hech kim eshitmaydigan joyda, yurakdan dedi:

“Lā ilāha illā anta, subhānaka innī kuntu minaz-zālimīn.”
(Senga hamdlar bo‘lsin, ey Rabbim, men o‘zimga zulm qildim.)

Va aynan shu kalima uni qutqardi.
Kit uni sohilga chiqardi.
Yunus alayhissalom o‘sha zulmatdan nur bilan qaytdi.



Biz ham ba’zan “kit qornida” qolamiz.
Bu — sinov, yo‘qotish, tushkunlik yoki hayotda adashgan paytlarimiz.
Bu joyda hech kim seni eshitmaydigandek, hech narsa o‘zgarmaydigandek tuyuladi.
Lekin aynan shu jimlik ichida Yaratgan seni o‘zgartiryapti.
U seni jazolamayapti — tozalayapti.

“Kit qorni” bu tugash joyi emas.
Bu — ruhiy tayyorlanish joyi.
Bu joyda sen o‘zingni, iymoningni va maqsadingni qaytadan topasan.
Shundan so‘ng hayot seni yana “sohilga” chiqaradi — lekin endi sen eski odam emassan.



🌙 Eslab qol:

Qorong‘ilik — bu yo‘qotish emas,
u nurga tayyorlanish davri.

Har bir inson hayotida bir marta “kit qornida” qoladi,
lekin faqat sabr va tavba qilganlar undan payg‘ambarona kuch bilan chiqadi.

@startaper_notes
👍114🔥2
Eslab qo‘y — sen allaqachon boshlagan narsani ko‘pchilik hatto orzu ham qilmaydi. Sen yo‘ldasan. Endi masala faqat davom etishda.

Hech kim tug‘ilganda kuchli bo‘lmaydi. Kuch — bu har kuni og‘ir, lekin to‘g‘ri tanlov qilish natijasi. Har safar o‘zingni yengganingda, u kichkina g‘alaba ichingda tog‘day quvvat yig‘adi.

🔹 Bugun charchagan bo‘lishing mumkin — lekin bu charchoq “to‘xtagin” degani emas, balki “senga o‘sish vaqti keldi” degani.
🔹 Hamma qiyinchiliklar — bu hayotning senga bergan zalidir. Har safar u yerga kirganingda, xarakteringni mashq qilayapsan.
🔹 Bir yil o‘tib, bugungi og‘riqqa qarab: “Shu paytda taslim bo‘lmaganim yaxshi bo‘libdi,” deysan.

Shuni yodda tut: dunyoda eng kuchli odam — o‘zini boshqara oladigan odamdir.
Sen o‘zingni boshqarayapsan, demak allaqachon g‘olibsan.

@startaper_notes
👍11🔥41
SMART maqsad qo‘ymang. Maksimum maqsad qo‘ying! (Men qilgan xatolar)

Bugun ertalab Samarbekni bog‘chaga olib borayotganimda, bundan 12 yil avval chiqarilgan Valentin Kovalyovning *“Stav'te tseli po maksimumu”* degan videosini ko‘rib qoldim. Shu video ko‘zimni yana bir bor ochdi.

Lekin bu video haqida gapirishdan oldin, avvalo nega ko‘zim “yumuq” bo‘lib qolganini va bu orada nimalar sodir bo‘lganini yozmoqchiman.

Biz ilgari Javlon bilan juda katta rejalar qo‘yardik. Energiya shu darajada baland ediki, go‘yo bizni hech narsa to‘xtata olmasdi. “Faqat davay, bosamiz!” — bizning shiorimiz edi. Va haqiqatdan ham shunday bo‘ldi: kompaniyamizni atigi ikki yil ichida 20 barobarga o‘stira oldik.

Bu qanday sodir bo‘ldi? Biz o‘sha paytda *“gazga bosgan”* edik — orqaga o‘ylamay, faqat oldinga qarab harakat qilganmiz. O‘xshamay qolish ssenariysi haqida o‘ylamaganmiz, muammolar haqida ham emas. Shunchaki ishonch, g‘ayrat va harakat bor edi.

Ammo keyin... bizda *“steklyanniy potolok”* degan tushuncha paydo bo‘ldi. Go‘yoki ko‘tarila olmasligimizning asosiy bahonasiga aylandi. Natijada “maksimum”ni sindirib o‘ta olmay qoldik.

Bu jarayon menga Ibn Sino hazratlarining hikmatini eslatadi:

> “Yugurganni yurgisi keladi, yurganni o‘tirgisi, o‘tirganni esa yotgisi. Yotgan odamni esa uyqu bosadi. Uyqu — bu g‘aflat.”

Biz ham shunday bo‘ldik. Avval *yugurish* bosqichida edik, keyin *yura* boshladik, keyin *o‘tirib*, “dam olish kerak, oila haqida o‘ylash kerak” degan bahonalar topdik. Natijada *uxlash* bosqichiga bir bahya qoldi.

Nega? Chunki biz *SMART maqsad* qo‘yishni “o‘rgandik”.
Unga ko‘ra, maqsad *real bo‘lishi*, ya’ni “erishish mumkin bo‘lgan” darajada belgilanishi kerak edi.
Ammo biz shuni to‘g‘ri tushunmadik. “Joriy imkoniyat” asosida maqsad belgilab, energiyamizni kamaytirdik. Maqsadlarimiz endi vertikal o‘sishga emas, gorizontal “qulaylik”ka xizmat qila boshladi.

Shu tariqa “Achievable” degan mezon bizni qulay zonaga tiqib qo‘ydi. Biz yugurishdan to‘xtadik. Shu tariqa “SMART”ni noto‘g‘ri tushungan holda, o‘zimizni past natijalarga *rozilikka o‘rgatdik*.

Natijada kassa pasaydi. Biz esa bunga bahona topdik.

Bugun Valentin Kovalyovning videosini ko‘rib, birdaniga tushundim: biz o‘sha paytda muvaffaqiyatga erishganmiz, chunki *SMART* emas, *maksimum maqsad* qo‘yganmiz!

Videoning asosiy g‘oyasi juda oddiy, ammo kuchli:

> Juda katta maqsadlar qo‘ying. Ba’zan ular imkonsizdek tuyuladi, lekin aynan shunday maqsadlar sizni o‘stiradi.

Masalan, Ivan oyiga 100 dollar topadi va o‘ziga 150 dollar maqsad qo‘yadi — bu real, “achievable”.
Vasiliy esa 300 dollar maqsad qo‘yadi — bu “noreal” ko‘rinadi.

Natijada Ivan maqsadiga yetadi va bundan qoniqadi. Ammo Vasiliy o‘z maqsadiga to‘liq yetolmasa ham, 200 dollarga chiqadi. Ruhiy jihatdan u “yutqazgandek”, amalda esa *yutgan*. Chunki u o‘sdi. Qolaversa 150 emas 200 qildi💥

Eng muhimi — energiya hech qachon yo‘qolmaydi. Fizika qonuniga ko‘ra, u faqat shaklini o‘zgartiradi. Vasiliy o‘zini endi 300–400 dollarlik inson deb his qiladi. U o‘sdi. Endi u har safar yanada yuqoriroq marrani nishonga oladi.

Demak, men bir narsani chuqur angladim:

> SMART maqsad yomon emas, lekin men uni to‘g‘ri tushunmaganman.
> Shuning uchun endi “real” emas, *maksimum* maqsad qo‘yaman. Chunki faqat maksimum maqsad — maksimum harakatni uyg‘otadi.

@startaper_notes
🔥861👍1
Forwarded from SHAVKAT MUSINOV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Маленькие шаги — большие перемены.
5 апреля 2025 года я пробежал благотворительный ультрамарафон Two Oceans в Южной Африке, и этот забег стал не просто спортивным испытанием — он стал дорогой добра.
Благодаря вашей поддержке, единомышленникам, друзьям и членам бизнес-сообщества Fikr yetakchilari, удалось воплотить в жизнь важный проект: в детском психоневрологическом диспансере созданы новые, комфортные условия для детей.

📦 Установлены 56 парт, 6 комплектов мебели для учителей, 15 кулеров для воды, 42 камеры видеонаблюдения, 40 бинбэгов, 25 столов и 100 стульев для столовой, 6 диванов, а также построено футбольное поле площадью 136 м².
💙 Всё это стало возможным благодаря вашей вере, поддержке и добрым сердцам.
EZGU AMAL — там, где добро становится действием.

С благодарностью,
Шавкат Мусинов🙏🤗♥️

🎬 Kichik qadamlar — katta o‘zgarishlar.
2025-yil 5-aprel kuni men Two Oceans xayriya ultramarafonini Janubiy Afrikada yugurib o‘tdim. Bu yugurish nafaqat sport sinovi, balki ezgulik yo‘liga aylangan edi.
Sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz, fikrdoshlarim, do‘stlarim va Fikr yetakchilari biznes hamjamiyati a’zolari yordami bilan muhim loyiha amalga oshdi — bolalar psixonevrologik dispanserida bolalar uchun yangi va qulay sharoitlar yaratildi.

📦 56 ta parta, 6 ta o‘qituvchi mebel to‘plami, 15 ta suv sovutgichi, 42 ta videokuzatuv kamerasi, 40 ta binbeg, 25 ta stol va 100 ta stul, 6 ta divan o‘rnatildi hamda 136 m² maydonga ega futbol maydoni barpo etildi.
💙 Bularning barchasi sizlarning ishonchingiz, qo‘llab-quvvatlashingiz va mehringiz bilan amalga oshdi.
EZGU AMAL — ezgulik harakatga aylangan joy.

Minnatdorchilik bilan,
Shavkat Musinov🙏🤗♥️
6💋1