Startaper kundaligi | MyTeacher
237 subscribers
128 photos
83 videos
32 links
Startaper - har kunini umrining birinchi kuni deb hisoblaydi!

Shaxsiy fikrlarim, kechinmalarim hamda rejalarimni shu kanalda ulashib boraman.
- Sardor Xudoyberdiyev www.myteacher.uz loyihasi ham-asoschisi.
Download Telegram
“Chol va dengiz” asaridan 10 ta qisqa, kuchli iqtibos va ularning men uchun hayotiy saboqlari:



1. “Odam mag‘lub bo‘lishi mumkin, lekin yengilmas bo‘lishi ham mumkin.”
— Hayotda muvaffaqiyatsizlik bo‘ladi, ammo ruhdan tushmaslik – eng katta g‘alaba.

2. “Men dengizni sevaman, lekin u meni ham sevishini talab qilmayman.”
— Haqiqiy sevgi va hurmat – shart qo‘ymaslik va tabiatni qanday bo‘lsa shunday qabul qilish.

3. “Baliq, men seni juda yaxshi ko‘raman, ammo seni o‘ldirishim kerak.”
— Hayotdagi qarorlar ba’zida murakkab va achchiq bo‘ladi, lekin zarurat oldida qat’iy bo‘lish kerak.

4. “Odam orzusiz yashay olmaydi.”
— Maqsadsiz hayot – suvsiz dengizga o‘xshaydi.

5. “Ba’zan odamning eng yirik dushmani – o‘ziga bo‘lgan shubhasidir.”
— Ichki qo‘rquv tashqi dushmandan ham kuchliroq bo‘lishi mumkin.

6. “Men biror narsaga qarshi kurashayotganimda, aslida o‘zimga qarshi kurashaman.”
— Har bir katta jang – o‘zimizdagi dangasalik, qo‘rquv va ishonchsizlik bilan kurashdir.

7. “Qanchalik uzoqqa chiqsang, shunchalik katta sinov kutadi.”
— Katta orzular katta xavf va mehnat talab qiladi.

8. “Ba’zan yutqazib bo‘lsa ham, g‘alaba qozonasan.”
— Natija yo‘q bo‘lsa ham, yo‘ldagi qat’iyat o‘zingni g‘olib his qilishga asos bo‘ladi.

9. “Men baliq tutishga kelmadim, men odam ekanligimni isbotlashga keldim.”
— Maqsad ortida ko‘pincha yanada chuqurroq, ichki ma’no yotadi.

10. “Odam kuchini bilishi uchun o‘z chegarasidan o‘tishi kerak.”
— Haqiqiy kuch – o‘zingni sinovdan o‘tkazganingda bilinadi.

@startaper_notes
5
Rasululloh ﷺ aytdilar:
“Odamlarning eng yaxshisi — odamlar uchun foydasi ko‘proq bo‘lganidir.”

@startaper_notes
13🔥7
Shunday bir loyiha bo’lsa qiziq bo’ladi deb o’ylaysilami?
Iltimos kommentariyda fikrlaringizni qoldiring🙏🏻

🌟 Farzandingiz Uchun Mentorlik Loyihasi 🌟

Hurmatli ota-onalar,

Farzandingiz 17–22 yosh oralig‘ida bo‘lsa, bu davr uning kelajagi uchun eng muhim burilish davri hisoblanadi. Shu sababli biz maxsus mentorlik loyihasini yo‘lga qo‘ydik.



🎯 Dasturdan maqsad:
• Farzandingizni kuchli shaxs sifatida shakllantirish
• Mustahkam qadriyatlarni anglatish
• To‘g‘ri karyera yo‘lini tanlashga yordam berish
• Hayot davomida xizmat qiladigan aniq strategiya tuzishga yo‘naltirish
• O‘z mehnati bilan yaxshi daromad topadigan inson bo‘lishiga zamin yaratish



📋 Dastur shartlari va jarayoni:

Qat’iy sinov va testlardan o‘tgachgina qabul qilinadi
Shartnoma ota-onalar bilan tuziladi
Shartnoma muddati: kamida 1 yil
Har bir shogird uchun aniq maqsadlar belgilab qo‘yiladi
Rivojlanish jarayoni tracking jurnali orqali kuzatiladi
Har oy ota-onalar bilan qisqa suhbat o‘tkaziladi



📆 Uchrashuvlar va amaliyot:
• Haftada kamida 3 marta uchrashuv
• Mentor bilan doimiy aloqada bo‘lish
MyTeacher loyihasida real topshiriqlar bajariladi
🔹 Ba’zilariga haq to‘lanadi, ba’zilariga to‘lanmaydi
1-yil yakunida birgalikda chet el safari ✈️
🔹 Ushbu safar xarajati loyihadagi faoliyat orqali birgalikda ishlab topiladi



⚠️ Muhim eslatma:
• Shogirdlar intizom, mas’uliyat va mehnatga tayyor bo‘lishi shart
• Chet tilini o‘rganish va kitob o‘qish majburiy topshiriqlardan biri bo‘ladi
• Mentorlik narxi qimmatroq bo‘lishi kutilmoqda



💰 Moliyaviy tartib:
1-yil: shartnoma ota-onalar bilan tuziladi
2-yildan boshlab farzandingiz mentorlik xarajatlarini o‘zi qoplaydi
• Maqsad: oylik daromadini 3-4 yilda $10,000+ darajasiga chiqarish (bu reja, kafolat emas — hammasi Allohdan, intilish esa farzandingizdan)



🌱 Asosiy maqsad:

Farzandingizni bilimli, intizomli va mas’uliyatli qilib tarbiyalash, uni jamiyatga foydali va ota-onasiga faxr keltiradigan inson sifatida shakllantirish.



📩 Qabul uchun joylar soni cheklangan: faqat 10–15 nafar shogird.
🔥7👍41
Nega kichkina loyihalar katta bo‘la olmayapti?

Bunga eng katta sabab bo‘ladigan ikki bog‘liq xato bor:

1️⃣ Ma’lumotlarni toza va tartibli yuritmaslik
Ko‘pchilik bir qismini bloknotga, bir qismini Google Sheets’ga, yana birini Telegram “saved” ga yozib qo‘yib, butun jarayonni “bardak” qilib yuboradi. Biz ham o‘z tajribamizda shu xatoga duch kelganmiz. Natijada, faqat xotiraga tayanib:

“Oldin yaxshiroq edi… taxminan shunaqa edi…”
degan “fake” xulosalar chiqaramiz. Loyiha esa bundan jabr ko‘radi.

🔑 To‘g‘ri yo‘li: Eeeeng boshidanoq barcha hisoblaringizni — sana, hajm, vaqt, ishlagan odam, xarajat — bitta fayl yoki papkada, yo‘qolmaydigan va doim hisoblab chiqsa bo‘ladigan shaklda yuriting.



2️⃣ To‘plangan ma’lumotlarga tayanmaslik
Yozilgan raqamlar sizning biznesingizning asosi bo‘lishi kerak. Har kuni va har daqiqada qarorlaringizni shu dataga tayanib qabul qilsangizgina:
• ishlaringiz intuitsiyaga emas, aniq raqamlarga asoslanadi;
• optimizatsiya nima ekanini amalda tushunasiz;
• qaror qabul qilish osonlashadi;
• biznesingiz barqaror va tezroq rivojlanadi.



📌 Xulosa: Loyihangizni katta qilmoqchimisiz?
👉 Birinchi kundanoq barcha ma’lumotlarni tartibli va yagona joyda to‘plang.
👉 Keyinchalik qarorlarni faqat shu raqamlar asosida qabul qiling.

Shunda biznesingiz “ko‘zbo‘yamachilik” xulosalardan qutulib, haqiqiy o‘sish yo‘liga kiradi. 🚀



💬 Sizningcha, kichik loyihalarni kattalashishda yana qanday xatolar ko‘p uchraydi?
Izohlarda fikrlaringizni yozib qoldiring — birga muhokama qilamiz. ✍️

Kanalimga buna bo’lib qo’ying: @startaper_notes
2
Куч бизга бошқаларга зарар келтириш учун эмас, фойда келтириш учун берилган бўлса керак.

Бугун бир инсон билан озгина тушунмовчилик бўлди. Мансабни ҳамма ҳам тўғри кўтара олмас экан. У ноҳақлигини тушунса ҳам, қонун доирасида эмаслиги ва бошқа факторларни ҳисобга олмасдан, ўз афзаллигини кўрсатмоқчи бўлди.

Тўғриси, характерим ёнувчироқ, лекин ўзимни ўзгаришга ва хотиржамликка ўтказаётганим сабабли зўрға зулмдан сақлаб турдим.

Бу пайт бир инсоннинг гапи эсимга тушди: "Куч бу сен уни қандай ишлатишингда эмас, бу кучни қанчалик жиловлай олишингда" дегани.

Видеога олиб буни постга қўйиш мақсадим бор эди, лекин бу мени ундан яхши қилмаслигини ва фарқим бўлмаслигини тушундим.

Ҳаммамиз жаҳлимизни бошқаришни ўрганайлик ва фақат яхшилик кўпроқ қилишдан тўхтамайлик.

Яхшилар ёмонлардан кўпроқ.
Баъзан адашамиз.
💯2👍1
Forwarded from Sardor | MyTeacher
Moviy dengiz. Yorug’ kun.
Shamol terimni silaydi, sochlarim bilan o‘ynaydi.
Va go‘yo vaqt to‘xtab qolgandek.

Men tez-tez o‘ylayman — vaqt nima o‘zi?
Biz kunlar juda tez o‘tib ketayotganidan shikoyat qilamiz.
Ammo yaxshilab qarasak — u teng oqmaydi.
Ba’zan siqilib qoladi, ba’zan cho‘zilib ketadi.

Kutganimizda — soniyalar abadiyatdek cho‘ziladi.
Og‘riq yoki tashvishda bo‘lsak — daqiqalar soatlarga aylanadi.
Baxtli bo‘lsak — vaqt bir lahza kabi uchib ketadi.
Nega shunday?

Chunki vaqt — bu soat strelkalari emas.
Vaqt — bu e’tibor.

Uni ichkariga — kutish, ranjish yoki og‘riqqa qaratganimizda — har bir soniya cho‘ziladi.
Unga tashqariga — dunyoga, baxtga, muhabbatga bag‘ishlaganimizda — u g‘oyib bo‘ladi, go‘yo umuman yo‘qdek.

Va men shuni tushundim: vaqtni boshqarish mumkin.
Fokusni o‘zgartirib ko‘ring.
Baxtli bo‘lganingizda — to‘xtang va o‘zingizni ichkaridan his qiling.
Qiyin paytda — aksincha, osmonga, odamlar yuziga, atrofga boqib ko‘ring.

Shunda vaqt itoatkor bo‘lib qoladi.
U qochib ketmaydi — balki siz bilan birga urib turadi.

“Ertaga yoki keyin dema.
Chunki ertaga ham, keyin ham — bu bugundir.”

— Sa’diy

Men dengiz bo‘yida o‘tirib o‘ylayman: oldinda boy-badavlat bir hafta baggi-tur kutyapti.
Va men qaror qildim — oqimda shoshmaslik, balki har bir onni yanada chuqurroq his qilish.
Yo‘lning, suhbatning lazzati cho‘zilishi uchun.
Har bir lahza bitta nafasdan ham uzunroq davom etishi uchun.

M. Seisenbaidan tarjima

@startaper_notes
❤‍🔥62🗿1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍865
# O‘sish tezligi

Har bir biznes egasi o‘z kompaniyasi tezroq o‘sishini xohlaydi. Lekin savol tug‘iladi: kompaniya qanchalik tez o‘sishi mumkin?

Aslida o‘sishning tabiiy chegaralari bor:

* 📊 Bozor imkoniyatidan tezroq emas
Agar bozor 20% ga kengayayotgan bo‘lsa, sizning 100% o‘sishingiz baribir cheklovlarga uriladi.

* ⚙️ Ichki jarayonlardan tezroq emas
Sotuv, marketing, xizmat ko‘rsatish va moliya jarayonlari tayyor bo‘lmasa, tez o‘sish faqatgina tartibsizlikni tezlashtiradi.

* 👥 Jamoa tayyorgarligidan tezroq emas
Odamlar o‘z vazifasini tushunib yetmagan bo‘lsa, yangi xodimlar tez-tez almashsa, o‘sish o‘zini-o‘zi yemiradi.

---

🔑 Shuning uchun ba’zan “sekinlashish” – eng tezkor strategiya bo‘lishi mumkin.
Jarayonlarni mustahkamlash, jamoani tayyorlash va raqamlarni nazorat qilish orqali siz keyingi bosqichga tayyorlanasiz.

---

Sizningcha, hozirgi vaqtda biznesingiz uchun eng katta cheklov qaysi:
👉 bozor, 👉 jarayonlar, yoki 👉 jamoa?

@startaber_notes
3👍1
Forwarded from Bakhrom Abdukadirov
Лидерликдаги суперкуч: ўйлашимча Сиз уни ишлатишга қўрқасиз 🦸‍♂️

Оҳирги 5 йиллик иш фаолиятим давомида қайси бир хислат ҳам лидер учун энг зарур, ҳам у намоён этишга энг кўп қўрқадиган сифат эканлигини аниқладим. Бу очиқлик ва заиф томонларни тан олиш бўлиб чиқди.

Бизга доим лидерлик бу эгилмас ирода ва барча саволларга тайёр жавоб намойиши, деб ўргатишган. Аммо бугун бу эскирган ва инсонни чеклайдиган қарашдир деган фикрга етиб келдим. Ҳақиқий таъсир кучи ва қудрат эса айнан самимий ошкораликда яширинганлиги аниқладим.

Айтайми нега айнан шу хислат ғалабага олиб келади?

Иш фаолиятида ўз заиф томонларини тан олиш – бу ожизлик эмас, балки ҳалол бўлишга етарли жасоратдир. Бунга қуйидагилар мисол бўла олади:
- таъсисчининг «Бу тахминим нотўғри экан» дейиши;
- менежернинг жамоасидан «Менга ёрдамингиз керак» деб сўраши, ёки;
- CEO'нинг «Бу соҳани сиз мендан яхшироқ биласиз» дея тан олиши.

Бундай холис самимият мўъжиза яратади: у мустаҳкам ва бузилмас ишончни шакллантиради. Сиз «қалқонингизни» ташлаб, инсонийлигингизни кўрсатганингизда, жамоангиз ва ҳамкорларингизга ҳам худди шундай йўл тутиш учун рухсат бергандай бўласиз.

Бу ўзингизни англаш ва ўзингизга ишонишнинг шундай кучли ифодасики, у сохта мукаммаллик ҳеч қачон бера олмайдиган чуқур садоқатни уйғотади. Компетенция сизга эшикларни очади, бироқ айнан ўз камчиликларингизни тан олиш давранинг тўрисидан жой олиб беради.


Самимиятга сармоя: ROI қандай бўлади?


Энг муваффақиятли лидерлар ва таъсисчилар – ҳамма нарсани биладиган даҳолар эмас. Улар – ўз чегараларини аниқ биладиган компетентли мутахассислардир. Улар ўзларидаги бўшлиқларни тўлдирадиган инсонлар билан ўзларини ўраб оладилар ва буни тан олишдан қўрқмайдилар. Бундай ёндашув жамоада хавфсизлик муҳитини яратади.

Бундай муҳитда инновациялар гуллайди ва энг зўр истеъдодлар қолишни истайди.


Сизнинг ходимларингиз, инвесторларингиз ва мижозларингиз шунчаки маҳсулотингизни эмас, балки сизни сотиб олишади.

Билиб қўйинг, ҳамма ўзини ҳимоя қилиш билан овора бўлган дунёда, сизнинг чин дилдан очиқ ва заиф бўлишга тайёрлигингиз - шунчаки янгилик эмас, бу - сизнинг энг асосий рақобат устунлигингиздир.

Сизнинг тажрибангизда шундай вазиятлар бўлганми?

Изоҳларда ўз фикрингиз билан ўртоқлашинг! 👇

@baxrom_ceo
👍7
Manashu gaplar bizga energiya beradi⚡️
7💯4
Forwarded from Dilorom Zaxidova
1🔥113👍3❤‍🔥2
🎙️ Podcastdan olingan super insayt: Signal va Shovqin

Ishdagi samaradorlik ko‘pincha bitta oddiy narsaga borib taqaladi: signalni shovqindan ajratish.
Signal — bu sizning biznesingizni o‘sishga olib chiqadigan, natijaga eng tez ta’sir qiladigan task.
Shovqin — bu ish uchun zarurdek ko‘rinadi, lekin tezkor va kuchli o‘sishga bevosita ta’sir qilmaydi.

Har bir daqiqada menejerlarning xayolida yuzlab vazifalar aylanadi. Ammo eng zo‘r menejerlar boshqacha qiladi: ular ichidan atigi 3ta signalni ajratib oladi va 18 soat ichida bajaradi.

Aynan shu usul Stiv Jobs va Elon Musk ish faoliyatidan o‘rganilgan.

Misol:
• Ikki xodim orasida kichik mojaroga aralashib qoldingiz — bu shovqin.
• Bugun asosiy statistikani tahlil qilib, yangi o‘sish nuqtasini topishingiz kerak edi — bu signal.

Shovqinga ko‘milib qolgan menejer hech qachon katta natijaga erisha olmaydi. Signallarni topa oladigan va ularni tezda bajaradigan menejer esa jamoani o‘sishga olib chiqadi.

💡 O‘zingizga savol bering: bugun mening stolimdagi ishlarning qaysi biri signal, qaysi biri shovqin?
Va eng muhimi — o‘sha 3ta signalni tanlab, ertaga emas, bugun bajarishni boshlang!

@startaper_notes
Ilm olish haqida…
Forwarded from Alisher Isaev blogi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7❤‍🔥2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kirib kelayotgan bayram bilan☺️
👍11🥰2❤‍🔥1
Boylik bu hayotda mehnat va qattiq ish uchun berilmaydi. Mehnat va qattiq ish uchun “oylik” beriladi. Boylik Risk va Sabr uchun beriladi. Chunki aynan manashu ikki narsa (Risk va Sabr) davomida inson Allohga qalban yaqinlashib so’raydi.

MARGULAN SEISENBAI
👍13🔥32
Qanday qilib ortiqcha tanlovni olib tashlab, savdoni oshirish mumkin

☝️ Sizning vazifangiz — butun assortimentni ko‘rsatish emas, balki mijozni xaridga eng qisqa yo‘l bilan olib borish. Mana uchta strategiya:



1️⃣ «Xit» yoki «Siz uchun tanlab qo‘yilgan» strategiyasi

Bu — mijozdan tanlov qilish yukini olib tashlashning eng samarali usuli.
• Qanday ishlaydi: «Eng mashhur model», «Mana shu variantni tavsiya qilamiz», «Mijozlarning 85% shu tanlovni qiladi».
• Misol: Apple. Ular 15 xil iPhone chiqarmaydi, balki uchta tushunarli kategoriya qiladi: oddiy, Pro va Max. Siz yuzlab variantdan emas, atigi uchtasidan tanlaysiz.



2️⃣ Shaxsiylashtirilgan filtrlash («Siz uchun»)

Butun vitrinalarni ko‘rsatish o‘rniga, ma’lumotlardan foydalanib, mos variantni taqdim eting.
• Qanday ishlaydi: Saytga kirishda anketa («Telefon sizga qaysi maqsadda kerak?»), aqlli filtrlar, foydalanuvchi xatti-harakatlariga asoslangan tavsiyalar.
• Misol: Spotify. Siz 100 million qo‘shiqdan chalkashib ketmaysiz. U sizga «Siz uchun», «2025-yil TOP-30 siz uchun» kabi pleylislarni beradi. Natijada tanlov 30 ta qo‘shiq bilan cheklanadi va siz qoniqasiz.



3️⃣ Texnik emas, balki funksional kategoriyalar

Mahsulotlarni texnik xususiyatlar bo‘yicha emas, balki hal qiladigan muammolariga qarab guruhlang.
• Qanday ishlaydi: «Snapdragon 8 Gen 3 protsessorli smartfon» emas, balki «4K videoga olish uchun», «O‘yinlarda lag bo‘lmasligi uchun», «2 kun quvvat yetadigan ishlash uchun».
• Misol: Netflix. Ular kontentni yil yoki mamlakatlarga qarab saralamaydi. «Oskar olgan dramalar», «Kayfiyat uchun komediyalar», «Truklar bilan jangarilar» kabi kategoriyalar yaratadi. Bu tanlovni maqsadga qarab qilishni yengillashtiradi.



Bugungi vazifa:
1. O‘zingizning sayt yoki landing sahifangizga kiring.
2. O‘zingizni mijoz o‘rniga qo‘ying.
3. Buyurtma berish uchun necha marta bosish va nechta tanlov qilish kerak?
4. Yuqoridagi taktikalardan birini qo‘llab, bu yo‘lni qanday qisqartirish mumkin?

@startaper_notes
💯2