Startaper kundaligi | MyTeacher
238 subscribers
128 photos
83 videos
32 links
Startaper - har kunini umrining birinchi kuni deb hisoblaydi!

Shaxsiy fikrlarim, kechinmalarim hamda rejalarimni shu kanalda ulashib boraman.
- Sardor Xudoyberdiyev www.myteacher.uz loyihasi ham-asoschisi.
Download Telegram
Istambulda bir masjiddan boshqasigacha (man ko’rgan hamma joyda) piyoda borish besh daqiqadan ko’p vaqt olmas ekan.
🔥84💯31
Raqamlar rost gapiradi. Lekin hammasini aytmaydi.

PNL, grafiklar, KPI — bularsiz kompaniya boshqarib bo‘lmaydi. Lekin ular faqat natijani ko‘rsatadi. Sababni emas.

Sotuv tushdimi? Ehtimol, xizmat sifati yomonlashgan. Daromad oshdimi? Balki reklama aksiyasi vaqtincha ish berdi.

Shuning uchun raqamlarga qarab xulosa qilishdan oldin, savol berishni o‘rganishimiz kerak:
• Nega bu o‘zgarish bo‘ldi?
• Asl sabab nima?
• Bu o‘zgarish trendmi yoki tasodifmi?

📊 Ma’lumot — bu vosita. Uni to‘g‘ri talqin qilish esa strategik san’at.

Boshqaruvda bu ikki qobiliyat muvozanatda bo‘lmasa, kompaniya yo haddan ortiq “hisobchi”, yo faqat “orzuparast” bo‘lib qoladi.

@startaper_notes
2🔥2
Assalomu alaykum sizni yordamingiz kerak. Sizga kanalimni nomi qanchalik yoqadi? Uni nomini o’zgartirsam bima deysiz? Quyidagi variantlarsan birini tanlang.
Anonymous Poll
3%
Sardor Xudoyberdiyev
20%
Sardor Xudoyberdiyev | MyTeacher
33%
Sardor Ikromovich (bu nom o’zimga yoqadi chunki dadamni ismlari ham bor)
44%
Hozir yaxshi, o’zgartirmang.
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Islom Karimov bilan Amir Temur haykalini yaratdi. Islom Karimovning o’zini ham haykalini yaratdi. Motamsaro ona haykali bilan esa o’z onasining siymosi bilan haqiqiy o’zbek onasining obrazini yaratdi. San’at….

@startaper_notes
5👍5🔥5
Биз қийинчиликлар ўтиб кетишини кутиб ўтирганимизда — ҳаётнинг ўзи ўтиб кетди.


Инсон ҳар доим "кейин бошлайман", "бу қийинчилик ўтсин", "вазият яхшиланса" деб кутади.
Лекин ҳаёт ҳеч қачон идеал вазиятни кутиб турмайди.

Ҳақиқий ўсиш — айнан қийинчилик ичида,
ҳақиқий ҳаракат — вазият қандай бўлмасин, шу кундан бошланади.
🔥5👍42💯2
Instagramga MyTeacher o’sishining 5ta bosqichi haqida video qo’ydik, eng yaqin shogirdlarimiz va muxlislarimizdan kommentariy, share va podpiska kutib qolaman🤗



https://www.instagram.com/reel/DMArQfuoQy8/?igsh=M3MwamgzbzFsYWNm
🔥109🕊3😇1
Mani eng ko’p qo’rqitadigan narsalar — o’zim boshqara olmaydigan yoki bashorat qila olmaydigan narsalar.

Ma’lumotlar qanchalik aniq bo’lsa ular qanchalik katta bo’lmasin bizga juda katta yengillik beradi va qo’rquvlarimizni kamaytiradi. Aniq raqamlarni ko’ra olsak oldimizda yo’l ko’rinadi va bizda harakat qilish uchun maqsad aniqlashadi. Bu esa, albatta, juda kuchli yengillik beradi.

@startaper_notes
🔥12👍6🏆1
- Dada dada qarang musorchi.
- Yo’q bolam, bu musorchi emas, bu tozalovchi. Musorchi bizmiz!

@startaper_notes
🔥14❤‍🔥9😢73🙏1
MyTeacher tug’ilish jarayonini rasmini topib oldim. 2019 yil 27 mart ekan. Ikkala kursdoshlarim Ruslan Kipchakov va Dilshod Shamsiddinovlar. Juda qiziq bo’lgan o’sha paytlarda.
🔥175
Click kompaniyasi sotildi! Yaqinda qaniydi MyTeacher ham “soitlib ketsa” desam shogirdlarim (top xodimlarimiz) manga yalt etib g’alati ko’z bilan qarashgan edi😁. Startapning “sotilishi” bu uni yo’qotilishi emas, balki unga investitsiya kiritlishi, rivojlanishi uchun yanada kengroq yo’l ochilishi hisoblanadi. Bunday baxtga mana Click kompaniyasi erishdi, juda katta summada baholanib juda katta miqdorda investitsiyaga ega bo’lishdi. @startaper_notes
👍17💯8🔥42
Forwarded from Alisher Isaev blogi
Aşehane лар ҳақида!

#лойиҳа
5
Forwarded from Javlonbek Bosimov
🚀 SOTUV BO‘LIMIGA YANGI YUZLAR QIDIRILMOQDA – USTOZINGIZ ESA TAYYOR!
Do‘stlar!
Agar atrofingizda gapni biladigan, harakatchan, raqamlardan qo‘rqmaydigan, pul ishlashni orzu qiladigan insonlar bo‘lsa – bu imkoniyat ular uchun! 💼💸

🎯 Ochilgan pozitsiya: Sotuv menejeri
📍 Joylashuv: Ofis (professional muhit, jamoaviy ritm)
🕘 Tajriba shart emas – faqat istak va fidoyilik kerak
💰 Daromad: Rejaga bog‘liq holda o‘suvchi – chegarasiz


🎓 ENG MUHIMI:
Yangi kelganlarga Ahror Hamidovning o‘zi shaxsan sotuvni o‘rgatadi.
Ahror bu sohaga o‘z nomini yozgan yigit:
🔹 Kunlik
🔹 Haftalik
🔹 Oylik
rekordlarni sindirib kelayotgan haqiqiy professional.
Bugun u nafaqat sotadi, balki o‘rgatadi ham. Bu har kimga nasib etavermaydigan imkoniyat!

👑 Ustoz kuchli bo‘lsa – o‘rganuvchi tez o‘sadi.
Ahrorning tajribasidan foydalangan har bir odam sotuvni nafaqat o‘rganadi – balki uni sevib qoladi. 🔥


📩 Tanishlaringiz orasida shunday odamlar bo‘lsa – bu e’lonni ularga yetkazing.
Ular sizga keyin rahmat aytadi.
Chunki bu oddiy ish emas – bu hayotini o‘zgartiradigan imkoniyat.

📩Murojat uchun: @My_teacher_N
📞Bogʻlanish uchun raqam:+99855 520 25 00
8😁2🕊2🏆1
Forwarded from Founder
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz o’zingizning kompaniyangizni boshqarganingizda juda ko’p maslahatlar va fikrlar olasiz. Fikr va boshqaruv uslublari esa turlicha.

Mening fikrimcha siz kimningdir kopiyasi emassiz va o’zingizga mos tushadigan uslubda boshqarishingiz kerak.

‘AirBnB’ asoschilaridan biri va CEOsi Bryan Cheskyning Emily Changa bergan intervyusidan kuchli insayt:

Men butun kompaniyaning e'tiborini va har bir odamni bir yo'nalishga va nuqtaga yo'naltirishni o'rgandim. Men kompaniyani qanday boshqarishni xohlayotganim haqida kechirim so'rashni to'xtatishni o'rgandim. Siz Google, Apple, Microsoft, Amazondan xodimlar yollaysiz va ular o'zlari bilan birga o'zlari o'rgangan ishlash uslubini olib kelishadi. Men tushunganim, men kompaniyani qanday boshqarishni xohlayotganim va ular kompaniyani qanday boshqarishni xohlayotganim o'rtasidagi o'rta nuqtani topishga harakat qilardim, bu esa aslida hammani baxtsiz qilardi. Go‘yo urush rejimiga o‘tishimga to‘g‘ri keldi. Qiziq narsa shundaki, men ko'proq buyruq berishni boshlaganimda, ko'proq nazoratni qo'limga olganimda, yanada qat'iyroq va ‘boss’ rejimida ishlashni boshlaganimda odamlar baxtliroq bo'ldi, chunki ularda aniqlik va yo'nalish bor edi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu videoni ko’rib qanday xulosa qilganingizni kommentariylarda qoldiring. Ertaga InshaAlloh juda qiziqarli va foydali post yozaman.🙌🏻

Yaxshi dam oling qadrdonlar.

@startaper_notes
👍6🔥5💯2🗿1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎯 “Har safar urilish — mag‘lubiyat emas. Bu — yana bir marta urinish imkonidir.”

Siz harakat qilasiz.
Otilasiz.
Umid bilan, ishonch bilan, jon-jahdingiz bilan nishonga intilasiz…

🎯 Lekin yana to‘siq.
🎯 Yana urilish.
🎯 Yana pastga tushish.

Atrofdagilar jim…
Sizning ichingizda esa savollar:

“Balki bu yo‘l emasdir?”
“Balki menda yetarli kuch yo‘qdir?”
“Yana urinib nima bo‘ladi?..”

Lekin siz qayta tortasiz kamonni.
Yana bir o‘q.
Yana bir urinish.

Har gal kuchliroq.
Har gal aniqroq.
Har gal sabrliroq.

To‘siqlar — sizni to‘xtatish uchun emas.
Ular sizni yo‘lni topishga o‘rgatish uchun bor.
Sizni o‘rgatadi: qanday zarba berish kerak, qanday tura olish kerak, qanday davom etish kerak.

Va nihoyat…
Bir kuni…
Siz nishonni urasiz.

❗️ Va o‘shanda anglaysiz:
bu g‘alaba emas, bu — sabr, irodaning va qayta-qayta urinib o‘zingizni yo‘qotmaganligingizning mukofoti.

🔁 To‘siq — yo‘lning o‘zidir.
🚀 Mag‘lubiyat — harakatning bir qismi.
🔥 Qayta urinish — eng katta jasoratdir.

🎯 Oxirgi o‘q nishonni urdi.
Lekin bu natija emas.
Bu — sizdagi o‘zgargan shaxsning ilk g‘alabasi.

@startaper_notes
🔥7