Startaper kundaligi | MyTeacher
238 subscribers
128 photos
83 videos
32 links
Startaper - har kunini umrining birinchi kuni deb hisoblaydi!

Shaxsiy fikrlarim, kechinmalarim hamda rejalarimni shu kanalda ulashib boraman.
- Sardor Xudoyberdiyev www.myteacher.uz loyihasi ham-asoschisi.
Download Telegram
Istambulda bir masjiddan boshqasigacha (man ko’rgan hamma joyda) piyoda borish besh daqiqadan ko’p vaqt olmas ekan.
🔥84💯31
Raqamlar rost gapiradi. Lekin hammasini aytmaydi.

PNL, grafiklar, KPI — bularsiz kompaniya boshqarib bo‘lmaydi. Lekin ular faqat natijani ko‘rsatadi. Sababni emas.

Sotuv tushdimi? Ehtimol, xizmat sifati yomonlashgan. Daromad oshdimi? Balki reklama aksiyasi vaqtincha ish berdi.

Shuning uchun raqamlarga qarab xulosa qilishdan oldin, savol berishni o‘rganishimiz kerak:
• Nega bu o‘zgarish bo‘ldi?
• Asl sabab nima?
• Bu o‘zgarish trendmi yoki tasodifmi?

📊 Ma’lumot — bu vosita. Uni to‘g‘ri talqin qilish esa strategik san’at.

Boshqaruvda bu ikki qobiliyat muvozanatda bo‘lmasa, kompaniya yo haddan ortiq “hisobchi”, yo faqat “orzuparast” bo‘lib qoladi.

@startaper_notes
2🔥2
Assalomu alaykum sizni yordamingiz kerak. Sizga kanalimni nomi qanchalik yoqadi? Uni nomini o’zgartirsam bima deysiz? Quyidagi variantlarsan birini tanlang.
Anonymous Poll
3%
Sardor Xudoyberdiyev
20%
Sardor Xudoyberdiyev | MyTeacher
33%
Sardor Ikromovich (bu nom o’zimga yoqadi chunki dadamni ismlari ham bor)
44%
Hozir yaxshi, o’zgartirmang.
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Islom Karimov bilan Amir Temur haykalini yaratdi. Islom Karimovning o’zini ham haykalini yaratdi. Motamsaro ona haykali bilan esa o’z onasining siymosi bilan haqiqiy o’zbek onasining obrazini yaratdi. San’at….

@startaper_notes
5👍5🔥5
Биз қийинчиликлар ўтиб кетишини кутиб ўтирганимизда — ҳаётнинг ўзи ўтиб кетди.


Инсон ҳар доим "кейин бошлайман", "бу қийинчилик ўтсин", "вазият яхшиланса" деб кутади.
Лекин ҳаёт ҳеч қачон идеал вазиятни кутиб турмайди.

Ҳақиқий ўсиш — айнан қийинчилик ичида,
ҳақиқий ҳаракат — вазият қандай бўлмасин, шу кундан бошланади.
🔥5👍42💯2
Instagramga MyTeacher o’sishining 5ta bosqichi haqida video qo’ydik, eng yaqin shogirdlarimiz va muxlislarimizdan kommentariy, share va podpiska kutib qolaman🤗



https://www.instagram.com/reel/DMArQfuoQy8/?igsh=M3MwamgzbzFsYWNm
🔥109🕊3😇1
Mani eng ko’p qo’rqitadigan narsalar — o’zim boshqara olmaydigan yoki bashorat qila olmaydigan narsalar.

Ma’lumotlar qanchalik aniq bo’lsa ular qanchalik katta bo’lmasin bizga juda katta yengillik beradi va qo’rquvlarimizni kamaytiradi. Aniq raqamlarni ko’ra olsak oldimizda yo’l ko’rinadi va bizda harakat qilish uchun maqsad aniqlashadi. Bu esa, albatta, juda kuchli yengillik beradi.

@startaper_notes
🔥12👍6🏆1
- Dada dada qarang musorchi.
- Yo’q bolam, bu musorchi emas, bu tozalovchi. Musorchi bizmiz!

@startaper_notes
🔥14❤‍🔥9😢73🙏1
MyTeacher tug’ilish jarayonini rasmini topib oldim. 2019 yil 27 mart ekan. Ikkala kursdoshlarim Ruslan Kipchakov va Dilshod Shamsiddinovlar. Juda qiziq bo’lgan o’sha paytlarda.
🔥175
Click kompaniyasi sotildi! Yaqinda qaniydi MyTeacher ham “soitlib ketsa” desam shogirdlarim (top xodimlarimiz) manga yalt etib g’alati ko’z bilan qarashgan edi😁. Startapning “sotilishi” bu uni yo’qotilishi emas, balki unga investitsiya kiritlishi, rivojlanishi uchun yanada kengroq yo’l ochilishi hisoblanadi. Bunday baxtga mana Click kompaniyasi erishdi, juda katta summada baholanib juda katta miqdorda investitsiyaga ega bo’lishdi. @startaper_notes
👍17💯8🔥42