Startaper kundaligi | MyTeacher
238 subscribers
128 photos
83 videos
32 links
Startaper - har kunini umrining birinchi kuni deb hisoblaydi!

Shaxsiy fikrlarim, kechinmalarim hamda rejalarimni shu kanalda ulashib boraman.
- Sardor Xudoyberdiyev www.myteacher.uz loyihasi ham-asoschisi.
Download Telegram
Forwarded from Foydali Moliya
Keksa donishmand bergan saboq

Olisda bir keksa donishmand yashar ekan. Yoshlar uning uyiga hayot haqidagi eng muhim narsalarni o'rganish uchun kelishdi. Hamma yig'ilganda keksa donishmand yoshlarga savol berdi:

- Uchta qurbaqa yog'och ustida o'tirgan edi. Ulardan biri suvga sakrashga qaror qildi. Yog'och ustida nechta qurbaqa qoldi?

"Ikkita" deb javob qildi yoshlar birvarakayiga. Faqat bittasi bu savolga "uchta" deb javob berdi.

- Albatta, uchta, - jilmayib qo'ydi donishmand. - Chunki qurbaqa shunchaki sakrashga qaror qildi, lekin buning uchun hech nima qilmadi. Hech qachon harakatni qaror qabul qilish bilan aralashtirmang!

Ba'zida siz maqsadingiz tomon yurayotgandek ko'rinasiz, aslida siz hali ham yog'ochda o'tirgan bo'lasiz!

🔝 @foydali_moliya – obuna boʻling!
👍53🔥31😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak shu yerda.

Texasda birinchi Tesla Model Y avtomobili yangi egasining uyiga haydovchisiz o’zi yurib bordi.

Endi Amerikada Tesla buyurtma qilsangiz uyingizga o’zi yurib keladi va siz undan foydalanishni boshlaysiz.

Mana sizga “Teknalojia”!

@startaper_notes
🔥10👏5
Hammasi bepul ekan😋😋
20👍6👌4🔥2🥰1
Istambulda bir masjiddan boshqasigacha (man ko’rgan hamma joyda) piyoda borish besh daqiqadan ko’p vaqt olmas ekan.
🔥84💯31
Raqamlar rost gapiradi. Lekin hammasini aytmaydi.

PNL, grafiklar, KPI — bularsiz kompaniya boshqarib bo‘lmaydi. Lekin ular faqat natijani ko‘rsatadi. Sababni emas.

Sotuv tushdimi? Ehtimol, xizmat sifati yomonlashgan. Daromad oshdimi? Balki reklama aksiyasi vaqtincha ish berdi.

Shuning uchun raqamlarga qarab xulosa qilishdan oldin, savol berishni o‘rganishimiz kerak:
• Nega bu o‘zgarish bo‘ldi?
• Asl sabab nima?
• Bu o‘zgarish trendmi yoki tasodifmi?

📊 Ma’lumot — bu vosita. Uni to‘g‘ri talqin qilish esa strategik san’at.

Boshqaruvda bu ikki qobiliyat muvozanatda bo‘lmasa, kompaniya yo haddan ortiq “hisobchi”, yo faqat “orzuparast” bo‘lib qoladi.

@startaper_notes
2🔥2
Assalomu alaykum sizni yordamingiz kerak. Sizga kanalimni nomi qanchalik yoqadi? Uni nomini o’zgartirsam bima deysiz? Quyidagi variantlarsan birini tanlang.
Anonymous Poll
3%
Sardor Xudoyberdiyev
20%
Sardor Xudoyberdiyev | MyTeacher
33%
Sardor Ikromovich (bu nom o’zimga yoqadi chunki dadamni ismlari ham bor)
44%
Hozir yaxshi, o’zgartirmang.
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Islom Karimov bilan Amir Temur haykalini yaratdi. Islom Karimovning o’zini ham haykalini yaratdi. Motamsaro ona haykali bilan esa o’z onasining siymosi bilan haqiqiy o’zbek onasining obrazini yaratdi. San’at….

@startaper_notes
5👍5🔥5
Биз қийинчиликлар ўтиб кетишини кутиб ўтирганимизда — ҳаётнинг ўзи ўтиб кетди.


Инсон ҳар доим "кейин бошлайман", "бу қийинчилик ўтсин", "вазият яхшиланса" деб кутади.
Лекин ҳаёт ҳеч қачон идеал вазиятни кутиб турмайди.

Ҳақиқий ўсиш — айнан қийинчилик ичида,
ҳақиқий ҳаракат — вазият қандай бўлмасин, шу кундан бошланади.
🔥5👍42💯2