Startaper kundaligi | MyTeacher
237 subscribers
128 photos
83 videos
32 links
Startaper - har kunini umrining birinchi kuni deb hisoblaydi!

Shaxsiy fikrlarim, kechinmalarim hamda rejalarimni shu kanalda ulashib boraman.
- Sardor Xudoyberdiyev www.myteacher.uz loyihasi ham-asoschisi.
Download Telegram
Natijalar chiqishini biz manashunday intizorlik bilan kutamiz va nishonlaymiz. Bugun o’nlab o’quvchilarimiz yana natija olishdi. Qanday mazza. Ayniqsa bizga ishonmaganlar oxirida natija olishsa juda mazza qivoramandeee😅👏🙌🏻
(skrinshotlarga qarang)

Hammasiga Jamoa sabab jamoamizga ming rahmat!

P.S. bizni muhokamalarimizni yana o’zingizcha talqin qilib “g’iybat” deb tushunmang. Biz haqiqiy mehnatlarimiz va mashaqqatlarimiz samarasini muhokama qilyapmiz va shu o’quvchilarimizni ham o’z farzandimizday yaxshi ko’ramiz. Ularni ota onalarini ham🫶🏻

Kanalimga obuna bo’lib qo’ying!

@startaper_notes
🔥13🤩52❤‍🔥1
Bugun ko’zim ochildi😳

Bugun sinfdoshim Oybek bilan videoqo’ng’iroq orqali mazza qilib dildan suhbat qildim. U hozir Turkiyada. Yoshligimizni, xotiralarimizni esladik.

Shu paytgacha ish deb yugur yugur deb maktabni bitirganimizga 20 yil bo’lganini bugun bilibman.

20 yil…..

Ko’zim ochildi. Umr o’tib boryapti. Ortga qaytmaydi…

@startaper_notes
11😢9
Forwarded from Laziz Hamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu kunlarni Hojiboy Tojiboyev ko’rmadi-da, eng kamida muzqaymoq yeb keladigan bo’ldik.

@lazizhamidov
👍8🔥5
🦻 Tug’ma “Kar bola” va otaning ishonchi

Napoleon Hillning o‘g‘li tug‘ilganda shifokorlar shunday dedilar:

“U kar. U hech qachon eshitmaydi. Gapira ham olmaydi.”

Bu tashxisni oddiy vrachlar emas — o‘sha davrning eng mashhur mutaxassislari qo‘ygan edi.

Ammo otasi taslim bo‘lmadi.
U ichidan shunday qaror qabul qildi:

“Mening o‘g‘lim eshitadi. Men bunga ishonaman.”

Minglab tajribalarning birida Kunlardan bir kun u kichik bir tajriba qildi.
Patifonni qo‘yib, bolani oldiga olib keldi.
Bolaning tishini patifonning yog‘och paneliga tekkizdi.

Bola bir zumda jim bo‘lib qoldi. Ko‘zlari chaqnadi.
U musiqani sezdi.
Vibratsiyani bosh suyagi orqali his qildi.

Bu kashfiyot otani ilhomlantirdi.
U o‘g‘lini har kuni lab harakatlari bilan so‘zlashishga, tebranish orqali eshitishga o‘rgata boshladi.
Yillar o‘tdi. Bola gapira oldi. O‘qidi. Ishladi. Hatto boshqa kar bolalarga yordam beradigan kompaniyada faoliyat yuritdi.

Eng muhimi — bu bola hech qachon o‘zini nogiron deb his qilmagan.
Chunki otasi unga isongan.



Xulosa:
💡 Ba’zi odamlar imkonsizlikni haqiqat deb qabul qiladi.
Boshqalar esa — uni sinadi. O‘z iymoni bilan.

Agar sizga “bo‘lmaydi” deyishgan bo‘lsa – bu hali haqiqat emas.
Sizga ishonadigan bitta odam bo‘lsa – bu yetarli.
Agar bunday odam bo‘lmasa – o‘sha odam o‘zingiz bo‘ling.



P.S. Bu hikoya afsona emas. Gap man hozir audiokitobini eshitayotgan Napoleon Hillning o‘z o‘g‘li – Blair Hill haqida ketmoqda.
Unga “umrbod kar” deb tashxis qo‘yishgan.
Lekin patifonning vibratsiyasi orqali tovushni bosh suyagi orqali sezib, eshitish va hatto gapirishni o‘rgangan.
Bu voqea “O‘yla va boy bo‘l” asarining “Burning Desire” bobida batafsil aytilgan.

@startaper_notes
🔥62
Sizni yaqin kelajakda muvaffaqiyat kutyaptimi yo’qmi, aniq tashxisini aytib beraymi?

Kafolat beraman, manshu eng aniq tashxis va bu 100 foiz ishlaydi.

Demak buning uchun siz qaysi tashkilotda qanday lavozimda ishlayotganingizdan qat’iy nazar siz, o’z ishingizda eng oxirgi olti oylik kun tartibingiz va qilgan ishlaringiz natijalarini va ular sizni qanchalik BEZOVTA QILGANIni kuzatib, shoshmasdan tahlil qiling.

Agar ular sizni unchalik bezovta qilmagan bo’lsa, muammosiz ishlagan bolsangiz va ish haqida faqatgina ishda o’ylagan bo’lsangiz. XAFA BO’LMANG! Sizda ahvol biroz qiyin.

Agar siz iahda ham uyda ham aynan ishingiz haqida o’ylab ishingizdagi masalalarni yechishga urinib “переживать” qilib yurgan bo’lsangiz, TABRIKLAYMAN, aynan siz muvaffaqiyatga erish yo’lidan boryapsiz. Agar shunday davom etsangiz albatta muvaffaqiyat sizniki bo’ladi!

Nega?

Chunki o’z ishi haqida koproq qayg’urgan odam, ishida ko’proq natija ko’rsata oladi, ko’proq natija ko’rsata olgan odam tabiiyki ko’proq daromad topadi. Daromad topmasa ham bu inson “Achiever” maqsadiga erishmasdan qo’ymaydiganlar sirasiga kiradi va aniq “achieve” qilmasa qo’ymaydi.

Xullas kim bo’lsangiz ham qanday bo’lmasin “Achiever” bo’ling, muvaffaqiyat sizniki bo’ladi!

@startaper_notes
💯5👎4🔥32
Forwarded from Foydali Moliya
🗓 15-IYUN – OTALAR KUNI

Koʻplab davlatlarda har yili iyun oyining uchinchi yakshanbasida "Otalar kuni" nishonlanadi. 2025-yilda bu sana 15-iyun, bugunga to‘g‘ri keladi.

Ota – bu bizning hayotimizdagi birinchi qahramonimiz. Ota – sabr va mas’uliyat timsoli. Ularning har bir maslahatida, har bir qarorida donolik bor.

Otalar mehrini so‘z bilan emas, amali bilan bildiradi – har kuni erta tongda ishga ketishi, charchoqqa qaramay bolalari uchun vaqt topishi, har qanday vaziyatda suyanch bo‘la olishi bilan.

Otalarimizni eʼzozlaylik, tirikliklarida qadrlashga harakat qilaylik!

🔝 @foydali_moliya – obuna boʻling!
7👍3
🎯 Marketingdagi halol manipulyatsiyalar

Reklamada ko‘pincha xaridorning tanlovi va qaroriga ta’sir qiladigan uslublar qo‘llaniladi. Asosiy savol esa — buni qanday qilib halol, odob doirasida va mijoz foydasiga qilish mumkin?

🔹 Plasebo effekti
Ba’zida mahsulotning qiymati uning tarkibida emas, balki uni qanday qabul qilinayotganida bo‘ladi. Misol: qimmat ko‘rinadigan premium mineral suv oddiy suvdankam farqli bo‘lsa ham, ko‘proq sotiladi — sababi odamlar uni sifatliroq deb hisoblashadi.

🔹 Freyming — so‘zlar bilan o‘ynash
“Yog‘sizlantirilgan 90% yogurt” degan ta’rif “10% yog‘ bor” degan jumladan ko‘ra yoqimli eshitiladi. Mazmun bir xil bo‘lsa-da, taqdimot xaridorgir bo‘lishi mumkin.

🔹 Afsona yaratish
Apple nafaqat telefon, balki status, uslub va emotsiyalarni sotadi. Brend tarixi va uning ortidagi qadriyatlar ko‘plab xaridorlar uchun texnik xususiyatlardan ham muhimroq.

⚖️ Marketing etikasi — bu mahsulotni bo‘rttirmay, lekin eng yaxshi tomonlarini yoritib berish.
“Halol yolg‘on” — bu odamni aldash emas, balki mahsulotning kuchli jihatlarini samarali ko‘rsatish san’ati.

📌 Natijada mijoz mamnun, siz esa sodiq auditoriyaga ega bo‘lasiz.
🥰21
"Oson yo‘l hammani chorlashi mumkin, ammo yutuq — xavf-xatarni tanlagan, muammolarni hal qilgan va oldinga intilgan jasurlarga nasib etadi. Buyuklik qulaylikda emas, mas’uliyatda yotadi."

Elon Musk
5👍5🤝2
Ustoz Margulan Seisembai kanalidan olib tarjima qilindi.

Mandala. Lahzaning kamoloti.

Tibetda rohiblarning bir rituallari bor — Mandala. U har yili, Tibet taqvimidagi birinchi oy boshida, o‘tkaziladi.

Men uni birinchi bor YouTube’da ko‘rdim.

Bir nechta rohiblar sha’faron rangli liboslarda rangli qumdan yasalgan dumaloq naqsh atrofida o‘tirishardi.
Hech qanday ovoz yo‘q — faqat nafas olish va ritm, faqat ichki hozirlik.

Ular mandalani qo‘l bilan yasar edi — mana, 9 kun bo‘libdi — donadagi qum, millimetrma-millimetr.
Shoshmasdan. Xatolarsiz. Mutlaq diqqat bilan. Go‘yoki ular shu qum orqali o‘z ruhini yasar, o‘zlarini shu jarayonga singdirardi.

Mandala mukammal bo‘lib chiqdi.
Bu mislsiz chuqurlik va go‘zallikka ega bir asar edi! Men bundan chiroyliroq narsani ko‘rmagan edim.
Qo‘l bilan yaratilganiga ishonish qiyin edi.
Naqshlar, ranglar, timsollar…

Va keyin…

Keyin, men darhol anglay olmagan bir narsa yuz berdi.

Mandala tayyor bo‘lgach — men ko‘rgan eng go‘zal narsalardan biri — ular uni… yo‘q qilishdi.

Rohiblardan biri cho‘tka oldi — va markazini yengil, deyarli nozik bir harakat bilan o‘chirib yubordi.
Ranglar aralashdi. Naqshlar yo‘qoldi. Mukammallik bo‘lgan narsa — changga aylandi.
Ular bu chang qumni idishga yig‘ishdi, daryo bo‘yiga chiqishdi va uni suvga to‘kib yuborishdi.
Ko‘z yoshlarsiz. Afsuslarsiz. Izohsiz.

Men qarab turdim va tushunmadim. Ichimda hislar bo‘roni ko‘tarildi: g‘azabdan to umidsizlikkacha.
Ular nima qilishdi? Nega? Nima uchun???
Hech narsa qila olmaslik — bu holatga alohida achchiqlik bag‘ishlardi.

Asta-sekin, ichimda g‘alati bir tuyg‘u paydo bo‘la boshladi: xuddi men hayotning eng asosiy qonuniga guvoh bo‘lgandek.

Mandala — bu go‘zallik haqida emas. Bu egalik haqida emas.
Bu — yo‘l haqida. Hozirda yashash haqida. Bog‘lanishdan xalos bo‘lish haqida.

Sen yaratasan.
Sen yuragingni solasan.
Sen uni mukammallikka yetkazasanki…
So‘ng esa — ongli ravishda uni qo‘yib yuborasan.

Va mana shu qo‘yib yuborishda — butun donishmandlik bor.
Yopishib olmaslik. Mahkam ushlamaslik. Oxiridan qo‘rqmaslik.
Chunki — oxir ham go‘zallik shaklidir.
Va erkinlikning ham.

Shundan beri men o‘sha mandalani tez-tez eslayman.
Naqsh sifatida emas, balki — holat sifatida.

Qachonki sen biror narsani chin dildan, mukammal qilib bajarsang — bu qancha davom etishi endi ahamiyatli emas.
Muhimi — sen undan keyin kimga aylangansan.
@startaper_notes

https://t.me/MargulanSeissembai
3
Matn oldingi postda
2
To’g’ri amalga oshirilgan jarayon har doim to’g’ri natijaga olib boradi.

Yapon Kaizen falsafasi.

@startaper_notes
🔥31👍1
👨‍🎓Aytgancha, bir yangilik aytaymi? Man magistraturaga (MBA — Master of Business Administration) o’qishga kirdim😊🥰😎🙈

@startaper_notes
🔥22👍43
Sizda ham har ko’rganda ko’z yoshingizni tiyib tura olmaydigan filmlaringiz bormi? Menda 2ta yoki ko’pi bilan 3ta bo’lsa kerak.

Bugun yana bitta shunaqasini ko’rdim — bu “Список Шиндлера” 😭

P.S. Lekin bu filmni nima haqida ekanini ChatGPT dan ko’rib xulosa chiqarib qoymang. Ko’rmasangiz tushunmaysiz.
🔥5👍2
Mijoz bosh qahramon sifatida

Har bir inson o'z ahamiyatini his qilishni yaxshi ko'radi - bu tabiatan bizga xosdir. Bu, ayniqsa, biznesda keskin: mijozga qanchalik ko'p e'tibor qaratilsa, ularning sodiqligi shunchalik yuqori bo'ladi.

Ular uchun nafaqat sotuvchi, balki ittifoqchi bo'ling. Tinglang, tafsilotlarni eslang, ularning ehtiyojlarini haqiqatan ham hisobga oladigan echimlarni taklif qiling. Ularning fikri muhimligini, ular ko'pchilikdan biri emas, balki siz kim uchun ishlayotganingizni ko'rsating.

Bunday pozitsiya oddiy xaridorni oddiy mijozga, keyin esa faol tavsiyachiga aylantiradi.

G'amxo'rlik, hurmat va samimiy qiziqish oddiy, ammo kuchli vositadir. Inson o'zini nafaqat xaridor, balki kattaroq narsaning bir qismi sifatida his qiladigan muhit yarating. Brend shunday quriladi, odamlar unga qaytadi

@startaper_notes
🔥51👍1
Inson – har qanday biznesning eng katta harakatlantiruvchi kuchi

🤝 Eng zo‘r biznes modeli ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, agar uni hayotga tatbiq etadigan odamlar bo‘lmasa. Bu – pedal aylantirilmaydigan velosipedga o‘xshaydi: hatto eng qimmat velosiped ham harakatlanmaydi, agar unga kuch berilmasa. Xodimlarni tanlash – har qanday rahbarning eng muhim vazifalaridan biri.

👍 Bu jarayonni HR-mutaxassisga topshirish eng yaxshi yechim, ammo bu ham yetarli emas. Odamlar bilan ishlashning asosiy tamoyillarini rahbarning o‘zi tushunishi kerak. Ustozlarim xodimlarni 4 yosh toifasiga bo‘lib, har bir guruhga xos bo‘lgan motivatsiya asosida jamoani shakllantirishadi.

🤘 Yoshlar (16–25 yosh)
Ular uchun asosiy qadriyatlar – ta’lim, rivojlanish va yangi tajriba orttirish. Bunday yoshlarga rahbar o‘qituvchi va ustoz bo‘lishi kerak, hatto ular rahbaridan o‘zib ketsa ham. Bu – tizimni harakatga keltiradigan boshlang‘ich kuch.

💪 Tajribali yoshlar (25–35 yosh)
Bu davrda insonlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini maksimal darajada daromadga aylantirishga intilishadi. Ambitsiyali maqsadlar va yuqori bonuslar ularni rag‘batlantiradi. Raqobat va adrenalindan zavqlanish – bu yoshdagilar uchun asosiy harakatlantiruvchi kuch. Rahbar bu yerda ilhomlantiruvchi hamkor, hatto biroz provokator bo‘lishi kerak.

🤓 Pishiq yosh (35–45 yosh)
Ular o‘z tajribasini boshqalar bilan ulashishga ehtiyoj sezishadi. Agar siz ichki tizimda bilim almashish muhitini yaratsangiz, bu guruhdan maksimal samarani olasiz. Ularga eshitish, tahlil qilish va boshqalarga o‘rgatish uchun imkoniyat bering.

😎 Keksaroq yosh (45 yoshdan yuqori)
Bu guruhni ilhomlantiruvchi asosiy omil – jamoaning bir qismi bo‘lish hissi. Ular o‘zlarini tirik va rivojlanayotgan tizimga aloqador his qilganda, faolroq harakat qilishadi. Garchi ular an’anaviy fikrlovchilarga o‘xshasa-da, o‘zini jamoaga tegishli his qilish – ularni harakatlantiradi. Bu guruh jamoada muvozanat va uyg‘unlikni ta’minlaydi.

Albatta, har bir insonning motivatsiyasi individual. Ammo bu tizim – yoshga qarab umumiy yo‘nalishni aniqlashda tezkor va samarali vosita bo‘la oladi.

Nima bo‘lishidan qat’i nazar — sarmoya, jarayonlar yoki model — hammasining markazida inson turadi.

@startaper_notes
👍41
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Insight:

Zo’r CEOning eng muhim fazilatlaridan biri resurs nol bo’lganda ham kompaniyani o’stirishda davom etish.
👍12🔥732
Forwarded from Foydali Moliya
Keksa donishmand bergan saboq

Olisda bir keksa donishmand yashar ekan. Yoshlar uning uyiga hayot haqidagi eng muhim narsalarni o'rganish uchun kelishdi. Hamma yig'ilganda keksa donishmand yoshlarga savol berdi:

- Uchta qurbaqa yog'och ustida o'tirgan edi. Ulardan biri suvga sakrashga qaror qildi. Yog'och ustida nechta qurbaqa qoldi?

"Ikkita" deb javob qildi yoshlar birvarakayiga. Faqat bittasi bu savolga "uchta" deb javob berdi.

- Albatta, uchta, - jilmayib qo'ydi donishmand. - Chunki qurbaqa shunchaki sakrashga qaror qildi, lekin buning uchun hech nima qilmadi. Hech qachon harakatni qaror qabul qilish bilan aralashtirmang!

Ba'zida siz maqsadingiz tomon yurayotgandek ko'rinasiz, aslida siz hali ham yog'ochda o'tirgan bo'lasiz!

🔝 @foydali_moliya – obuna boʻling!
👍53🔥31😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak shu yerda.

Texasda birinchi Tesla Model Y avtomobili yangi egasining uyiga haydovchisiz o’zi yurib bordi.

Endi Amerikada Tesla buyurtma qilsangiz uyingizga o’zi yurib keladi va siz undan foydalanishni boshlaysiz.

Mana sizga “Teknalojia”!

@startaper_notes
🔥10👏5