Startaper kundaligi | MyTeacher
237 subscribers
128 photos
83 videos
32 links
Startaper - har kunini umrining birinchi kuni deb hisoblaydi!

Shaxsiy fikrlarim, kechinmalarim hamda rejalarimni shu kanalda ulashib boraman.
- Sardor Xudoyberdiyev www.myteacher.uz loyihasi ham-asoschisi.
Download Telegram
Фарзанд тарбияси билан ота-она (оилада) шуғулланади.

Таълим билан давлат ёки бошқалар шуғулланиши мумкин.

Фаросат — бу таълим ва тарбия қўшилганда ҳосил бўлади.

Ҳозирда эса аксар ёшлар ва катталарда тарбия ва фаросат етишмаяпти.

Балки у энг қиммат ресурсга айланиб қолди.
🔥6👍1
Tong ham tunning eng qorong’u paytidan keyin birdan otadi...

InshaAlloh, tong yaqin…
😇
🔥124
Siz uchun maxsus dars — jonli efirda!🥳

✍️Writing’da Task 2 ni chuqurroq o‘rganmoqchimisiz?

🔈MISS ZUKHRA bilan jonli efir — ertaga soat 20:00 da!
Bu oddiy efir emas — bu aynan siz duch kelayotgan Writing muammolariga YECHIM!😉

Siz uchun, siz so‘raganingiz uchun, sizga kerak bo‘lgani uchun!

Savolingizni tayyorlab turing — bevosita efirda MISS Zukhra javob beradi!

🔈Jonli efir instagram sahifamizda bo’lib o’tadi!

📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥52
“Odamlardan nima xohlaysizlar deb so‘rasam, ular menga ‘tezroq ot’ deyishgan bo‘lardi” — Henri Ford.

Chunki ular mashina degan narsani hali tasavvur ham qila olishmasdi. Ular aslida tezroq harakatlanishni xohlashardi, lekin eski doiradan chiqolmasdi.

Biznesmen sifatida sening vazifang – odamlar nimani so‘rayotgani emas, aslida nimaga muhtojligini tushunish.
• Bozor “arzonroq kurs” deydi – balki unga sifatli natija kerakdir?
• Mijoz “darslar zo‘r bo‘lsin” deydi – balki unga ishonch, motivatsiya, yo‘l ko‘rsatuvchi mentor kerakdir?

Stiv Jobs ham shunga o‘xshash gap aytgan:
“Foydalanuvchilardan so‘ramaymiz. Biz nima kerakligini o‘zimiz bilamiz.”
Zero, ular ko‘rmagan narsani so‘rolmaydi.

Shuning uchun, aziz startaper do‘stim:
bozorni tingla, ammo haddan ortiq ergashma.
Yaxshi biznes – bu so‘rovlar ortida yashirin turgan muammoni yechib bera olishdir.

@startaper_notes
🔥9👍2
Rivojlanishdan to’xtamaymiz💪😊.

@startaper_notes
😎6
Forwarded from Sardor | MyTeacher
🔥1563👍2🏆2🥰1
🎯 To‘siqlarni yengish va o‘z-o‘zini boshqarish

🎢 Maqsadlarga erishish yo‘lida to‘siqlar — bu tabiiy holat. Ularni yengib o‘tish qobiliyati esa shaxsiy rivojlanishning muhim jihati hisoblanadi.

💪 Eng samarali yo‘llardan biri — o‘z-o‘zini boshqarish (samodistsiplina) ni rivojlantirishdir. Bu bizga qiyin paytlarda ham diqqatni jamlab, motivatsiyani yo‘qotmaslikda yordam beradi.

📆 O‘z-o‘zini boshqarish muntazam mashq orqali shakllanadi. Oddiy, lekin barqaror odatlar va kunlik rejalar bunga asos bo‘la oladi.

Muvaffaqiyatsizliklar — bu mag‘lubiyat emas. Ular orqali o‘rganish, saboq chiqarish va qayta harakat qilish imkonini olamiz.

🌱 Har bir to‘siqqa o‘sish va rivojlanish imkoniyati sifatida qarash kerak. Sabablarga tahlil bilan yondashish va yangi echimlarni izlash — bu sizni kelajakdagi sinovlarga yanada tayyor qiladi.

@startaper_notes
👏21
🛡 Tank bosdi. Tesla qulamadi.

Yaqinda Britaniyada bo‘lgan voqea meni juda qiziqtirdi. 98 yoshli urush faxriysi o‘z noroziligini bildirish uchun *Tesla Model 3* ustidan Sherman tanki bilan bosib o‘tdi.

Natija nima bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
Avtomobilning usti ezildi, lekin pastki qismi, batareyasi, dvigateli, hatto eshiklari ham butun qoldi.

🎯 Buni “Tesla mustahkam” deb reklama qilmoqchi emasman. Lekin bu holat menga bitta kuchli xulosani eslatdi:

> Agar sizning asosingiz mustahkam bo‘lsa – bosim bo‘lishi mumkin, lekin siz qulamaysiz.

Hayotda ham xuddi shunday:
📉 Biznesingiz ustidan tankdek og‘ir muammolar o‘tib ketishi mumkin
💸 Pul yo‘qoladi, mijozlar ketadi, jamoa charchaydi
🧠 Ammo agar niyatingiz, qadriyatlaringiz va printsiplaringiz mustahkam bo‘lsa — siz oldinga yurishda davom etasiz.

🚀 Tesla qimmat texnologiya emas, balki kuchli poydevorning namunasi.

💬 Sizning poydevoringiz nima? Sizni muammolarga qaramay oldinga yurishga undaydigan asos nima?

https://www.youtube.com/watch?v=lw4ZjhOukwU
🔥8
Bugun Toni Sheyning “Baxt yetkazish” audio kitobini tugatayotib, shunday bir gapni eshitdim:

“Maqsading bilan yursang, taqdiring bilan to‘qnashasan.”

Bu ibora yuragimni larzaga soldi.

Ko‘p yillardan beri bizga taqdirni kutish o‘rgatilgan. Go‘yoki u kelib o‘zi eshikni taqillatadi. Lekin asl haqiqat boshqacha: taqdirimiz bizni yo‘lda kutyapti — aynan o‘zimiz tanlagan yo‘lda, maqsadimizga yetish uchun qilgan harakatlarimiz orasida.

Bu gap menga yana bir bor shuni anglatdi:
Taqdir bu – har kuni intizom bilan bajarilgan mayda vazifalarning, qilgan tanlovlaring va chidab yurgan sinovlaring yig‘indisi.

Maqsadsiz harakat – shamolsiz qayiq.
Ammo maqsadli harakat – to‘g‘ri taqdirga yetaklaydigan kemadir.

Bugun yana bir bor o‘zimga savol berdim:
Maqsadim sari yuryapmanmi? Yoki vaqtni o‘tkazyapmanmi?

Siz-chi?

@startaper_notes
🔥8👍1
Til o‘rganish – bu uy qurishdek jarayon.

Har bir so‘z – bu g‘isht. Qanchalik ko‘p so‘z bilsak, tilimiz devorlari shunchalik mustahkam bo‘ladi.
Grammatika – bu sement. Aynan u so‘zlarni birlashtirib, mustahkam tuzilmani yaratadi.
Ammo mustahkamlikning o‘zi yetarli emas. Har bir uy chiroyli bo‘lishi kerak.
Til esa o‘z chiroyini Reading, Writing, Listening orqali topadi.
Shunday qilib, har bir o‘quvchi o‘zining go‘zal va kuchli til saroyini qurishi mumkin.

@startaper_notes
73🔥2👍1
Ustozim bo’ladilar👆
Man uchun butun kar’eram, shuncha muvaffaqiyatim, million dollarlik natijalarim hammasi — nol, shaxsan man uchun bir tiyin.
Manashu narsalarga erishganimdan ota-onamning faxrlanishlari — manashu man uchun hamma narsa.

Laziz Adhamov…


… va man🥹

@startaper_notes
11💯53👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarbek o’g’lim bilan dam olish kunida ijod qilyapmiz.

Aytgancha o’g’limni o’zini shaxsiy kanali ham bor agar qiziqsangiz😅
https://t.me/samarstream
❤‍🔥10👍62🔥1
“Qattiq mehnat, ishtiyoq va sabr hayotingizni butunlay o‘zgartirishi mumkin.” – Jeyms Dayson

Jeyms Dayson — “Dyson” kompaniyasi asoschisi. U o‘zining mashhur changyutkichini ixtiro qilish yo‘lida 15 yil davomida 5126 marotaba muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu yo‘lda u barcha jamg‘armasini sarfladi.

Lekin 5127-chi prototip ishladi. Bugun esa millionlab odamlar aynan Dyson brendidagi changyutkichlardan foydalanmoqda.

Hozirda Jeyms 72 yoshda, ammo u haligacha faol ishlaydi, yangi texnologik yechimlar ustida izlanishda davom etmoqda.

Kompaniyada 3500 dan ortiq muhandislar ishlaydi, ularning o‘rtacha yoshi 26-30 yosh. Bu tasodif emas. Dyson kompaniyasida tajribadan ko‘ra yangilikka qiziqish va tajriba qilishga muhabbat qadrlanadi.

@startaper_notes

“Твой ментор” kanalidan olindi*
👍103🔥3
Forwarded from Foydali Moliya
🔥 Fan olimpiadasida gʻolib boʻlgan yoshlar 1 milliard soʻmgacha pul bilan mukofotlanadi

📃 Prezident farmoni bilan nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshirildi.

Masalan, nufuzli xalqaro olimpiada g‘olibi 937,5 mln so‘m (72,6 ming dollar) mukofot puliga ega bo‘ladi.

❗️O‘zbekistonda yoshlar endi ham o‘qishlari kerak! Bir marta nufuzli xalqaro olimpiada gʻolibi bo‘lsa, oilasining hayoti tubdan o‘zgarib ketadi.

♻️ BU XABARNI BARCHA OTA-ONALARGA, GURUHLARGA VA YOSHLARGA YUBORIB QO‘YING!

🔝 @foydali_moliya
🔥4👏31👍1