Startaper kundaligi | MyTeacher
237 subscribers
128 photos
83 videos
32 links
Startaper - har kunini umrining birinchi kuni deb hisoblaydi!

Shaxsiy fikrlarim, kechinmalarim hamda rejalarimni shu kanalda ulashib boraman.
- Sardor Xudoyberdiyev www.myteacher.uz loyihasi ham-asoschisi.
Download Telegram
Forwarded from Foydali Moliya
💸 Daromad haqida gap ketganda…

Kam topadiganlar ko‘pincha aytishga uyaladi.

Ko‘p topadiganlar esa aytishga hijolat bo‘ladi.

Daromadini bemalol aytadiganlar esa – odatda o‘rtacha topadiganlar bo‘ladi.

Nega unday deysizmi? Sababi oddiy:

Kam topayotgan odam daromadini aytib, boshqalar oldida past nazar bilan koʻrinishni xushlamaydi. Ko‘p topayotgan esa ortiqcha e’tiborni istamaydi – ko‘zi tegadimi, soliqdan chaqirishadimi, degan xavotiri bor.

O‘rtachalar esa, o‘z darajasidan na uyaladi, na qo‘rqadi. Shuning uchun bemalol gapiraveradi.

Siz qaysi toifadasiz?

🔝 @foydali_moliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54💯3
TO‘PLANISH EFFEKTI: KATTA O‘ZGARISHLAR KICHIK QADAMLARDAN BOSHLANADI

Hayotda katta natijalar ko‘pincha asta-sekinlik bilan keladi. Bugun qilgan kichik harakatingiz, bugun yig‘gan ozgina pulingiz, bugun o‘rgangan bitta bilimingiz – bularning bari vaqt o‘tishi bilan jamlanib, kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bunga to‘planish effekti (накопительный эффект) deyiladi.

Bu effekt hayotning barcha jabhalarida ishlaydi:
Bilimda: Har kuni bir sahifa kitob o‘qisangiz – bir yilda 365 sahifa bo‘ladi.
Sog‘likda: Har kuni 10 daqiqa jismoniy mashq qilsangiz – bir yilda sog‘lom tana quriladi.
Moliyada: Har kuni 10.000 so‘m yig‘ilsa – bir yilda 3.650.000 so‘m bo‘ladi.

Boylik birdan kelmaydi. Erkinlik birdan kelmaydi. O‘zgarish ham birdan bo‘lmaydi. Ular jamg‘ariladi. Va to‘planadi.

Xalqimiz bejiz aytmagan:
«Tomchi tomib ko‘l bo‘lar.»
«Ko‘p yig‘gan emas, doim yig‘gan boy bo‘ladi.»
«Yig‘magan – yiqilar.»
«Tog‘ ham toshdan bo‘ladi.»

Shuning uchun:
• Bugun harakatni boshlang.
• Har kuni oz bo‘lsa-da, intiling.
• Har safar pul tushganda – oz bo‘lsa ham jamg‘aring.
• Harakatlaringizni vaqtga qo‘yib bering – to‘planish effekti o‘z ishini qiladi.

Esda tuting: izchil odat kuchlidir. Katta o‘zgarishlar kichik va sodiq qadamlardan boshlanadi.

@startaper_notes
👍3🥰2
Фарзанд тарбияси билан ота-она (оилада) шуғулланади.

Таълим билан давлат ёки бошқалар шуғулланиши мумкин.

Фаросат — бу таълим ва тарбия қўшилганда ҳосил бўлади.

Ҳозирда эса аксар ёшлар ва катталарда тарбия ва фаросат етишмаяпти.

Балки у энг қиммат ресурсга айланиб қолди.
🔥6👍1
Tong ham tunning eng qorong’u paytidan keyin birdan otadi...

InshaAlloh, tong yaqin…
😇
🔥124
Siz uchun maxsus dars — jonli efirda!🥳

✍️Writing’da Task 2 ni chuqurroq o‘rganmoqchimisiz?

🔈MISS ZUKHRA bilan jonli efir — ertaga soat 20:00 da!
Bu oddiy efir emas — bu aynan siz duch kelayotgan Writing muammolariga YECHIM!😉

Siz uchun, siz so‘raganingiz uchun, sizga kerak bo‘lgani uchun!

Savolingizni tayyorlab turing — bevosita efirda MISS Zukhra javob beradi!

🔈Jonli efir instagram sahifamizda bo’lib o’tadi!

📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥52
“Odamlardan nima xohlaysizlar deb so‘rasam, ular menga ‘tezroq ot’ deyishgan bo‘lardi” — Henri Ford.

Chunki ular mashina degan narsani hali tasavvur ham qila olishmasdi. Ular aslida tezroq harakatlanishni xohlashardi, lekin eski doiradan chiqolmasdi.

Biznesmen sifatida sening vazifang – odamlar nimani so‘rayotgani emas, aslida nimaga muhtojligini tushunish.
• Bozor “arzonroq kurs” deydi – balki unga sifatli natija kerakdir?
• Mijoz “darslar zo‘r bo‘lsin” deydi – balki unga ishonch, motivatsiya, yo‘l ko‘rsatuvchi mentor kerakdir?

Stiv Jobs ham shunga o‘xshash gap aytgan:
“Foydalanuvchilardan so‘ramaymiz. Biz nima kerakligini o‘zimiz bilamiz.”
Zero, ular ko‘rmagan narsani so‘rolmaydi.

Shuning uchun, aziz startaper do‘stim:
bozorni tingla, ammo haddan ortiq ergashma.
Yaxshi biznes – bu so‘rovlar ortida yashirin turgan muammoni yechib bera olishdir.

@startaper_notes
🔥9👍2
Rivojlanishdan to’xtamaymiz💪😊.

@startaper_notes
😎6
Forwarded from Sardor | MyTeacher
🔥1563👍2🏆2🥰1
🎯 To‘siqlarni yengish va o‘z-o‘zini boshqarish

🎢 Maqsadlarga erishish yo‘lida to‘siqlar — bu tabiiy holat. Ularni yengib o‘tish qobiliyati esa shaxsiy rivojlanishning muhim jihati hisoblanadi.

💪 Eng samarali yo‘llardan biri — o‘z-o‘zini boshqarish (samodistsiplina) ni rivojlantirishdir. Bu bizga qiyin paytlarda ham diqqatni jamlab, motivatsiyani yo‘qotmaslikda yordam beradi.

📆 O‘z-o‘zini boshqarish muntazam mashq orqali shakllanadi. Oddiy, lekin barqaror odatlar va kunlik rejalar bunga asos bo‘la oladi.

Muvaffaqiyatsizliklar — bu mag‘lubiyat emas. Ular orqali o‘rganish, saboq chiqarish va qayta harakat qilish imkonini olamiz.

🌱 Har bir to‘siqqa o‘sish va rivojlanish imkoniyati sifatida qarash kerak. Sabablarga tahlil bilan yondashish va yangi echimlarni izlash — bu sizni kelajakdagi sinovlarga yanada tayyor qiladi.

@startaper_notes
👏21
🛡 Tank bosdi. Tesla qulamadi.

Yaqinda Britaniyada bo‘lgan voqea meni juda qiziqtirdi. 98 yoshli urush faxriysi o‘z noroziligini bildirish uchun *Tesla Model 3* ustidan Sherman tanki bilan bosib o‘tdi.

Natija nima bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
Avtomobilning usti ezildi, lekin pastki qismi, batareyasi, dvigateli, hatto eshiklari ham butun qoldi.

🎯 Buni “Tesla mustahkam” deb reklama qilmoqchi emasman. Lekin bu holat menga bitta kuchli xulosani eslatdi:

> Agar sizning asosingiz mustahkam bo‘lsa – bosim bo‘lishi mumkin, lekin siz qulamaysiz.

Hayotda ham xuddi shunday:
📉 Biznesingiz ustidan tankdek og‘ir muammolar o‘tib ketishi mumkin
💸 Pul yo‘qoladi, mijozlar ketadi, jamoa charchaydi
🧠 Ammo agar niyatingiz, qadriyatlaringiz va printsiplaringiz mustahkam bo‘lsa — siz oldinga yurishda davom etasiz.

🚀 Tesla qimmat texnologiya emas, balki kuchli poydevorning namunasi.

💬 Sizning poydevoringiz nima? Sizni muammolarga qaramay oldinga yurishga undaydigan asos nima?

https://www.youtube.com/watch?v=lw4ZjhOukwU
🔥8
Bugun Toni Sheyning “Baxt yetkazish” audio kitobini tugatayotib, shunday bir gapni eshitdim:

“Maqsading bilan yursang, taqdiring bilan to‘qnashasan.”

Bu ibora yuragimni larzaga soldi.

Ko‘p yillardan beri bizga taqdirni kutish o‘rgatilgan. Go‘yoki u kelib o‘zi eshikni taqillatadi. Lekin asl haqiqat boshqacha: taqdirimiz bizni yo‘lda kutyapti — aynan o‘zimiz tanlagan yo‘lda, maqsadimizga yetish uchun qilgan harakatlarimiz orasida.

Bu gap menga yana bir bor shuni anglatdi:
Taqdir bu – har kuni intizom bilan bajarilgan mayda vazifalarning, qilgan tanlovlaring va chidab yurgan sinovlaring yig‘indisi.

Maqsadsiz harakat – shamolsiz qayiq.
Ammo maqsadli harakat – to‘g‘ri taqdirga yetaklaydigan kemadir.

Bugun yana bir bor o‘zimga savol berdim:
Maqsadim sari yuryapmanmi? Yoki vaqtni o‘tkazyapmanmi?

Siz-chi?

@startaper_notes
🔥8👍1
Til o‘rganish – bu uy qurishdek jarayon.

Har bir so‘z – bu g‘isht. Qanchalik ko‘p so‘z bilsak, tilimiz devorlari shunchalik mustahkam bo‘ladi.
Grammatika – bu sement. Aynan u so‘zlarni birlashtirib, mustahkam tuzilmani yaratadi.
Ammo mustahkamlikning o‘zi yetarli emas. Har bir uy chiroyli bo‘lishi kerak.
Til esa o‘z chiroyini Reading, Writing, Listening orqali topadi.
Shunday qilib, har bir o‘quvchi o‘zining go‘zal va kuchli til saroyini qurishi mumkin.

@startaper_notes
73🔥2👍1
Ustozim bo’ladilar👆
Man uchun butun kar’eram, shuncha muvaffaqiyatim, million dollarlik natijalarim hammasi — nol, shaxsan man uchun bir tiyin.
Manashu narsalarga erishganimdan ota-onamning faxrlanishlari — manashu man uchun hamma narsa.

Laziz Adhamov…


… va man🥹

@startaper_notes
11💯53👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarbek o’g’lim bilan dam olish kunida ijod qilyapmiz.

Aytgancha o’g’limni o’zini shaxsiy kanali ham bor agar qiziqsangiz😅
https://t.me/samarstream
❤‍🔥10👍62🔥1