Startaper kundaligi | MyTeacher
237 subscribers
128 photos
83 videos
32 links
Startaper - har kunini umrining birinchi kuni deb hisoblaydi!

Shaxsiy fikrlarim, kechinmalarim hamda rejalarimni shu kanalda ulashib boraman.
- Sardor Xudoyberdiyev www.myteacher.uz loyihasi ham-asoschisi.
Download Telegram
Hayotingizni yengillashtiradigan 7 ta maslahat

1. “Yozing, yozing va yana yozing” — miya yengillikni yaxshi ko‘radi.
Eslab qolishning eng samarali usuli bu — yozish. Rejalaringizni, muhim fikrlaringizni va hatto xayollaringizni daftar, Google Keep yoki Notion’da saqlab boring.
2. “2 daqiqa qoidasi” — ishni cho‘zmasdan boshlang.
Agar biror ishni 2 daqiqada bajarish mumkin bo‘lsa, uni hozir bajaring. Bu oddiy odat, lekin kun davomida o‘nlab ishlarni yig‘ilib qolishidan asraydi.
3. “Bir kunda 3 ta muhim narsa” — 100 ta ish emas, 3 ta muhim ish.
Har kuni faqat eng muhim 3 ta vazifaga e’tibor qarating. Qolgani muhim emas degani emas, lekin asosiysi — bu 3 ta narsa sizni hayotingizda oldinga siljitadi.
4. “Digital detox” — bildirishnomalar sizning xo‘jayiningiz emas.
Ijtimoiy tarmoqlar, chatlar, bildirishnomalar sizni eng yaxshi lahzalaringizdan ayiradi. Kun davomida kamida 1–2 soatni telefonsiz o’tkazing.
5. “O‘zingizni mukofotlang” — har kichik yutuq e’tiborga loyiq.
Biror ishni bajardingmi? O‘zingizga kofe, sayr yoki sevimli kitob uchun vaqt ajrating. Miya bu orqali mehnatning ma’nosini tushunadi.
6. “Hayotingizda bo‘sh joy qoldir” — har soatni band qilish shart emas.
Har kuni 30 daqiqa faqat o‘zing uchun bo‘lsin. Fikrlash, yozish, yurish, jimlikda o‘tirish. Bu vaqt sizni yangilaydi.
7. “Doimiylik — g‘alabaning kaliti”
Yaxshi odatlar, kuchli intizom bir kunda paydo bo‘lmaydi. Ammo har kuni bir qadam tashlasangiz, bir yil ichida butun hayotingiz o‘zgaradi.



Hayotdan rozi bo‘lib yashash — bu tasodif emas, bu ongli tanlov.
O‘z ustingizda ishlash — bu sizga hech kim bermaydigan sovg‘ani o‘zingizga berish demakdir.

Agar foydali bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan bo‘lishishni unutmang!



Yana qanday mavzularni yoritishni xohlaysiz? Izoarda savol qoldiring.

@startaper_notes
5🔥3👍2
Hayotda ikki og’riq bor:
1. Maqsadga erishish uchun qiynalib, chiranib, tinmay harakatlanib sabr qilib kutish og’rig’i.

2. Shu narsalarni qilmaganing va erishmaganing uchun bir umr qashshoq va qoloq bo’lib, qiynalib yashash og’rig’i.
🔥15👍2👏2
Forwarded from Allaev Uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Doim biznes haqida oʻylab yuradigan tadbirkor😁!


#hazil #biznes
@allaevuzb
🤣3😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥8
Forwarded from Foydali Moliya
💸 Daromad haqida gap ketganda…

Kam topadiganlar ko‘pincha aytishga uyaladi.

Ko‘p topadiganlar esa aytishga hijolat bo‘ladi.

Daromadini bemalol aytadiganlar esa – odatda o‘rtacha topadiganlar bo‘ladi.

Nega unday deysizmi? Sababi oddiy:

Kam topayotgan odam daromadini aytib, boshqalar oldida past nazar bilan koʻrinishni xushlamaydi. Ko‘p topayotgan esa ortiqcha e’tiborni istamaydi – ko‘zi tegadimi, soliqdan chaqirishadimi, degan xavotiri bor.

O‘rtachalar esa, o‘z darajasidan na uyaladi, na qo‘rqadi. Shuning uchun bemalol gapiraveradi.

Siz qaysi toifadasiz?

🔝 @foydali_moliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54💯3
TO‘PLANISH EFFEKTI: KATTA O‘ZGARISHLAR KICHIK QADAMLARDAN BOSHLANADI

Hayotda katta natijalar ko‘pincha asta-sekinlik bilan keladi. Bugun qilgan kichik harakatingiz, bugun yig‘gan ozgina pulingiz, bugun o‘rgangan bitta bilimingiz – bularning bari vaqt o‘tishi bilan jamlanib, kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bunga to‘planish effekti (накопительный эффект) deyiladi.

Bu effekt hayotning barcha jabhalarida ishlaydi:
Bilimda: Har kuni bir sahifa kitob o‘qisangiz – bir yilda 365 sahifa bo‘ladi.
Sog‘likda: Har kuni 10 daqiqa jismoniy mashq qilsangiz – bir yilda sog‘lom tana quriladi.
Moliyada: Har kuni 10.000 so‘m yig‘ilsa – bir yilda 3.650.000 so‘m bo‘ladi.

Boylik birdan kelmaydi. Erkinlik birdan kelmaydi. O‘zgarish ham birdan bo‘lmaydi. Ular jamg‘ariladi. Va to‘planadi.

Xalqimiz bejiz aytmagan:
«Tomchi tomib ko‘l bo‘lar.»
«Ko‘p yig‘gan emas, doim yig‘gan boy bo‘ladi.»
«Yig‘magan – yiqilar.»
«Tog‘ ham toshdan bo‘ladi.»

Shuning uchun:
• Bugun harakatni boshlang.
• Har kuni oz bo‘lsa-da, intiling.
• Har safar pul tushganda – oz bo‘lsa ham jamg‘aring.
• Harakatlaringizni vaqtga qo‘yib bering – to‘planish effekti o‘z ishini qiladi.

Esda tuting: izchil odat kuchlidir. Katta o‘zgarishlar kichik va sodiq qadamlardan boshlanadi.

@startaper_notes
👍3🥰2
Фарзанд тарбияси билан ота-она (оилада) шуғулланади.

Таълим билан давлат ёки бошқалар шуғулланиши мумкин.

Фаросат — бу таълим ва тарбия қўшилганда ҳосил бўлади.

Ҳозирда эса аксар ёшлар ва катталарда тарбия ва фаросат етишмаяпти.

Балки у энг қиммат ресурсга айланиб қолди.
🔥6👍1
Tong ham tunning eng qorong’u paytidan keyin birdan otadi...

InshaAlloh, tong yaqin…
😇
🔥124
Siz uchun maxsus dars — jonli efirda!🥳

✍️Writing’da Task 2 ni chuqurroq o‘rganmoqchimisiz?

🔈MISS ZUKHRA bilan jonli efir — ertaga soat 20:00 da!
Bu oddiy efir emas — bu aynan siz duch kelayotgan Writing muammolariga YECHIM!😉

Siz uchun, siz so‘raganingiz uchun, sizga kerak bo‘lgani uchun!

Savolingizni tayyorlab turing — bevosita efirda MISS Zukhra javob beradi!

🔈Jonli efir instagram sahifamizda bo’lib o’tadi!

📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥52
“Odamlardan nima xohlaysizlar deb so‘rasam, ular menga ‘tezroq ot’ deyishgan bo‘lardi” — Henri Ford.

Chunki ular mashina degan narsani hali tasavvur ham qila olishmasdi. Ular aslida tezroq harakatlanishni xohlashardi, lekin eski doiradan chiqolmasdi.

Biznesmen sifatida sening vazifang – odamlar nimani so‘rayotgani emas, aslida nimaga muhtojligini tushunish.
• Bozor “arzonroq kurs” deydi – balki unga sifatli natija kerakdir?
• Mijoz “darslar zo‘r bo‘lsin” deydi – balki unga ishonch, motivatsiya, yo‘l ko‘rsatuvchi mentor kerakdir?

Stiv Jobs ham shunga o‘xshash gap aytgan:
“Foydalanuvchilardan so‘ramaymiz. Biz nima kerakligini o‘zimiz bilamiz.”
Zero, ular ko‘rmagan narsani so‘rolmaydi.

Shuning uchun, aziz startaper do‘stim:
bozorni tingla, ammo haddan ortiq ergashma.
Yaxshi biznes – bu so‘rovlar ortida yashirin turgan muammoni yechib bera olishdir.

@startaper_notes
🔥9👍2
Rivojlanishdan to’xtamaymiz💪😊.

@startaper_notes
😎6
Forwarded from Sardor | MyTeacher
🔥1563👍2🏆2🥰1
🎯 To‘siqlarni yengish va o‘z-o‘zini boshqarish

🎢 Maqsadlarga erishish yo‘lida to‘siqlar — bu tabiiy holat. Ularni yengib o‘tish qobiliyati esa shaxsiy rivojlanishning muhim jihati hisoblanadi.

💪 Eng samarali yo‘llardan biri — o‘z-o‘zini boshqarish (samodistsiplina) ni rivojlantirishdir. Bu bizga qiyin paytlarda ham diqqatni jamlab, motivatsiyani yo‘qotmaslikda yordam beradi.

📆 O‘z-o‘zini boshqarish muntazam mashq orqali shakllanadi. Oddiy, lekin barqaror odatlar va kunlik rejalar bunga asos bo‘la oladi.

Muvaffaqiyatsizliklar — bu mag‘lubiyat emas. Ular orqali o‘rganish, saboq chiqarish va qayta harakat qilish imkonini olamiz.

🌱 Har bir to‘siqqa o‘sish va rivojlanish imkoniyati sifatida qarash kerak. Sabablarga tahlil bilan yondashish va yangi echimlarni izlash — bu sizni kelajakdagi sinovlarga yanada tayyor qiladi.

@startaper_notes
👏21
🛡 Tank bosdi. Tesla qulamadi.

Yaqinda Britaniyada bo‘lgan voqea meni juda qiziqtirdi. 98 yoshli urush faxriysi o‘z noroziligini bildirish uchun *Tesla Model 3* ustidan Sherman tanki bilan bosib o‘tdi.

Natija nima bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
Avtomobilning usti ezildi, lekin pastki qismi, batareyasi, dvigateli, hatto eshiklari ham butun qoldi.

🎯 Buni “Tesla mustahkam” deb reklama qilmoqchi emasman. Lekin bu holat menga bitta kuchli xulosani eslatdi:

> Agar sizning asosingiz mustahkam bo‘lsa – bosim bo‘lishi mumkin, lekin siz qulamaysiz.

Hayotda ham xuddi shunday:
📉 Biznesingiz ustidan tankdek og‘ir muammolar o‘tib ketishi mumkin
💸 Pul yo‘qoladi, mijozlar ketadi, jamoa charchaydi
🧠 Ammo agar niyatingiz, qadriyatlaringiz va printsiplaringiz mustahkam bo‘lsa — siz oldinga yurishda davom etasiz.

🚀 Tesla qimmat texnologiya emas, balki kuchli poydevorning namunasi.

💬 Sizning poydevoringiz nima? Sizni muammolarga qaramay oldinga yurishga undaydigan asos nima?

https://www.youtube.com/watch?v=lw4ZjhOukwU
🔥8
Bugun Toni Sheyning “Baxt yetkazish” audio kitobini tugatayotib, shunday bir gapni eshitdim:

“Maqsading bilan yursang, taqdiring bilan to‘qnashasan.”

Bu ibora yuragimni larzaga soldi.

Ko‘p yillardan beri bizga taqdirni kutish o‘rgatilgan. Go‘yoki u kelib o‘zi eshikni taqillatadi. Lekin asl haqiqat boshqacha: taqdirimiz bizni yo‘lda kutyapti — aynan o‘zimiz tanlagan yo‘lda, maqsadimizga yetish uchun qilgan harakatlarimiz orasida.

Bu gap menga yana bir bor shuni anglatdi:
Taqdir bu – har kuni intizom bilan bajarilgan mayda vazifalarning, qilgan tanlovlaring va chidab yurgan sinovlaring yig‘indisi.

Maqsadsiz harakat – shamolsiz qayiq.
Ammo maqsadli harakat – to‘g‘ri taqdirga yetaklaydigan kemadir.

Bugun yana bir bor o‘zimga savol berdim:
Maqsadim sari yuryapmanmi? Yoki vaqtni o‘tkazyapmanmi?

Siz-chi?

@startaper_notes
🔥8👍1