Startaper kundaligi | MyTeacher
237 subscribers
128 photos
83 videos
32 links
Startaper - har kunini umrining birinchi kuni deb hisoblaydi!

Shaxsiy fikrlarim, kechinmalarim hamda rejalarimni shu kanalda ulashib boraman.
- Sardor Xudoyberdiyev www.myteacher.uz loyihasi ham-asoschisi.
Download Telegram
8-MART BAYRAMI MUBORAK!

Bugun bahorning eng go‘zal kunlaridan biri – 8-mart!

🌸 Aziz ayollar, onalar, opa-singillar! Sizga cheksiz baxt, sog‘liq va quvonch tilaymiz. Doimo tabassumingiz so‘nmasin, har kuni sizga iliq so‘zlar va mehr-muhabbat ulashilsin. Orzularingiz ushalib, har bir kuningiz baxt va ilhomga to‘lsin!

💫 Siz dunyoni yanada chiroyli qiladigan insonlarsiz! Bayramingiz muborak!

@MyTeacher_uzbekistan
10🔥7🥰1
Sen hayotingda hammasi hozirgidan BOSHQACHA bo’lishini xohlaysanmi?
Unda sen hamma narsani hozirgidan BOSHQACHA qilishing kerak!


«НИ-СЫ» kitobidan. Muallif: Djen Sinsero.
🔥10👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun MyTeacherning qanotlari - kapitanlari bilan dildan suhbat qildik👨‍✈️🧑‍✈️👩‍✈️
🔥158👍5🫡21
Senda jamoa bo’lmasa sen hechkimsan. Agar jamoang bo’lsa — demak tengsizsan! Chunki jamoa faqat lider (sening) ortidan ergashadi, hammaning ham emas.

Hammaga kuchli jamoalar nasib qilsin!

P. S. Bugun MyTeacher jamoasi o’z tarixidagi kunlik rekord ko’rsatkichga erishdi.🔝
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18🔥15🫡7👍1
Forwarded from Shakhnoza Makhmudova
🔥31❤‍🔥1
Muvaffaqiyatga erishish sirlari

Biznesda yoki karyerada muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan odam boshqalardan farq qiladi. U charchamaydi. Uyqu rejimi, dam olish, sog‘lig‘iga qarash, chiroyli kiyinish, yaqinlariga vaqt ajratish — bularning barchasi unga ikkinchi darajali bo‘ladi. Chunki u butun fokusi, energiyasi va motivatsiyasini faqat maqsadiga qaratadi.

U nafas olsa, ovqatlansa, hattoki, mizg‘ib olsa ham, sevgan insoni bilan suhbatlashsa yoki ota-onasini ko‘rgani borsa — xayoli doim bosh maqsadiga erishish yo‘lidagi ishlar bilan band bo‘ladi. Ular xayolparast bo‘ladi. Ular telba bo‘ladi. Ular ko‘pchilikka yoqmasligi mumkin, lekin ular bor vujudi bilan maqsadiga intiladi.

Har qanday to‘siq chiqsa, ular “bo‘ldi” deb taslim bo‘lmaydi. Aksincha, “bu to‘siqdan qanday o‘taman?” degan savol bilan harakat qilishda davom etadi. Shu sababli ular albatta maqsadiga erishadi. Ana shundan keyin ular ilgari e’tibor bermagan narsalarga boshqacha — moddiy va ma’naviy jihatdan erkin holda qaray boshlaydi. Hayot mazmunini topadi, kuchli bo‘ladi. Ana shunday odam muvaffaqiyatli insonga aylanadi.

Bu mening shaxsiy fikrim. 👊
🔥12💯32
Man kaatta bloger emasman, siz obunachilarim ko’p emas, ammo — sodiqsizlar. Boringizga shukr. Shu sababli sizlarni oldingizda uch oy ichida erishish uchun bitta maqsad qo’yib shu maqsadim sari qanday borayotganimni har haftada bir marta bo’lishib boraman. Nima deysizlar? Agar hech bolmasa 30ta reaksiya qo’yilsa maqsadimni e’lon qilaman va boshlaymiz.

P. S. Maqsadim narxi 30ming $ atrofida turadi, hozir bir -5000$ atrofida qarzdaman…. Ammo maqsadimga erisha olishimga ishonaman. Buning uchun silardan podderjka kerak bo’ladi😊

Reaksiyalar🔥🤲👏
🤝28🔥127👍5
Siz mani maqsadim nima deb o’ylaysiz?🙈
Izohlarda qoldiring👇🏻
5👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men bu dunyoga o’zimning mukammal nusxamni yaratish uchun keldim

Men ham maqsadni to’g’ri tanlagan ekanman🥹. Alhamdulillah!

@startaper_notes
🔥145👍3
Ilm ustida juda ajoyib iftorlik bo’ldi. 😇
🔥268👍2
Faxrlanaman😎
🔥6👍1
Forwarded from М
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥7🤣5😁1
Forwarded from Foydali Moliya
Kichik xarajatlar - Katta yoʻqotishlar...

American Airlines aviakompaniyasi biznes-klass yo‘lovchilariga beriladigan salatlar tarkibidan zaytunni olib tashlash orqali taxminan 40 ming dollar tejab qolgan.

iPhone tarkibidagi bepul kichik aksessuarlarni chiqarib tashlab, taxminan 6,5 milliard dollar tejashga muvaffaq boʼlgan.

McDonald's ketchup qutilarining qopqog‘ini atigi 0.5 grammga yengilroq qilish orqali yillik plastmassa xarajatlarini millionlab dollarga kamaytirdi. Shuningdek, energiya sarfini ham qisqartirdi.

Baʼzan koʻzga koʻrinmaydigan mayda xarajatlar vaqt va miqyos hisobiga katta miqdorga aylanishi mumkin.

Xarajatlaringizni nazorat qilib boring: arzimas kichik teshik kemani suvga gʼarq qilganidek, kunlik mayda xarajatlar sizni moliyaviy jarlik tomon olib boradi.

🔝 @foydali_moliya
10🔥7👍3😢2
🌊 “Burgutni shamol, dengizchini to‘lqin chiniqtiradi” 🌊

“Бурные моря воспитывают хороших моряков.” — bu maqol chuqur ma’noga ega. Hayotdagi qiyinchiliklar bizni chiniqtiradi, kuchli va tajribali qiladi. Notinch dengizlar tajribali dengizchilarni tarbiyalaganidek, hayotning sinovlari ham insonni bardoshli va dono qiladi.

Qiyinchiliklardan qo‘rqmang — ularni yengib o‘tish orqali siz kuchliroq va tajribaliroq bo‘lasiz! 💪🌊

#motivatsiya #hayot #sinovlar #kuchliinson #o‘sish
🔥112👍1
Forwarded from Foydali Moliya
Ibratli hikoya

Tulki daryoning narigi qirg‘og‘ida turgan tuyadan so‘radi:
– Suv sathi chuqur emasmi?
Tuya javob berdi:
– Yo‘q, yelka barobar.

Tulki o‘zini suvga otgan edi daryo chuqurligidan uni domiga torta boshladi. U goh suv ichiga g‘arq bo‘lib, goh tipirchilab zo‘rg‘a boshini suvdan chiqarib, arang bir toshga tirmashib jonini saqlab qoldi. Keyin xansiragancha tuyaga baqirdi:
– Sen daryoni yelka barobar, demaganmiding?!
Tuya yana xotirjam javob berdi:
– Ha, shunday, lekin u mening yelkam barobar.

Birovdan maslahat so‘rasangiz, u o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib maslahat berishi mumkinligini hisobga oling. Hammaning ham ko‘rsatmalari yoki hayot yo‘lini to‘lig‘icha o‘zingizga olmang. Yo‘qsa, ular kechib o‘tgan yo‘l, sizni g‘arq qilishi mumkin.

🔝 @foydali_moliya
🔥9👍5❤‍🔥3😢1