Startaper kundaligi | MyTeacher
238 subscribers
128 photos
83 videos
32 links
Startaper - har kunini umrining birinchi kuni deb hisoblaydi!

Shaxsiy fikrlarim, kechinmalarim hamda rejalarimni shu kanalda ulashib boraman.
- Sardor Xudoyberdiyev www.myteacher.uz loyihasi ham-asoschisi.
Download Telegram
“Bir oyda ingliz tilini sezilarli darajada yaxshilash uchun 5 amaliy maslahat”

Agar sizda atigi bir oy bo‘lsa va ingliz tilini sezilarli darajada yaxshilamoqchi bo‘lsangiz, quyidagi reja sizga yordam beradi. Asosiy maqsad – muntazamlik va amaliyot!

1. Kunlik reja tuzing va unga amal qiling (1-2 soat yetarli)
30 daqiqa: Yangi so‘zlar yodlash (kuniga 10 ta). So‘zlarni gaplarda ishlating.
20 daqiqa: Matn yoki dialog o‘qish va tushunish.
20 daqiqa: Audio tinglash va talaffuzni yaxshilash.
30 daqiqa: O‘rganilgan narsalarni amaliyotda qo‘llash (gapirish yoki yozish).

2. Tez-tez ishlatiladigan iboralarni o‘rganing

Har kuni 5-10 ta muhim iborani yodlang va ulardan gaplar tuzing.
Masalan:
• “How can I help you?” (Qanday yordam bera olaman?)
• “Can you repeat that, please?” (Buni qayta takrorlaysizmi?)

3. Audio va video orqali o‘rganing
Filmlar yoki seriallar: Subtitrlari bilan qisqa qismlarini tomosha qiling. Har bir yangi iborani yozib, qayta ishlating.
Podkastlar: Kundalik hayotga oid mavzularda qisqa podkastlarni tinglang.
Bizning MyTeacher kurslari: Har bir darsdan keyin amaliy mashq qiling.

4. Gapirishga e’tibor bering

O‘z-o‘zingiz bilan gaplashish – bu eng samarali usul. Har kuni o‘z kuningiz haqida gapiring yoki “bugungi rejalarim” mavzusida monolog qiling.
Masalan:
• “Today I learned about traveling. I want to visit England someday.”

5. Haftalik natijalarni baholang

Har hafta o‘zingizni sinab ko‘ring:
• So‘z yodlash: Necha so‘z va iborani yodladingiz?
• Gapirish: O‘zingizni ravonroq his qilyapsizmi?
• Yozish: Har kuni kichik matn yozing, haftada bir marta xatolarni tekshirib chiqing.

Bonus: Til o‘rganishni qiziqarli qiling
• Ingliz tilida o‘yinlar o‘ynang.
• Do‘stingiz yoki oilangiz bilan inglizcha gaplashishga harakat qiling.
• O‘zingizni mukofotlang: Masalan, bir oy davomida rejangizga amal qilganingiz uchun kichik sovg‘a xarid qiling.

💡 “Orzuga erishish oson” bo‘lishi uchun har kuni kichik qadamlar tashlashni unutmang. Biz bilan birgalikda o‘rganing va natijalaringizni biz bilan bo‘lishing!”

@startaper_notes
#InglizTili #O‘rganishRejasi #AmaliyMaslahatlar

Qanday fikrdasiz? Qo‘shimcha qilishni istaysizmi?
👍11🔥62👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤔Eski xotiralarni eslash yaxshimi?

YO’Q


@startaper_notes
👍15🔥32
Forwarded from Allaev Uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугунги кунда асосий муамммо — Чаласаводлик

Ўтган асрда таълимдан мақсад инсонларни шунчаки саводли қилиш, уларга ўқиш, ёзиш, ҳисобни ўргатишдан иборат эди.

XXI асрга келиб бу билан иш битмаслиги ва қарашларимизни ўзгартириш кераклигини тушундик.

Шу масалада Қурултой подкастида жуда яхши сон чиқибди. Унда асосий мавзу Навоий бўлсада, суҳбат кўпроқ ўзбек тили ва таълими ҳақида борган.

Томоша қилинг:

https://youtu.be/XTUDumM8qRc?si=kB27Oy3Tbs0w8UC6

#podcast
@allaevuzb
2🔥2👍1
Agar 2025-yilda hayotingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, odatlardan boshlang.

Kaidzen falsafasida aytilganidek, hayotni hech narsa kundalik kichik o‘zgarishlar kabi keskin o‘zgartira olmaydi.

Sizga yilingizni eng yaxshisi qilishga yordam beradigan 6 ta odatni taqdim qilmoqchiman.

1. Kaidzen-soat

Agar hayotimdagi faqat bitta odatni qoldirishim kerak bo‘lganida, men aynan shu odatni tanlardim.

Har kuni ertalab men o‘tgan kunni tahlil qilish va o‘z samaradorligimni o‘ylab chiqishga bir soat ajrataman. Bu jarayonda o‘zimga quyidagi asosiy savollarni beraman:
• Men nimani yaxshilashim yoki to‘g‘rilashim kerak?
• Qanday qilib kamroq vaqt yoki energiya sarflashim mumkin?
• Nimalarni avtomatlashtirish yoki delegatsiya qilishim kerak?
• Nimadan voz kechishim kerak?

2. Kunlik reja va maqsadlarni qayta ko‘rib chiqish

Men dinamik rejalashtirish usulidan foydalanaman. Ya’ni, kerak bo‘lganda maqsadlarim, vazifalarim va muddatlarimni o‘zgartirishim mumkin.

Ba’zida maqsad ilhom bermay qoladi, unga intilish qiyinlashadi. Shunday paytlarda men bu maqsaddan va menga ahamiyatsiz bo‘lib qolgan narsalardan voz kechaman.

Moslashuvchan bo‘lish uchun har kuni rejalarim va maqsadlarimni qayta ko‘rib chiqaman.

3. To‘g‘ri ovqatlanish va zararli odatlardan voz kechish

Tez vazn tashlashga intilmang, faqat ovqatlanish odatlaringizni asta-sekin o‘zgartirishni boshlang.
Agar yil davomida kamida ikkita zararli odatdan voz kechsangiz, katta o‘zgarishlarni — tashqi ko‘rinishingiz va ichki holatingizda ko‘rasiz.

4. Jismoniy faollik

Bu yerda so‘z intensiv mashg‘ulotlar haqida emas. Har qanday faollik bo‘lishi mumkin: piyoda yurish, yengil yugurish, plankada turish va boshqa mashqlar. Asosiysi — muntazamlik.

5. Sog‘lom uyqu

Men 8 soat uxlayman: 22:00 da uxlab, 6:00 da uyg‘onaman.
Agar siz kech uyg‘onadigan bo‘lsangiz, bu rejimga birdan o‘tishga shoshilmang. Har hafta yarim soat oldinroq turishni boshlang, shunda asta-sekin 6:00 ga yetasiz, kechasi esa 22:00 ga kelib ko‘zingiz o‘z-o‘zidan yumiladi.

6. Kunlik kechki refleksiya

Har kuni kechqurun 15 daqiqa ajratib, kun natijalarini chiqaraman. Men buni “kunning yopilishi” deb atayman.

Bu vaqt ichida o‘zimga savollar beraman:
• Bugun mendan energiyani nima tortib oldi?
• Energiyani nima berdi?
• Nima samarasiz bo‘ldi?
• Nima haqida o‘ylash kerak?
• Nimani to‘g‘rilash kerak?

Keyin esa ularni ertalabki kaidzen-soatga qoldiraman.

Foydali bo‘ldi deb hisobladingizmi? «🔥» qo‘ying!

Margulan Seisembai
🔥175👍4
💭 Siz kun davomida nimalar haqida ko‘p gaplashasiz?

Eleanor Roosevelt shunday degan edi:
“Buyuk aql egalari g‘oyalar haqida gaplashadi, o‘rtamiyona aql egalari voqealar haqida gaplashadi, past aql egalari esa boshqa odamlar haqida gaplashadi.”

Kun davomida muloqotlaringizni tahlil qiling. Siz ko‘proq g‘oyalar va yangi imkoniyatlar haqida gaplashyapsizmi? Yoki voqealar va boshqa odamlarning hayotiga haddan tashqari e’tibor qaratyapsizmi?
O‘zingizni buyuk aql egalari qatoriga qo‘shing va ilhom beruvchi suhbatlar qiling! 🌟

@startaper_notes
#Motivatsiya #ShaxsiyRivojlanish #BuyukFikrlar
🔥13
Sacrificing nima?
Tarjimasi — qurbonlik qilish.

Lekin bu so‘zning shunchaki tarjimasini yod olish kifoya emas. Uning haqiqiy mazmunini tushunib, hayotingizda amal qilish muhim. 💡

Sacrificing — bu qisqa muddatli qulayliklardan voz kechib, uzoq muddatli yutuqlar va katta maqsadlar sari intilishdir. Hayotda katta narsalarga erishmoqchi bo‘lsangiz, avvalo nimanidir qurbon qilishga tayyor bo‘lishingiz kerak. 🔑

Haqiqiy savol: Siz orzularingiz uchun nimadan voz kechishga tayyorsiz?
@startaper_notes
#Motivatsiya #Qurbonlik #Sacrificing
🔥7
Yuqoridagi videoga izoh: Nega startaperlar nomer odin?

Ular qiynalayotganliklari, muammolari borligi, zamon og‘ir ekanligi, vaqt yetmayotganligi, jamoalaridagi kishilar kompetent emasligi va boshqa qiyinchiliklar haqida o‘ylab nolib o‘tirishmaydi.

Ular miyyalari bilan, yuraklari bilan, oshqozonlari bilan, umurtqa va har bir suyaklari bilan muvaffaqiyat haqida o‘ylaydilar va unga intiladilar. 💡🔥

Shuning uchun ham ular nomer odin hisoblanadilar! 💪

@startaper_notes
#startaperlar #muvaffaqiyat #motivatsiya
👍13🔥106
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👏18🔥11❤‍🔥84👍21🆒1
Yo, yo hali sotib olmadik🙈. Yaxshi niyyat qilib bir ko’rib keldik🥰😎.
🔥28🤩964🏆2
Shu insonni taniydiganlar bormi? Bugun juda ajoyib uchrashuv bo’ldi😊.
Taniydiganlar commentda + belgisi qoldiring😊

@startaper_notes
🔥183👍2
🎼Mani playlistim juda qisqa… Bir yilda nari borsa bitta yoki ikkita qo’shiq yoki musiqani o’zim uchun kashf etaman. Shular orasida bitta san’at asari borki bir kunda 3 soatlab “povtor”ga qo’yib tinglasam ham to’ymayman, yana eshitgim kelaveradi. Bu…

🎧🎶Umar Keyn - Decieved heart again.

@startaper_notes
👍115
Yo’q. Hech qachon bunday hodisalar bo’lmagan. Bo’lgan bo’lsa ham umuman esimda yo’q. Men san’at asariga shaxsiy hissiyotlarimni qitiqlaganligi uchun emas, shunchaki inson o’zi sezmagan holatda ba’zi narsalarga shaydo bo’lib qolar darajadagi maftunkorligi uchun qoyil qolaman va o’sha asarni yoqtirib qolaman❤️
👏4😁4
📌 Grammatikani zerikarli emas, qiziqarli o‘rganish usullari

Ko‘pchilik ingliz tilini o‘rganayotganda grammatika eng qiyin va zerikarli qism deb o‘ylaydi. Lekin uni o‘rganish shart! Axir grammatikasiz to‘g‘ri gap tuzib bo‘lmaydi.

Lekin savol tug‘iladi: Qoidalarni yodlamasdan qanday qilib grammatika o‘rganish mumkin?

Mana sizga qiziqarli va samarali 5 usul:

1. Qoidalarni o‘rganmasdan real misollarda tushuning
Kitobdagi murakkab tushunchalar o‘rniga haqiqiy hayotiy misollarni o‘rganing. Masalan:

🔹 XATO: “Present Perfect - bu hozirgi zamon va o‘tgan zamon o‘rtasidagi bog‘liqlikni bildiradi.”
🔹 TO‘G‘RI: “I have been to Turkey.” (Men Turkiyaga borganman.)

Qoidalar hayotiy gaplar orqali yaxshiroq tushuniladi!

2. Sevimli filmlar va seriallardan o‘rganing
🎬 Film va seriallarda grammatika tabiiy ravishda ishlatiladi, shuning uchun ularni tomosha qilib o‘rganish samarali.

📌 Tavsiyalar:
• “Friends” – oddiy kundalik iboralar uchun
• “The Big Bang Theory” – murakkab grammatika uchun
• “Sherlock” – aniq va to‘g‘ri ingliz tili uchun

🎯 Qoidani kitobdan emas, real suhbatlardan o‘rganing!

3. O‘yinlar va ilovalardan foydalaning
Zerikarli mashqlar o‘rniga, o‘yinlar orqali o‘rganing!

🎮 Foydali ilovalar:
🔹 “Wordwall” – grammatik viktorinalar
🔹 “Duolingo” – o‘yinga asoslangan mashqlar
🔹 “Quizlet” – kartochkalar bilan o‘rganish

O‘yin orqali o‘rganilgan grammatika tezroq esda qoladi va stresssiz o‘rganiladi!

4. O‘zingizni ingliz tilida gapirishga majburlang
Grammatikani o‘rganishning eng yaxshi usuli – uni ishlatish!

📌 Bajaring:
1️⃣ Yangi o‘rgangan qoidani do‘stlaringiz bilan ingliz tilida yozishmalarda ishlating.
2️⃣ O‘zingiz bilan inglizcha gapiring yoki ovoz yozib, analiz qiling.
3️⃣ Kundalik yozing – grammatikani yozish orqali yaxshiroq tushunasiz.

Esingizda bo‘lsin: Faqat qoidalarni o‘qish bilan til rivojlanmaydi – uni amalda ishlatish kerak!

5. Qiziqarli hikoyalar o‘qing
📖 Kitob yoki maqolalar o‘qish grammatikani tabiiy tushunishga yordam beradi.

📌 Tavsiyalar:
• “Aesop’s Fables” – qisqa va oddiy hikoyalar
• “The Little Prince” – yengil o‘qiladigan kitob
• “Short stories for beginners” – maxsus o‘quvchilar uchun

Grammatikani o‘qib emas, his qilib o‘rganing!

📌 Xulosa:
Grammatika majburiyat emas, imkoniyat! Uni o‘yin, film, real misollar orqali qiziqarli o‘rganish mumkin.

📢 Siz qanday usullardan foydalanasiz? Izohlarda fikringizni yozing!

@startaper_notes
🔥11👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Noligichlar va negativchi, hamma aybni o’zidan emas birovdan yoki zamondan qidiradigan ziqnalar uchun motivatsiya.

Bilaman sizlarni orangizda bunday kishilar yo’q. Ammo hammamizda tushkunlik, qiyinchilik va sinovli damlar bo’ladi. Ana o’shanda nolimaylik, va sabrli bo’lib harakatdan toxtab qolmaylik. Hamma hamma narsani iloji bor.
Videodan ta’sirlanganim uchun yozdim😊.

Maqsad bormi?… Tur… harakat qil!!!

@startaper_notes
🔥17👍41👌1