ℹ️ Bugun post joylamayman. Shunchaki manashu kanaldagi Luqmoni Hakim iqtiboslarini o’rganib (korib chiqish yoki tanishib chiqish emas) chiqishni tavsiya qilaman. Faqat sizga bir shartim bor - har qanday bir iqtibosda pauza qilasiz, va aynan shu iqtibosga siz amal qilmagan bitta va amal qilgan bittadan hodisani eslab imkoni bo’lsa kommentariyda yozasiz.
Chunki aynan manashu iqtiboslar bo’yicha manda 10 yildan ortiq hayotiy real keyslar bor. Keyin postlarimda gapiramiz inshaAlloh.
P.S. Ayolga ishonma degan joyini qattiq ovormela😊. “Aslida ba’zi ayollarga” - bo’lishi kerak.
https://www.youtube.com/watch?v=1RFXcl3c6_Y

YouTube
Luqmoni Hakimdan 30ta DONO MASLAHATLAR | Buni maktabda o‘rgatishmaydi!
Luqmoni Hakim - qadimiy donishmand, islomda solih inson sifatida hurmatga sazovor. Qur’oni karimning 31-surasida Alloh taolo Luqmonga hikmat bergani aytiladi, Makkada "Saffot" surasidan keyin nozil qilingan 31-sura Luqmon nomi bilan atalgan.
Luqmon o‘g‘liga…
Luqmon o‘g‘liga…
🔥9❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥11🏆6

🔥13⚡5
Kecha kun bo’yi bosgan qadamdan deyarli ikki baravar miqdorni bugun bir soatda bosib o’tdim🏃
👍10🔥8
🛠 Mehnatdan yuksalishning yagona yo‘li — yana o‘sha mehnatning o‘zi!
💡 *"Mehnatning qadri o‘zini yengish kuchida."*
Har bir inson o‘z hayotida mehnat qilishga majbur. Lekin bizning asosiy yutug‘imiz, oddiy mehnat qilishda emas, balki o‘sha mehnat orqali qiyinchiliklarni yengib o‘tishdadir.
🌱 Chinakam muvaffaqiyat — bu mehnatni o‘zi emas, balki mehnat orqali o‘z imkoniyatlaringni oshirish, qiyinchiliklarni ortda qoldirish va o‘zini rivojlantirishda.
💪 Mehnat qilish bizni kuchli qiladi, lekin undan ham muhimrog‘i, mehnat orqali o‘zimizni qanday yengishimizdir. Shunday ekan, mehnat qiling va o‘zingizga yangi cho‘qqilarni zabt eting!
#Mehnat #Muvaffaqiyat #OziniRivojlantirish
@startaper_notes

🔥13👍1
Hayotda aslida faqat noyob narsa qadrlidir, unda har bir voqeaning o‘ziga xos o‘lchovi bor. Qoidalar va normalar – ahmoqlar uchun tuzoq, urush – nodonlar uchun vasvasa.
@startaper_notes
@startaper_notes
❤6👍6🔥4
Masalan,
Vaqtni, qanday qilib biz o’z vaqtimizni boshqara olamiz? Javob - yomon xabar, biz vaqtni hech qanaqasiga va hech qachon boshqara olmaymiz. Chunki vaqt bu o’zgarmas, vaqt bu bir kunda 24 soat vaqt bu bir insonning birinchi yig’isidan olamdan o’tgunigacha bo’lgan muddat. Biz uni boshqara olmaymiz.
Ammo bu yerda yaxshi xabar ham bor. Biz vaqtni boshqarishga emas, unga to’g’ri amal qilishga harakat qilishimiz kerak. Unga amal qilish nima? Unga amal qilish vaqtni emas, biz o’zimizni, o’z harakatlarimizni, o’z energiyamizni to’g’ri boshqarish orqali o’z vaqtimizni taqsimlay olamiz va bizning taqdirimiz, turmush tarzimiz uchun eng muhim bo’lgan harakatlar/qarorlarimizga bo’sh joy orttira olamiz. Taym menejment deb ko’p eshitganmiz, hozirda esa bu ibora eskirdi va olimlar aslida taym menejment emas - energy menejmentga fokus qaratish samaraliroq va foydaliroq ekanligini isbotlashdi. (Jim Loehr va Tony Schwards ixtiro qilishgan)
Demak, energy menejment orqali biz qanday qilib o’z vaqtimizni va energiyamizni idora qila olamiz hamda hayotimizda eng muhim bo’lgan vazifalarimizga vaqt ajrata olamiz? Buning uchun biz eng avvalo miyyamiz qanday ishlashi kerakligini bilib olishimiz kerak….
Agar davomi qiziq degan kommentlar bosib telefonimga sig’may ketsa davim ettiraman🙈
Nima deysizlar?
P.S. bu postda hech qanday AI ishlatilmadi😎.

💯7🔥5👏4👍2
Qisqa qissa.
Universitet domlalaridan biri ayollar soatini taqar edi. Talabalar yolg’iz qolishgani zamon ustozni masxara qilib ustidan kulishar edi. Kunlar o’tib u soat ustozning vafot etgan qizining soati ekanligi aniq bo’ldi….

Adham Sharqoviy. Tonggi suhbatlar kitobidan
@startaper_notes
💔17🔥6👍3
Forwarded from Spot.uz – biznes va texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ustoz va murabbiylar kuni bilan!🙈
🔥17❤2
Bir kuni menga ertaklar aytib berganida, buvim mendan dunyodagi eng qo’rqinchli so’zni bilamanmi, deb so’radi. Men ko’p so’zlarni aytdim, lekin topolmadim.
“Buvim shunday dedi: “Endi kech” — eng qo’rqinchli so’z bu ‘endi kech’. Chunki u qaysi kontekstda ishlatilmasin, har doim nimadir yoqimsiz, alamli, ba’zan esa ko’zga yosh keltiradigan darajada achinarli voqeani anglatadi. Ba’zida esa bu qaytmas holatda bo’lishi mumkin…”
Kech bo’lmasdan hammaning qadriga yetish kerak.

🔥14❤3
1962 yilda Baltimorda bir eski cherkovda topilgan hayratlanarli matn (duo singari)
Shovqin va dabdabalar orasida o’z yo’lingizdan tinchlik bilan yuring va sukutda mavjud bo’lgan tinchlikni eslab turing.
O’zingizga sodiq qolgan holda, imkoningiz boricha har bir inson bilan yaxshi munosabatda bo’ling.
Haqiqatingizni yorqin va yolg’insiz aytib bering va boshqalarni tinglang, hatto aqli yetarli bo’lmagan yoki ta’limsiz insonlarni ham; ularning ham o’z hikoyasi bor.
Shovqin va tajovuzkor odamlardan uzoq bo’ling; ular kayfiyatni buzishadi.
O’zingizni hech kim bilan solishtirmang: siz o’zingizni beqadr yoki mag’rur his qilish xavfiga tushasiz. Har doim sizdan buyuk yoki sizdan kichik kimdir bor.
Rejalaringizdan huzurlaning, xuddi amalga oshirgan ishlaringizdan huzurlanganingiz kabi.
Hunarlaringizga har doim qiziqish bilan qarang; u qanday oddiy bo’lmasin, siz egallagan boshqa narsalarga nisbatan buyuk bir qadrdir.
Ishlaringizda ehtiyotkor bo’ling, dunyo aldovlarga to’la. Ammo ezgulikdan ko’z yumamang; boshqalar ulug’ idealarga intilmoqda, hayot esa hamma joyda qahramonliklarga boy.
O’zingiz bo’ling. Do’stlikni masxara qilmang. Mehr-muhabbatda tsinik bo’lmang — bo’shliq va umidsizlik oldida muhabbat har doim go’zal bo’lganidek, abadiydir.
Yoshlikka xayr deyishingiz bilan, yillarning maslahatlarini hayrli qabul qiling.
Ruhingizni tasodifiy kulfatlarga tayyorlang.
O’zingizni havodagi orzular bilan azoblamang. Ko’p qo’rquvlar charchoq va yolg’izlikdan kelib chiqadi.
Sog’lom intizomga bo’ysuning, ammo o’zingizga rahm-shafqat ko’rsating.
Siz koinotning farzandisiz, daraxtlar va yulduzlar kabi: bu yerda bo’lish huquqingiz bor. Bu sizga aniqmi yoki yo’qmi, ammo dunyo o’z yo’lidan ketmoqda. Xudoni qanday tushunsangiz ham, U bilan tinchlikda bo’ling.
Nima qilmay, qanday orzu qilmay, hayot shovqini orasida qalbingizda tinchlikni asrang.
Hayotning barcha makkorliklari, takroriy mehnatlari va sinib ketgan orzulariga qaramasdan, dunyo hali ham go’zal.
Unga ehtiyotkorlik bilan qarang. Baxtli bo’lishga harakat qiling.
Muallifi noma’lum

👍3
Shunday raqsga tush, go’yoki senga hech kim qaramayapti 💃
Shunday qo‘shiq kuyla, go‘yoki seni hech kim eshitmayapti.
Shunday sev, go‘yoki seni hech qachon sotishmagan, va shunday yashagin, go‘yoki yer — bu jannat.
Mark Tven

🔥11🥰5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥8
📈Hayotda Konstanta (barqarorlik) degan narsa yo’q! Biz yo o’samiz, yo orqaga qarab ketamiz. Bizda biror “tushish” bo’ldimi, albatta tezda o’zimizning rekord cho’qqimizga chiqib olishimiz kerak bo’lmasa biz aniq tubga qarab ketayotgan bo’lamiz.
@startaper_notes
Kalibr ko’rsatuvi - Sherzod Tursunovdan.
@startaper_notes
🔥10👍4❤3👏1
🌟 Bugungi katta yangilik! 🌟
Bizning MyTeacher kompaniyamiz yana bir ulkan qadam tashladi! Bugun biz Amerikaning yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan SmallTalk Inc. bilan rasmiy hamkorlikni boshladik! 🎉
Bu hamkorlik bizning xizmatlarimizni yangi darajaga olib chiqadi, chunki SmallTalk – bu eng zamonaviy texnologiyalar, ya’ni sun’iy intellekt (AI) asosida ishlaydigan loyiha. Ushbu AI texnologiyasi orqali foydalanuvchilarimizga yanada qulay, tezkor va interaktiv til o‘rganish imkoniyatlarini taqdim etamiz! 🤖💡
SmallTalk bilan birgalikda, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va til o‘rganish jarayonini yanada samarali qilish uchun innovatsion mahsulotlar yaratamiz! 🌍🗣️
Hamkorliklarimiz sizning o‘sishingizga yordam berish uchun davom etadi. Barchangizga katta rahmat! 🙏
🚀 MyTeacher bilan yangi marralarga erishamiz! 🚀

🔥15⚡4🎉4👍2❤1💯1
Forwarded from • Menejer opa | ROP | PM
Taxminan 40 kishi ariza qoldirgan edi. Meni eng hayratga solgan javoblar quyidagilar:
❓Savollar:
1. Sotuv sohasida tajribangiz qancha? (Bu sizga qanday bilimlarni o’rgatishimizni bilishimiz uchun kerak)
2. Qancha daromad olishni xohlaysiz, minimum va maksimum ko’rsatishingiz mumkin
❗️Javoblar:
- Tajribam yo’q. 5 mlndan kam bo’lmasa bo’ldi
- 2 oy ishlaganman operator bo’lib. Qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi, 4-5 mlndan boshlansa yaxshi bo’lardi
- Avval hechqayerda ishlamaganman. 4-8 mln orasi
Ushbu holatga izoh yozishni o’rniga, o’qiyotgan kitobimdagi iqtiboslarni keltirib o’tishni ma’qul deb o’yladim!
✔️
Biror sohaga ilk bor qadam qo’yar ekansiz, shogirdlik deb ataluvchi bosqichga kirib borasiz.
✔️
Shogirdlikdan maqsad, boylik, yaxshi lavozim, martaba yoki diplom emas, aksincha, ong va fe’l-atvoringizning o’zgarishidir.
✔️
Amaliy bilim - eng qimmatli tovar. Oson va qulay tuyiladigan shogirdlikni tanlamang!
✔️
Shogirdlik davriga ish olami bilan zerikarli tanishuv emas, o’zingizni o’zgartiruvchi sayohat sifatida qarashingiz kerak.
✔️
Shogirdlik davri 3 bosqich :
- diqqat bilan kuzatish (sust rejim)
- ko’nikmalarni o’zlashtirish (amaliyot rejimi)
- tajribada sinash (faol rejim) bosqichlaridir!
✔️
Dastlabki oylarda boshqalarni hali tayyor bo’lmay turib cho’qqiga intilish bilan emas, balki o’rganishga bo’lgan jiddiy ishtiyoqingiz bilan hayron qoldiring!
Ushbu post orqali istalgan sohaga yangi kirmoqchi bo’lgan yoshlarga murojaat qilmoqchiman.
❗️Sohaga kirishdan maqsadingiz o’sish emas, faqat daromad topish bo’lsa, bu yo’ldan qaytganingiz ma’qul.
Istalgan kasb, soha sizdan birinchi bosqichda intilish va faqat o’rganishni talab qiladi.
Ishlamoqchi bo’lgan kompaniyangizga yetarlicha qiymat berib, mahoratingizni ko’rsatib borganingiz sari qadrli kadr bo’lib boraverasiz. Daromad o’z o’zidan ko’payib boraveradi.
Postni shu joyida tugatmoqchiman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9
Bir qiz
(2023 yil, Mart oylari atrofida)
📳
- Assalomu alaykum Sardoraka!
- Va alaykum assalom🤔
- Man Myteacherni marketingida ishlagan X (ismini aytmayman) bolaman. Dugonam X bilan ishlagan edikku, esladizmi?
- Ha, albatta tanidim tanidim X yaxshimisiz? Charchamayapsilami? X ham yaxshimi?
- Biz ishxona yonidamiz hozir kiramiz, oshanda bilasiz qandayligimizni😠
- Ha, bo’ldi kiringlar man shu yerdaman.
Eshikdan shasht bilan kirib.
- Bo’ldi Sardoraka, biz sizni bunchalik moshennik deb o’ylamagandik, shuncha boy bo’lib ikki qizni oyligiga kun ko’ryapsizmi? Atigi 400 dollarni ikki oyda ham qilib berolmaysizmi? Insof, vijdon degan narsa bormi sizda? Biz sizni juda hurmat qilardik, gapirgan muloyim gaplaringizga ishonib axmoq bo’ldik sizga…. to’xtovsiz agressiya🤬.
- To’xtang… to’xtang… to’xtasangizchi axir?!?!!! Buncha gapni qayerdan oldingizlar? Nega o’zingizga o’xshamayapsiz? Oldin hecham bunaqa gapirmasdingizku. Sabr qilib to’g’ri va bosiqroq gaplashaylik axir. X, X iltimos aniq tagiga yetmasdan buncha noto’g’ri gaplani gapirmang. Biz siz bilan birga ishlaganmiz, man har doim qaysi pul qayerdan kelgan va qayerga sarflanayotganini ochiq ko’rsatganman. Hatto o’z oilamga ham faqat arenda va yashab qolish uchun arang produkta qilib zo’rg’a yashayapman. Man sizlarga bergan va’damni esimdan chiqarmadim hali. Albatta qarzimni uzaman - ya’ni MyTeacherni qarzini. Faqat bu darajada haqoratlarga o’tmang yaxshi gumonda bo’ling. Man Alloh guvoh ichimda ikkalangizni ham o’z singlimni yaxshi korgandek yaxshi koraman. Kim sizlarni bunday zaharladi?… yana uzuuun tushintirishlar va tupik⛔️
- Xullas buyog’iga ishingiz bo’lmasin, yaqinda Xning opasini to’yi biz ko’ylak olishimiz kerak. Sizdan umid qilgan edik. Yoki hozir pulni berasiz yoki biz shu yerda turaveramiz.
- Mayli shu yerda tursangiz bemalol. Mana man sizga hamma foyda va xarajatni korsatib beraman. Shu haftada manabuncha pul tushdi hammasi targetga ketti, manabu pul esa angliyaga tashlandi bilasiz tashlamasak platforma ishlamaydi. Faqat manabu pulni oilamga ro’zg’orga oldim bu ham juda zaril bolganidan.
- Eeey qo’ysangizchi Sardoraka, shunday katta kompaniya egasi bo’lib uyalmaysizmi bunaqa yolg’on to’qishga. Puliz borku o’shandan bering bizga tezda. Bo’lmasa hozir ustingizdan yozamiz!
- X ishoning man sizga birovdan qarz olib bo’lsa ham qaytarar edim, lekin o’zi yaqindagina barcha tanishlarimdan qidirib qidirib 350 dollar uy ijaramga bera oldim. Iltimos yana 10-15 kun Sabr qilinglar🙏🙏⛔️. Xudo xohlasa shu safar Javlon bilan webinar qilib webinar orqali sotishni o’ylayapmiz, nasib bo’lsa zo’r bo’ladi. Man aniq sizlardan ishxona qarzini uzaman.
- Eeey yana boshlamang Sardor aka har doim gapiz shu.. Sizga yana bir taklif - qo’lizdagi makbukizni olib ketamiz. Uni sotamiz va qarzimizni olamiz.
- Unda man nima bilan ishlayman?
- Bizga qiziq emas.
- ⛔️⛔️⛔️⛔️ Bilmadim qizla. Bo’lib ham silar bunchalik mani tupikka tirab qo’yasizlar deb o’ylamagan edim. Yomon uyaltirib tashayapsila. Oldin manda biror marta bunaqa bo’lmagan. Bunday qilmanglar shashtingizdan tushing😢😢
Sapchip turib oldimga kelib,
- Xullas mana sizga qog’oz. Man qarzimni uch kun ichuda qaytaraman bo’lmasa istagan shartlaringizga roziman deb yozing!
- Istagan shart?
- Ha shartni biz qo’yamiz.
Ariza
Men agar X va X larga uch kun ichida oyliklarining qolgan qismini to’lab bera olmasam kompyuterimni berishga yoki ularning shartlarini bajarishga roziman.
Imzo, sana
- Bo’ldi Sardor aka, salomat bo’ling xayr.
Keyingi yoki undan keyingi kun sotuv pulidan ularning qarzlari amallab qaytarildi. Bu hech ham esdan chiqmaydigan dars bo’ldi.
Saboq: Xodim ishga olishda uni yaxshilab tekshirmasdan juda ko’p ishonch berib yubormaslik kerak
P.S. ba’zi aniq eslay olmagan joylada juda kam miqdorda improvizatsiya qo’shilgan bo’lishi mumkin lekin bu haqiqiy bo’lgan voqea. 🙃

👍12😐8❤4❤🔥3🔥3👎1🤔1👀1