StartApp Android
96 subscribers
4 photos
13 links
Mobil ilovalar yaratishni tez va oson o'rganish mumkinmi? Qanday qilib bu sohada daromad topish mumkin?

Barchasi haqida gaplashamiz
https://t.me/joinchat/AAAAAEj21pwwuACPJzTLfw

Bizga yozing: @start_app_android_bot
Download Telegram
AdMob kabinetida ilovalarimizdan birining natijalari skrenshoti. Avvalgi oy $130 dollar (114 yevro) mablag' keltirdi.
Bir necha ilovalarimizning kunlik natijalari.

Savollar bo'lsa @start_app_android_bot
Yuqoridagi skrenshotlardan ko'rish mumkinki, reklamalar orqali ham yaxshigina pul ishlashimiz mumkin. Muhimi siz foydali ilova yarata olsangiz bas.

Tez orada Sizlar bilan mobil ilovalar qurish bo'yicha amaliy ishlarni boshlaymiz, kanalga do'stlaringizni, mobil ilovaga qiziquvchi tanishlaringizni ham taklif eting.

Manzilimiz: @start_app_android
Salom hamma hammaga!

Qayta aloqa botimizga auditoryadan ko'plab savollar kelib tushmoqda. Keling shulardan eng ko'p uchraydiganlariga qisqacha javob berib o'tsak.

1. Android dasturlashni boshlamoqchiman? Menga kompyuter kerak bo'ladimi, yoki usiz ham biror nima qilsa bo'ladimi?

- Ha albatta, kompyuter yoki noutbuk kerak bo'ladi. Busiz iloji yo'q. Taksi qiluvchiga mashina, duradgorga stanok kerak bo'lgandek bizga ham kompyuter kerak bo'ladi. Bundan tashqari yaratilgan ilovalarni ishlatib sinab ko'rish uchun android tizimida ishlovchi qurilma (telefon yoki planshet) zarur. Kompyuterda operativ xotira (RAM) minimal 6GB bo'lsa maqsadga muvofiq. 2 yoki 4 da ancha qiynalib qolasiz, alohida videokarta shart emas. Eng minimali shular.

2. Play marketda pullik ilovalarni hackerlar buzib olib tarqatib yuborishadi, ulardan himoyalash yo'li bormi?

- Umuman olganda IT olamida absolyut himoya degan tushuncha yo'q, yaratilgan dasturlarni himoyalashning ko'plab usullari bor, lekin ular ham qaysidir nuqtada ojiz. Lekin bu degani "chumchuqdan qo'rqib tariq ekmay yurish kerak" degani emas. Siz ilova yaratavering, hackerlarni ishi esa buzish, agar sizni dasturingizga qaysidir hacker qiziqib qolgan bo'lsa demak bu sizning yutug'ingiz. Pulli ilovaning buzilgan versiyasini tarqalishi hech nimani hal qilmaydi. Shu sababdan hozirda ilovalarni pullik qilishdan ko'ra ilova ichida turli tovarlarni sotish yoki reklama joylashtirish ommalashmoqda. Himoya usullari haqida vaqti kelganda batafsil gaplashamiz.

3. Dasturchi bo'lish uchun nima qilish kerak, qaysi sohani egasi bo'lish kerak?

- Bu savolning javobi juda ko'p, dasturchi bo'lish uchun avvalambor qiziqish va qunt kerak. Biror bir dasturlarni ishlatayotganizda ayni shu dastur qanday tuzilgan, kim yaratgan degan savollar sizda bo'lganmi? Ishni kompyuter olishdan boshlang, eng oddiysini (navorot kompyuterlarda boshqa narsalarga qiziqib ketishingiz ehtimoli bor). Dasturlash tillari (C++, Java, Python, C#, Delphi, Pascal, Php...)dan birini o'rganishni boshlang, agar fikrlash qobilyatingiz bo'lsa zanjirning davomi o'z kelaveradi. Biror bir tanish dasturchiga shogird tushing. Eslatib o'taman dasturchi bo'lish uchun institutni tugatgan yoki biror bir sohada ishlaydigan bo'lish shart emas. Dasturchilik yosh, mansab, mavqe, jins, millat tanlamaydi, Hozir maktab yoshidagi o'quvchilar ham dastur tuzish bilan ishlab yotishibdi. Onlayn kurslar yoki videouroklar topib ko'ring, internetda tiqilib yotibdi. Bir necha yil oldin yozgan maqolamizni qayta havola etishimiz mumkin.

4. AdMob orqali ishlangan pullar qanday yechib olinadi?

- Bu haqida batafsil maqola qilamiz. Hozircha esa biror bir bankdan VISA karta ochtirasiz. Bankdan kartangizga chet eldan pul o'tkazish uchun kerak bo'ladigan formani olasiz. Bu formada Beneficiary, Account name, Account number, SWIFT, IBAN kabi ma'lumotlar bo'ladi. Bularni AdMob profilidagi "Payment Method" sozlamalariga kiritasiz.

5. Dasturlashni bilmayman, biror android ilova yaratib ushbu sohaga kirib borsam bo'ladimi?

- Ha albatta, agar sizda dasturlash bilimlari bo'lmasa yoki o'rgana olmayotgan bo'lsangiz android ilovalar yaratishni sinab ko'rsangiz bo'ladi. Lekin bu degani siz umuman nol bo'lsangiz ham bo'ladi degani emas. Sizda boshqa bir soha bo'yicha yetarlicha bilim va tajriba bo'lishi kerak. Komppyuter, internetda ishlashni bilishingiz hamda foydali biror kontent yarata olishingiz kerak. Kontent deganda kompyuterda yaratiladigan turli raqamli ma'lumotlar, masalan - lug'atlar, maqoalalar, chizmalar, fotorasmlar, audiomalumotlar, videoroliklar, testlar, qo'llanma kabilarni nazarda tutamiz. Masalan kechagina bir shogirdimiz umuman dasturlash malakasisiz yaratgan android ilovani ko'rishingiz mumkin, boshlanishiga yomon emas to'g'rimi?

Eslatib o'tamiz qabulxonamiz @start_app_android_bot
​​Kechagina komandamizdagi bir dasturchi akamiz zerikkanda "kichikkina" bir ilova yasab qo'yibdilar. Haydovchilarimiz uchun qo'llanma, ya'ni yo'l harakati qoidalari, yo'l belgilari, jarimalar hamda avtoulov egalari uchun turli hil foydali ma'lumotlar. Quyida yuklab olib sinab ko'rishingiz mumkin.

Bu akamiz android ilovalar yaratish bo'yicha tog'day tajriba va daryoday bilimga ega ekanligini bilaman. Ko'pchilik dasturchilarimiz uchun juda ham oddiydek ko'ringan bu ilovani yaratishda dasturlash tajribasi ishlatilmagan, Java kabi dasturlash tili yoki Android Studio kabi dasturlardan foydalanilmagan. Bundan maqsadlari bitta: "Bu ilova kimlargadir asqotadi va shu kabi foydali ilovalarni yaratish ko'pchilik tasavvur qiladigandek murakkab ish emas"

Biz hozircha aniq ayta olamiz ushbu kanalimizdagi istalgan foydalanuvchu bu ko'rinishdagi ilovalarni yarata oladi. Bu fikrimizga kimda shubha yoki ishonchsizlik bo'lsa tez orada 3-4 kunlik trening tashkil qilamiz va taklif etamiz. Ungacha siz qanday ilova yaratishiz mumkinligi haqida o'ylab ko'ring, ideyangizni toping, avvalgi postimizning 5-bandida aytib o'tilgandek biror bir kontent to'plab turing.
Bizda StartApp Android intensiv trening kursiga qabul boshlandi!

Salom barcha barchaga, biror bir sohaga tezkor kirib borishdagi eng samarali yo'llardan biri bu - intensiv kurslar. Demak, kimda-kim android ilovalar olamiga tezda kirib borish istagida bo'lsa bu yaxshi imkoniyatdir.

Android ilovalar yaratishni maqsad qilgan bo'lajak dasturchilar uchun 5 kunlik intensiv trening kursini elon qilamiz. Ushbu muddat ichida siz o'z ilovangizni yaratasiz hamda Play Marketga joylaysiz.

Bundan tashqari mobil ilovalar, ularni ishlab chiqish texnologiyalari, ulardan pul topish (monetizatsiya) usullari kabi ko'pgina mavzularda aniq tushunchalaringiz shakillanadi.

Kurs kimlar uchun, ishtirokchilarga talablar, trenerlar kim, kurs orqali qanday natijalarga erishasiz, kurs mavzulari va narxi haqida batafsil quyidagi havola orqali bilib oling.

https://telegra.ph/Start-App-Android-trening-kursi-12-08

Savollar bo'lsa @start_app_android_bot ga yuboring.
Ko'pchilik o'quvchilarimiz yuqoridagi kurs bo'yicha quyidagi savollarni berishmoqda:

1. Kurs formati qanday? Nima uchun oylik kurs emas bu?

Ushbu kursimiz 5 kunlik intensiv trening sifatida o'tiladi. Guruhda 5-6 kishi, 3 soat davomida aktiv jamoa bo'lib ishlaymiz. Biz sizga uzundan uzoq leksiyalar qilmaymiz, slayd va taqdimotlar ko'rsatmaymiz. Qisqacha xaritamiz:

a. Mobil ilovalar va ularni yaratish texnologiyalari haqida batafsil gaplashamiz.
b. AppQur platformasida ilovalar qurishni o'rganamiz
c. Yaratgan ilovamizni Google Play Developer Console orqali Play Market bozoriga chiqaramiz
d. Bozorga chiqarilgan ilovamizni ko'p sonli foydalanuvchilar auditoriyasiga tarqatamiz.
e. Ilovangiz ishlatilishni boshladi, demak monetizatsiya (u orqali pul topish) usullarini o'rganamiz.
f. AdMob reklamalar servisi bilan hamkorlik qilasiz, bu sizga birinchi sentlaringizni olib kelishini ko'rsatamiz.
g. Google Analytics servisi bilan ilovangizni monitoring qilishni ko'rib chiqamiz.
h. Android ilovalar ishlab chiqish va monetizatsiya qilish haqidagi istalgan savollaringizga javob olasiz.

2. Qanday qilib 5 kun ichida android ilova yaratish mumkin?

Ha mumkin, yaqindagina ishlab chiqilgan AppQur platformasida ilovalarni yaratishni o'rgatamiz. Bu platforma konstruktor sifatida ishlaydi. Sizdan hech qanday dasturlash malakasi yoki koding talab qilinmaydi. Istalgan konfiguratsiyadagi kompyuterda Chrome brauzer orqali ishlaysiz. Java, JDK, Android SDK, Android Studio ishlatilmaydi. Yaratgan ilovangiz bizning cloud serverlarda build qilinadi va sizga tayyor apk fayl jo'natiladi. Ushbu platforma orqali sinov tariqasida yaratilgan ilovalarimizni Play Marketning quyidagi sahifasida ko'rishingiz mumkin: https://play.google.com/store/apps/developer?id=AppQur

3. AppQur platformasi qanday imkoniyatlarga ega?

Ushbu servis yaqindagina ishga tushirilgan, uning yordamida quyidagi toifadagi ilovalarni yaratishingiz mumkin.

a. Elektron o'quv qo'llanmalari va kitoblar
b. Lug'atlar
c. Quiz (test) ilovalar
d. Kataloglar
e. QR kod, sferik panorama va foto galereyalar
f. Audiokitoblar
g. Bolalar uchun o'rgatuvchi ilovalar

Sinov tariqasida yaratilgan ilovalarni yuqoridagi havola orqali ko'rishingiz mumkin. Bundan tashqari ilovalarni monitoring qilish va reklama servislariga ulash imkoniyatlari qo'shilgan. Doimiy ravishda yangi imkoniyatlar qo'shib borilmoqda.

100 marta eshitgandan bir marta ko'rgan afzal. Kurs tugagach ishtirokchilarga bir oylik onlayn konsultatsiya hizmati ko'rsatiladi. Qiziquvchilarni kursimizga taklif qilib qolamiz.
AppQur platformasida sinov tariqasida yaratilgan Turkcha lug'atimizdan pul kelishni boshladi.
StartApp Android kursi bo'yicha ko'plab murojaatlar bo'lmoqda, kursga qatnashish niyatida bo'lgan ishtirokchilar, iltimos, quyidagi havola orqali bizga ariza qoldiring.

http://www.uicit.uz/course/150

Savollar bo'lsa @shavkatkhamidjonov yoki 90 997 91 14 raqamlari orqali aloqaga chiqing.
Qisqacha mobil ilovalar tendensiyasi haqida statistika

Mobil internet juda tez rivojlanyabdi, hozirda bir milliarddan oshiq mobil telefonlar internetga ulangan, ularning soni oshib bormoqda. Shuning uchun biror bir biznesning mobil qurilmalarida mavjudligi uning rivojlanishida asosiy faktor bo'lishi mumkin.

1. Chakana savdo qiluvchi internet magazinlarning 47% trafigi hamda savdo aylanmasining 35% qismi mobil qurilmalar orqali bo'lmoqda.

2. 2017 yilgi "Black Friday" savdolaridagi mobil qurilmalar orqali to'langan summalar 7 milliard dollardan oshdi

3. Mobil qurilmalar ishlatuvchi 67% haridorlar savdo tarmog'i yoki sevimli brendining mobil ilovasini ishlatishni maqul ko'rishadi (web saytlarini emas!)

4. Dunyo bo'yicha mobil qurilmalar orqali savdolarning umumiy xajmi 230 milliard dollarga yetdi.

5. 2018-yilda AQSH hududida mobil ilovalarning reklamalardan qilgan daromadi 42 milliard dollarni tashkil qildi.

6. 2020-yilga borib mobil ilovalardan keladigan daromad 189 milliard dollarni tashkil qiladi.
Google Play Developer akkauntingiz bormi?
Anonymous Poll
49%
Ha, bor
51%
Yo'q