Demak ish boshlashdan avval MOTIVATSIYA (shu ishga bor vujudingiz bilan kirishish uchun ruxiy undov) berib o'taylik.
Nega aynan mobil dasturlash bo'yicha o'zingizni sinab ko'rishingiz kerak?
1. Dasturlash - FIKRLASH demakdir, fikrlagan inson ruxan va aqlan o'sadi;
2. Biror bir foydali mobil ilova yaratuvchisi sifatida ushbu mobil ilova foydalanuvchilari tomonidan uzoq muddat davomida g'oyibona "KAAATTAA RAHMATLAAAR" olasiz;
3. Mobil ilovanigiz kimlargadir as qotadi, yordam beradi, demak siz bundan SAVOB olasiz;
4. Agar sizning dasturingizni ko'plab foydalanuvchilar tomonidan ishlatilsa siz ushbu dastur orqali mo'may daromad ishlashingiz mumkin, ya'ni MONETIZATSIYA (bu haqida hali ko'p va ho'p yozamiz);
5. Hozirda yurtimizda mobil dasturchilar maoshi 500$-2000$ AQSH dollari atrofida. Xorijda esa bundan 6-7 barobar ko'p.
6. Mobil ilova yaratish uchun sarflangan mehnatingiz mahsulini tezda ko'rishingiz mumkin. Inson biror bir natijaga erishishi va turli dovonlardan oshib borishi shaxsning jamiyatdagi MAVQEYINI ko'taradi. O'zingizdan, hayotingizdan qoniqish xussi oshib boradi.
Demak mobil ilova yaratish va uni bozorga chiqarish Sizga:
- FIKRLASH
- RAHMAT
- SAVOB
- KATTA DAROMAD
- OYLIK MAOSH
- MAVQE
olib keladi. O'ylashimizcha bular barchaga kerak. Fikr-muloxazlaringiz bilan quyida o'rtoqlashing.

Google va Microsoft nazariga tushgan 10 yoshli dasturchi qiz
Samira Mehta - 10 yoshli hind qizi CoderBunnyz nomli doska o'yini yaratib dunyo etiboriga tushdi. U dasturlash bilan 6 yoshidan shug'ullanadi, hozirda Silikon vodiysida bolalar uchun bo'lib o'tadigan texnologiya, dasturlash, muhandislik, dizayn kabi treninglarda spiker sifatida ishtirok etadi.
2016-yili bu o'yini bilan Think Tank Learning's Pitchfest tanlovida $2,500 dollar miqdorida sovrin yutib oldi. Maktablarga bu o'yinni sotish orqali bir yil ichida $35,000 ishlab topdi.
CoderMindz nomli kompanyaga asos soldi hamda "Albatta, bir milliard bola dasturlay oladi!" nomli aksiya tashkil etib maktablarda aynan dasturlashni o'rgatish uchun hayriya fondi sifatida faoliyat olib bordi.
"Dunyoda bir milliarddan oshiq bola yashayabdi, dasturlashni o'rganishni xohlaydigan bolalar uchun CoderBunnyz qutilarini maktablarga yetkazib berishda ko'plab insonlar bizga hayriya qilishmoqda" - deydi yosh qizcha.
Shundan so'ng u CoderMindz nomli sun'iy intellektga yo'naltirilgan doska o'yini yaratdi. Ushbu o'yin yordamida bolalar sun'iy intellektning bazaviy tushunchalarini o'rganishadi, bu ularga robotlar yaratishda yordam beradi.
Hulosa sifatida "Dasturlash - fikrlashni o'rgatadi, fikrlagan shaxsda foydali va katta ishlarni qilishga bo'lgan uquv shakillanib boradi" deyishimiz mumkin.
http://www.coderbunnyz.com/
https://nordic.businessinsider.com/10-year-old-coder-so-successful-now-a-valley-sensation-2018-10
http://bit.ly/2Av0S85

Mantiq va mantiqiy fikrlash biz uchun kerak bo'ladigan eng asosiy bilimlarimizdan biridir. Shu sabab mantiqiy masalalar bo'yicha postlar ham berib boramiz.
#mantiq
Quyida afrika qabilalaridan birida ishlatiluvchi bazi so'zlarning tarjimasi berilgan:
migenlasan - oqlaylak
lasanpoen - laylakqor
cuopdansa - kattaodam
beoncoup - judakatta
ekanligi aniq bo'lsa "qorodam" va "kattalaylak" ni shu qabila tilga tarjima qiling.

Android ilova yaratish uchun ishni nimadan boshlash kerak?
Ko'pchilik qiziquvchilar bu savol bilan murojaat qilishadi. Umuman olganda ixtiyoriy qurilma (kompyuter, mobil telefon, planshet, smart soat, smart TV ...) uchun biror dastur yoki ilova yaratishda bizga dasturlash tillari yordam beradi.
Dasturlash tili - bu biror platforma (operatsion tizim + qurilma) da ishlovchi dasturlarni yaratishga kerak bo'ladigan buyruqlar, matematik va mantiqiy amallar to'plamidir. Dasturlash tilida yozilgan ish natijasi - bu biror bir dastur bo'lishi mumkin.
Men yuqorigi jumlalarni shuncha yillik tajribamdan kelib chiqib juda ham sodda va qisqa ko'rinishda yozdim, lekin bu ko'pchilik boshlovchilar uchun murakkabdek tuyulishi mumkin. Aslida dasturlash tili biror bir xorijiy til kabidir, faqat xorijiy tillardan so'zlar soni kamligi bilan oson va sintaksis (tinish belgilarining ishlatilish qoidalari) murakkabligi jixatidan qiyindir.
Yuqoridagi jumladan kelib chiqib ilova yaratish uchun biror bir dasturlash tilini o'rganish tavsiya qilinadi. Bu traditsion yo'l. Huddiki "maktabni bitirmasang universitetga kira olmaysan" degandek gap.
Ushbu sohaga kirib kelmoqchi bo'lganlar uchun bizda yangi bir metod bor. Ya'ni biror bir dasturlash tilini o'rganmasangiz ham android uchun ilova ishlab chiqishni o'rgatamiz.
Bu nima uchun kerak? Shunday qilsa ham bo'ladimi? Dasturlash tilini o'rganmay biror dastur yaratsak bo'ladimi? Ushbu dasturni ilovalar bozoriga chiqarib biror daromad topish mumkinmi?
Barchasining javobi "HA, ALBATTA!".
Biz siz azizlar bilan dasturlashga eng sodda va oddiy yo'l bilan kirib boramiz. Agar bu sizga maqul bo'lsa va ilovalar yaratish siz uchun har tomonlama manfaatli hunar ekanligi haqida qaror qabul qilsangiz, albatta keyingi bosqichlarga ham birgalikda o'tamiz. Bizni kuzatib boring.
👍 Yaxshi narsaga o'xshayabdi
😠 Quloqqa lag'mon ilma!

Yulduzchalar o'rnida qaysi belgilar keladi?
FAG, GAF, HAI, IAH, 🔆🔆🔆
FAG, GAF, HAI, IAH, 🔆🔆🔆
O'zbekistonlik dastur ishlab chiqaruvchilar o'z mobil ilovalarini Play Market bozorida sotishlari mumkin
2018-yil iyun oyida Google kompaniyasi o'zining android qurilmalar uchun eng yirik elektron bozori bo'lmish Play Marketda O'zbekistonlik dasturchilarga "Merchant Account" ochish uchun ruhsat berdi. Bu nima degani, keling, shu haqida batafsil to'xtalib o'tsak.
Avvallari yuritimiz dasturchilari o'zlari yaratgan ilovalarni Play Marketga qo'yishi hamda BEPUL(!) tarqatishi mumkin edi. Ilovalarni pullik qilish yoki ilovalar ichida pullik kontentlarni sotishlari uchun dasturchi "Merchant Account" ga ega bo'lishi kerak. Bu imkoniyat esa yurtdoshlarimizga mavjud emas edi.
Merchant Account - bu Play Market bozorida sotish huquqiga ega bo'lgan "tadbirkor" yoki "biznesmen" profilidir. Ushbu toifadagi profilga ishlab chiqargan ilovalaringiz orqali turli qonuniy yo'llar orqali daromad topish uchun huquq berilgan. Ya'ni dasturchi-tadbirkor ilovalarni yoki ilovalar ichida raqamli tovarlarni (masalan o'yinlarda bosqichlar, tangalar, qurollar...) sotishidan tushgan tushumlar dasturchining ko'rsatilgan bank hisob raqamiga o'tkazilib beriladi.
Avvallari yurtimizda banklar va global to'lov tizimlari (SWIFT) o'rtasida ko'pgina cheklanishlar, qolaversa erkin valyuta siyosati bo'lmagani uchun android ilovalar bozorida yurtimiz dasturchilari uchun Merchant Account ochish imkoniyati yo'q edi. So'nggi yillarda ro'y bergan bank-moliya tizimidagi liberallashuv Google tarafidan bu cheklanishni olib tashlanishiga sabab bo'lgan bo'lsa ajab emas.
Demak, O'zbekistonliklar android ilovalar yaratishi hamda Play Marketda cheklanmagan miqdorda daromad topishlari mumkin.
Biror tovar ishlab chiqaruvchilar yaxshi bilsa kerak, qanday qilib jahon bozoriga ishlab chiqarilgan tovarlarni olib chiqish nechog'li mushkul va uzoq davom etadigan, katta xarajat talab qiladigan jarayon ekanligini. Lekin bu qiyinchiliklar mobil ilovalar uchun umuman taalluqli emas!
Biror bir foydali va ommabop mobil ilova yaratgan holda siz Play Market, Yandex Store, App Store kabi global bozorlarda o'z ilovangizni sotish va daromad topishingiz uchun hech qanday ma'muriy yoki moliyaviy to'siqlar yo'q.
Ilovalar qanday usullar bilan pul olib kelishi mumkin, bular haqida keyingi postlarimizda batafsil to'xtalib o'tamiz. Muhimi endi barchamizga bozor ochiq!
@start_app_android

Magic Leap kompaniyasi AR-ilovalar yaratuvchi dasturchilar uchun $500,000 gacha grantlar ajratmoqda
Ushbu dasturda mustaqil dasturchilar studiyasi o'z loyihalari uchun $20,000 dan $500,000 dollar miqdorida grantlar olishi mumkin. Arizlar 15-dekabrga qadar qabul qilinadi.
AR - Augumented Reality (To'ldirilgan reallik) - turli sensorlar bilan jixozlangan qurilmalar yordamida inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan borliqni yanada to'liqroq qabul qilishi natijasida tasavvurni kengaytirish.

O'yinlar yaratish orqali kim qancha mablag' ishlayabdi?
Mobil ilovalar ishlab chiqaruvchi Ballon Island kompanyasi millionlab foydalanuvchilarga ega bir nechta mashxur o'yinlar yaratgan. 2016-yilgi holatga ko'ra kompanya AdMob reklamalar servisi orqali kuniga $2000 dollardan oshiq mablag' ishlamoqda.
HeroCraft Ltd kompanyasi esa, o'zining mashxur o'yini Farm Frenzy (10 milliondan oshiq yuklab olishlar)da, AdMob reklama servisi orqali tushumlarini 200% ga oshirdi. Ushbu o'yin ilovalar bozoriga chiqarilgach birinchi 4 oy davomida oyiga o'rtacha $20,000 dollar miqdorda pul keltirgan bo'lsa, keyinchalik AdMob bilan hamkorlik qilish orqali ushbu ko'rsatgich $58,000 dollarga oshdi.

Mobil ilovalardan qanday usullar yordamida pul topish mumkin?
Mobil ilovalardan bir necha usulda daromad olish mumkin. Ular:
1. Ilovalarga reklama joylashtirish orqali
2. Ilovalarning pullik versiyalarini yaratish orqali
3. Ilovalar ichida raqamli tovarlarni sotish orqali
4. Ilovalar ichida davriy obunalar sotish orqali
5. Ilova foydalanuvchilarining shaxsiy bo'lmagan ma'lumotlarni turli aggregatorlarga sotish orqali
Yuqoridagi barcha usullar haqida birma-bir to'xtalib o'tamiz.
Savollar bo'lsa ushbu bot orqali murojaat qilishingiz mumkin: @start_app_android_bot

Ilovalarga reklama joylashtirish orqali pul ishlash
Ushbu usul eng keng tarqalgan va amalga oshirish juda ham oson usul hisoblanadi. Umuman olganda internet texnologiyalar olamida reklamaning o'rni beqiyos. Reklama - bu cheklanmagan investitsiya va daromad manbayi. Reklama beruvchilar bor ekan biz ilova yaratuvchilar yaxshigina daromad topish imkoniga egamiz. Axir reklama biznesning motori hisoblanadi.
Tasavvur qiling siz biror bir android ilovani ishlab chiqdingiz. Masalan "Qiziqarli matematika" nomli o'yin yoki qo'llanma dastur. Ushbu ilova maktab o'quvchilari, abituriyentlar uchun yaxshigina foydali, ishlatishga qulay bo'lsin, foydalanuvchilarning biror bir muammosini hal qilsin.
Ushbu ilovangizdan bir kunda minglab, o'n minglab foydalanuvchilar foydalansin. Agar siz haqiqatan shu natijaga erishsangiz demak sizda mehnat qilib yaratgan ilovangizdan foyda olish imkoni mavjud.
Reklama qo'yish uchun:
1. AdMob reklama servisidan hamkor sifatida ro'yxatdan o'tasiz.
2. Ushbu servisga Play Market bozoriga chiqarilgan ilovangizni qo'shasiz.
3. AdMob shaxsiy kabinetida ilovalaringiz uchun reklama joylari (Ad Unit) yaratasiz.
4. Reklama joylarini ilovangiz kodiga joylashtirasiz.
5. Play Marketga yangi versiyasini yuklaysiz.
6. Har kuni ilovangiz orqali kelayotgan soqqalarni kuzatib borasiz :)
Yuqoridagi qadamlarni qisqagina keltirib o'tdik. Bir marta praktika qilib olganlarga bu deyarli qiyinchilik tug'dirmaydigan jarayon.
Ko'p beriladigan savollar:
1.❗️ Dasturlashni bilmayman, android ilova yarata olamanmi?❗️
- Ha albatta, avvalgi postimizda takidlaganimizdek, dasturlashni hali boshlamaganlar yoki bilmaydiganlar uchun ham android ilovalar yaratish imkoni bor, muhimi sizda ishtiyoq va biror bir sohada bilim bo'lsa yetarli, bu haqida yana batafsil gaplashamiz.
1. Masalan oyiga 100$ ishlashim uchun ilova qanday bo'lishi kerak?
- Reklama orqali pul ishlash uchun ilovangiz ommapob bo'lishi kerak, DAU (daily active users - kunlik faol foydalanuvchilar) soni kamida 3000 ta bo'lishi kerak. Shunda taxminan bir oy davomida ushbu ilovadan 100$ mablag' ishlaysiz. Foydalanuvchilar qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi.
2. Reklama orqali ishlangan pullar qanday qilib yechib olinadi?
- Ushbu mablag'larni yurtimizdagi banklardan birida ochilgan VISA kartaga tushirib olsangiz bo'ladi. Bu haqida batafsil yozamiz.
3. Bu qonuniymi?
- Ha albatta, siz ilovani mehnat qilib yaratasiz, Play Marketga joylashtirishda esa uning shartlarini bajarasiz. Bir yilda bir daromadlaringizdan soliq to'lashni unutmang! Admob servisida esa ba'zi toifadagi (dori, ichimlik, diniy sektalar ...) reklamalarni o'chirishni unutmang!
4. Reklamasiz pul topsa bo'lmaydimi?
- Bo'ladi, boshqa usullar haqida ham yozib o'tamiz. Kuzatib boring.
Boshqa savollar bo'lsa marhamat: @start_android_app_bot

Yuqoridagi skrenshotlardan ko'rish mumkinki, reklamalar orqali ham yaxshigina pul ishlashimiz mumkin. Muhimi siz foydali ilova yarata olsangiz bas.
Tez orada Sizlar bilan mobil ilovalar qurish bo'yicha amaliy ishlarni boshlaymiz, kanalga do'stlaringizni, mobil ilovaga qiziquvchi tanishlaringizni ham taklif eting.
Manzilimiz: @start_app_android

Salom hamma hammaga!
Qayta aloqa botimizga auditoryadan ko'plab savollar kelib tushmoqda. Keling shulardan eng ko'p uchraydiganlariga qisqacha javob berib o'tsak.
1. Android dasturlashni boshlamoqchiman? Menga kompyuter kerak bo'ladimi, yoki usiz ham biror nima qilsa bo'ladimi?
- Ha albatta, kompyuter yoki noutbuk kerak bo'ladi. Busiz iloji yo'q. Taksi qiluvchiga mashina, duradgorga stanok kerak bo'lgandek bizga ham kompyuter kerak bo'ladi. Bundan tashqari yaratilgan ilovalarni ishlatib sinab ko'rish uchun android tizimida ishlovchi qurilma (telefon yoki planshet) zarur. Kompyuterda operativ xotira (RAM) minimal 6GB bo'lsa maqsadga muvofiq. 2 yoki 4 da ancha qiynalib qolasiz, alohida videokarta shart emas. Eng minimali shular.
2. Play marketda pullik ilovalarni hackerlar buzib olib tarqatib yuborishadi, ulardan himoyalash yo'li bormi?
- Umuman olganda IT olamida absolyut himoya degan tushuncha yo'q, yaratilgan dasturlarni himoyalashning ko'plab usullari bor, lekin ular ham qaysidir nuqtada ojiz. Lekin bu degani "chumchuqdan qo'rqib tariq ekmay yurish kerak" degani emas. Siz ilova yaratavering, hackerlarni ishi esa buzish, agar sizni dasturingizga qaysidir hacker qiziqib qolgan bo'lsa demak bu sizning yutug'ingiz. Pulli ilovaning buzilgan versiyasini tarqalishi hech nimani hal qilmaydi. Shu sababdan hozirda ilovalarni pullik qilishdan ko'ra ilova ichida turli tovarlarni sotish yoki reklama joylashtirish ommalashmoqda. Himoya usullari haqida vaqti kelganda batafsil gaplashamiz.
3. Dasturchi bo'lish uchun nima qilish kerak, qaysi sohani egasi bo'lish kerak?
- Bu savolning javobi juda ko'p, dasturchi bo'lish uchun avvalambor qiziqish va qunt kerak. Biror bir dasturlarni ishlatayotganizda ayni shu dastur qanday tuzilgan, kim yaratgan degan savollar sizda bo'lganmi? Ishni kompyuter olishdan boshlang, eng oddiysini (navorot kompyuterlarda boshqa narsalarga qiziqib ketishingiz ehtimoli bor). Dasturlash tillari (C++, Java, Python, C#, Delphi, Pascal, Php...)dan birini o'rganishni boshlang, agar fikrlash qobilyatingiz bo'lsa zanjirning davomi o'z kelaveradi. Biror bir tanish dasturchiga shogird tushing. Eslatib o'taman dasturchi bo'lish uchun institutni tugatgan yoki biror bir sohada ishlaydigan bo'lish shart emas. Dasturchilik yosh, mansab, mavqe, jins, millat tanlamaydi, Hozir maktab yoshidagi o'quvchilar ham dastur tuzish bilan ishlab yotishibdi. Onlayn kurslar yoki videouroklar topib ko'ring, internetda tiqilib yotibdi. Bir necha yil oldin yozgan maqolamizni qayta havola etishimiz mumkin.
4. AdMob orqali ishlangan pullar qanday yechib olinadi?
- Bu haqida batafsil maqola qilamiz. Hozircha esa biror bir bankdan VISA karta ochtirasiz. Bankdan kartangizga chet eldan pul o'tkazish uchun kerak bo'ladigan formani olasiz. Bu formada Beneficiary, Account name, Account number, SWIFT, IBAN kabi ma'lumotlar bo'ladi. Bularni AdMob profilidagi "Payment Method" sozlamalariga kiritasiz.
5. Dasturlashni bilmayman, biror android ilova yaratib ushbu sohaga kirib borsam bo'ladimi?
- Ha albatta, agar sizda dasturlash bilimlari bo'lmasa yoki o'rgana olmayotgan bo'lsangiz android ilovalar yaratishni sinab ko'rsangiz bo'ladi. Lekin bu degani siz umuman nol bo'lsangiz ham bo'ladi degani emas. Sizda boshqa bir soha bo'yicha yetarlicha bilim va tajriba bo'lishi kerak. Komppyuter, internetda ishlashni bilishingiz hamda foydali biror kontent yarata olishingiz kerak. Kontent deganda kompyuterda yaratiladigan turli raqamli ma'lumotlar, masalan - lug'atlar, maqoalalar, chizmalar, fotorasmlar, audiomalumotlar, videoroliklar, testlar, qo'llanma kabilarni nazarda tutamiz. Masalan kechagina bir shogirdimiz umuman dasturlash malakasisiz yaratgan android ilovani ko'rishingiz mumkin, boshlanishiga yomon emas to'g'rimi?
Eslatib o'tamiz qabulxonamiz @start_app_android_bot

Telegraph
Kim bo'lsam ekan? Dasturchi!
Ha ayni shu savol ko'pchilik yoshlarimizda muammoli holatni keltirib chiqaradi. Gap dasturlovchilar — axborot texnologiyalari sohasining bo'lajak mutaxassislari haqida ketmoqda. Bu soha yurtimizda endi bo'y ko'rsatayotgan davrda axborot va kompyuter texnologiyalari…
Kechagina komandamizdagi bir dasturchi akamiz zerikkanda "kichikkina" bir ilova yasab qo'yibdilar. Haydovchilarimiz uchun qo'llanma, ya'ni yo'l harakati qoidalari, yo'l belgilari, jarimalar hamda avtoulov egalari uchun turli hil foydali ma'lumotlar. Quyida yuklab olib sinab ko'rishingiz mumkin.
Bu akamiz android ilovalar yaratish bo'yicha tog'day tajriba va daryoday bilimga ega ekanligini bilaman. Ko'pchilik dasturchilarimiz uchun juda ham oddiydek ko'ringan bu ilovani yaratishda dasturlash tajribasi ishlatilmagan, Java kabi dasturlash tili yoki Android Studio kabi dasturlardan foydalanilmagan. Bundan maqsadlari bitta: "Bu ilova kimlargadir asqotadi va shu kabi foydali ilovalarni yaratish ko'pchilik tasavvur qiladigandek murakkab ish emas"
Biz hozircha aniq ayta olamiz ushbu kanalimizdagi istalgan foydalanuvchu bu ko'rinishdagi ilovalarni yarata oladi. Bu fikrimizga kimda shubha yoki ishonchsizlik bo'lsa tez orada 3-4 kunlik trening tashkil qilamiz va taklif etamiz. Ungacha siz qanday ilova yaratishiz mumkinligi haqida o'ylab ko'ring, ideyangizni toping, avvalgi postimizning 5-bandida aytib o'tilgandek biror bir kontent to'plab turing.

Telegram
Yuklab oling
Bizda StartApp Android intensiv trening kursiga qabul boshlandi!
Salom barcha barchaga, biror bir sohaga tezkor kirib borishdagi eng samarali yo'llardan biri bu - intensiv kurslar. Demak, kimda-kim android ilovalar olamiga tezda kirib borish istagida bo'lsa bu yaxshi imkoniyatdir.
Android ilovalar yaratishni maqsad qilgan bo'lajak dasturchilar uchun 5 kunlik intensiv trening kursini elon qilamiz. Ushbu muddat ichida siz o'z ilovangizni yaratasiz hamda Play Marketga joylaysiz.
Bundan tashqari mobil ilovalar, ularni ishlab chiqish texnologiyalari, ulardan pul topish (monetizatsiya) usullari kabi ko'pgina mavzularda aniq tushunchalaringiz shakillanadi.
Kurs kimlar uchun, ishtirokchilarga talablar, trenerlar kim, kurs orqali qanday natijalarga erishasiz, kurs mavzulari va narxi haqida batafsil quyidagi havola orqali bilib oling.
https://telegra.ph/Start-App-Android-trening-kursi-12-08
Savollar bo'lsa @start_app_android_bot ga yuboring.

StartApp Android trening kursi
Android ilovalar yaratishni maqsad qilgan bo'lajak dasturchilar uchun 5 kunlik intensiv trening kursini elon qilamiz. Ushbu muddat ichida siz o'z ilovangizni yaratasiz hamda Play Marketga joylaysiz. Bundan tashqari mobil ilovalar, ularni ishlab chiqish texnologiyalari…
Ko'pchilik o'quvchilarimiz yuqoridagi kurs bo'yicha quyidagi savollarni berishmoqda:
1. Kurs formati qanday? Nima uchun oylik kurs emas bu?
Ushbu kursimiz 5 kunlik intensiv trening sifatida o'tiladi. Guruhda 5-6 kishi, 3 soat davomida aktiv jamoa bo'lib ishlaymiz. Biz sizga uzundan uzoq leksiyalar qilmaymiz, slayd va taqdimotlar ko'rsatmaymiz. Qisqacha xaritamiz:
a. Mobil ilovalar va ularni yaratish texnologiyalari haqida batafsil gaplashamiz.
b. AppQur platformasida ilovalar qurishni o'rganamiz
c. Yaratgan ilovamizni Google Play Developer Console orqali Play Market bozoriga chiqaramiz
d. Bozorga chiqarilgan ilovamizni ko'p sonli foydalanuvchilar auditoriyasiga tarqatamiz.
e. Ilovangiz ishlatilishni boshladi, demak monetizatsiya (u orqali pul topish) usullarini o'rganamiz.
f. AdMob reklamalar servisi bilan hamkorlik qilasiz, bu sizga birinchi sentlaringizni olib kelishini ko'rsatamiz.
g. Google Analytics servisi bilan ilovangizni monitoring qilishni ko'rib chiqamiz.
h. Android ilovalar ishlab chiqish va monetizatsiya qilish haqidagi istalgan savollaringizga javob olasiz.
2. Qanday qilib 5 kun ichida android ilova yaratish mumkin?
Ha mumkin, yaqindagina ishlab chiqilgan AppQur platformasida ilovalarni yaratishni o'rgatamiz. Bu platforma konstruktor sifatida ishlaydi. Sizdan hech qanday dasturlash malakasi yoki koding talab qilinmaydi. Istalgan konfiguratsiyadagi kompyuterda Chrome brauzer orqali ishlaysiz. Java, JDK, Android SDK, Android Studio ishlatilmaydi. Yaratgan ilovangiz bizning cloud serverlarda build qilinadi va sizga tayyor apk fayl jo'natiladi. Ushbu platforma orqali sinov tariqasida yaratilgan ilovalarimizni Play Marketning quyidagi sahifasida ko'rishingiz mumkin: https://play.google.com/store/apps/developer?id=AppQur
3. AppQur platformasi qanday imkoniyatlarga ega?
Ushbu servis yaqindagina ishga tushirilgan, uning yordamida quyidagi toifadagi ilovalarni yaratishingiz mumkin.
a. Elektron o'quv qo'llanmalari va kitoblar
b. Lug'atlar
c. Quiz (test) ilovalar
d. Kataloglar
e. QR kod, sferik panorama va foto galereyalar
f. Audiokitoblar
g. Bolalar uchun o'rgatuvchi ilovalar
Sinov tariqasida yaratilgan ilovalarni yuqoridagi havola orqali ko'rishingiz mumkin. Bundan tashqari ilovalarni monitoring qilish va reklama servislariga ulash imkoniyatlari qo'shilgan. Doimiy ravishda yangi imkoniyatlar qo'shib borilmoqda.
100 marta eshitgandan bir marta ko'rgan afzal. Kurs tugagach ishtirokchilarga bir oylik onlayn konsultatsiya hizmati ko'rsatiladi. Qiziquvchilarni kursimizga taklif qilib qolamiz.

StartApp Android
Bizda StartApp Android intensiv trening kursiga qabul boshlandi!
Salom barcha barchaga, biror bir sohaga tezkor kirib borishdagi eng samarali yo'llardan biri bu - intensiv kurslar. Demak, kimda-kim android ilovalar olamiga tezda kirib borish istagida bo'lsa…

AppQur platformasida qurilgan eng birinchi qilingan ilovalardan biri.
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.smartbox.fruits.plus
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.smartbox.fruits.plus
Telegram
Yuklab oling
StartApp Android kursi bo'yicha ko'plab murojaatlar bo'lmoqda, kursga qatnashish niyatida bo'lgan ishtirokchilar, iltimos, quyidagi havola orqali bizga ariza qoldiring.
http://www.uicit.uz/course/150
Savollar bo'lsa @shavkatkhamidjonov yoki 90 997 91 14 raqamlari orqali aloqaga chiqing.