Abdulaziz's
92 subscribers
228 photos
72 videos
90 links
Download Telegram
Biror joyga ishga chiqsam, yo birorta koreys bilan tanishsam, doim uchta bir xil savol beradi:

1. Yoshing nechchida?
2. Koreyaga qachon kelgansan?
3. Qiz bola do'sting bormi?
😁41🔥1
Bugun ertalab ishdan qaytayotganimda, qarg’alar to’p-to’p bo’lib uchib kelishayotgan ekan. Havo ancha sovib qoldi, bizdaham.

Esimda, to’rtinchi yoki beshinchi sinfligimda, noyabrni oyini ohirlarida, qarg’alar uchib kelayotganini ko’rgan edim.

Shunda maktabdan kelsam, eshigimiz tagida meni ayam kutib turgan ekanlar. Odatda, sinfdoshlarim bilan futbol o’ynab, kech kelardim. Shu payt, ayam meni ko’chamizni boshiga qarab, kutib turgan ekanlar.

Shunda, ayamdan so’radim:
- Nega qarg’alar ‘’qa-qa” degan tovush chiqaradi? deb.

Ayam manga kulib:
- “qor-qor” deyapti degan edilar. O’sha payt ishongan edim.

Oradan 8 yil o’tipti, meni kutib turadigan ayam ham yo’qlar. U kishi kutadigan ko’chalarda esa, men.

Aya, bugun sizni qattiq sog’indim.

Ohiratingiz obod bo’lsin, aya.
254😢1
Ohirgi 5 oy asosan quyosh panel o’rnatishda ishladim. Ayniqsa avgust va sentyabr oylarida, dam olmay 20 kunlab shu ishni qildik.

Kecha koreys tel qilib, ishni biladigan odam kerak degan edi. Do’stim bilan, 0dan o’zimiz terib keldik. Pochti, koreys yordam bermadi. O’zimiz terdik, ustunlardan tortib, modullarigacha.

05.12.25
Yangsan, Janubiy Korea
🔥6💯3👍2🤯21
2026 ham kepti, uje
Bilmadim, yaqinda 2025 keluvdi
🔥321
Bu yil, shunchaki odatiy yil bo’lmasin ilohim, kattaroq maqsadlar, niyatla qo’yin
🔥533
2025da kamida 2ta davlatga bormoqchi edim, hattoki sentyabrda Yaponiyaga turistik vizam ham chiquvdi, ketishimdan 3 4 kun oldin avariya bop ketib qoldim. Moshinam daje mettalom bop ketdi
Uni aytgani bo’ladi baribir, sahifalar qurigan, qalamlar ko’tarilgan
💯5🤯2👀21🔥1
O’tgan yili Koreani faqat 3 4 ta shahriga boruvdim, holos
Bu yili bilmadim, kamida 30 40tacha shahriga ish yoki o’qish bilan bordim

Aylanvordim koreani koroche
Bir kunda 800-1000kmlab moshina mindim

Tesla mindim, daje 200ga ob chiqib uchirdim, Teslada shopirlik qildim
Katta moshinalarni, furalarni, dvuxsotkalarni minib ko’rdim
Lambo va ferrariga chiqib ko’rdim, bir kuni olib minib ham ko’raman Inshaalloh
2
Muhimi, dadamni hursand qila oldim

O’zi hammamizdan rozi bo’lsin, O’zi to’g’ri yo’ldan adashtirmasin. Muhimi shu, qolgani bo’laveradi

Yaxshi dam olina
9