Starplus | blog
12 subscribers
101 photos
36 videos
52 links
Safarali Yakubov O’tkir o’g’li
@safarali_yakubov +998996646060
Download Telegram
😁8👎43💔2💘1
😁83👎3💔2👍1💘1
O’zimga 3-4haftaga “otpuska” (mehnat ta’tili) e’lon qilyapman.Ta’til davomida sho’xlik qilmay yuringlar😁.
Ta’tilda bo’lsam ham nazoratda bo’lasizlar🫡
❤‍🔥73👎3😁2
🕊6👎54👍2
Hozir ayni vaqti

Buyuk Kelajak o’quv markazi jamoasi haqida yozmabman.

Minglab ustozlar ichidan tanlab olingan, eng kuchli mahalliy va legioner mutaxassislar bilan ishlaymiz.

O’qituvchilarimiz bu yil bir necha o’quv-amaliy tadbirlar o’tkazishdi, jamoaviy tarzda har bir o’quvchini 5ta fandan maksimal natijada tayyorlab, 50dan ortiq GRANDli studentlar yetishtirishdi.

Ko’pchiliklari Milliy va xorijiy imtihonlarda Sertifikat va toifalar olishdi, GRAND yutishdi.

Biz bilan ishlab uchta o’qituvchimiz mashina, ikkitalari uy olishdi.

Eng muhimi esa 10 dan ortiq o’qituvchilarimiz o’z farzandlarini bizda o’qitib kelishyapti.

Shular qatorida administratorlarimiz ham!

Buyuk Kelajak jamoasiga qo’shilmoqchimiz? Hozir ayni vaqti.

BIZ REGISTRATSIYA BO’LIMI UCHUN YANA BITTA ADMINISTRATOR QIDIRYAPMIZ!

Biz jamoani kengaytirish bosqichidamiz! Mos bo’lsangiz murojaat eting, mos odamni tanisangiz jo’natib qo’ying)
@star_plus5


@starplus11
👍64👎4
Bu bizning o’quv markaz!

Ish boshlaganiga 3yil bo’lganiga qaramay, 500dan ziyod o’quvchilarini talabalik sharafiga miyassar qilishga ulgurdi.

Bu harakat yo’lida o’qitivchilar fidokorona xizmat qilib kelmoqda. Joriy yil ham natijalar kutilgandan a’lo!

Ta’lim jarayonini yanada kuchaychirish va ota-onalar bilan doimiy aloqada bo’lish uchun har bir fan uchun online platforma yaratilgan. Unda fan doirasida o’quvchilar davomati, fan o’zlashtirishi, test natijalar, kunlik nazorat natijalari hamda uyga beriladigan topshiriqlar joylanib boriladi. Ota-onalar bilan doimiy online aloqada bo’linadi.

Shu va boshqa innovatsion qadamlar natijasida bizni izlab kelgan barcha o’quvchilar yuqori natijaga erishmoqdalar.

Biz bilan birga yuqori marralarda bo’ling.

Markaz kanalini hamda joylashuvini belgilab qo’yaman.

📍Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/uzhoqc34tRqE7m3i7?g_st=ic

@Buyuk_Kelajak_Urgut

@starplus11
11👎4👏2👍1
“Amir Temur” milliy bog’i

📍lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/SPGbw9v3rKJE4tzH9?g_st=ic

@starplus11
9👎4🔥2👍1💔1
Mukammallik nima?

1. 28 kun davomida oyning bir joyda va bir vaqtda suratga olish natijasida hosil bo’lgan kompozitsiya.

2. Hurmo novdasining shakli tasvirlangan.

“Oyni esa, toki eski (hurmo) shingili (holiga) qaytguniga qadar manzillarini bichib qo’yganmiz” (Yasin surasi, 39-oyat).

@starplus11
9👎3🔥2
Ba’zi insonlar duo kabidir…

Borligini o’zi doim xuzur keltiradi)

@starplus11
10👎2🥴2😇2💔1
Nimagadir erishmoqlik uchun boshqasidan voz kechishlik tushunchasi shu olmada!

P.s.: bitta meva mukammal hosil bo’lishi uchun yana to’rtta gul o’zini qurbon qilgan.

@starplus11
10❤‍🔥4👎4👏1
Hech kim sizga ishonmaganda, u ishongan edi.

Pul olib o’qitsa bo’ladigan faniga, bepulga o’qitgan edi.

Nafaqat fanini o’rgatgandi, hayotda ham ustozlik qilgan edi.

Ustoz bo’laman deyishingizga uni yaxshi ko’rganingiz sabab edi.

Maqtagandi, urushgandi, qo’rqitgandi, kuldirgandi, nima qilib bo’lsa ham o’qitgandi.

Hammamizda tepadagi ta’riflarning bittasiga bo’lsa ham tushadigan ustoz albatta topiladi.

Bayramingiz muborak bo’lsin ustozlar! Hamma ishlarning boshida sizni ishlaringiz turadi!

@starplus11
❤‍🔥11👍3👎2😘2😨1
OQ QOG'OZ VA QORA DOG'

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko'rishlarini so'radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog'ozini orqa o'girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o'qish maqsadida qog'ozni o'girishdi. Qog'oz o'rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo'q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko'rishi bilan ularga: "Men qog'ozda nimani ko'rayotgan bo'lsangiz, shu haqda yozishingizni so'rayman", - dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog'ozlarni yig'ib olib, har bir talabaninng yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o'qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog'oz o'rtasida joylashgani haqida yozgan, o'z fikrini bayon qilgan edi.

Javoblar o'qib bo'lingach, oraga sukunat cho'mdi va biroz o'tib professor talabalarga: "Men bu javoblarga baho qo'ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o'z javobida qog'ozning oq qismi haqida hech narsa yozmabdi. Barcha diqqat-e'tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski, xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e'tibor beramiz, xuddi qog'ozdagi qora nuqta kabi. Aslida, qog'ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha ko'p. Tiriklik bir-birimizga yordam berish, qayg'urish uchun berilgan sovg'a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga toʻladir. Toʻgʻri, o'sha qora nuqtaga ham e'tibor qaratishimiz, uni to'g'rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo'lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko'rinmasdir", - dedi.

@starplus11
7👍2👎2
Jarqishloqqa savobi janoza.
Janoza namozi soat 16:00 (soat 4 :00) da.
Qodirov Xolmurod domla(tog'amiz) 66 yoshda qazo qildilar. Juda ham yaxshi inson edilar. Tog'amizni ruxi Duolaringizga muxtoj. Allohim rahmat qilsin.🤲
102
Toʻgʻri yoʻl

Ahli ilmlar ila qilganda suhbat,
Kerakli xulosa chiqardim,
bundan.
Hayot yoʻli goʻyo katta bir
maktab,
Toʻgʻri yoʻlni izla hamisha undan

Toʻgʻri yoʻl - bu Qurʼon - Olloh
yoʻlidir,
Jahannam, azobdan panoh
yoʻlidir.
Gar yurguvchi boʻlsang shayton
izmidan,
Bu yoʻl esa katta gunoh yoʻlidir.

Gunohdir yolgʻon gap, gunohdir
gʻiybat
Hamda birovlarga qilmoqlik
tuhmat...
Qanday azobi bor oxir - oqibat
Ollohga ayondir, bilmasmiz
faqat.

Tanlamoq kerakdir shariat yoʻlin,
Shundagina boʻlar xotirjam
koʻngil.
Odiliy duoga koʻtarib qoʻlin,
Ollohga hamd - sano aytar
qancha yil?
Oʻzi bilguvchidir, oʻzidir Qodir !

Qodirov Xolmurod Odiliy.( 14 - may, 2024-yil).
102🔥21👍1👏1
Oxirgi to'rt yilda mamlakatimizda 30 000 yoshlarimiz IELTS 7.0+ olishibdi.

Yiliga topshirayotganlar esa 35 000 dan oshibdi.

Aholi soniga test topshirish bo’yicha dunyoda top 15 talikka kirib bo’libmiz.

Navoiy Hazratlari “Muhokamatul Lug’atayn” asarida yozgandilar: <<Turklar (hozirgi o’zbeklar) fors tilini o’rgansa, forslardek gapiradi, sezmaysan. Forslar turkcha gapirsa, bitta jumlasidan bilasan.>>

Bizning tilga iqtidorimiz bor.

Shu ko’rsatgichlarni uch barobar oshirsak Vietnamdan, besh barobar oshirsak Singapurdan til bilishda o’tib ketamiz.

Til o’rganing, bo’shashmang.

Va yana,

Til o’rganish bilan to’xtab ham qolmang.

@buyuk_kelajak_urgut
@starplus11
6👎3🔥1
Интернет замонида ҳаким зотнинг ўғлига қилган олтинга тенг тавсиялари

"Ўғлим! Google, Facebook, Twitter, WhatsApp, Telegram, Instagram ва барча ижтимоий тармоқлар бамисоли тубсиз денгиздир. Унда қанчадан қанча кишиларнинг ахлоқлари ғарқ бўлган, ақллари чўккан. Уларнинг ичида йигитлар ҳам, қариялар ҳам бор… Унинг тўлқинлари иффатли қизларнинг ҳаёсини ютиб юборган… У жуда кўп халойиқни ҳалок қилган. Унга шўнғиб кетишдан огоҳ бўл. Интернетда гўёки асалари каби бўл, аввало ўзингга, кейин ўзгаларга фойда келтиришинг учун саҳифаларнинг энг покизасини зиёрат қил.

Ўғлим! Пашша каби гулга ҳам, гўнгга ҳам қўниб, ўзинг билмаган ҳолда касалликларни ташима…
Ўғлим! Интернет катта бозорга ўхшайди. У ерда ҳеч ким молини текинга тарқатмайди. Ҳамма муқобилига бирор нарса хоҳлайди. Кимдир молининг муқобилига одоб-ахлоқни олмоқчи бўлади. Кимдир шубҳали фикрларини тарқатмоқчи бўлади… Яна кимдир шуҳрат қозонгиси келади… Яна кимдир жамиятни ислоҳ қилмоқчи бўлади… Молни яхшилаб текширмагунингча сотиб олма. Ўғлим! Миш-мишларни ва бўлмағур латифаларни тарқатишдан, ҳаром нарсаларни кўчириб ёйишдан ҳазир бўл!

Билгин, сен бу яхши ва ёмон нарсалар билан тижорат қилмоқдасан. Товарингни бировга таклиф қилишингдан олдин покизасини танлаб ол, чунки мижоз сендан маслаҳат сўраб ўтирмайди, сотиб олаверади.
Ўғлим! Бирор нарса остига фикр ёзиб қолдирмоқчи бўлсанг, яхшилаб ўйла, бу гапларинг Аллоҳни рози қиладими, йўқми?!
Ўғлим!
Кўзинг билан кўрмаган инсон билан дўст тутинма. Одамларга ёзган нарсалари орқали ҳукм чиқарма… Чунки уларнинг исмлари ясама, суратлари сохта, ахлоқлари безалган, сўзлари ёқимли, юзларида ниқоб, ростлари ёлғон бўлиши мумкин. Қанчадан-қанча олимликни даъво қилганлар қип-қизил жоҳил, гўзаллар бадбашара, сахийлар зиқна, жасурлар қўрқоқ… Аллоҳ раҳматига олганигина мустасно. Сен ҳам Аллоҳ раҳматига олганлар сафида бўл.
Ўғлим! Ўзларига сохта исм қўйиб оладиганлардан эҳтиёт бўл. Чунки улар ўзларига ишонмайдилар. Ўзига ишонмаганга сен ҳам ишонма. Сен ҳам бировнинг исмини қўйиб олма, чунки Аллоҳ сирни ҳам, ундан-да махфийроғини ҳам билиб туради.
Ўғлим! Сенга озор берганга озор берма. Сен ўзингнинг, у ўзининг ахлоқини намойиш қилади. Сен бу ишинг билан ўз ахлоқингни кўрсат, унинг ахлоқини эмас… Қозон – ичидаги нарсаси билан тошади.
Ўғлим! Ёзаётган нарсангни саралаб ол… сен ёзасан, фаришталар ҳам ёзишади. Аллоҳ барчани кузатиб, ҳисоб-китоб қилиб туради. Ўғлим! Дахшатли интернет денгизида сен учун энг қўрқадиган нарсам ҳаром, фисқу фужур, беҳаё нарсаларни томоша қилишингдир.

Агар ушбу ҳаром нарсалардан четлаб ўта олсанг, интернетдан ўзингнинг манфаатинг учун фойдалан, жамиятинг билан мулоқот қил, динингни ёйишга ҳаракат қил. Агар ҳаром нарсалар гирдобида қолганингни кўрсанг, интернет дунёсидан йиртқич ҳайвондан қочганингдек қоч, чунки қиёматда дўзах борадиган жойингга, ҳақ-ҳуқуқини топтаган инсонларинг хасмингга айланишади.
Ўғлим! Шайтоннинг қармоғига ғафлатда қолганлар, шаҳватга берилганлар илинади. Бу иккиси интернетнинг устунларидан ҳисобланади. Интернет ғафлатинг учун эмас, хизматинг учун яралган. Сен уни икки дунё манфаатинг учун ишлат, у билан келажагингни қур, сени бузиб, ер билан яксон қилишига йўл қўйма! Охиратда сенинг фойдангга ҳужжат бўладиган қил, зиёнингга ҳужжат қилма! Аллоҳ барчамизни тўғри йўлидан адаштирмасин!"

©️ Муҳаммад Али Муҳаммад Юсуф

@starplus11
👍5❤‍🔥4👎42🥰1💘1
Starplus | blog pinned Deleted message
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Йиғламасдан, ҳавас қилмасдан илож йўқ 🥲

Роббим бизга ҳам шундай буюк Баҳтни насиб Эт
🤲👇

@starplus11
👎64👍1
Суратдаги булутнинг шакли тоғга ўхшайди. Унинг баландлиги бир неча минг метрга етади. Ушбу булутни ўрганган олимлар ундан дўл ёғишини аниқлашди.

Ушбу ҳақиқатни Қуръон ўн тўрт аср муқаддам ушбу оятда исботлаб қўйган:
"У зот осмондан, ундаги тоғлардан дўл туширур" (Нур сураси, 43 оят).


@starplus11
6👎6