Ma'naviyat
Ma'naviyat – insonning ichki dunyosi, ruhiy va axloqiy qadriyatlari yig'indisidir. U bizning hayotga, o'zimizga va atrofimizdagi insonlarga bo'lgan munosabatlarimizni shakllantiradi. Ma'naviyat bizni yaxshilikka, mehr-oqibatga va samimiylikka undaydi. Kitob o'qish, ilm izlash, san'at va madaniyat bilan shug'ullanish, yaxshi amallar qilish orqali ma'naviyatimizni boyitamiz. Ma'naviy boylik insonni kuchliroq, bardoshliroq va baxtliroq qiladi. U hayotga mazmun qo'shadi va har bir kunimizni qadrli qiladi. Ma'naviyatni rivojlantirish va uni asrab-avaylash orqali biz yanada yuksak insonlarga aylanamiz. Ma'naviyat – bu haqiqiy boylik va hayotning eng katta ne'matidir.
https://t.me/+nJfX63V6eS9hMDYy

❤6👎6💯1
Sabr
Sabr – insonning eng kuchli fazilatlaridan biridir. U har qanday qiyinchilik va sinovlarda bizni bardoshli va mustahkam qiladi. Sabr bilan harakat qilish orqali biz o'z maqsadlarimizga erishish yo'lidagi to'siqlarni yengamiz. Sabr nafaqat tashqi muammolarni yengishga yordam beradi, balki ichki tinchlik va xotirjamlikni ham ta'minlaydi. Bu fazilatni rivojlantirish uchun o'zimizni yaxshi tushunish, vaziyatlarni qabul qilish va har qanday holatda ham ijobiy fikrlash muhimdir. Sabr – bu kichik qadamlar bilan katta yutuqlarga erishish yo'lidir. Har kuni sabrni kuchaytirib, hayotimizni yanada mazmunli va baxtli qilaylik. Sabr – muvaffaqiyatning kalitidir.

👍6👎4❤2😇1
Yo'lga chiqqaningizni bildiradi.
Ingliz tilini bilish kerak.
Kerak degani, yetarli degani emas.
IELTS olib hamma ishni qotirib qo’ydim deyayotganlarni kundan-kun ko’proq uchratyapman.
Bir nima desangiz - "Meni IELTSim nechiligini bilasizmi?" deb savol berayapti.
Tabriklayman. Siz ingliz tilini bilasiz. Dunyodagi 1,5 milliard(!) odam kabi.
Siz endi butun dunyodan ma’lumot ola olasiz. Til yordam beradi.
Bu ma’lumotlarga qanchalik amal qila olasiz? Bilmadim. Bunda tilni o’zi yordam bermaydi.
Siz endi millionlab odamlar bilan gaplasha olasiz. Til yordam beradi.
Gaplashadigan saviyali mavzuingiz bo’larmikin? Hayotiy tajribangiz? Qiziqarli voqealaringiz? Bunga tilni o’zi yordam bermaydi.
Ishlarni tezroq bitira olasiz. Til yordam beradi.
Qaysi ishlarni qilishingiz kerakligini, sizga qaysilari mosligini tushunib yetarmikinsiz? Bunga tilni o’zi yordam bermaydi.
Til bilmay, yuzlab ishlarni qoyil qilayotganlar bor. Til o’rganib shundan boshqasini eplay olmayotganlar bor.
IELTS manzilga yetganingizni bildirmaydi.
Yo’lga chiqqaningizni bildiradi. Hali manzilga bor. Safaringiz bexatar bo’lsin azizlar!

❤🔥6👎4❤2👍1💯1
Zahirani ishlatsa bo’ladi
Telefon zaryadi bir tekis kamayib keladi. 1% qolganda kutganingizdan uzoq ishlab beradi.
Benzin tugayapti deb qizil yonadi. Urgut bozorga ikki marta borib kelishga yetadigan benzin qolgan bo’ladi.
Tanamiz bilan ham shunday. Charchadim, qila olmayman deysiz. Zahira turgan bo’ladi.
Sport, ish, ijod qilayotganda bu zahirani ishlatsa bo’ladi.
Charchadim deb o’ylagan paytingiz, ozgina davom etib ko’ring. Yana 20% ish qilishga kuchingiz yetadi.

❤🔥7👎3❤2👍1
U endi ketdi qaytmaydi hech ham
Yuragim telbada gapga ko’nmaydi
Farqi yo’q yozda ham kuzlarida ham
Har bahor opamning qabri gullaydi
Atrofi sokindir tuprog’i ko’rkam
U jim yotadi ko’zim to’ymaydi
O’zi gul edi, tobutida ham
Har bahor opamning qabri gullaydi
Yotadi jimgina farishtaginam
Hatto suratda yuzi nurdek porlaydi
Yolg’izim, yagonam, oshuftaginam
Har bahor opamning qabri gullaydi
She’rlarga joylayman sog’inch hislarim
Usiz yarim jonim hamon to’lmaydi
Qaytmasligin bilib poylab izlarin
Har bahor opamning qabri gullaydi
Opa…
Sodda ko’ngilchangni ranjittimmi ayt
Yo men yomondan hafamisan ayt
Ko’zlaringni ochgin tirikman deb ayt
Har bahor qabringda gullar gullaydi
Qo’limdan ne kelar joning uzildi
Ko’zimdagi yoshlar qator tizildi
Ruhing u dunyolar tomon suzuldi
Har bahor qabringda gullar gullaydi
Dardimni kim tinglar faqat Allohim
Har kuzda bo’g’zimga tiqilar jonim
Jannat bilan siylagin uni Allohim
Har bahor qabrida gullar gullaydi
Qabring ham qalbimda qazilgan mozor
Unutay desam ham sira bo’lmaydi
Kuzu qish qaridan chiqibon ishon
Har bahor qabringda gullar gullaydi
Men seni ukangman opamsan ro’yo
Shu ukang ruhingga maktub yo’llaydi
Javobingni izhor qilgandek go’yo
Har bahor qabringda gullar gullaydi
Opajon qabringda gullar gullaydi
https://t.me/+nJfX63V6eS9hMDYy
Yuragim telbada gapga ko’nmaydi
Farqi yo’q yozda ham kuzlarida ham
Har bahor opamning qabri gullaydi
Atrofi sokindir tuprog’i ko’rkam
U jim yotadi ko’zim to’ymaydi
O’zi gul edi, tobutida ham
Har bahor opamning qabri gullaydi
Yotadi jimgina farishtaginam
Hatto suratda yuzi nurdek porlaydi
Yolg’izim, yagonam, oshuftaginam
Har bahor opamning qabri gullaydi
She’rlarga joylayman sog’inch hislarim
Usiz yarim jonim hamon to’lmaydi
Qaytmasligin bilib poylab izlarin
Har bahor opamning qabri gullaydi
Opa…
Sodda ko’ngilchangni ranjittimmi ayt
Yo men yomondan hafamisan ayt
Ko’zlaringni ochgin tirikman deb ayt
Har bahor qabringda gullar gullaydi
Qo’limdan ne kelar joning uzildi
Ko’zimdagi yoshlar qator tizildi
Ruhing u dunyolar tomon suzuldi
Har bahor qabringda gullar gullaydi
Dardimni kim tinglar faqat Allohim
Har kuzda bo’g’zimga tiqilar jonim
Jannat bilan siylagin uni Allohim
Har bahor qabrida gullar gullaydi
Qabring ham qalbimda qazilgan mozor
Unutay desam ham sira bo’lmaydi
Kuzu qish qaridan chiqibon ishon
Har bahor qabringda gullar gullaydi
Men seni ukangman opamsan ro’yo
Shu ukang ruhingga maktub yo’llaydi
Javobingni izhor qilgandek go’yo
Har bahor qabringda gullar gullaydi
Opajon qabringda gullar gullaydi
https://t.me/+nJfX63V6eS9hMDYy
😢11❤4👎4👍1😭1
Hamma yoshi kattalar ham hurmatga loyiq emas,
Hamma hurmatga loyiqlar ham yoshi katta emas!
https://t.me/+nJfX63V6eS9hMDYyz

❤10👎4💯2❤🔥1🔥1
O’zimga 3-4haftaga “otpuska” (mehnat ta’tili) e’lon qilyapman.Ta’til davomida sho’xlik qilmay yuringlar😁.
Ta’tilda bo’lsam ham nazoratda bo’lasizlar🫡

❤🔥7❤3👎3😁2
🕊6👎5❤4👍2
Hozir ayni vaqti
Buyuk Kelajak o’quv markazi jamoasi haqida yozmabman.
Minglab ustozlar ichidan tanlab olingan, eng kuchli mahalliy va legioner mutaxassislar bilan ishlaymiz.
O’qituvchilarimiz bu yil bir necha o’quv-amaliy tadbirlar o’tkazishdi, jamoaviy tarzda har bir o’quvchini 5ta fandan maksimal natijada tayyorlab, 50dan ortiq GRANDli studentlar yetishtirishdi.
Ko’pchiliklari Milliy va xorijiy imtihonlarda Sertifikat va toifalar olishdi, GRAND yutishdi.
Biz bilan ishlab uchta o’qituvchimiz mashina, ikkitalari uy olishdi.
Eng muhimi esa 10 dan ortiq o’qituvchilarimiz o’z farzandlarini bizda o’qitib kelishyapti.
Shular qatorida administratorlarimiz ham!
Buyuk Kelajak jamoasiga qo’shilmoqchimiz? Hozir ayni vaqti.
BIZ REGISTRATSIYA BO’LIMI UCHUN YANA BITTA ADMINISTRATOR QIDIRYAPMIZ!
Biz jamoani kengaytirish bosqichidamiz! Mos bo’lsangiz murojaat eting, mos odamni tanisangiz jo’natib qo’ying)
@star_plus5
@starplus11

👍6❤4👎4
Bu bizning o’quv markaz!
Ish boshlaganiga 3yil bo’lganiga qaramay, 500dan ziyod o’quvchilarini talabalik sharafiga miyassar qilishga ulgurdi.
Bu harakat yo’lida o’qitivchilar fidokorona xizmat qilib kelmoqda. Joriy yil ham natijalar kutilgandan a’lo!
Ta’lim jarayonini yanada kuchaychirish va ota-onalar bilan doimiy aloqada bo’lish uchun har bir fan uchun online platforma yaratilgan. Unda fan doirasida o’quvchilar davomati, fan o’zlashtirishi, test natijalar, kunlik nazorat natijalari hamda uyga beriladigan topshiriqlar joylanib boriladi. Ota-onalar bilan doimiy online aloqada bo’linadi.
Shu va boshqa innovatsion qadamlar natijasida bizni izlab kelgan barcha o’quvchilar yuqori natijaga erishmoqdalar.
Biz bilan birga yuqori marralarda bo’ling.
Markaz kanalini hamda joylashuvini belgilab qo’yaman.
📍Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/uzhoqc34tRqE7m3i7?g_st=ic
@Buyuk_Kelajak_Urgut

❤11👎4👏2👍1
Mukammallik nima?
1. 28 kun davomida oyning bir joyda va bir vaqtda suratga olish natijasida hosil bo’lgan kompozitsiya.
2. Hurmo novdasining shakli tasvirlangan.
“Oyni esa, toki eski (hurmo) shingili (holiga) qaytguniga qadar manzillarini bichib qo’yganmiz” (Yasin surasi, 39-oyat).

❤9👎3🔥2
Nimagadir erishmoqlik uchun boshqasidan voz kechishlik tushunchasi shu olmada!
P.s.: bitta meva mukammal hosil bo’lishi uchun yana to’rtta gul o’zini qurbon qilgan.
@starplus11
P.s.: bitta meva mukammal hosil bo’lishi uchun yana to’rtta gul o’zini qurbon qilgan.
@starplus11
❤10❤🔥4👎4👏1
Hech kim sizga ishonmaganda, u ishongan edi.
Pul olib o’qitsa bo’ladigan faniga, bepulga o’qitgan edi.
Nafaqat fanini o’rgatgandi, hayotda ham ustozlik qilgan edi.
Ustoz bo’laman deyishingizga uni yaxshi ko’rganingiz sabab edi.
Maqtagandi, urushgandi, qo’rqitgandi, kuldirgandi, nima qilib bo’lsa ham o’qitgandi.
Hammamizda tepadagi ta’riflarning bittasiga bo’lsa ham tushadigan ustoz albatta topiladi.
Bayramingiz muborak bo’lsin ustozlar! Hamma ishlarning boshida sizni ishlaringiz turadi!

❤🔥11👍3👎2😘2😨1
OQ QOG'OZ VA QORA DOG'
Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko'rishlarini so'radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog'ozini orqa o'girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o'qish maqsadida qog'ozni o'girishdi. Qog'oz o'rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo'q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.
Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko'rishi bilan ularga: "Men qog'ozda nimani ko'rayotgan bo'lsangiz, shu haqda yozishingizni so'rayman", - dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog'ozlarni yig'ib olib, har bir talabaninng yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o'qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog'oz o'rtasida joylashgani haqida yozgan, o'z fikrini bayon qilgan edi.
Javoblar o'qib bo'lingach, oraga sukunat cho'mdi va biroz o'tib professor talabalarga: "Men bu javoblarga baho qo'ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o'z javobida qog'ozning oq qismi haqida hech narsa yozmabdi. Barcha diqqat-e'tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski, xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e'tibor beramiz, xuddi qog'ozdagi qora nuqta kabi. Aslida, qog'ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha ko'p. Tiriklik bir-birimizga yordam berish, qayg'urish uchun berilgan sovg'a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga toʻladir. Toʻgʻri, o'sha qora nuqtaga ham e'tibor qaratishimiz, uni to'g'rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo'lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko'rinmasdir", - dedi.

❤7👍2👎2