Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi
583 subscribers
3.72K photos
383 videos
50 files
1.53K links
Ushbu kanal Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi haqida barcha yangiliklar va ma'lumotlar berib boriladigan rasmiy kanal hisoblanadi.
Download Telegram
#Zukko_kitobxon

📘 Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida “Zukko kitobxon” tadbiri tashkil etildi.

📙 Ushbu tadbirni o'tkazishdan asosiy ko‘zlangan maqsad aholi, ayniqsa, yosh avlodning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, faol kitobxonlar safini kengaytirish orqali yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishdan iboratdir.

📗 Tadbir davomida texnikum o‘quvchilari Zuxra Sorabekova, Farangiz Samatova hamda Dilnoza Nurmatovalar faol ishtirok etishdi.

Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram | 🌐Websayt | 📺Youtube
«Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi

Tadbirga uzoq yillar adliya tizimida faoliyat yuritgan faxriy huquqshunoslar taklif etildi. Shuningdek, uchrashuvda hozirgi vaqtda adliya organlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar, yuridik texnikum o‘quvchilari, Guliston shahar va Mirzaobod tuman adliya bo‘limiga biriktirilgan yoshlar ham ishtirok etishdi.

▶️Batafsil👈

▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot
#9_may_Xotira_qadrlash_kuni

💐9-mayXotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari Guliston shahrining Xotira maydonidagi Motamsaro ona haykalini ziyorat qilishdi. Ulugʻ Vatan urushida halok boʻlgan, yurt tinchligi uchun shahid o'tgan urush qatnashchilari yod olindi.

Shuningdek o'quvchilar ushbu maydonda o’rnatilgan motamsaro ona haykali poyiga gul qo’ydilar va hurmat bajo keltirdilar.


Telegram
| 💬Facebook | 📸Instagram | 🌐Websayt | 📺Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺 Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan «Uch avlod uchrashuvi" tadbiri tafsilotlari "Diyor yangiliklari"da yoritildi

▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot
⚖️Sirdaryo viloyati yuridik texnikumining 2 nafar o‘quvchisi til bilish sertifikatiga ega bo'lishdi!

🇬🇧Texnikumning 2-bosqich o'quvchisi Eshqulov Jasurbek Xamid o'g'li CEFR imtihonidan B2 daraja;

🇬🇧Yana bir 2-bosqich o'quvchisi Jumaboyev Islombek G'afur o'g'li CEFR imtihonidan B2 darajasidagi milliy sertifikatni qo'lga kiritishdi.

🏛Texnikum jamoasi erishilgan natija bilan o'quvchilarimizni samimiy muborakbod etib, kelgusi o'qishlarida omad va zafarlar tilaydi!

Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram | 🌐Websayt | 📺Youtube