O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
5.61K subscribers
4.02K photos
397 videos
1 file
1.7K links
O'zbekiston davlat sport akademiyasining rasmiy axborot xizmati telegram kanali
Download Telegram
Mehmonlar uchun mazmunli ekskursiya tashkil etildi

🖥 Uchrashuv yakunida mehmonlar uchun O‘zbekiston davlat sport akademiyasi auditoriyalari, Axborot-resurs markazi, shuningdek, Olimpiya shaharchasi bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etilib, ularga, sportchi-talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan zamonaviy infratuzilma, ta’lim va sport jarayonini yuqori saviyada tashkil etishga xizmat qilayotgan obyektlar hamda ularda yaratilgan sharoitlar batafsil tanishtirildi.

✔️ Jumladan, ishtirokchilar xalqaro standartlarga mos sport inshootlari, ochiq va yopiq stadionlar, zamonaviy trenajyor zallari, turli sport turlari bo‘yicha maxsus mashg‘ulot zallari hamda sportchilarning jismoniy tayyorgarligi va tiklanish jarayoniga xizmat qiluvchi obyektlarni ko‘zdan kechirdilar.

🔗 Aytish joizki, Akademiyaning o‘quv binolaridagi zamonaviy auditoriyalar, fanlar kesimida maxsus jihozlangan tematik o‘quv xonalari, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishga mo‘ljallangan laboratoriyalar hamda ma’muriy binoda yaratilgan zamonaviy ish sharoitlari namoyish etildi. Har bir auditoriya zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, multimedia vositalari, interaktiv doskalar va o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi zarur jihozlar bilan ta’minlangani alohida e’tirof etildi.

🌐 Ekskursiya davomida Axborot-resurs markazi faoliyati ham tanishtirildi. Mehmonlarga markazda jismoniy tarbiya, sport, tibbiyot, pedagogika, psixologiya, adaptiv sport va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha keng fondga ega ilmiy, o‘quv va uslubiy adabiyotlar jamlanganligi, talabalar hamda tadqiqotchilar uchun barcha zarur axborot-resurslardan foydalanish imkoniyatlari yaratilgani haqida batafsil ma’lumot berildi.


Ishtirokchilar sportchi-talabalar istiqomat qilayotgan zamonaviy mehmonxona, shinam yashash xonalari, dam olish hududlari, ma’naviy-ma’rifiy va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga xizmat qiluvchi maskanlar bilan ham tanishdilar.

⚡️ Sportchilarning kunlik mashg‘ulotlari va musobaqalarga tayyorgarligini samarali tashkil etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan kuniga besh mahal sifatli va muvozanatli ovqatlanish tizimi hamda sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga qaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

📊 Shuningdek, Olimpiya shaharchasining keng va obodonlashtirilgan hududi, musaffo havosi, so‘lim tabiati, yashil maydonlari, piyodalar yo‘laklari hamda sport va hordiq chiqarish uchun yaratilgan qulay muhit ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

➡️ Ekskursiya yakunida mehmonlar O‘zbekiston davlat sport akademiyasida ta’lim, ilm-fan va sportning uzviy uyg‘unligini ta’minlash, sportchi-talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda Olimpiya shaharchasida yaratilgan zamonaviy infratuzilma va keng ko‘lamli imkoniyatlarga yuqori baho berdilar.


O‘zDSA matbuot xizmati:
Veb sayt  │ Instagram  │ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏3👍2🔥1💯1🤝1
🚀 Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 30-iyun kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan 50 ga yaqin ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika komissiyasi ishchi guruhi hududlarda kompleks o‘rganish ishlarini amalga oshirmoqda.

📍 Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida olib borilgan o‘rganishlar davomida tuman hokimligi, tegishli tashkilotlar hamda mutasaddilar ishtirokida mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

💼 Muhokamalar davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi:

Yoshlar bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish;
🏟 Zamonaviy sport infratuzilmalarini barpo etish hamda mavjud obyektlarni rekonstruksiya qilish;
💪 Mahallalar hududlarida workout sport maydonchalarini tashkil etish;
💡 Yoshlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan loyihalarni moliyalashtirishda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish;
🏦 Tijorat banklari tomonidan kredit ajratilishidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yechimlarni ishlab chiqish.

📝 O‘rganishlar yakunlari asosida aniqlangan muammolarni tuman, viloyat va respublika darajasida bosqichma-bosqich hal etishga qaratilgan "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi.

➡️ Respublika komissiyasi ishchi guruhi Samarqand viloyatidagi o‘rganish ishlarini yakunlab, tasdiqlangan reja-grafik asosida faoliyatini Buxoro viloyatida davom ettirmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
📝Telegram |📝Facebook |💻Instagram |🎞YouTube |🌐 WebSite
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32🏆2👍1👏1🤝1
🌐 Nega aynan O‘zbekiston davlat sport akademiyasi magistraturasini tanlashingiz kerak?

🏆Sport sohasida o‘z o‘rningizni topish, kasbiy salohiyatingizni yangi bosqichga olib chiqish va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lishni istasangiz, to‘g‘ri tanlov — O‘zbekiston davlat sport akademiyasi magistraturasi!


🔗 Ertangi muvaffaqiyatingiz bugungi tanlovingizga bog‘liq. Kelajagingizni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi bilan birga bunyod eting!

O‘zDSA matbuot xizmati:
Veb sayt  │ Instagram  │ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍21👏1💯1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏛 O‘zbekiston davlat sport akademiyasining erkin kurash sport turi yo`nalishi talabalari o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida...

🔗 Mazkur yig‘in sportchilarning texnik-taktik mahoratini oshirish, jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash hamda xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qiladi.

O‘zDSA matbuot xizmati:
Veb sayt  │ Instagram  │ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥21👏1💯1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛 O‘zbekiston davlat sport akademiyasida maxsus maktablar rahbarlari ishtirokidagi uchrashuvdan videolavha

O‘zDSA matbuot xizmati:
Veb sayt  │ Instagram  │ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2👏1💯1🤝1
🥊 Bokschi sportchi qizlar xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi

🇨🇳 Xitoyning Qingdao shahrida 20-iyul – 1-avgust kunlari o‘tkaziladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibidagi bokschi sportchi qizlar ham ishtirok etadi.

🏵 Ular xalqaro tajriba orttirish, mahoratini oshirish va nufuzli musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🏛 Quvonarlisi, yig‘inga jalb etilgan sportchilar safida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi talabasi Maftuna Yangiyeva ham bor.

Akademiyamiz jamoasi sportchimizga muvaffaqiyatli ishtirok, mustahkam iroda va yorqin g‘alabalar tilaydi.

O‘zDSA matbuot xizmati:
Veb sayt  │ Instagram  │ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1👏1🏆1