SHU TOGʻLARDA QOR BOʻLSAYDIM...
Shu togʻlarda qor boʻlsaydim,
Yeldek beqaror boʻlsaydim.
Izlab toparmiding meni
Egasiz mozor boʻlsaydim.
Shu qirda oshyon boʻlsaydim,
Xarob parishon boʻlsaydim.
Yana sevarmiding meni
Qop-qora duxon(1) boʻlsaydim.
Shu yarada qon boʻlsaydim,
Toʻkilib ziyon boʻlsaydim.
Bu dunyoda oʻrnim yoʻqmish,
Koshki, bir yoʻlgʻon boʻlsaydim.
1) Duxon - tutun, dud.
Zarif Sulton tarjimasi
t.me/SozKimyosi
Shu togʻlarda qor boʻlsaydim,
Yeldek beqaror boʻlsaydim.
Izlab toparmiding meni
Egasiz mozor boʻlsaydim.
Shu qirda oshyon boʻlsaydim,
Xarob parishon boʻlsaydim.
Yana sevarmiding meni
Qop-qora duxon(1) boʻlsaydim.
Shu yarada qon boʻlsaydim,
Toʻkilib ziyon boʻlsaydim.
Bu dunyoda oʻrnim yoʻqmish,
Koshki, bir yoʻlgʻon boʻlsaydim.
1) Duxon - tutun, dud.
Zarif Sulton tarjimasi
t.me/SozKimyosi
Asqar MAHKAM
Bu ishq edi...
girdob bagʻrida
pichirlardi bir oyat labi...
Poyoni yoʻq tugʻyon qa’rida
qoldim uryon dengizchi kabi...
Meni yondir...
sovuq soʻngaklar
qarsillasin chaqin urgandek...
va dahshatga tushsin yuraklar
Ishq qonini ichib koʻrgandek...
Men ichdim bu olovli xunni
Bu - ISHQ edi...
Bu - ISHQ eding sen!..
Agar gado boʻlsam bir kuni
Faqat seni tilanaman men...
t.me/SozKimyosi
Bu ishq edi...
girdob bagʻrida
pichirlardi bir oyat labi...
Poyoni yoʻq tugʻyon qa’rida
qoldim uryon dengizchi kabi...
Meni yondir...
sovuq soʻngaklar
qarsillasin chaqin urgandek...
va dahshatga tushsin yuraklar
Ishq qonini ichib koʻrgandek...
Men ichdim bu olovli xunni
Bu - ISHQ edi...
Bu - ISHQ eding sen!..
Agar gado boʻlsam bir kuni
Faqat seni tilanaman men...
t.me/SozKimyosi
Nafisa OMON
Ichimda o’zimga yetarli yurak,
Jigarim,
Qon qildi sog’inchlar, qaytay.
Menga havo kerak!
Havo!
Men kerak!
Ammo qayerimdan o’zimga qaytay?!
Jigarim, kulib boq, oynaklar kulsin,
Sen hali kulasan,
Men ham!
Gumburlab!
Sirg’alib yutilgan nafaslar bilsin,
Siniq suyaklarim turibdi tirab!
Orqada nima bor, orqada bari,
Bo’ynimdan oshmagan orimdan boshqa.
Holbuki, men iqror bo’lganim sari,
Baraka qo’shildi ko’zdagi yoshga!
Jigarim!
Hey mening top-tozaginam!
Qoqindim yelkangda changlarim uchdi,
Kutib ko’rmoqchiman yana ozgina!
To’rt burchak emasman,
Shamoil ko’chdi...
@SozKimyosi
Ichimda o’zimga yetarli yurak,
Jigarim,
Qon qildi sog’inchlar, qaytay.
Menga havo kerak!
Havo!
Men kerak!
Ammo qayerimdan o’zimga qaytay?!
Jigarim, kulib boq, oynaklar kulsin,
Sen hali kulasan,
Men ham!
Gumburlab!
Sirg’alib yutilgan nafaslar bilsin,
Siniq suyaklarim turibdi tirab!
Orqada nima bor, orqada bari,
Bo’ynimdan oshmagan orimdan boshqa.
Holbuki, men iqror bo’lganim sari,
Baraka qo’shildi ko’zdagi yoshga!
Jigarim!
Hey mening top-tozaginam!
Qoqindim yelkangda changlarim uchdi,
Kutib ko’rmoqchiman yana ozgina!
To’rt burchak emasman,
Shamoil ko’chdi...
@SozKimyosi
Я - женщина, и значит я - актриса.
Во мне сто лиц и тысяча ролей.
Я - женщина, и значит я царица.
Возлюбленная всех земных царей.
Я - женщина, и значит я - рабыня.
Познавшая соленый вкус обид.
Я - женщина, и значит я - пустыня,
Каторая тебя испепелит...
Я - женщина. Сильная я по неволе.
Но, знаешь, даже если жизнь борьба
Я - женщина, я слабая до боли.
Я - женщина, и значит я - судьба.
Я - женщина, я проста вспышка страсти,
Но мой удел - тарпение и труд.
Я - ЖЕНЩИНА...
t.me/SozKimyosi
Во мне сто лиц и тысяча ролей.
Я - женщина, и значит я царица.
Возлюбленная всех земных царей.
Я - женщина, и значит я - рабыня.
Познавшая соленый вкус обид.
Я - женщина, и значит я - пустыня,
Каторая тебя испепелит...
Я - женщина. Сильная я по неволе.
Но, знаешь, даже если жизнь борьба
Я - женщина, я слабая до боли.
Я - женщина, и значит я - судьба.
Я - женщина, я проста вспышка страсти,
Но мой удел - тарпение и труд.
Я - ЖЕНЩИНА...
t.me/SozKimyosi
Seni topdimu, oʻzimni yoʻqotdim! Olijanobliging meni butkul asir etdi. Endi bizning yoʻllarimiz bir, Sen qayerda boʻlsang, men ham oʻsha yerdaman...
t.me/SozKimyosi
t.me/SozKimyosi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Я В ГЛАЗАХ ТВОИХ УТОНУ...
Я в глазах твоих утону, можно?
Ведь в глазах твоих утонуть - счастье.
Подойду и скажу: «Здравствуй,
Я люблю тебя». Это сложно...
Нет, не сложно, а трудно
Очень трудно любить, веришь?
Подойду я к обрыву крутому
Стану падать, поймать успеешь?
Ну а если уеду - напишешь?
Я хочу быть с тобой долго
Очень долго…
Всю жизнь, понимаешь?
Я ответа боюсь, знаешь....
Ты ответь мне, но только молча,
Ты глазами ответь, любишь?
Если да, то тогда обещаю
Что ты самым счастливым будешь
Если нет, то тебя умоляю
Не кори своим взглядом,
Не тяни своим взглядом в омут
Пусть другую ты любишь, ладно…
А меня хоть немного помнишь?
Я любить тебя буду, можно?
Даже если нельзя, буду!
И всегда я приду на помощь
Если будет тебе трудно!
t.me/SozKimyosi
Я в глазах твоих утону, можно?
Ведь в глазах твоих утонуть - счастье.
Подойду и скажу: «Здравствуй,
Я люблю тебя». Это сложно...
Нет, не сложно, а трудно
Очень трудно любить, веришь?
Подойду я к обрыву крутому
Стану падать, поймать успеешь?
Ну а если уеду - напишешь?
Я хочу быть с тобой долго
Очень долго…
Всю жизнь, понимаешь?
Я ответа боюсь, знаешь....
Ты ответь мне, но только молча,
Ты глазами ответь, любишь?
Если да, то тогда обещаю
Что ты самым счастливым будешь
Если нет, то тебя умоляю
Не кори своим взглядом,
Не тяни своим взглядом в омут
Пусть другую ты любишь, ладно…
А меня хоть немного помнишь?
Я любить тебя буду, можно?
Даже если нельзя, буду!
И всегда я приду на помощь
Если будет тебе трудно!
t.me/SozKimyosi
- Qutb yulduziga qarab yursang oʻz yoʻlingni adashmay topib olasan...
- Qutb yulduziga qarab oʻz yoʻlimni yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqaman! Sen mening yonimda tur! Senga qarab yoʻqotgan yoʻlimni ham topib olay...
t.me/SozKimyosi
- Qutb yulduziga qarab oʻz yoʻlimni yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqaman! Sen mening yonimda tur! Senga qarab yoʻqotgan yoʻlimni ham topib olay...
t.me/SozKimyosi
Iqbol MIRZO
Uygʻonish...
Huvillagan dunyo, huvillagan qalb,
Na quvonch, na rayhon, na gʻam, na yalpiz...
Qip-qizil qumlarni kechdim yuz yillab,
Oʻzim bilan oʻzim yashadim yolgʻiz.
Bir kuni oy bilan tillasha turib,
His qildim yuragim ogʻirligini.
Koʻklam sellaridek qonim gupirib,
Angladim yashashim zarurligini.
Osmonni quchoqlab yotganim tunda,
Muhabbat, oy kabi kirding yodimga...
Bulutlar oqqushga aylandi zumda,
Yulduzlar toʻppillab tushdi yonimga.
Yelkamda yelkanday qanot barq urdi,
Bir goʻzal qush boʻldim ertakdagiday.
Yovvoyi shodlik-la azot hayqirdim,
Titradi qoinot etaklari-da,
Qip-qizil qum kechib yurgan odamlar...
Yumshoq shamollarni qoʻzgʻatib uchdim,
Qahkashon - shiddatim qoldirgan oq iz...
Sening olamingga boryapman, kutgin,
Osmonni quchoqlab yotgan gʻamgin qiz...
©️ Suratni Bahriddin Bozorov ishlagan

Hammasi, hammasi besh qoʻldek ayon,
Kunda ham, tunda ham sir yoʻq, sehr yoʻq,
Garchand atrofimda erkagu ayol,
Dilni uygʻotguvchi pir yoʻq, mehr yoʻq...
Ulugʻbek HAMDAM
~~~~
Ҳаммаси, ҳаммаси беш қўлдек аён,
Кунда ҳам, тунда ҳам сир йўқ, сеҳр йўқ,
Гарчанд атрофимда эркагу аёл,
Дилни уйғотувчи пир йўқ, меҳр йўқ…
Улуғбек ҲАМДАМ

Doimo esingizda saqlang, hayot bir marta beriladi. U sizning hayotingizdir. Qanday yashab oʻtish faqat oʻzingizga bogʻliq. Shunday ekan hech kimga quloq tutmang. Ular ham birinchi bora yashamoqdalar, huddi sizdek boshqalarda ham tajriba yoʻq. Ular ham eng toʻgʻrisi nima ekanini bilmaydilar. Eng asosiysi, odamlar sizning tuygʻularingiz, kechinmalaringiz, gʻamu qaygʻularingiz, yuragingizda yashayotgan muhabbat va ruhiyatingizda kechayotgan isyonu itoatdan bexabarlar.
Hech kim siz kabi sizni nima qaygʻuga solishini, nima alanga misol yondirishini, sizga kim va nima kerakligini, kim qanchalik qadrdon, sevikli ekanligini, kim (nima) siz uchun hayot mamot masalasi ekanini bilmaydilar.
Hech kim siz koʻrgan tushlarni koʻrmaydi, ogʻriqlaringizni bilmaydi. Odamlar sizni his qila olishga qodir emas. Sizning bu dunyodagi oʻrningizni hech kimsa bosa olmaydi, sizning oʻrningizda boʻla olishmaydi.
Yagona haqiqat bor, uni esa faqat oʻzingiz bilasiz. Shunday ekan qaror qabul qilish faqat oʻzingizning qoʻlingizda, istang sokin boʻling, istang baqiring, baxtli boʻling, baxtsiz boʻling, sogʻining, seving, nafratlaning, qadrlang, kerak ekan, qadrli ekan oling, oldirmang, kurashing, erishing...
Bu dunyoda oʻz odamingizni topa biling! Topgach qadrlang, qoʻllaridan qoʻyib yubormang, koʻzlariga uzoq termuling, birga orzu qiling, birga yigʻlang, birgalikda kuling! Muhabbatdan qoʻrqmang!..
To yurakdan yashamas ekansiz, yashadim demang!..

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kel, koʻr meni Ishq nayladi -
Dardga giriftor ayladi...
Yunus EMRO
~~~~
Кел, кўр мени Ишқ найлади -
Дардга гирифтор айлади...
Юнус ЭМРО
Tarjimon Gulbahor ABDULLOH
Music by HAUSER & LOLA
Qanalga ulanish: t.me/SozKimyosi
Dardga giriftor ayladi...
Yunus EMRO
~~~~
Кел, кўр мени Ишқ найлади -
Дардга гирифтор айлади...
Юнус ЭМРО
Tarjimon Gulbahor ABDULLOH
Music by HAUSER & LOLA
Qanalga ulanish: t.me/SozKimyosi
Forwarded from SOʻZ KIMYOSI
Йўлдош ЭШМУРОДОВ
Осмон боқаберди,
Сой оқаберди.
Силиниб – силиниб суягим қолди.
Рақиб ёқаберди,
Дўст сотаберди.
Руҳимни англар бир юрагим қолди.
Осмонда ой муқим,
Юлдузлар муқим.
Сирқираб нур ёғар яраларидан.
Ерда азоблардан қартайган руҳим
Яхшилик излаган юрагим қолди…
Меҳр айт ҳеч кимга керакмасмидинг
Ўраб узатмаса рангдор қоғозга?..
Laura Smith’s Art
t.me/SozKimyosi
Осмон боқаберди,
Сой оқаберди.
Силиниб – силиниб суягим қолди.
Рақиб ёқаберди,
Дўст сотаберди.
Руҳимни англар бир юрагим қолди.
Осмонда ой муқим,
Юлдузлар муқим.
Сирқираб нур ёғар яраларидан.
Ерда азоблардан қартайган руҳим
Яхшилик излаган юрагим қолди…
Меҳр айт ҳеч кимга керакмасмидинг
Ўраб узатмаса рангдор қоғозга?..
Laura Smith’s Art
t.me/SozKimyosi
- Nega sizlab gapirasiz?
- Sengami?
- Oʻzingizga!
- Haaa, qattiq hurmat qilganimizdan boʻlsa kerak...
@SozKimyosi
- Sengami?
- Oʻzingizga!
- Haaa, qattiq hurmat qilganimizdan boʻlsa kerak...
@SozKimyosi
«Overton oynasi» haqida eshitganmisiz?
«Overton oynasi» - bu siyosiy texnologiya boʻlib, unga koʻra istalgan bema’nilikni, axloqsizlik va yoki taqiqlangan narsalarni tabiiy hodisaga aylantirish, hattoki qadriyatlar darajasiga koʻtarish mumkin! Bunga inson psixologiyasiga uzoq ta’sir qilish orqali erishiladi.
Milliy tiklanish partiyasi tomonidan chiqariladigan gazeta Londondagi qiziq savdo haqida yozibdi.
Gazetadagi matn bilan tanishar ekanman, birinchi boʻlib xayolimdan «Overton oynasi» oʻtdi. Demak, kannibalizm - odamxoʻrlik targʻiboti quyi bosqichlardan oʻtib, amaliy bosqichlarga koʻtarilyapti...
Bu nima degani? Deylik, unga koʻra uzoq vaqt inson goʻshtini yeyish mumkin ekanligi haqida targʻibot qilinadi. Keyin odam goʻshti iste‘moli haqida qaror qabul qilinadi. Odamlar bu haqida eshitib bora-bora koʻnikib, qarordan keyin esa buni sinab koʻruvchilar ham topiladi. Ma‘lum vaqt oʻtgandan keyin bizning xuddi mol, qoʻy va boshqa hayvon goʻshtlarini yeyishimiz tabiiy holatga aylanib qolganidek, odam goʻshtini yeyish ham tabiiy hodisaga aylanadi.
Londondagi ushbu savdo bunga, balki birinchi qadamdir...
Oʻzbekistonda chiqqan bu gazet oʻzbeklarning ham koʻzini oʻrgatmoqchimi?
Qiziq, «Overton oynasi» haqida gazeta muharrirlari bilarmikan?
Bu siyosiy qadammi yoki ongsizlikdanmi?
Savollar koʻp...
Oʻzingiz va farzandlaringizni aks targʻibot va ta‘sirlardan asrang! Bu shunchaki ma‘lumotku, rasmku, goʻshtning odam shaklida ishlanganiku, demang!
Hammasi shundan boshlanadi...

Qahvaning 40 yillik xotiri bor...
Turklar bir finjon qavhaning 40 yillik xotiri bor, deyishadi. Bu naqlning tarixi bor ekan. Bundan ko’p yillar oldin Üsküdardagi bir qahvaxonada donishmandligi bilan tanilgan qahvachi bo’lgan ekan. Odamlar uning muhtasham ta’mli qahvasini ichishdan ko’ra yoqimli suhbatidan bahramand bo’lish uchun qahvaxonasiga tashrif buyurishar ekan.
Bir kun qahvaxonaga kirgan sultonning xos askari o’tirganlarning hammasiga o’z nomidan qahva ikrom etishini aytibdi. Faqat chetda yolg’iz o’tirgan rim kema qoʻmondoniga qahva bermaslikni uqtiribdi. Donishmand qahvachi hammaga qahva tarqatib, rim qoʻmondonining oldiga ham qahva qo’ygan ekan, askar: «Unga qahva berma demaganmidim», debdi. Shunda qahvachi: «Bu sening emas, mening ikromimdir», debdi. Oradan 40 yil o’tib, Sisam oroliga rimliklarning qo’zg’olonini bostirish uchun Usmoniylar askarlari qatorida borgan qahvachi rimliklarga asir tushibdi. U davrda rimliklar asirlarni bozorda sotishar ekan. Asirlar 3 tanga, 5 tangaga kim oshdi savdosida sotilar ekan, qahvachini bir rimlik 10 qurushlik qimmat narxga sotib olibdi. Aravasiga mindirib, sohilga olib kelgan rimlik asirga ozod ekanligini aytibdi. Hayron qolgan qahvachiga qarab: «Sen meni tanimading, seni darhol tanidim. 40 yil oldin Üsküdardagi qahvaxonangda menga bir finjon qahva ikrom qilgan eding. O’sha qahvaning xotiri seni ozod qildim», degan ekan.
Shu shu qahvaning 40 yillik xotiri bor, degan naql xalq orasida urf bo’libdi.
©️ Feruza IZZAT

Na choraki malomatdur vatanim,
Ishq oʻldirdi, sevgi mening kafanim.
Jannat bogʻlarida sen oʻtir, zohid,
Men — mast bulbul, doʻzax mening chamanim.
Soʻragin, goʻzalim, kerak boʻlsa jon,
Jon emas, soʻragin hattoki imon.
Faqat yaqinroq kel, qilma intizor,
Sen harna istasang bergum begumon.
Dedi yorim: «Yana nima gʻaming bor?
Xayoling band etdi qaysi goʻzal yor?»
Qoʻllariga berib oyna, dedimki:
Kimning aksin koʻrsang — shu menga dildor.
Pahlavon MAHMUD

CHOʻLPON
OY QOʻYNIDA
Shaftoli kelinchak,
Uning qoʻynida men tentak...
Men bogʻingga kirmasdan
Odoq boʻpti yemasdan.
Muncha toʻlib yigʻlaysan
Men qoʻyningga kirmasdan?!
(Xalq qoʻshigʻi)
Bir tomchi toʻkilgan yosh uchun shuncha soʻlishmi?
Bu boqchada gul koʻp edi, soʻldi amalimdek!
Koʻngilda biror sharpani sezsam edi, guldek
Oʻlganda-da sen mendan koʻrarding sevinishni!
Shaftolida oy nurini koʻrgach yana ruhim
Oylar kabi yosh davriga suqlar kabi boqdi.
Yoshlik oʻzi sevging kabi, tortilmadi bir zum,
Bir zum oʻzi, bir gul oʻzi... doʻzax kabi yoqdi!
Koʻp titrama, koʻp oʻynama, koʻp qaynama, ey barg!
Hirs koʻzlari sof koʻksingga ogʻuli tikandek
Bir botsa-da, yigʻlatsa-da, dodlatsa-da, mendek
Har koʻzga boqarsanki: «Topilmas toza istak!»
Mendan soʻra: yolgʻiz mana men aldanib oʻtdim,
Har sahfasi, har yaprogʻi «aldash» bu kitobning!
Bir oʻqqa ilinmasmi, tilinmasmidi joning?
Oy qoʻynida tong otguncha senga shuni aytdim...
Bir tomchi toʻkilgan yosh uchun shuncha soʻlibsen,
Aldamchi, fano koʻzlara tentakcha kulibsen!..

Miltiragan xira chiroqsen, yoʻqsil,
Yer qattiqroq kelib ursa, oʻcharsen.
Yor aldagan sevguchining ruhiday
Bir lip etib yoʻqliklarga koʻcharsen.
CHOʻLPON
t.me/SozKimyosi
Yer qattiqroq kelib ursa, oʻcharsen.
Yor aldagan sevguchining ruhiday
Bir lip etib yoʻqliklarga koʻcharsen.
CHOʻLPON
t.me/SozKimyosi
Rang bu - klavish, koʻz - klavishni urib ohang beradigan toʻqmoqcha, koʻngil - cheksiz klavishlardan tashkil topgan royal. Ijodkor esa u yoki bu klavishni harakatlantirib inson qalbini tebratadigan, uni harakatga keltiradigan qoʻldir. Ranglar jilosi, aslida, ana shu koʻngilning volasidir.
V.V.KANDINSKIY
t.me/SozKimyosi
V.V.KANDINSKIY
t.me/SozKimyosi