Soqqa Time–Pul,investitsiya,blokcheyn
4.61K subscribers
1.69K photos
131 videos
7 files
1.98K links
📊Tahlillar
🌐Iqtisodiy yangiliklar
💻IT texnologiyalar
🏤Kriptopediya
🧭Onchain tahlillar

https://telegra.ph/Xavf-haqida-ogohlantirish-12-20-2

Faqat reklama masalasida yozing bo'lmasam spam.
🛍️Reklama/ADS: @a97an
💼Admin: @Abubakir788
Download Telegram
🎞🎞🎞🎞🎞🎞🎞🎞
Kriptovalyutalar bo‘yicha bilim bazasini olish uchun eng yaxshi xizmatlar 😏

Binance Academy – kripto ensiklopediyasi: asosiy tushunchalardan tortib, treyding va tokenomika nozikliklarigacha.

Coursera – Prinston universitetining kursi: Bitcoin, konsensus va aqlli kontraktlar kabi kriptotexnologiyalarning asoslari haqida.

MIT DCI – MITdan materiallar to‘plami: kriptografiya va raqamli valyutalar haqida kitoblar, tadqiqotlar va maqolalar.

Ethereum.org Learn – Ethereum asoslari bo‘yicha qo‘llanma: aqlli kontraktlardan tortib, markazlashmagan tizimlar prinsiplari haqida. 🕔

Finematics – YouTube kanali, murakkab mavzular (masalan, likvidlik hovuzlari va steyking) yorqin animatsiyalar bilan tushuntiriladi.

Cryptorank – kripto loyihalar bo‘yicha tadqiqotlar olib boriladigan xizmat; ular qanday ishlashi haqida ma’lumot beradi.

CoinMarketCap – “Learn” bo‘limi mavjud: maqolalar, videolar, lug‘atlar va yangi tadqiqotlar jamlangan.

Saqlab qo‘ying, kriptoguru bo‘lish uchun, va bu havolalarni kriptoga qiziqqan do‘stlaringiz bilan bo‘lishing! 🧠

#foydali_malumotlar #kriptopediya
Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📅📅📅📅📅📅📅📅
Coinbase S&P 500'ga kirdi, Tramp kriptorink o‘sishini va’da qildi, Pekin esa savdo urushida g‘olib chiqdi – hafta yakunini sarhisob qilamiz.

🗓HAFTA YAKUNI

💸 Kriptovalyutalar

📍 Coinbase'ni S&P 500 indeksiga qo‘shishadi – bu 19 may kuni amalga oshadi. Bu – tarixda ilk bor kriptobirja S&P 500 indeksiga kirmoqda. Ammo muammolar darhol boshlandi.

Coinbase foydalanuvchi ma'lumotlarini o‘g‘irlagan firibgarlarga $20 mln to‘lov qilishdan bosh tortdi. Shu bilan birga, AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) da'vo arizasini qaytarib olganiga qaramay, platformaga nisbatan tergovni davom ettiradi.

Bundan tashqari, Coinbase’ga ma’lumotlar sizib chiqishi sababli jamoaviy da'vo qo‘zg‘atildi.
Hafta davomida Coinbase aksiyalari 27% ga o‘sdi – yil boshidagi yo‘qotishlarni deyarli qopladi.

Shunga qaramay, COIN IPO davridagi (2021 yil bahor) narxidan hanuz 22% pastda. Bitkoin yangi eng yuqori cho‘qqilarni zabt etmaguncha Coinbase aksiyalari barqaror o‘sishi qiyin ko‘rinadi ☹️

📍 FTX mijozlariga 5 milliard dollar qaytariladi. Bu to‘lovlar 30 may kuni ikkinchi to‘lov to‘lovi sifatida amalga oshiriladi. Yevropadagi mijozlar evroda to‘lov olishlari mumkin, Backpack EU birjasi orqali.

To‘lovlar FTX qulagan 2022-yilgi narxlarda qaytarilmoqda – bu esa, foydalanuvchilar bozor o‘sishidan olgan butun daromadlarini yo‘qotgani degani.

Ko‘pchilik bu mablag‘lar kriptobozorga qaytib kirishini va yangi “oyga uchish” boshlanishini kutmoqda 💰

📍 Donald Tramp kriptovalyutalarni yoqtirishini bildirgan va kriptobozor kapitalizatsiyasi $10 trln'dan oshishi mumkinligini aytgan. Tramp oilasi kriptoda faol bo‘lgani sababli u bu sohani ochiqcha qo‘llab-quvvatlaydi – bu esa ular uchun foydali.

Savol shundaki, Tramp bitkoinni hozir pamplab yuboradimi, yoki prezidentlik muddati oxiriga qadar kutib turadimi?

Ehtimol, keyingi prezidentning saylovoldi kampaniyasini BTC pampi bilan ta’minlash uchun kutayotgandir – masalan, strategik BTC zaxirasi yoki AQSH suveren fondi orqali 🗽

💵 Moliyaviy bozorlar

📍 AQSH va Xitoy savdo kelishuviga erishdi: 14 maydan boshlab 90 kun davomida 115% lik bojxona tariflari qisqartiriladi.

Bozorlarda ijobiy reaksiya kuzatildi va S&P 500 indeksi 5 900 darajasiga chiqdi. Garchi Oq uy bu bitimni Trampning “tarixiy yutug‘i” deb e’lon qilgan bo‘lsa-da, haqiqatda AQSH chekinishga majbur bo‘ldi, Xitoy esa g‘alaba qozondi.

Bu kelishuvda AQSH moliya vaziri Skott Bessentning ishtiroki bo‘lgan – u Trampni bu qarorga ko‘ndirgan. Yaxshi tomoni – Tramp jamoasida uni to‘g‘rilaydigan odam bor.

Yomon tomoni – Tramp o‘zining yutqazganini tushunadi, va yana qandaydir “dahoona” g‘oya bilan chiqib, “Amerikani yana buyuk” qilmoqchi bo‘lishi mumkin

📍 AQSH inflyatsiyasi 2,3% gacha pasaydi (prognoz 2,4%) – bu 2021 yil fevralidan beri eng past ko‘rsatkich. Biroq Federal Rezerv hali ham ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda, ayniqsa Tramp tariflaridan so‘ng.

Bozorlar bu yilda atigi 2 marta foiz stavkasi pasayishini kutmoqda, u ham kichik qadamlar bilan. Bu monetar siyosatdagi yumshash bozorlarga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi.

Katta o‘sish uchun pul bosib chiqarish mashinasi yoqilishi kerak – bu esa faqat moliyaviy inqiroz yuz bersagina sodir bo‘ladi 😠

📍 Saudiya Arabistoni AQSHga $600 milliard sarmoya kiritishini va’da qilmoqda. Tramp esa o‘zining Yaqin Sharqqa safari orqali AQSH uchun $10 trln investitsiyalar olib kelganini da’vo qilmoqda.

Va’da – nikoh emas. Lekin keling, Xitoy va AQSH tashqi siyosatini solishtiraylik:
Pekin boshqa davlatlarning sodiqligini kreditlar va infratuzilma investitsiyalari orqali sotib oladi.
Tramp esa dunyo kezib, AQSH foydasiga sarmoya so‘raydi.

Kimning yondashuvi uzoq muddatda foydaliroq bo‘ladi, deb o‘ylaysiz? 😉

#haftayakuni #haftaliktahlil
Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚨 Internetda tarqaldi: Blum hamasoschisi Vladimir Smerkis firibgarlikda ayblanib hibsga olindi.

Biroz oldin Blum jamoasi xabar berdi, Vladimir Smerkis CMO lavozimidan ketganini, endi loyiha ustida ishlamayotganini va endilikda hamasoschi hisoblanmasligini ma’lum qildi.

Juda tez “o‘chirib tashlashdi” 😡

Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔷 So‘nggi bir oy ichida markazlashgan birjalardan chiqarilgan 1 000 000 dan ortiq ETH, bu esa ushbu platformalarda saqlanayotgan umumiy Ethereum hajmining taxminan 5,5 foizini tashkil qiladi.

Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎞🎞🎞🎞🎞🎞🎞🎞
Solana tarmog‘ida meme-tokenlar bilan treyd qiluvchi treyderlar uchun TOP-5 protokol 🙂

Pump.fun – meme-tokenlarni yaratish va ishga tushurish platformasi. Yangi tokenlarni xarid qiling yoki o‘zingiz yaratib ko‘ring. Hatto muvaffaqiyatli memlar mualliflariga mukofot va’da qilishgan.

Raydium – likvidlik havzalari, f'yucherslar va Pump Fun’ga o‘xshash LaunchLab’ga ega markazlashmagan birja (DEX).

Jupiter – DEX-lar orasida eng yaxshi narxlarni topuvchi agregator. Har bir tranzaksiyani optimallashtirishga yordam beradi, shunda siz ortiqcha komissiyalar to‘lamaysiz. Kerakli meme-tokenning kontrakt manzilini kiritib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jupiter orqali sotib olish tavsiya etiladi 😇

Photon – grafiklar bilan qulay va tezkor meme-token treydi uchun interfeys. Shunga o‘xshash xizmatlar: Dexscreener, Geckoterminal, va BullX.

Jito + Meteora – SOL steyk qilish va likvidlik taqdim etish orqali daromad olish. Jito’da oddiy SOL ni steykka qo‘yish mumkin, Meteora’da esa ko‘plab variantlar, shu jumladan yangi meme-tokenlar ham mavjud.

Saqlab qo‘ying – bu protokollar sizga asqotadi 🍸

#foydalimalumotlar #kriptopediya
Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 BTC’ning 17% dan ortig‘i (3.37 million BTC) 10 yildan beri harakatlanmagan — bu tarixiy maksimum. Shu bilan birga, 3–5 yil davomida harakatlanmagan coinlar soni ham keskin oshdi — hozir ularning soni deyarli 2.87 million BTC (+700 000).

Boshqa tomondan, faol aylanishda bo‘lgan (ya’ni, bir oydan kam muddat ichida harakatlangan) coinlar 8% ga yetdi — bu 2024-yil yanvariga nisbatan ko‘proq.

Ba’zi investorlar foydani fiksatsiya qilishda davom etayotgan bo‘lsa-da, umumiy holat Hodl kayfiyatining ustunligini ko‘rsatmoqda.

Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nimagadur reaksiyalar kamayib keydi.
🪙BTC $105,000

Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📅📅📅📅📅📅📅📅
Bitcoin yana “bokalnik”dan chiqishga urinmoqda, kurs $105,5 mingga yetdi

🔼 S&P 500 haftalik +2,6% o‘sdi, biroq 6 000 ga yetmadi.

💸 Kriptovalyutalar

💬 Tramp ta’kidladi, unga kripto yoqadi va u kriptobozor kapitalizatsiyasi $10 trilliondan oshishi mumkin deb hisoblaydi.

💬 Deputat Yaroslav Jeleznyak tasdiqladi, Ukraina milliy Bitcoin zaxirasini yaratishi mumkin.

💬 Truth Social rad etdi — yangi mem-token bo‘lmaydi. Ikkinchi TRUMP chiqmaydi! 🫡

💬 Strategy kompaniyasi o‘tgan hafta 13 390 BTC ($1,34 mlrd) sotib oldi.

💬 Abu-Dabi davlat boylik jamg‘armasi BlackRock’ning BTC ETF’iga $408 mln sarmoya kiritganini e’lon qildi.

🔶 Kriptobirjalar

💬 Coinbase 19-maydan S&P 500 indeksiga kiritiladi.

💬 Coinbase foydalanuvchi ma’lumotlarini o‘g‘irlagan firibgarlarga $20 mln to‘lashdan bosh tortdi.

💬 Yevropadagi sobiq FTX mijozlari o‘z mablag‘larini Backpack EU birjasi orqali qaytarib olishlari mumkin.

💬 FTX kreditorlariga 5 mlrd dollar may oyida tarqatiladi.

💬 BitGo birjasi Yevropada xizmatlarni kengaytirish uchun MiCA litsenziyasini oldi.

💵 Moliyaviy yangiliklar

💬 AQSh va Xitoy savdo sulhiga erishdi: bojlar 90 kunga 115%ga kamaytirildi.

💬 AQShda inflyatsiya 2,3%gacha pasaydi (prognoz – 2,4%) — 2021-yil fevralidan beri eng past ko‘rsatkich.

💬 Financial Times: Tramp 2-3 hafta ichida AQSh savdo hamkorlari uchun tariflarni qayta ko‘rib chiqadi.

💬 Reuters: Saudiya Arabistoni AQShga $600 mlrd investitsiya kiritishini va’da qildi.

💬 Bloomberg: Xitoy AQSh bilan kelishuvdan so‘ng Boeing yetkazib berish taqiqini olib tashladi.

🔐 Regulyatsiya

💬 OAV: Blum hammuassisi Vladimir Smerkis firibgarlikda ayblanib hibsga olindi. 🚨

💬 AQSh sudi Ripple va SEC’ning qarorni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha so‘rovlarini rad etdi. $125 mln jarima o‘z kuchida qoladi.

💬 AQSh Adliya vazirligi Tornado Cash hammuassisi Roman Shtormni pul yuvishda ayblamoqda. Ish sudda ko‘rib chiqiladi.

🔷 Kurslar:

🥇 Bitcoin – $105 543 (↑2,28%)
📈 S&P 500 – 5 958 (↑0,70%)
🌉 Oltin – $3 204 (↓1,10%)
📦 Brent nefti – $65,31 (↑1,21%)

#haftlikdayjest #haftaliktahlil
Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Soqqa Time’ni Boost qiling❗️

Bizning obunachilarimizning 20% dan ortig‘ida Telegram Premium bor.

Ehtimol, siz hikoyalar (stories) chiqarmaydigan kanallarga boost bergansiz va natijada sizning zaryadlaringiz bekor ketmoqda.

https://t.me/boost/Soqqatime_7

Shuning uchun agar bizga o‘z boostlaringizni bersangiz, juda minnatdor bo‘lamiz!

P.S.: Siz bir vaqtning o‘zida bir nechta заряд berishingiz mumkin!

Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
https://t.me/tapps/app?startapp=ref_1_2890047

App sentrga qo'shilib yangiliklardan habardor bo'ling.

Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇯🇵 Yaponiya kompaniyasi Metaplanet qo‘shimcha ravishda sotib oldi 1004 BTC — endilikda kompaniya umumiy hisobda 7800 BTC (803 000 000 dollar) ga ega.

Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Haftalik muhim voqealar kalendari:

🗓Dushanba, 19-may:
🇺🇸 AQSh Senati steyblkoinlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berishni rejalashtirmoqda
🇪🇺 Yevroittifoq – iste’mol narxlari indeksi (CPI) (aprel) – 14:00 (Toshkent vaqti)

🗓Seshanba, 20-may:
Muhim voqea yo‘q

🗓Chorshanba, 21-may:
Muhim voqea yo‘q

🗓Payshanba, 22-may:
🇺🇸 Donald Tramp va $TRUMP tokeni TOP xolderlari uchun gala kechki ovqat
🇺🇸 AQSh – Ishsizlik bo‘yicha dastlabki arizalar – 17:30 (Toshkent vaqti)
🇺🇸 AQSh – S&P Ishlab chiqarish PMI (may) – 18:45 (Toshkent vaqti)
🇺🇸 AQSh – S&P Xizmatlar PMI – 18:45 (Toshkent vaqti)
🇺🇸 AQSh – Federal rezerv balans hisobot – 01:30 (23-may, Toshkent vaqti)

🗓Juma, 23-may:
Muhim voqea yo‘q

#kalendar
Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️
Bitcoin hozirda $103k atrofida savdolashmoqda, ilgari esa $107k dan yuqoriga chiqqan edi.
So‘nggi 24 soat ichida likvidatsiyalar summasi $645 million ga yetdi. Haftalik sham yopilishi yaxshi bo‘ldi, lekin undan so‘ng kuchli dump yuz berdi 🕯

Donald Tramp “doim kechikuvchi” Pauellni foiz stavkasini tushirishga chaqirdi.
Bundan tashqari, Walmart Trampning tariflarini o‘z cho‘ntagidan to‘lashi kerak bo‘ladi. Tramp barchasini “hal qilib qo‘ydi” 😁

Artur Xeys bu yozda yoki 3-chorakda altcoin mavsumi boshlanishini kutmoqda.
Uning prognoziga ko‘ra, BTC bu yil oxirigacha $250k, Tramp prezidentlik muddatining yakuniga kelib esa $1 million ga yetadi 💰

Buyuk Britaniya hukumati 2026-yil 1-yanvardan kriptokompaniyalar uchun soliqdan bo‘yin tovlashga qarshi qat'iy hisobot talablarini joriy qilmoqda 😠

Argentina federal sudi mem-token LIBRA sagi bo‘yicha asosiy ishtirokchilarning aktivlarini muzlatdi. Hatto prezident va uning oilasi ham tekshiruvda 🚨

Illinoys shtatida Coinbase’ga qarshi jamoaviy da’vo qo‘zg‘atildi — kompaniya foydalanuvchilarning biometrik ma’lumotlarini maxfiylikni buzgan holda yig‘ishda ayblanmoqda ⚠️

Metaplanet 1 004 BTC sotib oldi.
Maykl Seylor ham yangi BTC xaridi haqida shama qildi 🕕

#kriptotushlik
Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🪙 Salvador portfeli

Nayib Bukele havola orqali davlatning BTC-portfeli haqidagi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi:

Investitsiya qilingan: $287,2 mln
Aktivlarning hozirgi qiymati: $644,4 mln
Umumiy foyda: +124,39% yoki $357,2 mln

Hozirgacha foyda fiksatsiya qilinmagan — eng muhimi, o‘sishni butunlay o‘tkazib yubormaslik 😁

Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔒 19-maydan 25-maygacha
bo‘lgan eng yirik token blokdan chiqarilishlari!


#PYTH – $324 million
#SAROS – $33,38 million
#ZKJ – $31,87 million
#PLUME – $19,05 million
#ALT – $8,26 million
#MELANIA – $7,61 million
#OBT – $4,72 million

Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕🆕🆕🆕🆕🆕🆕🆕
🪙 Strategy kompaniyasi 7 390 BTC sotib oldi — umumiy qiymati taxminan $764.9 million bo‘lib, o‘rtacha narxi 1 BTC uchun $103 498 ni tashkil etdi.

Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM