Soqqa Time–Pul,investitsiya,blokcheyn
4.45K subscribers
1.72K photos
138 videos
7 files
2.04K links
📊Tahlillar
🌐Iqtisodiy yangiliklar
💻IT texnologiyalar
🏤Kriptopediya
🧭Onchain tahlillar

https://telegra.ph/Xavf-haqida-ogohlantirish-12-20-2

Faqat reklama masalasida yozing bo'lmasam spam.
🛍️Reklama/ADS: @a97an
💼Admin: @Abubakir788
Download Telegram
TADQIQOT: CoinGecko ma'lumotlariga ko‘ra, 2025-yil aprel oyidagi savdo hajmi ulushi bo‘yicha eng kuchli 5 birja quyidagilar:

#Binance – 38.0%
#Gate – 9.0%
#Bitget – 7.2%
#MEXC – 7.1%
#OKX – 7.1%

Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from SoqqaTech
🤖 AQSh tomonidan Stargate loyihasiga ajratilgan 500 milliard dollardan tashqari (bu loyiha OpenAI, SoftBank va Oracle tomonidan tashkil etilgan qo‘shma korxona hisoblanadi), OpenAI yaqin yillarda global infratuzilmani rivojlantirish uchun yana 500 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Agar bu ma’lumot rasmiy tarzda tasdiqlansa, bu tarixdagi eng yirik investitsiyalardan biri bo‘ladi — umumiy hajmi 1 trillion dollarni oshib ketishi mumkin, bu esa boshqa ko‘pgina sohalarga qilingan sarmoyalardan sezilarli darajada yuqori.

Bundan tashqari, OpenAI “OpenAI for Countries” nomli global tashabbusni ishga tushirdi, bu tashabbus Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya kabi boshqa mamlakatlarda sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan. Biroq, hozircha ushbu dastur doirasida ajratiladigan investitsiya miqdori oshkor etilmagan.

😎Telegram  ⚡️Chat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚬 CryptoQuant kompaniyasi CEO'si xatosini tan oldi: ikki oy oldin u bozorning "bull run" (ya'ni, o‘sish bosqichi) yakunlanganini aytgan edi, ammo endi xato qilganini tan oldi. Sotuv bosimi kamaymoqda, ETF orqali kapital kirib kelmoqda.

BTC bozori murakkablashdi — ilgari "kitlar" narx eng yuqori cho‘qqiga chiqqanda sotishar va shu orqali pasayishni keltirib chiqarishardi, ammo hozirda bu model endi ishlamayapti.

Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kit yo‘qotdi $4,96 millionni ETH’ni short qilganida 🙁

U Hyperliquid platformasiga $5,08 million kiritib, 25x plecho bilan ETH short pozitsiyasi ochdi. Natijada, treyder barcha pozitsiyalarni yopdi va faqat $121 ming pul qolgan.

Kim bilardi, aynan kecha ETH 2021 yildan beri eng kuchli o‘sish kunini ko‘rsatishini 🔼

Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐋 Yangi Bitcoin-kitlar BTC’ni o‘rtacha $91 900 narxda sotib olyapti — bu esa eski kitlar kirgan narxdan ($32 200) 185% qimmatroq.

$59 700 farq bozor ishonchi va FOMO (foydani qo‘ldan boy berish qo‘rquvi) oshganini ko‘rsatmoqda, deya ta’kidlaydi CryptoQuant. Taqqoslash uchun: 2022-yil noyabr oyida bu tafovut atigi 62% edi.

Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from soulweb
🎁 Tapalkadan tortib sovg‘alargacha: TON’dagi kontent evolyutsiyasi

Telegram’dagi TON jamoasi avval faqat texnologiyalar haqida yozadigan kannallar edi — devlar, loyihalar, TON’ning ichki ishlari.
Keyin esa sahnaga “notkoynerlar” chiqdi: faqat tapalka, referral, “tez boyish” kontenti. Sifat past, lekin odamlar o‘qiydi — chunki hayot o‘zgarishini kutish kuchli edi.

Notcoin trafik berdi, ular esa tez o‘sdi.
Tapalkalar “etib keldi”, yangi toifa paydo bo‘ldi — “sovg‘achilar”.
Ba’zilar notkoyndan qaytdi, boshqalar — yangi kelgan.
Endi ular faqat sovg‘a, market, yangiliklar haqida yozadi. Kontent yana — kuchli emas. Lekin odamlar baribir o‘qiydi.

Endi esa savol:
Yaxshi mualliflar sizlar uchun kim? Qanaqa kontent? Sifatli kanallar paydo bo‘ladimi?
Yoki faqat biz “qari blogerlar” qolamizmi, jamoaga kontent yetkazadigan? 🤔

#TON #notcoin #tapalka
🪙 So'nggi ikki kun ichida Abraxas Capital investitsiya kompaniyasi birjalardan 138 511 ETH (297 million dollar) miqdorida Ethereum yechib oldi.

Pectra yangilanishidan so‘ng, “kitlar” (yirik investorlar) Ethereum'ni faol tarzda sotib ola boshlashdi.

Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️
Bitcoin $103 mingda to‘xtadi, S&P 500 esa 5700 darajasidan yuqoriga chiqa olmadi. Investorlar ertaga boshlanishi kutilayotgan Xitoy va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar tufayli xavotirda.

🗓Juma dayjesti:

💬 Donald Tramp Xitoyga bojxona tariflarini 80% ga pasaytirishni taklif qilmoqda.

💬 AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) Ripple bilan tuzilgan kelishuvni yangilab taqdim etdi: jarima $125 milliondan $50 millionga tushirildi.

💬 AQSh Senati stablkoinlarni tartibga solishga qaratilgan GENIUS qonun loyihasini rad etdi 😒

💬 Ukrainada inflyatsiya aprel oyida tezlashib 15,1% ga yetdi.

💬 Frankfurt hukumati kriptobirja eXch’dan €34 millionni musodara qildi. Birja pul yuvishda ayblanmoqda.

💬 Kripto firibgarlikda aybdor deb topilgan Celsius asoschisi Aleks Mashinskiy 12 yilga qamaldi.

💬 OAVga ko‘ra, Meta o‘zining stablkoinini yaratishni rejalashtirmoqda.

💬 Coinbase BTC va ETH fyuchers savdolarini 24/7 (sutkaning 24 soati, haftaning 7 kuni) rejimida ishga tushirdi.

💬 Bybit birjasida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 70 milliondan oshdi.

💬 Braziliyaning fond birjasi B3 Ethereum va Solana fyucherslarini ishga tushiradi.

💬 16-maydan boshlab Amerika burger tarmog‘i Steak 'n Shake Bitcoin bilan to‘lovni qabul qiladi.

💬 Tramp oilasiga oid DeFi loyihasi WLFI Stakestone bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

🔸 Kurslari:

🪙Bitcoin: $103 132 (↓0,11%)
📈S&P 500: 5 664 (↑0,011%)
🌉Oltin: $3 337 (↓0,97%)
📦Brent neft: $63,78 (↑0,98%)

#kunlikdayjest #kunliktahlil
Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Soqqa Time’ni Boost qiling❗️

Bizning obunachilarimizning 20% dan ortig‘ida Telegram Premium bor.

Ehtimol, siz hikoyalar (stories) chiqarmaydigan kanallarga boost bergansiz va natijada sizning zaryadlaringiz bekor ketmoqda.

https://t.me/boost/Soqqatime_7

Shuning uchun agar bizga o‘z boostlaringizni bersangiz, juda minnatdor bo‘lamiz!

P.S.: Siz bir vaqtning o‘zida bir nechta заряд berishingiz mumkin!

#boost #qullab_quvatlash
Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pokiston o'zining harbiy operatsiyasini Hindistonga qarshi e'lon qildi va harbiy bazalarga zarbalar berdi 💣

Bozorlar esa bu voqeani raketa zarbalari almashinuvi bilan yakunlanadi, degan taxminga tayangan holda davom etmoqda va sodir bo‘layotgan voqealarni deyarli e'tiborsiz qoldirmoqda.Hozir barchani ko‘proq AQSh va Xitoy o‘rtasida bugun o‘tadigan uchrashuv qiziqtiryapti.

Faqat bozorlar haq bo‘lsa edi... 😂

#dolzarb
Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕🆕🆕🆕🆕🆕🆕🆕
Tramp aytishicha, u Hindiston va Pokistonni darhol o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga ko‘ndirgan 🕊

#dolzarb
Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from HBS | TAHLILLAR | G'OYALAR (Shomurod)
💸 Bitcoin valyuta bo'la oladimi?

Ushbu sonimiz mehmoni - Hayotjon aka Azimov

Islom moliyasi bo'yicha mutaxassis

To‘liq videoni quyidagi havola orqali o‘tib ko‘rishingiz mumkin👇

https://youtu.be/tp38mr6s518
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️
Kriptorezervlar yaqinlashmoqda, Tramp savdo bitimlariga ochiq, va AQSH Federal Rezervi foiz stavkasini tushurishga asos ko‘rmayapti — haftaning asosiy voqealariga nazar tashlaymiz.


🗓HaftaYakunlari

💸 Kriptovalyutalar

📍 Nyu-Gempshir shtati gubernatori Kelli Eyott Bitcoin-rezerv haqidagi qonunni imzoladi. Arizonada esa HB 2749 raqamli qonun qabul qilindi: u ortiqcha, talab qilinmagan aktivlarni davlat zaxirasiga o‘tkazishga ruxsat beradi, ammo kriptovalyutalarga investitsiya kiritishni taqiqlaydi.

Umid qilamizki, bu “domino effekti”ni boshlab beradi va AQSHning boshqa shtatlarida ham kriptorezervlar qabul qilinadi. Bu esa yana bir parabola o‘sishining boshlanishi bo‘lishi mumkin, ayniqsa, agar davlatlar real Bitcoin xaridlariga o‘tsa.

📍 Ethereum (ETH) haftalik 31% o‘sishni ko‘rsatib, ikkinchi raqamli kriptovalyutaga bo‘lgan ishonchni qaytardi va hatto altkoinlar mavsumi boshlanishiga umid berdi.
Bu o‘sish Pectra yangilanishining muvaffaqiyatli ishga tushirilishidan keyin boshlandi, lekin asosiy sabab BTC $100,000 darajasidan yuqoriga chiqqani bo‘ldi.

ETH uzoq vaqt davomida bahosi past bo‘lgan va aynan shu paytda kriptoda xavfga bo‘lgan talab ortib bordi. Agar ETH $2,400 darajasidagi qarshilikni yenga olsa, uzoq muddatli altkoin egalari "nolga chiqish" va hatto ozgina foyda olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

📍 AQSH Senati GENIUS qonun loyihasini rad etdi, u steyblkoinlarni tartibga solishni nazarda tutgan edi. AQSH moliya vaziri Skott Bessent esa Senatni passivlikda aybladi va bu AQSHning bu yo‘nalishda orqada qolishiga olib kelishini ta’kidladi.

Aslida, AQSH steyblkoinlarni joriy etishda butun dunyo bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Steyblkoinlar Markaziy banklar raqamli valyutalariga (CBDC) qarshi vosita sifatida ko‘rilmoqda. Bu, bir tomondan, dunyo bo‘ylab AQSH dollaridan foydalanishni kuchaytiradi, ikkinchi tomondan esa AQSH davlat qarzlarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha likvidlik oqimini ta’minlaydi.

Tramp ma’muriyati bu tashabburni qo‘llab-quvvatlamoqda, shuning uchun bu qonunning keyingi ko‘rib chiqishda qabul qilinishi ehtimoli yuqori. Shundan so‘ng, AQSH banklari va korporatsiyalarining steyblkoinlar paradiga tayyor turing!

💵 Moliyaviy Bozorlar

📍 AQSH va Buyuk Britaniya savdo bitimini imzoladi. Shuningdek, AQSH va Xitoy o‘rtasidagi muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rildi. Shu munosabat bilan Tramp Pekinga tariflarni 80%gacha tushirishni taklif etdi. Biroq bu yetarli bo‘lmasligi mumkin…
Bozorlar uchun AQSH-Xitoy bitimi savdo urushining yakunlanishini bildiradi. Savol shundaki, AQSH qanday darajada yon berishga tayyor? Chunki hozirda Xitoy pozitsiyasi kuchliroq ko‘rinmoqda va ular maksimal foyda olishga harakat qiladi.

Agar muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirsa, yana bir pasayish bo‘lishi mumkin — buni sotib olishga tayyor bo‘ling!

📍 AQSH Federal Rezervi (FRS) kutilganidek, stavkani o‘zgartirmadi – u 4,25–4,50% darajasida qoldirildi. Fed raisi Pauell, Tramp tariflari inflyatsiyani oshirishi mumkinligi tufayli, foiz stavkasini tushirishga hali asos yo‘qligini yumshoq ohangda bildirgan.

Tramp esa bunga javoban Pauellni “ahmoq” deb atadi, lekin ishdan bo‘shatmaydi.
Bozorlar hozircha Tramp tarafida: ular 2025-yilda 3 marotaba stavkaning pasayishini kutishmoqda. Agar siz aksiyalar yoki kriptovalyutalar o‘sishiga pul tikayotgan bo‘lsangiz — Tramp sizga yoqadimi-yo‘qmi — uning g‘alabasini xohlashingiz kerak!

#kunlikdayjest #kunliktahlil
Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕🆕🆕🆕🆕🆕🆕🆕
Ba'zi davlatlarning suveren fondlari allaqachon Bitcoin xarid qilishni boshlab yuborgan, ammo AQShda kriptovalyutani qanday tartibga solishlari aniq bo‘lmaguncha, ommaiy investitsiyalar kutilmaydi.

SkyBridge Capital asoschisi Entoni Skaramuchchining fikriga ko‘ra, Bitcoin $1 milliongacha o‘sishi uchun uni global moliyaviy tizimning bir qismi sifatida tan olishlari kerak.

Boshqalarga ham ulashing!
😎Telegram  😎Instagram 
🖥Hamjamiyat 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM