Muhammad | Someone idea 💡
7 subscribers
4 photos
1 link
Jamiki biz ishongan va bilgan narsalar aslida noto'g'ri bo'lsachi..⚜️

Guruhimiz : https://t.me/s_xlx_i

Shunchaki sevgi haqida : @sevgi_24_7

Forex : @someone_tradefx

Creator : @aloqadamasman
Download Telegram
Arsenal urib oldi

...
#tugadi

Ochlik

30.05.2026 yil. 21:32

Alhamdulillah 🙂
1-bo'lim tugadi.
Penalty
Dembele urdi

1 1
Sakani zarbasi bor nega tepmayabdi hayronman
Extra time ko'ramiz endi ...

!)
Vitinya travma oldimi deyman...
🇫🇷 "PSJ" - Chempionlar ligasi sohibi !

🇪🇺  Chempionlar Ligasi | FINAL

🇫🇷  "PSJ" 1:1 "Arsenal" 🇬🇧

⚽️ Gollar: Dembele 65 (P) - Haverts 6.

🥅 Penaltilar seriyasi: 4:3


FUTBOL • LIVE ❤️
#tugadi

Muhabbat O'tkir Hoshimov

31.05.2026 yil. 12:24

Alhamdulillah 🙂
Uzoq ...
Entikib o'pishdilar... 💙

!)
💔1
Men shunchaki bitta narsani istayman.

Kim xato qilgan bo'lsa, haqiqatda pushaymon bo'lib, xato qilganini anglab kechirim so'rashini.

Boshqa narsa emas.
Kimni tug'ilgan kuni bugun 😁
2026 yilda #oqilgan_kitoblar 

#yanvar
1. Bir kam dunyo 01.01.2026
2. Ey farzand 06.01.2026
3. Qalb kasalliklarining toji 09.01.2026
4. Otamdan qolgan dalalar 10.01.2026
5. Biroz yomg'ir kimsani ranjitmas 13.01.2026
6.Kulguli odamning tushi 14.01.2026 Dostoyevski
7. Ma'suma 16.01.2026 Dostoyevski
8. Yashamoq 22.01.2026
Yu Xua
9. Siz izlagan yechim 31.01.2026
10. Jimjitlik 31.01.2026
11. Yuraging chorlagan yerga bor 31.01.2026
#fevral
12. Kashandalikdan qutulishning oson yo'li 01.02.2026
13. G'olib iroda 06.02.2026
14. Kafansiz ko'milganlar 12.02.2026
15. Shaxmat novellasi 17.02 2026
#mart
16. Kuchsizlar kuchi 09.03 2026
17. Ferengeyt bo'yicha 451 daraja 31.03.2026
18. 7 strategies for wealth and happiness. (Jim Rohn) 31.03.2026
#aprel
19. 3 minora Said Ahmad 18.04.2026
20. Alvido Buxoro 19.04.2026
21. Til ofatlari 30.04.2026
22. Bill Gates 30.04.2026
23. 7 strategies for wealth and happiness. (Jim Rohn) 30.04.2026 (qayta va qayta)
#may
24. Bank 19.05.2026
25. Asal oyi emas, Asal hayot 29.05.2026
26. Ochlik 30.05.2026
27. Muhabbat (O'tkir Hoshimov) 31.05.2026

#jarayonda

1] Qiyomat *Chingiz Aytmatov asari*

#tugagan_kurslar
1. Mening ideal yilim (Davronbek Turdiyev)
2. Kichik va o'rta biznes mijozlarining moliyaviy tahlili (Business & Finance Consulting)


Davomli bo'lsin In Sha Allah

Amiyn 🙂
!)
Muhammad | Someone idea 💡 pinned «2026 yilda #oqilgan_kitoblar  #yanvar 1. Bir kam dunyo 01.01.2026 2. Ey farzand 06.01.2026 3. Qalb kasalliklarining toji 09.01.2026 4. Otamdan qolgan dalalar 10.01.2026 5. Biroz yomg'ir kimsani ranjitmas 13.01.2026 6.Kulguli odamning tushi 14.01.2026 Dostoyevski…»
G'alatiya may oyiga qarang
dastlabki 19 kunda faqat bitta kitob o'qib tugatganman xolos.
Lekin oxirgi 3 kunda har kuni bittadan 😂

!)
Bitta qiz uchun Ingliz tili kursga boraman deb o'ylamagan edim 🤦‍♂

Ha mayli
Yaxshilikka bo'lsin ishqilib!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Muhammad 🦅 (Muhammad Raxmatov 🦅)
“Yo‘q” deyishga qiynalasizmi?

Ko‘pchilik buni mehribonlik deb o‘ylaydi.
Aslida esa har doim ham unday emas❗️


Ba'zan inson boshqalarga yordam berayotgani uchun emas,
ularning sevgisi va qabulidan ayrilib qolishdan qo‘rqayotgani uchun "ha" deydi.

Psixolog John Bowlby tomonidan ishlab chiqilgan Attachment Theory (Bog‘lanish nazariyasi)ga ko‘ra, insonning ilk munosabatlari uning keyingi munosabatlar haqidagi tasavvurlarini shakllantiradi.

Agar bola bolaligida:

— faqat itoatkor bo‘lganda maqtalgan bo‘lsa,
— o‘z hissiyotlarini bildirganda rad etilgan bo‘lsa,
— ota-onasining mehrini yo‘qotishdan qo‘rqib yashagan bo‘lsa,


uning ongida quyidagi e'tiqodlar shakllanishi mumkin:

📌 "Agar boshqalarga borimni bersam, meni yaxshi ko‘rishadi."
📌 "Agar rad javobini bersam, meni tark etishadi."
📌 "Mening ehtiyojlarim boshqalarnikidan kamroq muhim."
📌 "Sevilish uchun nimanidir qurbon qilishim kerak."


Natijada inson katta bo‘lgach ham:

— ortiqcha mas'uliyatni o‘z zimmasiga oladi,
— hammani rozi qilishga urinadi,
— o‘z chegaralarini himoya qila olmaydi,
— charchagan bo‘lsa ham yordam beraveradi,
— ichida g‘azab yig‘ilib borsa ham sukut saqlaydi.

Tashqaridan qaraganda bu mehribonlikka o‘xshaydi.

Lekin psixologik jihatdan bu har doim ham mehribonlik emas.

Ya'ni inson chegaralarini himoya qilish o‘rniga,
boshqalarning roziligini saqlab qolishga urinadi.

Eng qizig‘i shundaki, bunday odamlar ko‘pincha:
“Men juda mehribonman” deb o‘ylaydi.

Aslida esa ularning xatti-harakatini mehr emas,
rad etilish qo‘rquvi boshqarayotgan bo‘lishi mumkin.

Ba'zan insonning eng katta qamoqxonasi uning bolaligida shakllangan e'tiqodlari bo‘ladi.
Ba'zan esa buning sababi xarakter emas.
Bolalikdan shakllangan ustanovkalar bo‘ladi:"Men borlig'imcha bo‘lsam, meni qabul qilishmaydi."

Shu sabab inson asta-sekin o‘zini emas,
boshqalarga yoqadigan versiyasini yashay boshlaydi.

Va eng achinarlisi shundaki:

U hayoti davomida hammaning mehrini qozonishi mumkin.
Lekin o‘zining kimligini yo‘qotib qo‘yadi.

Bunday insonlar ko‘pincha hammani rozi qiladi.
Faqat o‘zidan boshqa hammani.

Chunki doim boshqalarning ehtiyojlarini eshitgan odam,
bir kun kelib o‘z ehtiyojlarining ovozini eshitmay qo‘yadi.

Shuning uchun har safar "ha" deganingizda o‘zingizdan bir savol so‘rang:

Bu mening erkin tanlovimmi?
Yoki ichimdagi rad etilish qo‘rquvi yana gapiryaptimi?


Think about it️
Yo'q.

!