Soliq Servis
34.9K subscribers
1.04K photos
251 videos
2 files
967 links
"Soliq-servis" AJ

https://soliqservis.taplink.ws/

"Soliq-servis"
jamiyatining rasmiy kanali

soliq-servis.uz
soliqservis.uz
📞1198
Download Telegram
🔖 Bilim — rivojlanishning eng muhim omili!

➡️Soliq-servis” AJ hududiy bo‘linmalari rahbar va xodimlari uchun ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi.

🔺 Ikki kun davomida ishtirokchilar kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, yangi yondashuvlarni o‘rganish hamda kundalik faoliyatda samaradorlikni oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar.

🎯 Maqsad bitta — bilimni oshirish, tajribani boyitish va natijadorlikni yanada yuksaltirish!

💡 Ikki kun — yangi bilimlar, amaliy tajriba va foydali muloqotlar uchun yangi imkoniyat.

👨‍💻 O‘quv mashg‘ulotlari davomida dolzarb masalalar muhokama qilinib, ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashadilar.

Ikki kunlik intensiv mashg‘ulotlar boshlandi! 🚀

📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4👌2
Soliq oddiy tilda

⁉️ REPO — bu nima?

💡 REPO — qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan bitim bo‘lib, unga ko‘ra bitimning bir tomoni ikkinchi tomonga qimmatli qog‘ozlarni sotadi va ma’lum muddatdan so‘ng ularni oldindan belgilangan narxda qayta sotish yoki sotib olish majburiyatini oladi. Bunda shartnomadagi narx qimmatli qog‘ozlarning bozor narxidan farq qilishi mumkin.

💬Oddiy qilib aytganda: REPO — qimmatli qog‘ozlarni vaqtincha sotish va kelishilgan muddatdan keyin ularni oldindan belgilangan shartlarda qayta sotib olishga asoslangan moliyaviy bitim.

📌Masalan: korxona vaqtincha mablag‘ga muhtoj bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlarini REPO orqali sotadi va belgilangan muddatdan keyin ularni qayta sotib oladi.

🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 52-moddasi.

📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1🙏1
Bilasizmi?

🧼Buyuk Britaniyada bir vaqtlar sovunga maxsus soliq joriy etilgan.

💵Ushbu soliq sababli kundalik gigiyenada ishlatiladigan sovun narxi oshgan.

🎯Maqsad: Soliq davlat byudjetiga qo‘shimcha daromad keltirish uchun undirilgan.

📌 Sovunga solinadigan soliq 1833-yilda bekor qilingan.



Знаете ли вы?

🧼В Великобритании когда-то существовал специальный налог на мыло.

💵 Из-за этого налога обычное средство для гигиены становилось дороже для покупателей.

🎯Цель: Налог вводился для получения дополнительных доходов государством.

📌 Налог на мыло был отменён в 1833 году.

📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1🤩1
#KUN_SAVOLI 📚

Savol: Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga qanday soliq imtiyozlari beriladi?

✔️ Javob: Soliq ko'deksining 473-moddasiga asosan investitsiyalar hajmiga qarab mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod qilish, shuningdek, foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar beriladi.

📌Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga soliq imtiyozlari — investitsiyalar hajmiga qarab mol-mulk solig‘i, yer solig‘i hamda foyda solig‘i bo‘yicha taqdim etiladigan imtiyozlardan iborat.

🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 473-moddasi.

📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤‍🔥1🏆1
Bilasizmi?

🧤 XVIII asrda Buyuk Britaniyada qo‘lqoplarga maxsus soliq solingan.

💵Qo‘lqop sotib olishda xaridorlardan belgilangan miqdorda qo‘shimcha soliq undirilgan.

🎯Maqsad: Ushbu soliq davlat xazinasiga qo‘shimcha daromad keltirish maqsadida joriy etilgan.

📌 Qo‘lqoplarga solinadigan soliq XVIII asrda Buyuk Britaniyada amal qilgan.



Знаете ли вы?

🧤В XVIII веке в Великобритании существовал специальный налог на перчатки.

💵 При покупке перчаток с покупателей взимался дополнительный налог.

🎯Цель: Налог был введён для пополнения государственной казны.

📌 Налог на перчатки действовал в Великобритании в XVIII веке.

📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔖 “Soliq-servis” AJ hududiy bo‘linmalari xodimlari uchun malaka oshirish mashg‘ulotlari yakunlandi

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq oliy maktabida tashkil etilgan ikki kunlik malaka oshirish o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirokchilarning faoliyatida bevosita qo‘llaniladigan muhim yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlari mustahkamlandi.

Xususan, quyidagi mavzularga alohida e’tibor qaratildi:

🔺 “Soliq-servis” AJ hududiy bo‘linmalarida amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar;

🔺 Fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya xizmati ko‘rsatish markazlari faoliyatini tashkil etish, xizmat turlari hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari;

🔺 Soliq to‘lovchilarni jalb qilish, ularning ehtiyojlarini o‘rganish, samarali kommunikatsiya va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

🔺 Buxgalteriya xizmatlari sifati va ichki nazorat tizimini tashkil etish, hujjatlarni tekshirish, hisobotlarni nazorat qilish hamda xatolarning oldini olish;

🔺 Xizmat ko‘rsatish madaniyati, brendni to‘g‘ri namoyon qilish, mijoz ehtiyojlarini aniqlash va xizmatlarni professional tarzda taqdim etish;

🔺 “Soliq-servis” AJ tomonidan ko‘rsatiladigan markaziy xizmatlar, jumladan, markshederlik va Tax Free yo‘nalishlari;

🔺 Ichki nazorat tizimlari, komplayens nazorat va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish;

🔺 Jamiyatning ichki tartib-qoidalari, EDO tizimi va mehnatga oid masalalar.

🎯 Mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, amaliy bilimlarini mustahkamlash, aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash borasida yangi bilimlarga ega bo‘lib, o‘zaro tajriba almashish asnosida faoliyatdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.

📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2🙏211
Soliq oddiy tilda

⁉️Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalangan guruhi — bu nima?

💡Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalangan guruhi — tegishli shartnoma asosida ixtiyoriy ravishda birlashadigan yuridik shaxslar guruhi bo‘lib, uning maqsadi guruh ishtirokchilarining xo‘jalik faoliyatidagi umumiy moliyaviy natijani hisobga olgan holda foyda solig‘ini hisoblash va to‘lashdan iborat.

💬Oddiy qilib aytganda: o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta kompaniyalar soliqqa tortish maqsadida birlashadi va foyda solig‘ini hisoblashda ularning umumiy moliyaviy natijasi hisobga olinadi.

📌Muhim: bunday guruh yangi yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuziladi. Ishtirokchilardan biri mas’ul ishtirokchi etib belgilanadi. Aynan u butun guruh bo‘yicha foyda solig‘ini hisoblash va to‘lash uchun javob beradi.
🔗Guruhni tashkil etish uchun, jumladan, bir yuridik shaxs boshqa ishtirokchilarning ustav fondi (ustav kapitali)da bevosita yoki bilvosita kamida 90 foiz ulushga ega bo‘lishi kerak.
🔗Ishtirokchilar tomonidan to‘langan ayrim soliqlarning jami summasi kamida 100 mlrd so‘m, tushum va boshqa daromadlarning jami hajmi kamida 500 mlrd so‘m, aktivlarning jami qiymati esa kamida 1 trln so‘m bo‘lishi kerak.

🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 61–64-moddalari.

📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1👏1
#KUN_SAVOLI 📚

Savol: Sayyor soliq tekshiruvi nima va uning asosiy maqsadi nimadan iborat?

Javob: Soliq kodeksining 139-moddasiga asosan, sayyor soliq tekshiruvi — soliq to‘lovchining soliqlar va yig‘imlarni hisoblash hamda to‘lash, shuningdek, soliq qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarishini tekshirishdir.

Tekshiruv davomida hisob hujjatlari, tovar-moddiy qimmatliklar, pul mablag‘lari harakati hamda soliq to‘lovchining faoliyatiga oid boshqa ma’lumotlar tahlil qilinadi.

📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1🙏1
Bilasizmi?

XVIII asrda Buyuk Britaniyada dori vositalariga maxsus soliq solingan. 💊

💵Dorilarni sotish va ayrim tibbiy vositalarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq hujjatlarga gerb yig‘imi (stamp duty) undirilgan.

🎯Maqsad: Ushbu to‘lov davlat xazinasiga qo‘shimcha daromad keltirish va dori vositalari savdosini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan.

📌 Bunday gerb yig‘imlari XVIII asrda Buyuk Britaniyada qo‘llanilgan.



Знаете ли вы?

В XVIII веке в Великобритании существовала гербовая пошлина на лекарства. 💊

💵 Сбор взимался с документов, связанных с продажей лекарств и оформлением некоторых медицинских средств.

🎯Цель: Такой сбор приносил дополнительные доходы государственной казне и использовался для регулирования торговли лекарствами.

📌 Подобные гербовые пошлины действовали в Великобритании в XVIII веке.

📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1👏1
Soliq oddiy tilda

⁉️ Yakka tartibdagi tadbirkor kim?

💡 Yakka tartibdagi tadbirkor — yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxs.

🙂 Oddiy qilib aytganda:
Agar jismoniy shaxs o‘z nomidan biznes yuritsa, lekin buning uchun alohida korxona yoki yuridik shaxs tashkil qilmasa — u yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi.

📌 Masalan:
Siz belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tdingiz va o‘z nomingizdan savdo yoki boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanyapsiz. Bunda siz yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) hisoblanasiz.

❗️ Muhim:
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, ammo YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslar ham soliq solish va javobgarlik choralarini qo‘llash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi.

📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#KUN_SAVOLI 📚

⁉️Savol: Kameral soliq tekshiruvi nima va u qanday ma’lumotlar asosida o‘tkaziladi?

✔️Javob: Soliq kodeksining 138-moddasiga asosan, kameral soliq tekshiruvi — soliq organi tomonidan soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlar, shuningdek, soliq organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjat va ma’lumotlarni tahlil qilish asosida o‘tkaziladigan tekshiruvdir.

📌 Ushbu tekshiruv soliq hisobotlaridagi xatolar, tafovutlar va soliq majburiyatlarining to‘g‘ri hisoblanganligini aniqlashga qaratilgan.

📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq qonunchiligidagi muhim qoidalar bo‘yicha savollaringizga aniq va tushunarli javoblar berishda davom etamiz.

🎥 Bu galgi videoda:

✔️ Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan soliq to‘lovchilar uchun 0 foizli soliq stavkasi qancha muddatga va qanday daromadlarga nisbatan qo‘llanilishi;

✔️ Kameral soliq tekshiruvida qaysi soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish taqiqlanishi;

✔️ Qaysi holatlarda soliq organi soliq to‘lovchini oldindan xabardor qilmasdan soliq auditini boshlashi mumkinligi haqida ma’lumot beriladi.

📌 Soliq qonunchiligidagi yangilik va muhim o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatib boring!

📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👏1🙏1