Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.4K subscribers
7.35K photos
1.68K videos
135 files
7.72K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#chempion_bilan_uchrashuv

Hamkasbimiz xursandchiligi – jamoamiz xursandchiligi!

Xabaringiz bor, Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, olimpiada chempioni degan sharafli nomga erishdi.

Chempionlardan biri
Hazorasp tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimi Murodbek Iskandarovning o‘g‘li – xalqaro grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev ham o‘zining mag‘lubiyatsiz yurishlari bilan mazkur tarixiy g‘alabaga hissa qo‘shdi. Shuningdek, uning yana bir farzandi Nilufar Yoqubboyeva ham mazkur olimpiadada O‘zbekiston ayollar terma jamoasi safida munosib o‘yin ko‘rsatdi.

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev bugun hamkasbimiz oila a'zolari bilan uchrashdi.

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi olamshumul g‘alaba bilan Nodirbek hamda uning ota-onasini tabriklab, barcha soliqchilar Murodbek Iskandarovdan o‘rnak olishi lozimligini, farzandlar iste’dodini aniqlash va uni to‘g‘ri yo‘naltirish mana shunday natija berishini ta’kidladi. Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi Raisi buyrug‘i bilan Murodbek Iskandarovning unvoni bir pog‘ona ko‘tarildi.

Uchrashuvda xodimlar chempion bilan aql mashqida bahslashish imkoniga ham ega bo‘ldi.

Yakunda Sherzod Kudbiyev yurtimiz faxru iftixoriga aylangan Nodirbek Yoqubboyev va uning ota-onasiga, xususan, Hazorasp tumani DSI xodimi Murodbek Iskandarovga samimiy minnatdorlik bildirib, “Xumson” sanatoriysiga yo‘llanma hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi.

DSQ Matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#infografika #aylanma

Tadbirkorlik subyektlarining aylanmasi avvalgi yilga nisbatan 127,8 %ga o‘sdi

Mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida biznes uchun erkin va teng raqobat maydoni yuzaga kelmoqda. Buning samarasi tadbirkorlik subyektlarining umumiy tovar aylanmasida ham aks etmoqda.

💹187,4 ming subyekt aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan ko‘paygan. Jami tovar aylanmasi o‘sishi 127,8 %.

📊Yil boshidan tovar va xizmatlar aylanmasi hajmi gradatsiyasi:

👉 500 mln so‘mgacha aylanmaga ega 282 858 subyekt;
👉 1 mlrdgacha 20 688 subyekt;
👉 10 mlrdgacha26 878 subyekt;
👉 100 mlrdgacha — 5 253 subyekt;
👉 1 trlngacha667 subyekt;
👉 1 trlndan ko‘p aylanmaga ega 64 subyekt.

👩🏻‍💼 4,5 ming yakka tartibdagi tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq (AOS) to‘lashga o‘tgan.
🏢 26,7 ming korxona AOSdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan.

Тelegram | Facebook | Youtube
#инфографика #оборот

Темп роста оборота субъектов предпринимательства по сравнению с прошлым годом составил 127,8%

В результате дальновидной политики реформ, проводимых Президентом, в нашей стране формируется свободная и равная конкурентная среда для бизнеса. Ее эффективность можно наблюдать и на примере общего оборота субъектов предпринимательства.

🏢По сравнению с прошлым годом оборот увеличился у 187,4 тыс. субъектов. Рост общего товарооборота составил 💹127,8%.

📊Градация объема оборота товаров и услуг с начала года:
👉до 500 млн сумов у 282 858 субъектов;
👉до 1 млрд сумов - 20 688 субъектов;
👉до 10 млрд сумов - 26 878 субъектов;
👉до 100 млрд сумов - 5 253 субъектов;
👉до 1 трлн сумов - 667 субъектов;
👉свыше 1 трлн сумов
у 64 субъектов.

👩🏻‍💼 На уплату налога с оборота перешло 4,5 тыс. индивидуальных предпринимателей, 🏢 26,7 тыс. организаций перешли с уплаты налога с оборота на общеустановленный порядок налогообложения.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#infografika #aylanma

2022-yil birinchi yarimida tovar va xizmatlar aylanmasini amalga oshirgan 336 408 ta tadbirkorlik subyekti:

🔸112 990 tasi – umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari;
🔹227 688 tasi – aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari.

Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlik subyektlari aylanmasining avvalgi yilga nisbatan ijobiy o‘sishi qayd etilgan.

Tovar aylanmasi o‘sishining eng yuqori ko‘rsatkichlari:
▫️Andijon viloyati - 51,8%;
▫️Toshkent shahri - 47,4%;
▫️Toshkent viloyati - 45,8%;
▫️Jizzax viloyati - 42,6%;
▫️Farg‘ona viloyati - 38,1%.

Tovar aylanmasi hajmi bo‘yicha yetakchilar:
Toshkent shahri – 121 trln so‘m;
Toshkent viloyati – 32,1 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati – 23,9 trln so‘m.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#инфографика #оборот

Среди 336 408 субъектов предпринимательства, осуществлявших реализацию товаров и услуг в I полугодии 2022 года:

🔸112 990 плательщиков общеустановленных налогов;
🔹227 688 плательщиков налога с оборота.

Положительные темпы роста оборота субъектов предпринимательства в сравнении с аналогичным периодом прошлого года зафиксированы во всех регионах республики.

Самые высокие показатели прироста оборота продемонстрировали:
▫️Андижанская область - 51,8%;
▫️г.Ташкент - 47,4%;
▫️Ташкентская область - 45,8%;
▫️Джиззакская область - 42,6%;
▫️Ферганская область - 38,1%.

По объему оборота лидируют г.Ташкент – 121 трлн сумов, Ташкентская область – 32,1 трлн сумов и Ферганская область – 23,9 трлн сумов.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#seminar

Davlat soliq organlari xodimlariga fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi

Joriy yil 8-avgust kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-son Qonuni davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi muhim hujjat bo‘ldi.

Mazkur Qonun davlat xizmatchilarining jamiyatdagi mavqeyini oshirishga qaratilgan davlat xizmati institutining huquqiy asosini yaratadi.

Qonun ilg‘or jahon tajribasi asosida, davlat boshqaruvi sohasida milliy tajribaga asoslangan keng ko‘lamli mutaxassislar tomonidan ishlab chiqildi.

Joriy yilning 16-avgust kuni davlat soliq xizmati organlari xodimlari uchun “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Unda mazkur Qonunni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Abbos Akramov va department mudiri o‘rinbosari Shuxrat Mamajonovlar Qonunda nazarda turilgan normalar haqida batafsil tushunchalar berdi.

Qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘lgan seminarda davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan Qonunga yangi normalar kiritish bo‘yicha takliflar ham berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram