Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.8K subscribers
7.5K photos
1.74K videos
139 files
7.89K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
Aylanmadan_olinadigan_soliq_AOS_hisob_kitobini_to‘ldirish_bo‘yicha.pdf
532.3 KB
#AOS

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

👉AOS hisobotining paket kodi: 10104_30
_______________
#налог_с_оборота

Инструкция по заполнению отчетности по налогу c оборота

👉Код пакета отчетности по налогу с оборота:
10104_30

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliqchi_komakchi

Yoshlar tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanmoqda

📍 Toshkent viloyati soliq boshqarmasi xodimlari yosh tadbirkorlar bilan uchrashib soliq qonunchiligidagi yangiliklar, yengillik va imtiyozlardan foydalanish yuzasidan tushuntirishlar bermoqda.

👉 Youtubeda ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlari uchun MXIKlar ro‘yxati yangilandi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlari ro‘yxati tasdiqlandi.
👉VMQ 447-son 04.09.2023 yil

Mazkur qarordan kelib chiqib, Mahsulotlar (tovar va xizmat)larning yagona elektron milliy katalogida ushbu soha xizmatlariga biriktirilgan MXIKlar inventarizatsiyadan o‘tkazildi.

Inventarizatsiya natijasida kodlar strukturasi va tuzilishi o‘zgartirildi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi MXIKlarning yangilangan ro‘yxati Katalogga joylashtirildi. 2023-yil 1-oktabrdan boshlab undan foydalanish majburiy bo‘ladi.

Shu munosabat bilan, hozirda nazorat-kassa texnikalarida amal qilayotgan kodlarni belgilangan sanagacha qayta tekshirib chiqish hamda taklif etilayotgan kodlarga o‘zgartirish tavsiya etiladi.

📞Savollar va takliflar bo‘yicha 71-202-32-32 raqami orqali katalog Operatoriga murojaat qilishingiz mumkin.
__

#ИКПУ

Обновлен перечень ИКПУ для услуг в сфере информационно-коммуникационных технологий

Утвержден перечень видов услуг в сфере информационно-коммуникационных технологий.
👉ПКМ №447 от 4.09.2023

Исходя из этого, в Едином электронном национальном каталоге продукции (товаров и услуг) проведена инвентаризация ИКПУ в этой сфере.

В результате инвентаризации изменены структура и состав кодов. Обновленный перечень ИКПУ в сфере информационно-коммуникационных технологий размещен в Каталоге. Его использование станет обязательным с 1 октября 2023 года.

В связи с этим рекомендуется перепроверить коды, используемые в настоящее время в онлайн контрольно-кассовой технике, и заменить их на утвержденные ИКПУ к указанной дате.

📞По вопросам и предложениям обращайтесь к оператору Каталога по телефону 71-202-32-32.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#gender_tenglik

Soliq xizmati organlarida ayollar rolini oshirishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazilmoqda

Bugun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “G‘azalkent” sog‘lomlashtirish markazida Soliq xizmati organlarida samarali mehnat qilayotgan faol xotin-qizlar ishtirokida “Yangi hayot uchun yangi O‘zbekiston uchun’’ mavzusida ikki kunlik seminar-trening boshlandi.

👩‍💼Tadbirda tizimda faoliyat yuritib kelayotgan 200 nafardan ortiq xotin-qiz xususan, rahbar ayollar, hududiy soliq xizmati organlaridagi xotin-qizlar bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti mas’ullari ishtirok etmoqda.

Bevosita muloqotda ayollarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini to‘laqonli ta’minlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, gender tenglik va teng huquqlilikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z bordi.

Shuningdek, ayollarning salomatligini mustahkamlash va jismoniy faolligini oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.

Seminarning ikkinchi kunida “Zakovat” intellektual o‘yini hamda turli ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tabiat qo'ynidagi uchrashuv xotin-qizlarning  ish samaradorligini oshirib, faoliyatlarida yuksak natijalarga erishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Xarid cheklaridagi ayrim ma'lumotlarni o‘zgartirish imkoniyati beriladi

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 🗓 2023-yil 13-sentabrdan 23-sentabrgacha (23-sentabr ham) 2022-yildagi onlayn-NKT va marketpleys cheklarini tahrirlash imkoni beriladi.

Ushbu davrda cheklarning mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK) va “komitent STIR” ma'lumotlarini o‘zgartirish mumkin.

💻 Buning uchun my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek ma'lumotlari" boʻlimiga kiriladi.

🔍Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi.

📝Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

📎 Ma'lumot o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasi bo‘yicha yuzaga keladigan o‘zgarishlar oqibatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi rasmiy xati (muhrlangan) ilova qilinishi lozim.

🔘 “Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

📁 Cheklar tahrirlangan taqdirda tadbirkorlik subyektlaridan tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi.

👉QO‘LLANMA

❗️Tadbirkorlik subyektlariga 2023-yilning o‘tgan davri uchun aprel va avgust oylarida cheklarni tahrirlash imkoniyati berilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM