Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
94K subscribers
7.6K photos
1.77K videos
141 files
8.01K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#bilasizmi

Inkasso...

Yuridik shaxslar va YATT tomonidan ularga hisoblangan soliqlar belgilangan muddatda toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmaganda, undiruv qarzdorning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlariga (shu jumladan, korporativ kartalardagi pul mablagʻlariga) qaratiladi.

Soliq qarzini undirish
soliq toʻlovchining bank hisobvaraqlariga zarur pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjetga oʻtkazish uchun elektron shaklda inkasso topshiriqnomasi yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Agar soliq toʻlovchi mustaqil ravishda toʻlov topshiriqnomasini yubormagan boʻlsa, soliqni toʻlash uchun belgilangan muddat tugagach 3 ish kunidan kechiktirmay soliq toʻlovchining hisobvaragʻiga inkasso topshiriqnomasi qoʻyiladi.

Bunda inkasso topshiriqnomasi bank tomonidan fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan toʻlovlar navbatini hisobga olgan holda soʻzsiz bajarilishi shart.

👉Soliq kodeksi 121-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter