Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.5K subscribers
7.72K photos
1.83K videos
145 files
8.17K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozi

👨‍🎓Talabalar kontrakt to‘lovidan 12 foiz miqdorida daromad solig‘ini qanday qaytarib olishi mumkin?

📚Siz ish haqi va boshqa daromadingizdan o‘zingizni, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ingiz va farzandlaringizni O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida taʼlim olishi uchun to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsangiz mazkur imtiyozdan foydalana olasiz.

⚡️2021-yil 14-oktabrdan mazkur imtiyoz professional taʼlim tashkilotlari – kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga ham tatbiq etildi.

Imtiyoz professional va oliy taʼlim tashkilotlarida o‘qish uchun to‘lov:
👉 jismoniy shaxsning o‘z mablag‘lari;
👉 tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari;
👉 yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilganda qo‘llaniladi.


Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_imtiyozi

🔴Ipoteka krediti asosida uy-joyga muhtojlar uchun kvartira olganman. Kredit toʻlovi summasi har oy ish haqimdan ushlab qolinyapti. Oylik ish haqidan ipoteka krediti toʻlansa, daromad soligʻidan imtiyozlar beriladimi?

Boshlangʻich toʻlovi va kredit foizlari davlat budjetidan ajratilgan subsidiya asosida olingan ipoteka kreditlari va ularga hisoblangan foizlarga yoʻnaltirilgan *MHTEKMning 80 baravarigacha boʻlgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari JSHODSdan ozod etilgan.

Bunda, kredit yosh oila uchun ajratilgan boʻlsa, soliq imtiyozi er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yosh (30 yosh) ga toʻlguniga qadar, subsidiya boʻyicha belgilangan shartlar inobatga olinmagan holda qoʻllaniladi.

Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga olingan koʻchmas mulk 36 oy ichida boshqa shaxs nomiga oʻtkazilsa, soliq imtiyozi qoʻllanilgan butun davr uchun soliq toʻlash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi.
👉Soliq kodeksi 378-modda 16-bandi

Prezidentimizning 22.11.2016-yildagi PQ-2660-son qaroriga asosan, “2017-2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi” doirasida kvartira sotib olish uchun olingan ipoteka krediti va hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilgan jismoniy shaxs (qarzdor)larning, shuningdek ularning oila aʼzolarining (er-xotin, turmush oʻrtogʻi, ota-onasi va bolalari) soliqqa tortiladigan ish haqi va boshqa daromadlarini JSHODSdan ozod qilish 2021-yil 1-yanvardan bekor qilingan.
👉PF-6011 2-ilova 7-band 19.06.2020-y

Shundan kelib chiqib, 01.01.2021-yildan PQ-2660-son qaroriga asosan olingan uy-joy uchun ajratilgan ipoteka kreditlari va foizlarini qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlarga soliq imtiyozi qoʻllanilmaydi.

*mehnatga haq toʻlash eng kam miqdori – 80 baravar x 920 000 =73,6 mln soʻm.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter