#antikorrupsiya
Manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!
Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq organlaridagi manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri xabardor qilish mumkin boʻlgan bir necha aloqa kanallari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Soliq xizmati organlarining aloqa kanallari:
▫️Telegram – @dsq_anticorrupciya_bot;
▫️Elektron pochta – antikorrupsiya@soliq.uz
▫️Soliq organlarining “Ishonch telefonlari";
▫️Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari telefon raqamlari;
▫️Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti;
▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali;
❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
📌 Eslatma: Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Kasbga sadoqat, burch va mas’uliyat – muvaffaqiyat garovi!
Soliq xizmati organlarida korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olish, sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida Surxondaryo viloyati soliq xodimlarining yaqin qarindoshlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Davlat xizmatchisi, xususan soliq xodimi bo‘lish naqadar sharafli va mas’uliyatli kasb ekanligini ta’kidlanib, iqtisodiyotimiz rivoji, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilayotgan soliq xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotgan oila-a’zolariga minnatdorchilik bildirildi.
Mavjud korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, farzandlari va yaqinlarini bu xavfli illat tuzog‘iga tushishdan asrash uchun jamoada ham oilada ham korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishning muhim ahamiyati tushuntirildi.
Shuningdek, viloyat soliq xizmati organlarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh soliq xodimlarining ota-onalari, turmush o‘rtoqlari va yaqin qarindoshlariga viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomalari topshirilib, soha rivojidagi fidoyi mehnatlari alohida e’tirof etildi.
- O‘g‘lim soliq tizimida mehnat qilayotganidan doimo faxrlanib yursamda, lekin bu kasbning mas’uliyatini to‘liq his qilmagan ekanman”, - deydi Bandixon tumani soliq inspeksiyasi xodimi Zafar O‘roqovning onasi Oyimxol O‘roqova. – To‘g‘ri hamma kasbning o‘ziga yarasha qiyinchiligi, mashaqqati bo‘ladi, ammo soliq xodimining mas’uliyati, yurt rivoji yo‘lidagi zahmatli mehnati naqadar muhimligini bugungi uchrashuvda angladim. Shu bilan birga shunday sharafli va mas’uliyatli kasbidan qadr topib, mehnati olqishlanganligidan, farzandimiz ortidan biz ota-onalar rahmat eshitganimizdan juda ham quvondim.
Darhaqiqat yurt koriga kamarbasta farzandlarni voyaga yetkazish va ularning ortidan yaxshi gaplar eshitishdanda yuksakroq baxt bo‘lmasa kerak.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi