Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.5K subscribers
7.31K photos
1.66K videos
133 files
7.67K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka
#EHF

Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha EHF 1 kun ichida tasdiqlanishi kerak

Yetkazib beruvchi tomonidan raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha yuborilgan EHF sotib oluvchi tomonidan 1 kalendar kun ichida ERI bilan tasdiqlanishi yoki sababi ko‘rsatilgan holda rad etilishi shart.

Sotib oluvchi tomonidan belgilangan muddatda tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan EHF tasdiqlangan hisoblanadi.

👉VMQ-489 2-ilova 63-band 14.08.2020-yil
_________
#маркировка
#ЭСФ

ЭСФ по товарам с обязательной цифровой маркировкой должен быть подтвержден в течение 1 дня

Если поставщик выставляет ЭСФ по товарам, подлежащим обязательной цифровой маркировке, то этот ЭСФ должен быть подтвержден ЭЦП покупателя или отклонен с указанием причин в течение 1 календарного дня.

Не подтвержденный или не отклоненный покупателем в установленный срок ЭСФ считается подтвержденным.

👉п.63 Прил.№2 к ПКМ №489 от 14.08.2020 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv #markirovka

Alyuminiy idishlarda suv va salqin ichimliklarni markirovkalash bo'yicha seminar

Joriy yil 1-martdan suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash boshlangan bo‘lsa, 1-avgustdan esa alyuminiy idishlarda realizatsiya qilinayotgan xuddi shunday mahsulotlarni markirovkalash boshlanadi.

Bozor ishtirokchilarini markirovkalash texnologiyalari bilan tanishtirish maqsadida 2024-yil 25-iyun kuni “Alyuminiy idishlarni raqamli markirovkalash” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda Soliq qo‘mitasi, Tovarlarni raqamli markirovkalash milliy tizimi, yirik suv va salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi korxonalar, integrator kompaniyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari tomonidan raqamli markirovkalash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonunchilikdagi soʻnggi oʻzgarishlar haqida maʼlumot berildi. Xususan, 2024-yil 1-iyundan 2027-yil 1-iyunga qadar majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni markirovkalash uchun zarur bo‘lgan va import qilinadigan uskunalar bojxona bojidan ozod etilgani ta’kidlanib, kontrafakt mahsulotlar va qalbakilashtirish, shuningdek, markirovkalash qoidalarini buzish holatlari aniqlangan taqdirda, joriy yil 1-sentabrdan boshlab soliq nazorati choralari ko‘rilishi haqida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga markirovkalashni boshlashga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, ular ichimlik ishlab chiqarish jarayonida alyuminiy idishlarni markirovkalashning o‘ziga xos xususiyatlari bilan yaqindan tanishdi.

👉 Raqamli markirovkalash haqida
👉 Markirovkaning haqiqiyligini Soliq ilovasida tekshirish mumkin
_____________
#встреча #маркировка

Семинар по маркировке воды и прохладительных напитков в алюминиевой таре

Цифровая маркировка воды и прохладительных напитков стартовала с 1 марта текущего года, а с 1 августа начнется маркировка такой продукции, реализуемой в алюминиевой таре.

Чтобы ознакомить участников рынка с технологиями маркировки, 25 июня 2024 года организован семинар на тему: «Цифровая маркировка алюминиевой банки». В нем приняли участие специалисты Налогового комитета, Национальной системы цифровой маркировки товаров, крупные производители и импортеры воды и прохладительных напитков, компании-интеграторы, а также представители СМИ.

Специалисты Налогового комитета дали информацию о последних изменениях в законодательстве, направленных на совершенствование системы цифровой маркировки. В частности, отметили, что до 1 июня 2027 года импортируемое оборудование, необходимое для цифровой маркировки продукции, освобождено от таможенной пошлины и рассказали о мероприятиях налогового контроля, которые будут проводиться с 1 сентября этого года при выявлении фактов подделки и контрафакта, а также нарушения правил маркировки продукции.

В ходе мероприятия участники получили практические рекомендации по подготовке к старту маркировки, ознакомились с процессом внедрения и особенностями маркировки алюминиевой банки в процессе производства напитков.
 
👉О цифровой маркировке
👉Подлинность маркировки можно проверить в приложении Soliq

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#markirovka

Tadbirkorlarga 2D-skanerlar xarid qilishda soliq imtiyozlari taqdim etiladi

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan foydalanishi shart.

2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda soligʻi yoki AOS yoxud YTTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalariga kamaytirish huquqi berildi (4 x 340 000 = 1 360 000 so‘m).

Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-yanvariga qadar berilgan edi.
__________
#маркировка

За приобретение 2D-сканеров предпринимателям предоставляются налоговые льготы

Субъекты предпринимательства, которые занимаются розничной торговлей продукцией с цифровой маркировкой, должны использовать устройства для считывания маркировки.

До 1 января 2027 года предпринимателям предоставлено право вычесть из суммы начисленного и подлежащего уплате налога на прибыль или налога с оборота либо налога на доходы физических лиц, уплачиваемого индивидуальным предпринимателем, расходы на приобретение таких устройств в размере не более 4 БРВ за одно устройство (340 000 сумов * 4 = 1 360 000 сумов).

Ранее такая льгота уже предоставлялась предпринимателям до 1 января 2023 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#markirovka

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasi tadbirkorlari diqqatiga!

Soliq qoʻmitasining majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan alkogol mahsulotlarni quyib sotish boʻyicha takliflari bilan quyidagi havola orqali tanishing:
👉 https://soliq.uz/press-services/news/show/horeca-segmentida-markirovkalangan-mahsulotlarni-hisobga-olish

Ushbu takliflar asosida joriy yilning iyul oyida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari va bozor ishtirokchilari o‘rtasida uchrashuv tashkil etish rejalashtirilgan.

Unda ishtirok etishni istaganlar #markirovka xeshtegi bilan ishtirokchilar roʻyxati va muhokama qilinadigan mavzularni koʻrsatgan holda Soliq organlari bilan qayta aloqa tizimi
💻 veb-sayt - https://appeal-bot.soliq.uz/
📲 yoki Soliq mobil ilovasi orqali xabar yuborishlari mumkin.

Uchrashuv o‘tkazish joyi va sanasi qatnashish istagini bildirgan korxonalar va ishtirokchilar sonidan kelib chiqib belgilanadi.
___________
#маркировка

Предпринимателям в сфере розничной торговли и общественного питания!


Просим ознакомиться с предложениями Налогового комитета по реализации в розлив алкогольной продукции, подлежащей обязательной цифровой маркировке, по ссылке:
👉https://soliq.uz/press-services/news/show/uchet-markirovannoy-produktsii-v-segmente-horeca

На основе этих предложений специалисты Налогового комитета в июле текущего года готовы провести встречу с участниками рынка.

Если вы хотите принять в ней участие, отправьте заявку с хэштегом #маркировка через систему обратной связи с налоговыми органами, указав список участников и интересующие темы для обсуждения:
💻 на сайте - https://appeal-bot.soliq.uz/
📲 или в мобильном приложении Soliq

Исходя из количества заинтересованных компаний, а также состава участников будут определены дата и место проведения встречи.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads