Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.5K subscribers
7.35K photos
1.68K videos
135 files
7.72K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart

Xoʻjalik subyektlari rasmiylashtirayotgan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

🔸elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal va aloqa xizmatlari;
🔸temir yoʻlda tashish;
🔸transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🔸quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
🔸tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.

Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

❗️Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka
#EHF

Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha EHF 1 kun ichida tasdiqlanishi kerak

Yetkazib beruvchi tomonidan raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha yuborilgan EHF sotib oluvchi tomonidan 1 kalendar kun ichida ERI bilan tasdiqlanishi yoki sababi ko‘rsatilgan holda rad etilishi shart.

Sotib oluvchi tomonidan belgilangan muddatda tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan EHF tasdiqlangan hisoblanadi.

👉VMQ-489 2-ilova 63-band 14.08.2020-yil
_________
#маркировка
#ЭСФ

ЭСФ по товарам с обязательной цифровой маркировкой должен быть подтвержден в течение 1 дня

Если поставщик выставляет ЭСФ по товарам, подлежащим обязательной цифровой маркировке, то этот ЭСФ должен быть подтвержден ЭЦП покупателя или отклонен с указанием причин в течение 1 календарного дня.

Не подтвержденный или не отклоненный покупателем в установленный срок ЭСФ считается подтвержденным.

👉п.63 Прил.№2 к ПКМ №489 от 14.08.2020 г.